T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
188
ISSN:3030-3613
O‘ZBEKISTON IQTISODIY RIVOJLANISHIDA MDH DAVLATLARI
BILAN TASHQI IQTISODIY ALOQALARNING AHAMIYATI
Otajonova Dilnura Otajonovna
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi
E-mail: dilnuraotajonova1211@gmail.com
Annotatsiya:
Mazkur maqolada tashqi siyosatda MDH mamlakatlari bilan
iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi uchun qanchalik
ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risida batafsil ma’lumot beriladi. Ular o‘rtasidagi o‘zaro
iqtisodiy munosabatlarda asosiy o‘rin egallaydigan jihatlar haqida fikrlar bayon etiladi.
Ushbu masala iqtisodiy modellar, qonuniyatlar va nazariy yondashuvlar, shuningdek,
tegishli iqtisodiy maktablar olimlari fikrlarini tahlil qilgan holda ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
Iqtisodiy integratsiya, erkin savdo, investitsiyalar, eksport, import,
mintaqaviy hamkorlik, infratuzilma, ishlab chiqarish.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, iqtisodiy jihatdan rivojlanish
davlat oldida turgan dolzarb vazifalardan biri edi. Hukumat iqtisodiyotni
diversifikatsiya qilish, yangi savdo yo‘llarini ochish va investitsiyalarni jalb qilish
orqali iqtisodiy rivojlanishga erishishga intildi. Va, o‘z navbatida, MDH davlatlari
bilan tashqi iqtisodiy aloqalar O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun katta ahamiyatga ega
bo‘lib kelgan. Bu davlatlar O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlaridan hisoblanadi.
Ushbu mintaqadagi davlatlar bilan amalga oshiriladigan savdo-iqtisodiy aloqalar
O‘zbekistonning eksportini kengaytirish va xorijdan investitsiyalarni jalb qilish
imkoniyatlarini yaratadi. Ular o‘rtasida erkin savdo shartnomalari va iqtisodiy
integratsiya mavjud bo‘lib, bu iqtisodiy aloqalarda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bundan tashqari, MDH davlatlaridagi resurslar va bozorlarga kirish imkoniyati
O‘zbekistondagi ishlab chiqarish quvvatini oshirishga yordam beradi. Ular orqali
davlat o‘z tovarlarini nafaqat boshqa MDH davlatlariga, balki Yevropa va Osiyo
mintaqalariga ham eksport qila olishi mumkin. Tabiiyki, hududiy transport va logistika
tarmoqlari O‘zbekistonning eksport salohiyatini kuchaytiradi va mamlakatni tranzit
davlat sifatida rivojlantiradi. Davlatlarning o‘zaro integratsiyalashuvi transport, ishlab
chiqarish, energetika va boshqa sohalarda ham mintaqaviy hamkorlikni
mustahkamlashga hissa qo‘shadi. Bu yangi ish o‘rinlari kengayishiga ham olib kelishi
mumkin.
MDH mamlakatlaridagi investitsiyalarni O‘zbekistonga jalb qilish orqali
mamlakat infratuzilmasi, sanoati va texnologiyalari yangilanadi, buning natijasida
ishlab chiqarish ancha kengayadi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning eng muhim
jihatlaridan biri bu mehnat migratsiyasidir. Xususan, O‘zbekiston aholisining katta
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
189
ISSN:3030-3613
qismi MDH mamlakatlarida mehnat qilishmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, ishchi
kuchining chetga chiqishiga va mamlakatga remittanslar, ya’ni pul uzatish kirishini
ta’minlashga hamda iqtisodiy barqarorlikka olib keladi. Shu bilan bir qatorda, bu
mehnat tajribasini rivojlantirish va xalqaro tajribalarni mamlakatga olib kelishga
imkoniyat yaratadi.
O‘zbekistonning MDH davlatlari bilan savdo aylanmasi mustaqillik yillarida
sezilarli darajada edi. Dastlabki davrda ular asosiy savdo hamkorlari bo‘lgan bo‘lsa,
keyinchalik Turkiya, Xitoy va Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan aloqalar kuchaya
boshladi. Yaqin yillar ichida esa, 2020-yilning oxirlariga kelib, O‘zbekiston tashqi
savdo aylanmasida MDH mamlakatlari ulushi 32,6 foizni tashkil etgan. Oxirgi yillarda
MDH davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasining pasayishi kuzatilgan. Savdoning eng
yuqori hajmlari Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston
davlatlari bilan qayd etilgan. Rossiya O‘zbekistonga eng ko‘p investitsiya kiritadigan
davlat hisoblanadi. O‘zbekiston MDH davlatlariga asosan paxta, to‘qimachilik
mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari va mineral o‘g‘itlar eksport qiladi. Importida esa
metallar, mashina va uskunalar, kimyo mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlari asosiy
o‘rin egallaydi.
O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishida MDH davlatlari bilan tashqi iqtisodiy
aloqalarning ahamiyati SWOT tahlili bo‘yicha:
Kuchli tomonlar (Strengths):
—MDH davlatlari bilan geografik yaqinlik transport xarajatlarini kamaytiradi va
savdo-sotiqni osonlashtiradi. Mavjud temir yo‘l va avtomobil yo‘llari, shuningdek,
kelajakdagi transport loyihalari savdo hajmini oshirish imkoniyatini beradi. Masalan,
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi chegaradosh hududlar orqali tovarlarni tashish
nisbatan arzon va tez amalga oshiriladi. “Turkiston” temir yo‘l liniyasi va avtomobil
yo‘llari bu aloqani yanada mustahkamlaydi. Kelajakda “Xitoy-O‘zbekiston-
Qirg‘iziston-Qozog‘iston” temir yo‘l yo‘nalishi qurilishi savdo hajmini sezilarli
darajada oshiradi.
—Uzoq yillik hamkorlik tufayli savdo munosabatlari o‘rnatilgan, biznes
amaliyotlari va savdo qoidalari ma’lum darajada tushuniladi. O‘zbekiston va Rossiya
o‘rtasidagi uzoq yillik savdo munosabatlari, savdo operatsiyalarini boshqarishda
osonlikni ta’minlaydi. Bu ikki davlat o‘rtasida o‘rnatilgan ishonch va tajriba mavjud.
—MDH davlatlariga mehnat migratsiyasi orqali pul o‘tkazmalari O‘zbekiston
iqtisodiyotiga katta hissa qo‘shadi. Xususan, Rossiya va Qozog‘istonda ishlayotgan
o‘zbekistonlik migrantlarning pul o‘tkazmalari yillik yalpi ichki mahsulotning sezilarli
qismini tashkil etadi, bu esa ichki talab va iste’molni qo‘llab-quvvatlaydi.
—MDH davlatlari O‘zbekiston uchun energiya resurslari manbai hisoblanadi.
Hamkorlik orqali energiya xavfsizligi ta’minlanadi. O‘zbekistonning Rossiyadan gaz
import qilishi va Qozog‘istondan neft mahsulotlarini olish imkoniyati energiya
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
190
ISSN:3030-3613
xavfsizligini mustahkamlaydi. Bu O‘zbekistonning energetika sohasidagi ishonchli
ta’minotchilarga ega ekanligini ko’rsatadi.
—MDH davlatlaridan O‘zbekistonga investitsiyalar kiradi, bu esa iqtisodiyotni
rivojlantirishga va yangi ish o‘rinlarini yaratishga yordam beradi. Rossiyaning
“Gazprom” va “Lukoil” kabi yirik kompaniyalari O‘zbekistonda neft-gaz sohasiga
investitsiya kiritib, iqtisodiyotni rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda.
— Madaniy o‘xshashlik va tillarning yaqinligi ham muloqot va biznes
muzokaralarini osonlashtiradi. Xususan, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi
munosabatlarda buni yaqqol sezish mumkin, bu kelishuvlarga erishishni tezlashtiradi.
Kamchiliklar (Weaknesses):
—Ba’zi MDH davlatlari bilan savdo balansida O‘zbekiston salbiy tomonga ega.
Ya’ni import eksportdan yuqori. O‘zbekistonning Rossiya bilan savdo balansidagi
salbiy tomonlardan biri shuki, importning eksportdan yuqori bo‘lishi O‘zbekiston
iqtisodiyotining importga bog‘liqligini ko‘rsatadi.
—Transport infratuzilmasining yetarlicha rivolanmaganligi ba’zi hollarda savdo-
sotiqni qiyinlashtiradi. Jumladan, O‘zbekiston va MDH davlatlari o‘rtasidagi yo‘l-
transport infratuzilmasi ba’zi qismlarida eskirgan bo‘lib, bu tovarlarni tashish
muddatini uzaytiradi va xarajatlarni oshiradi. Chegarada kechikishlar va byurokratik
jarayonlar ham muammo hisoblanadi.
—MDH davlatlarida bo‘lib o‘tadigan siyosiy voqealar O‘zbekiston bilan bo‘lgan
iqtisodiy aloqalarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, geosiyosiy vaziyatdagi
o‘zgarishlar savdo hajmini kamaytirishi mumkin.
—Valyuta kursi o‘zgarishi va to‘lov tizimlaridagi muammolar O‘zbekiston va
MDH davlatlari o‘rtasidagi savdo-sotiqda kutilmagan xarajatlarga olib kelishi
mumkin.
—Shuningdek, yana bir kamchilik shuki, MDH davlatlari bilan texnologiya
almashinuvi yetarlicha samarali emas. Bu O‘zbekiston iqtisodiyotining innovatsion
rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Imkoniyatlar (Opportunities):
—MDH doirasidagi erkin savdo zonasini kengaytirish orqali savdo to‘siqlarini
kamaytirish va O‘zbekiston mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish mumkin.
Jumladan, bojxona to‘lovlarini pasaytirish yoki bekor qilish orqali.
—Xalqaro standartlarga javob beradigan yangi avtomobil yo‘llari, temir yo‘llar
va logistika markazlarini qurish orqali tovarlarni tashish tezligi va samaradorligini
oshirish mumkin.
—MDH davlatlari bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar va texnologiya almashinuvi
dasturlarini yaratish imkoniyati mavjud. Masalan, qo‘shma korxonalar tashkil qilish
orqali buni amalga oshirsa bo‘ladi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
191
ISSN:3030-3613
—MDH davlatlari bilan hamkorlikda erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish
orqali sarmoyalarni jalb qilish va ish o‘rinlarini yaratish.
—Eng muhim imkoniyatlardan biri shuki, MDH davlatlari orqali Osiyo va
Yevropa bozorlariga chiqishni diversifikatsiya qilsa bo‘ladi.Xususan, Xitoy va
Yevropa Ittifoqi bozorlariga chiqishda MDH davlatlaridagi transport va logistika
yo‘nalishlaridan foydalanish mumkin.
Tahdidlar (Threats):
—Jahon iqtisodiyotining inqirozi O‘zbekistonning MDH davlatlari bilan savdo-
iqtisodiy munosabatlariga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Masalan, jahon bozorlaridagi
talabning pasayishi.
—Yevropa Ittifoqi yoki Xitoy bilan hamkorlikning rivojlanishi MDH bilan
bo‘lgan aloqalarning ahamiyatini pasayishiga olib kelishi mumkin.
—Boshqa davlatlardan kelayotgan raqobat, xususan, narx bilan bog‘liq raqobat
O‘zbekiston mahsulotlarining eksport salohiyatiga tahdid solishi mumkin.
—Transport va logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, innovatsiyalarni
rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish uchun yetarli resurslarning yetishmasligi
ham katta muammodir.
— Geosiyosiy omillar ham asosiy tahdidlardan biri hisoblanadi. Rossiya va
Ukraina o‘rtasidagi mojaro kabi geosiyosiy voqealar O‘zbekistonning MDH davlatlari
bilan iqtisodiy aloqalariga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Bu transport yo‘llarining
to‘siqqa uchrashi yoki savdo shartnomalarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lishi
mumkin.
Iqtisodiy modellar:
1.David Rikardoning nisbiy afzallik nazariyasi bo‘yicha ko‘rib chiqilsa, har bir
davlat o‘zi nisbatan arzonroq va samaraliroq ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan
tovarlarni eksport qilishi va aksincha tovarlarni import qilishi kerak. O‘z navbatida,
O‘zbekiston ham paxta, meva-sabzavot kabi mahsulotlarni eksport qiladi, MDH
davlatlaridan esa mashina-uskunalar, energetika resurslarini import qiladi.
2.Gravitatsiya modeli bo‘yicha: Bunda davlatlar o‘rtasidagi savdo hajmi ularning
iqtisodiy kattaligi (YalM) va ular orasidagi masofaga bog‘liq ekanligini ta’kidlaydi.
Geografik yaqinlik savdo xarajatlarini kamaytiradi. O‘zbekiston MDH davlatlari bilan
geografik yaqinligi sababli ushbu modeldan foyda ko‘radi. Xususan, Qozog‘iston va
Rossiya bilan chegaradosh hududlar savdo-sotiqda faol ishtirok etadi.
Iqtisodiy qonuniyatlar nuqtai nazaridan mavzuni yoritish maqsadida talab va
taklif qonunlari jihatidan tahlil:
Ma’lumki, agar talab oshsa, narxlar ko‘tariladi. Yoki aksincha, taklif oshsa,
narxlar pasayadi. Bunda ham O‘zbekistonning MDH davlatlariga qiladigan eksporti
MDH bozorlaridagi talab va taklifga bog‘liq. Pul miqdori nazariyasi bo‘yicha esa
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
192
ISSN:3030-3613
davlatlar o‘rtasida savdo aylanmasining oshishi pul massasining ortishiga va
inflyatsiya bosimining kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Iqtisodiy maktablar nazariyalari bo‘yicha tahlil:
Iqtisodiyotda merkantilizm, klassik, Keynesian va yangi klassik maktablar
mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘z g‘oyalariga ega. Jumladan, merkantilizm
davlatning boyligini eksportni maksimal darajada oshirish va importni cheklash orqali
ko‘paytirish kerak deb hisoblaydi. Davlat aktiv savdo balansiga erishishga intilishi
kerak. Agar merkantilistik nuqtai nazardan yondashilsa, O‘zbekiston eksportni (paxta,
meva-sabzavot) MDH davlatlariga oshirish va importni (mashina, uskunalar)
kamaytirishga harakat qilishi kerak. Lekin bu yondashuv savdo hamkorlari bilan
keskinlikka olib kelishi mumkin, chunki har bir davlat o‘z eksportini oshirishga
intiladi. Ammo merkantilizm savdo hamkorlariga nisbatan ziddiyatli munosabatni
keltirib chiqarishi, importni cheklash iste’molchilarga zarar yetkazishi va resurslarni
noto‘g‘ri taqsimlashga olib kelishi mumkinligi sababli tanqid ostiga ham olinadi.
Klassik iqtisodiyotda (Adam Smit, David Rikardo) asosiy g‘oya: Erkin savdo,
qiyosiy ustunlik va davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi tarafdori bo‘lish. Davlatlar
o‘zlarining qiyosiy ustunliklariga ega bo‘lgan sohalarga ixtisoslashishi va savdo
qilishlari kerak. Klassik nuqtai nazardan, O‘zbekiston paxta va boshqa qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda qiyosiy ustunlikka ega, MDH davlatlari esa
sanoat mahsulotlarida. O‘zbekiston bu ustunliklar asosida savdo qilib, iqtisodiy foyda
olishi mumkin. Bu model davlat aralashuvini cheklashni va erkin savdoni
rag‘batlantirishni tavsiya qiladi. Biroq qiyosiy ustunlik nazariyasi mehnat va
kapitalning
harakatsizligini,
transport
xarajatlarining
nolga
tengligini
va
texnologiyalarning o‘zgarmasligini taxmin qiladi. Real hayotda bu taxminlar har doim
ham to‘g‘ri bo‘lavermasligi mumkin.
Keynesian iqtisodiyotga ko‘ra, davlat iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ishsizlikni
kamaytirish va talabni rag‘batlantirish uchun faol rol o‘ynashi kerak. Davlat xarajatlari
va soliq siyosati orqali talabni boshqarsa bo‘ladi. Ya’ni, bu holatda O‘zbekiston MDH
davlatlari bilan savdo aloqalarini rivojlantirish uchun davlat xarajatlarini
infrastrukturaga,
eksportni
rag‘batlantirishga
yo‘naltirishi
mumkin.
MDH
davlatlaridan importni rag‘batlantirish ham ichki talabni oshirishga yordam berishi
mumkin. Kamchiligi shundaki, bu yondashuv davlatning haddan tashqari aralashuvi
byurokratiyani kuchaytirishi, resurslarni samarasiz taqsimlashga olib kelishi va davlat
qarzini oshirishi mumkin.
Yangi klassik nuqtai nazardan, O‘zbekiston MDH davlatlari bilan savdo
aloqalarini rivojlantirishda bozor kuchlariga tayanishi, davlat aralashuvini cheklashi,
korrupsiyani kamaytirishi va mulk huquqlarini himoya qilishi kerak.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonning MDH davlatlari bilan tashqi iqtisodiy
aloqalari uning iqtisodiy rivojlanishi uchun juda katta ahamiyatga ega. Ushbu aloqalar
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
193
ISSN:3030-3613
orqali mamlakat tashqi savdo salohiyatini oshirib, investitsiyalarni jalb etib,
infratuzilma rivojlanishiga, mintaqaviy integratsiya va siyosiy barqarorlikni
mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Shuningdek, mehnat migratsiyasi va tranzit
imkoniyatlarini rivojlantirish orqali O‘zbekiston iqtisodiyoti global va mintaqaviy
bozorlar bilan o‘zaro aloqalarini yanada mustahkamlashga intilmoqda. MDH davlatlari
bilan iqtisodiy aloqalar mintaqaviy integratsiyaning kuchayishiga xizmat qiladi.
O‘zbekistonning bu davlatlar bilan mustahkam iqtisodiy aloqalar o‘rnatishi,
mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashda va siyosiy hamkorlikni rivojlantirishda muhim
ahamiyatga ega. Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi
mavqeyini mustahkamlashga, xavfsizligini ta’minlashga va iqtisodiy jarayonlarni
boshqarishga yordam beradi.
Foydalanilgan manbalar:
1.
Alimov A., Ahmedov 1. O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat
asoslari. T. 2004.
2.
Стровский Л.Е. «Внешнеэкономическая деятельность предпрития» Учебник.
5-е изд., перераб. и доп. - М. : ЮНИТИ-ДАНА, 2011.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi lqtisodiy Faoliyati to‘g‘risidagi qonuni.