T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
108
ISSN:3030-3613
SHARQ MUTAFAKKIRLARINING OILADA BOLA TARBIYASI
HAQIDAGI QARASHLARI
Saidbekova Feruza Anvarbek qizi
Alfraganus universiteti magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Sharq mutafakkirlarining oilada bola tarbiyasi
haqidagi qarashlari, oilaviy munosabatlarni tartib-intizomga asoslangan holda olib
borish, oilaviy tarbiya bola hayotida muhim oʻrni, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash
to'g'risida batafsil fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar:
oila, bola tarbiyasi, tartib-intizom, odob-axloq, yuksak axloqiy
munosabatlar, maʼnaviy-maʼrifiy yetuklik.
Kirish:
Ma'lumki, oila ijtimoiy hayotning doimiy ekanligini avlodlarning davomiyligini,
tarbiyaning bosqichma bosqichligini boshqaradigan kelajak avlod uchun farzandlar
qanday bo'lib yetishishiga o'z tasirini o'tkazadigan joy sanaladi. Jamiyatning iqtisodiy,
madaniy, ma'naviy va ijtimoiy takomillanishi oilada bolalar tarbiyasi bilan bеvosita
uzviy bog`liq. Har bir inson dastlab shakllanishni oiladan rivojlantiradi. Oila mehr -
muhabbat, yaqinlik, birdamlik, manbaidir. Ana shu milliy qadriyatlar yordamida
jamiyat takomillashib boradi. Haqiqatdan ham asrlar mobaynida sharqona va milliy
tarbiyada shaxsning umuminsoniy va umummadaniy dunyoqarashi shakllanishi
oiladan boshlanadi. Inson farzandining milliy tarbiyasi yordamida manaviy tomondan
salohiyati takomillashib boradi.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya:
Oilaviy munosabatlar va bu sohaga doir qarashlar tizimida Sharq
mutaffakkirlaridan Abu Ali ibn Sinoning pedagogik va psixologik qarashlari ijtimoiy
asosda qurilgan bo’lib, u bola tarbiyasida umuminsoniy tamoyilining qo’llanilishini
yo’qlab chiqqan va tarbiyachi ota-onalarga bolan qattiq tana jazosidan ko’ra, shaxsiy
ibrat yordamida tarbiyalash ma’qulligini uqtirgan. Axloqiy tarbiya masalalarida alloma
oilaning o’rnini alohida ta’kidlangan. Oila va oilaviy munosabatlar masalasi uning
“Tadbiri manzil” asarida o’ziga xos tarzda bayon qilingan. Ibn Sinoning bola tarbiyasi,
tarbiya psixologiyasi va rahbarlarga qo’ygan mazkur talablari o’sha vaqtda qanchalik
taraqqiyparvar va kerak bo’lsa, bizning hozirgi kunimizda ham u o’z kuchini hali
yo’qotgani yo’q.
Darhaqiqat, oilaviy tarbiya bola hayotida asosiy oʻrin tutadi. Oilaning bolalarga
tarbiyaviy taʼsir doirasi ijtimoiy taʼsir doirasi singari oʻta kengdir. Oila bolalarni
Vatanga muhabbat, ota-ona va atrofdagilarga sadoqat, mehnat va xalq boyliklariga
ongli munosabat, nuqsonlarga murosasizlik, yuksak axloqiy va maʼnaviy sifatlarni
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
109
ISSN:3030-3613
rivojlantirishda, turmushga, ijtimoiy faoliyatga tayyorlashda yuqori imkoniyatlarga
egadir. Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, bu borada buyuk Sharq mutafakkirlarining
farzandlar tarbiyasi borasidagi boy maʼnaviy merosi va undan samarali foydalanish
katta ijobiy natija berish bilan birga katta maʼnaviy manba boʻlib xizmat qiladi.
Imom Muslim rivoyat qilgan Hadisi sharifda: "Bolalaringizga odob beringlar va
odoblarini chiroyli qilinglar", deyiladi. Farzand taʼlim-tarbiyasi xususida Imom
Gʻazzoliy oʻzining "Ihyou ulumud din" asarida ―Bola – ota-ona qoʻlidagi omonat.
Uning qalbi turli naqsh va rasmlardan xoli. Qanday naqsh solinsa, qabul qiladi... Agar
yaxshilikka undalsa va oʻrgatilsa, saodatli boʻladi. Ota-onasi hamda odob, taʼlim-
tarbiya bergan ustozlar uning savobiga sherik boʻldi..." deb yozadi.
Natijalar:
Bir soʻz bilan aytganda, azal-azaldan xalqimizning ilm-u fan, ijod-u mehnatga
ragʻbati yuqori boʻlib, oʻzining yuksak maʼnaviyati, imon-eʼtiqodi, milliy gʻururi,
shuningdek umuminsoniy qadriyatlarga yoʻgʻrilgan goʻzal odob-axloqi bilan doimo
ibrat boʻlgan. Shunday ekan, begʻubor va muhtasham orzu-umidli yoshlarimiz
yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan oʻz vaqtida oqilona foydalanib, Vatanimiz
ravnaqi, xalqimiz yuksalishiga hissa qoʻshadigan farzandlar boʻlishiga ishonamiz.
Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va
qudratiga alohida eʼtibor qaratadi.
Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk kishi boʻlib oʻsishiga ishonadi.
Albatta, bolani juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq joiz. Tarbiya insonga oʻzida
yaxshi odat va fazilatlar hosil qilishga yordam beradi. Inson taʼlim-tarbiyasi masalasida
esa, albatta, ustoz-u murabbiylarning oʻrinlari beqiyos. Bundan tashqari, Navoiy taʼbiri
bilan aytganda, agar shogird shayxulislomdek buyuk martabaga koʻtarilganda ham
ustozi undan rozi boʻlsagina, Tangri ham rozi boʻladi: Shogird agar shayx ul-islom,
agar qozidur, agar ustod andin rozidur –tengri rozidur.
Muhokama:
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda, dastlabki o'rinda, ularning intellektual
salohiyati va maʼnaviyatini oshirish, orzu-umidlarini toʻgʻri yoʻnaltirish, ezgulik, oila
va Vatanga muhabbat, ularning ong-u shuuriga insof, iymon, eʼtiqod, oriyat, oiladagi
burch, majburiyat, masʼuliyat tushunchalarining mazmun-mohiyatini singdirishga
eʼtibor berish kerak. Bu borada, eng avvalo, ota-onalar farzandlarining birinchi
tarbiyachilari sifatida masʼuldirlar. Bu masʼuliyat esa ota-onalarning oʻzlaridan
maʼnaviy-maʼrifiy yetuklikni, yaxshi sifatlarga ega boʻlishlikni talab qiladi. Ana
shundagina ular farzandini barkamol inson qilib tarbiyalaydi va oilaviy hayotga toʻgʻri
yoʻnaltira oladi. Buyuk alloma Nosriddin Rabgʻuziyning fikricha, "Ota-ona ezgu
boʻlsa, uning ezguligi yetti urugʻ-aymogʻiga yetadi. Buning uchun ular farzandlarining
koʻz oʻngida shaxsiy namuna, ibrat koʻrsatishlari kerak boʻladi".
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
110
ISSN:3030-3613
Oila avvaldan Sharq xalqlari hayotida eng muhim qadriyat sifatida jamiyatga
maʼnan yetuk va jismonan barkamol insonni yetkazib beruvchi manba vazifasini oʻtab
kelgan. Shu bilan bir qatorda, islom dinida oilaviy munosabatlar, nikohning
manfaatlari, er va xotinning burch va vazifalari, oilada farzand tarbiyasi kabi
masalalarga nihoyatda katta ahamiyat berilgan. Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki,
oilaviy munosabatlarni tartib-intizomga asoslangan ravishda olib borish jamiyat
taraqqiyotiga, unda barkamol insonlar salmogʻining oshishiga xizmat qiladi.
Xulosa:
Xulosa qilib aytganda, ota-ona farzand tarbiyasiga u dunyoga kelmasdan oldin
kirishishi, ular dunyo yuzini koʻrgandan keyin esa, goʻzal axloqiy sifatlarni ular ongiga
singdirish borasida gʻayrat koʻrsatishi, dunyo va oxirat saodatiga erishishda
yordamlashuvchi diniy va dunyoviy bilimlarni oʻrgatishi kerak. Binobarin, oila muhiti
- bu qandaydir tarbiya vositasi emas, balki ota-onalarning va katta yoshdagi
kishilarning har tomonlama olib boradigan tarbiyaviy ish natijalari, oila a'zolarining
ozaro yuksak axloqiy munosabatlarining yigindisi va nihoyat kattalarning bolalarga
ijobiy ta'sir ko'rsatish namunasi natijasidir. Oila tarbiyaning asosi, makoni va
poydеvoridir. Bolaning kim bo'lib yеtishishi, asosan, oiladagi muhitga –tarbiyaviy
ta'sirga bog'liq. Oila tarbiyasining samarasi bеvosita oilada ota-onalar obro'si va
shaxsan namuna ko'rsatishlariga bog'liq.
Adabiyotlar ro'yxati:
1.
Avloniy A. Turkiy guliston yoki axloq. –T.: Yoshlar nashriyot uyi, 2018. — 97 b
2.
To’raqulov X.A.. Bo’lajak pedagoglarni kasbiy faoliyatiga tayyorlashda g’oyaviy –
axloqiy tarbiya. T.: Fan va texnologiya. 2010 y. 136 b.
3.
Musurmonova O. Oila ma’naviyati – milliy g‘urur. Toshkent, 2000.
4.
Shodmonova Sh.S. Oilada kichik maktab yoshidagi bolalarni milliy qadriyatlar
asosida axloqiy tarbiyalashning pedagogik asoslari: Ped.fanlari nomzodi.
Dis./Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti. – Toshkent, 2001.
5.
Inomova M.O. Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy
qadriyatlardan foydalanishning pedagogik asoslari: Pedagogika fanlari doktori...
dis./ Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti. –Toshkent, 1998.