Mualliflar

  • Valijonova Zarnigor

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.93072

Kalit so‘zlar:

Kalit so'zlar: O'zbekiston transport tashqi iqtisodiy aloqalar logistika infratuzilma eksport import tranzit transport koridorlari modernizatsiya.

Annotasiya

 
Annotatsiya: Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasining transport tizimi va 
uning tashqi iqtisodiy  aloqalardagi o'rni hamda  ahamiyatini tahlil  qiladi. Maqolada 
O'zbekiston transport infratuzilmasining hozirgi holati, mavjud muammolar va ularni 
hal  etish  yo'llari  ko'rib  chiqiladi.  Shuningdek,  mamlakatning  asosiy  transport 
yo'nalishlari, tranzit salohiyati va uni oshirish imkoniyatlari o'rganiladi. 
Maqolada  O'zbekistonning  tashqi  savdo  aloqalari  geografiyasi,  eksport  va 
import  tarkibi  hamda  transport  xarajatlarining  savdo  samaradorligiga  ta'siri  tahlil 
etiladi. Transport logistikasini rivojlantirish, bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish 
va xalqaro transport koridorlarida ishtirok etishning tashqi iqtisodiy faoliyatga ta'siri 
baholanadi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

66

ISSN:3030-3613

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TRANSPORTI VA TASHQI

IQTISODIY ALOQALARI

Buxoro Davlat Pedagogika instituti

Aniq va tabiiy fanlar fakulteti

Geografiya va Iqtisodiy bilim asoslari yo’nalishi talabasi

Valijonova Zarnigor


Annotatsiya:

Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasining transport tizimi va

uning tashqi iqtisodiy aloqalardagi o'rni hamda ahamiyatini tahlil qiladi. Maqolada
O'zbekiston transport infratuzilmasining hozirgi holati, mavjud muammolar va ularni
hal etish yo'llari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, mamlakatning asosiy transport
yo'nalishlari, tranzit salohiyati va uni oshirish imkoniyatlari o'rganiladi.

Maqolada O'zbekistonning tashqi savdo aloqalari geografiyasi, eksport va

import tarkibi hamda transport xarajatlarining savdo samaradorligiga ta'siri tahlil
etiladi. Transport logistikasini rivojlantirish, bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish
va xalqaro transport koridorlarida ishtirok etishning tashqi iqtisodiy faoliyatga ta'siri
baholanadi.

Kalit so'zlar

:

O'zbekiston, transport, tashqi iqtisodiy aloqalar, logistika,

infratuzilma, eksport, import, tranzit, transport koridorlari, modernizatsiya.


Kirish

İshlab chiqarishni uzluksiz davom etishida infrastrukturaning ahamiyati katta.

Shuning uchun O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti hududiy tizimlarini
shakllanishida ishlab chiqarish infrastrukturasi bilan ta’minlanganligini o’rnaish
alohida ahamiyatga egadir. İshlab chiqarish kuchlarini va joylashtirishda transportning
ahamiyati beqiyos. Transport har qanday mintaqada ishlab chiqarish infrastrukturasini
muhim zvenosi hisoblaknadi. Har qanday masshtabdagi hududni transportsiz samarali
va oqilona rivojlantirish mumkin emas. Sanoat va qishloq xo’jaligida mahsulot ishlab
chiqarish va iste’molchiga yetkazib berishda transport faol ishtrok etadi. İqtisodiy
tuman va zonalarda ixtisoslashuv transport orqali amalga oshadi. Transportning
rivojlanish darajasi ishlab chiqarish kuchlari va texnika taraqqiyotining umumiy
rivojlanish darajasiga bog’liq. O’zbekiston qudratli (temir yo’l, avto, avia, quvur va
daryo) transport tizimlariga ega. Har yili yuk va yo’lovchi tashuvchi transportlarda juda
ko’p miqdorda xizmat amalga oishiradi

Asosiy qism:

O’zbekiston Respublikasida 1999 yilda barcha turdagi transportda

8145 mln. tonna yuk tashilgan bo’lib, bu ko’rsatkich 1998 yilga nisbatan 1,7% ga
yuqoridir. Avtomobil transporti yuk tashish bo’yicha yetakchi bo’lib, uning zimmasiga
– 728 mln. tonna ki 89,7% umumiy yuk tashish hajmiga to’g’ri keladi. Temir yo’l


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

67

ISSN:3030-3613

transportida yuk tashish 41,8 mln. tonna, havo transportida 15,8 ming tonnani tashkil
qilsa, suv transportida bu ko’rsatkich 81,0 mln.tonnaga teng. Temir yo’l transporti.
O’zbekiston hududida temir yo’l qurilishi 1888 yilda boshlangan edi. Krasnovodsk -
Chordjo’y temir yo’li davom ettirilib, Farob bekatidan Samarqandgacha olib borildi.
1890 yilgacha esa Toshkentdan Andijongacha yetkazildi 1905 yilda Orenburg va
Toshkent oralig’ida temir yo’l ishga tushirildi. 1931 yilda Turkisib magistralining
ishga tushirilishi O’zbekistonning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida katta ahamiyatga
ega bo’ldi. 1952 – 1955 yillarda Chorjo’y - Qo’ng’irot temir yo’li qurilishi bilan Quyi
Amudar, sobiq İttifoq va O’zbekistonning boshqa rayonlari bilan temir yo’l orqali
bog’landi. 1962 – yilda Navoiy – Uchquduq temir yo’li qurib bitkazilib, kon bilan
sanoat markazi bog’landi. O’zbekistondagi temir yo’llarning uzunligi 3,4 ming
kilometga etdi. 1990 yilgacha Nukus – Chimboy temir yo’li qurib bitkazilib
Tuyamo’yin - To’rtko’l yo’li qurildi. Ayni paytda qurilish payoniga etgan Nukus –
Uchquduq temir yo’li Respublika ahamiyatiga ega bo’lgan transport
kommunikatsiyasini rivojlanishiga katta hissa qo’shadi. Transport ishlab chiqarish
tizimida muhim o’rin tutishi bilan birga u har qanday hudud xo’jaligi majmuasining
zaruriy bo’g’ini bo’lib xizmat qiladi. Uning rivoji tufayli hududlarni iqtisodiy jihatdan
ixtisoslashtirish mumkin. Transport infrastrukturasi va yo’l tarmoqlarining samarali
rivojlanishi kadrlarning qishloqlarda mustahkam o’rnashib qolishiga, mehnat
resurslaridan unumli foydalanish imkonini yaratadi.O’zbekistonda mavjud bo’lgan
transport turlari orasida etakchi va muhim o’rinni temir yo’llar egallaydi. Mamlakatda
tashiladigan yuklarning 66 foiziga yaqini transportning ana shu tarmog’i zimmasiga
tushadi va bu transport mamlakat transport tizimining negizini tashkil etadi. Ort va
import qilinadigan yuklarning qariyb 80 foizi ham temir yo’l transporti orqali amalga
oshiriladi. Ushbu yo’l yordamida 1999 yil tashilgan yo’lovchilar soni 13,3 million
kishini tashkil etgna. İqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan va bozor
munosabatlariga o’tilayotgan hozirgi murakkab sharoitda ishlab chiqarish korxonalari,
tashkilot va mamlakat hududlarining samara bilan ishlashi ko’p jihatdan temir
yo’llarining qay darajada faoliyat ko’rsatishga bevosita bog’liq. Yuklarning temir
yo’llar yordamida va iloji boricha arzon tashilishi iqtisodiyot taraqqiyotida hal qiluvchi
ahamiyatga ega. O’zbekiston iqtisodiyotning rivojlanishida va iqtisodiy aloqalarning
o’sishida havo transportining ro’li oshib bormoqda. Respublikamiz endilikda
Hamdo’stlikning 1000 dan ortiq shahar va aholi manzilgohlari, shu jumladan, uning
barcha poytaxtlari bilan havo transporti orqali bog’langan. Toshkent aeroporti
Sharqning xalqaro havo darvozalaridan biridir. Nukus, Termiz, Jizzax, Qarshi, Andijon
va Namangan shaharlarida zamonaviy aeroportlar qurildi. Samarqand, Buxoro va
Urganch shaharlaridagi aeroportlar xalqaro talabga javob beradigan ravishda qayta
ta’mirlandi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

68

ISSN:3030-3613

Xulosa

. O'zbekiston Respublikasining transport tizimi mamlakatning tashqi

iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi. Geografik joylashuvi va
tranzit salohiyati O'zbekistonga mintaqaviy savdo aloqalarida faol ishtirok etish
imkonini beradi. Biroq, transport infratuzilmasining yetarli darajada rivojlanmaganligi,
logistika xizmatlarining sifati pastligi va bojxona tartib-taomillarining murakkabligi
tashqi savdo samaradorligini cheklaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Abdurahmanov, Y. (2020). O'zbekiston transport tizimini rivojlantirishning
ustuvor yo'nalishlari. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, (3), 12-25.

2.

Karimov, I. (2018). O'zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatida transport
logistikasining roli. Biznes-ekspert, (4), 34-45

3.

Rahimov, O. (2021). O'zbekistonning tranzit salohiyatini oshirish istiqbollari.
Markaziy Osiyo iqtisodiyoti, (2), 56-67.

4.

G'ulomov, N. (2015). Logistika menejmenti. Toshkent: TDIU nashriyoti.

5.

Shamsiyev, T.S., & Xodiyev, B.A. (2018). Logistika. Toshkent: Iqtisod-Moliya.

6.

Zokirov, Sh.Z. (2019). Xalqaro logistika. Toshkent: Fan va texnologiya.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Abdurahmanov, Y. (2020). O'zbekiston transport tizimini rivojlantirishning

ustuvor yo'nalishlari. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, (3), 12-25.

Karimov, I. (2018). O'zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatida transport

logistikasining roli. Biznes-ekspert, (4), 34-45

Rahimov, O. (2021). O'zbekistonning tranzit salohiyatini oshirish istiqbollari.

Markaziy Osiyo iqtisodiyoti, (2), 56-67.

G'ulomov, N. (2015). Logistika menejmenti. Toshkent: TDIU nashriyoti.

Shamsiyev, T.S., & Xodiyev, B.A. (2018). Logistika. Toshkent: Iqtisod-Moliya.

Zokirov, Sh.Z. (2019). Xalqaro logistika. Toshkent: Fan va texnologiya.