T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
178
ISSN:3030-3613
AVTOMOBIL-YO‘L-HAYDOVCH-PIYODA-MUHIT TIZIMI BO‘YICHA
YO‘L TRANSPORT HODISALARI KO‘RSATKICHLARINI O‘RGANISH
Zingirov Saidolim Jo‘rayevich
Andijon Davlat Texnika Instituti
Transport logistikasi kafedrasi o‘qituvchisi
Xalimov Javohirbek Abdusamat o‘g‘Ii
Andijon Davlat Texnika Instituti
Avtomobilsozlik va Transport
kafedrasi o‘qituvchisi
To‘xtayev Xasan Abror o‘g‘Ii
Andijon Davlat Texnika Instituti
Yo‘l Harakatini Tashkil Etish
yo‘nalishi 4-kurs talabasi
Annotatsiya:
Avtomobil yo‘llarida insonlar tomonidan boshqariladigan turli
xildagi mexanik va mexanik bo‘lmagan transport vositalari, harakatlanayotgan (yoki
harakatda bo‘lmagan) piyodalar majmuidan iborat murakkab dinamik tizim mavjuddir.
Bu tizim yo‘l harakati deb ataladi. Yo‘l harakatining muammolari va maxsus
tomonlari, eng avvalo, “Avtomobil-haydovchi-yo‘l-piyoda-muhit” tizimi orqali
belgilanadi. Ular o`z navbatida atrof-muhitda faoliyat ko`rsatadilar
Kalit so‘zlar:
transport vositasi, tezlik, piyoda, yo‘l.
Avtomobil yo’llarida insonlar tomonidan boshqariladigan turli xildagi mexanik
bo'lmagan transport vositalari, harakatlanayotgan (yoki harakatda bo'lmagan)
piyodalar majmuidan iborat murakkab dinamik tizimi mavjuddir. Bu tizim yo'l harakati
deb ataladi.
Yo'l harakati muammolari eng avvalo “A–H–Y–P” (Avtomobil–Haydovchi–
Yo’l– Piyoda) tizimi orqali belgilanadi.
Ular o'z navbatida atrof-muhitda faoliyat ko'rsatadilar. Tizimga quyidagi tashkiliy
qismlar kiradi:
A – avtomobil, H – haydovchi, Y– yo'l, P – piyoda.
Bu tashkiliy qismlar muhitda faoliyat ko'rsatibgina qolmasdan, atrof-muhit bilan
ularning har biri chambarchas bog’liq bo'ladi.
Muhit deb atrof-muhitning yo’l harakati xavfsizligiga mujassamlashgan ta’siri
tushuniladi va u quyidagi faktorlardan tashkil topadi:
-ob-havo (meteorologik ko’rinish, yog’ingarchilik, shamol, harorat);
-tabiiy landshaft (tekislik, qir-adirlik, tog’lik va h.k);
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
179
ISSN:3030-3613
-mexanik (shovqin, chang, tebranish, gaz chiqindilari bilan ifloslanganlik va h.k.).
Umumiy tomonlaridan optimal ravishda kelib chiqqan holda, yo’l harakati
xavfsizligini ta‟minlashda birinchi navbatda “A-H-Y-P” tizimidagi har bir tashkil
etuvchilarning va birgalikda faoliyat qiluvchilarning tasniflarini optimallashtirish
orqali erishish mumkin[4-5].
“A–H–Y–P‟ tizimda mexanik “Avtomobil – Yo’l (A-Y)” va biomexanik
“Haydovchi – Avtomobil (H-A)”, „Haydovchi – Yo’l (H-Y)”, “Piyoda – Avtomobil
(PA)” va “Piyoda – Yo’l (P-Y)” hamda biologik “Haydovchi – Piyoda (H-P)”
tizimlarini ajratib ko’rsatish mumkin.
Avtomobil transportining konstruktiv o’lchamlari (parametrlari) yo’l
harakatining tasnifiga ta‟sir ko’rsatadi. Bunda avtomobilning geometrik o’lchamlari,
tortishi va tormozlanish sifati, haydovchi ish joyining qulayligi va yengil boshqarilishi
muhim o’rin egallaydi.
Avtomobil–Yo’l (A-Y) tizimi “A–H–Y–P” tizimi faoliyatiga o’zining geometrik
elementlarining o’lchamlari va transport ekspluatatsion sifatining o’zgarishi orqali
ta‟sir etadi. Yo’l harakati xavfsizligi asosan haydovchining ishonchliligi, uning
tayyorgarligi va qobiliyatiga bog’liq. Piyodalar yo’l harakatida alohida o’rin
egallaydilar.
Ularning yo‘l harakati qoidalarini mukammal bilishlari va ularga amal qilishlari
real yo’l sharoitlarida harakat xavfsizligini ta‟minlashga imkon yaratadi. Avtomobil
transporti – yuk va yo’lovchilarni tashishga mo’ljallangan bo’lib, hozirgi kunga kelib
dunyo miqyosida yo’lovchi va yuk tashishda keng foydalanilmoqda. Avtomobil
transport tizimi bugungi kunda keng rivojlangan transport tizimi bo’lib, undan yuklarni
yoki yo’lovchilarni tashishda va boshqa turdagi ishlarni bajarishda keng
foydalaniladi[1-2].
Mazkur tizimi boshqa turdagi transport tizimlaridan arzonligi bilan farqlanadi.
Transport jarayonining samaradorligi mehnat va moddiy xarajatlar bilan xarakterlanadi
va transport vositalarining xavfsizligi asosi bo’lgan transport vositalarining konstruktiv
va foydalanish xususiyatlariga ko’p jihatdan bog’liq.
Transport vositalarining xavfsizligi. Transport vositalarining xavfsizligi o’z
ichiga kompleks konstruktiv va foydalanish xususiyatlarini olib, ularning
ko’rsatkichlarini yaxshilash natijasida yo’l-transport hodisasining (YTH) sodir bo’lish
ehtimolligini, ularning og’irlik darajasini hamda atrof-muhitga transport vositasining
salbiy ta’sirini kamaytirish ko’zda tutiladi.
Harakatlanish xavfsizligiga quyidagi faktorlar ta’sir ko’rsatadi: avtomobil
yo’llarining holati hamda ularda harakatning tashkil etilganligi va jihozlanganlik
darajasi;transport vositalari konstruksiyalari va texnik holatidagi kamchiliklar va h.k.
Harakatlanish xavfsizligini ta‟minlash uchun avtomobillar ishlab chiqaruvchi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
180
ISSN:3030-3613
barcha davlatlarda, shu jumladan O’zbekistonda transport vositalari xavfsizligining
turli konstruktiv elementlariga taalluqli normativ-huquqiy va qonuniy aktlar ishlab
chiqilmoqda.
Bular asosan 1958 yilda Jenevada qabul qilingan ichki transport doirasidagi
BMT EIQ (Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Qo’mitasi)
qoidalarining talablariga tayanadi. Bu qoidalarda tormoz tizimiga, boshqaruv
qurilmasiga, shinalarga, yorug’lik va signallar tizimlariga, tevarak-atrofning
ko’rinishiga, kuzov konstruksiyasi va uning elementlariga, xavfsizlik tasmalariga,
avtomobildagi o’rindiqlarga, odamlarning evakuatsiya qilinishini ta‟minlovchi
elementlarga va o’t o’chirish bo’yicha konstruktiv jihozlarga, dvigatel ishlab chiqargan
chiqindi gazlarning miqdori va tarkibiga, ichki va tashqi shovqinlar va boshqalarga
qo’yiladigan talablar qayd etilgan[8-9].
Hozirgi paytda transport vositalarining texnik holati bo’yicha xavfsizlik va
ularni tekshirish usullarini o’zida mujassam qilgan IIV YHXBB tomonidan Respublika
miqyosida yo’lovchi tashuvchi avtobus va mikro avtobuslarni yilda ikki marta texnik
ko’rikidan joylarda majburiy o’tkaziladi.
Avtomobillashtirish jamiyatining iqtisodiy yuksalishiga ijobiy ta‟sir qilish bilan
birga, qator salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarmoqdaki, ularni hal qilish muhim
ahamiyat kasb etadi. Avtomobillashtirishning salbiy oqibatlari yo’l-transport
hodisalari natijasida ko’plab kishilarning halok bo’lishlari yoki tan jarohatlari olishlari,
shuningdek, yo’l-transport hodisalari natijasidagi ko’plab yetkazilayotgan moddiy
zararlar, shahar ko’chalari, aholi punktlaridan o’tadigan yo’llar mintaqasidagi yuqori
darajadagi shovqin, havoning ifloslantirilishi, ko’chalarni to’xtab turuvchi
avtomobillar to’sib qo’yishi va nihoyat, transportlarning ushlanib qolishlari va harakat
tezliklarining keskin tushib ketishidan iboratdir.
Statistik ma‟lumotlarga ko’ra, avtomobillarning texnik nosozligi oqibatida yo’l
transport hodisalari sodir bo’ladi. Bunga asosan transport vositasining tormoz va
boshqaruv tizimlari, shinasi, harakatga keltiruvchi agregat va mexanizmlarining
nosozligi sababchi bo’ladi[3-6] . Avtomobildagi nosoz isitish, sovitish tizimi,
haydovchi o’rindig’ining noqulay holati, noto’g’ri o’rnatilgan orqani tasvirlovchi oyna
yoki old ko’rinish oynasi tozalagichining noto’g’ri ishlashi birinchi qarashda yo’l-
transport hodisalarini keltirib chiqarishga sababchi emasdek tuyuladi. Ammo bu
keltirilgan kamchiliklar haydovchilar psixofizalogik holatini yomonlashtirib, oqibatda
yo’ltransport hodisalari kelib chiqishiga to’g’ridan-to’g’ri sabab bo’ladi.
Afsuski, amaliyotda ko’pchilik holatlarda bunday omillar avtomobilning texnik
nosozligi emas, balki haydovchining e’tiborsizligi oqibatida kelib chiqqan deb
qaraladi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
181
ISSN:3030-3613
Yo’l harakatini tashkil etishda “Avtomobil–Haydovchi–Yo’l–Piyoda–Muhit”
tizimida harakat xavfsizligini ta‟minlashning asosiy garovi – bu haydovchining yo’l
harakati qoidalariga mos ravishda harakat tartibini tanlashdan iboratdir.
Hozirgi paytda YTHlarning tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, 75-80% yo’l-transport
hodisalari haydovchilarning aybi bilan sodir etiladi. Bundan haydovchilarning mast
holatda vujudga keltirgan yo’l-transport hodisalari istisno qilinsa, unda kamida 45 50%
falokatlar haydovchining tartibsiz harakatlanishi natijasida bo’ladi.
Yo’l sharoitining yo’l-transport hodisalari sodir etilishidagi o’rni to’g’risidagi
tadqiqotchilar aniqlagan ko’rsatkichlar va statistikasi hisoblarida keltirilgan
ko’rsatkichlar o’rtasida katta farq mavjud. Masalan, o’tgan asrning 80-90-yillarida
tadqiqotchilarning yo’l-transport hodisalari vujudga kelishida yo’l sharoitining 65 75%
o’rni bor deb ko’rsatilgan. O’zbekistonda bu ko’rsatkich 0,02-0,80% deb aniqlangan
Chet davlatlarda yo’llarning yomonligi oqibatida quyidagi miqdorda yo’l-transport
hodisalarining umumiy soniga nisbatan sodir etilishini ko’rishimiz mumkin: Angliyada
–6,7%, Ispaniyada – 6.5%, Fransiyada – 10,8%, Shvetsiyada – 6,1%, Yaponiyada –
17,3%.Yo’l-transport hodisalarining vujudga kelishida piyodalar o’rnini alohida
ta’kidlab o’tish darkor, chunki ko’pchilik hodisalarga piyodalarning avtomobil
yo’llarining belgilanmagan joylaridan o’tishlari, shuningdek, yo’l harakati qoidalari
bo’yicha amaliy ko’nikmalari yo’qligi sabab bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi avtomobil yo’llarida sodir etilgan yo’l-transport
hodisalarini tahlil qilish natijasi shuni ko’rsatmoqdaki, yo’l-transport hodisalari
qatnashchilarining umumiy sonidan 25-30% bolalar tashkil etmoqda. Aholi punktidan
o’tgan avtomobil yo’lining eng xavfli bo’lagi bolalar muassasalari mintaqasi (250-300
m) bo’lib, bolalar ishtirokidagi YTH 50-55% shunday joylarda sodir etiladi[7].
Transport vositalarining tuzilishi va uning elementlaridan foydalanish
jarayonida yuqori ishonch bilan ishlashi harakat xavfsizligini ta‟minlashda alohida
o’rin egallaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziѐev tomonidan 2022 yilning 4
aprel kunidagi “Avtomobil' yo‘lllarida inson xavfsizligini ishonchli ta'minlash va
o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora tadbirlari to‘g‘risda”gi PQ-190-sonli
qarori.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 apreldagi 172-sonli
qarori.
3.
Taxirjanovich
I.
S.,
Jo’rayevich
Z.
S.
AVTOMOBILLARNING
TORMOZLANISH XUSUSIYATLARINI NAZARIY VA EKSPERIMENTAL
TADQIQOTLASH //Mexatronika va robototexnika: muammolar va rivojlantirish
istiqbollari. – 2023. – Т. 1. – №. 1. – С. 268-271.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
182
ISSN:3030-3613
4.
Zingirov S., Ikromov N., Mamasoliyeva O. ENSURING SAFE MOVEMENT BY
DESIGNING THE OPERATING MODE OF DRIVERS WITH THE HELP OF A
CAR KEY IN THE ORGANIZATION OF INTERNATIONAL TRANSPORT
//IMRAS. – 2024. – Т. 7. – №. 4. – С. 55-60.
5.
Jorayevich Z. S. ANDIJON VILOYATI PIYODALAR ISHTIROKIDAGI YO ‘L
TRANSPORT HODISALARINI ORGANISH VA TAHLIL QILISH (ANDIJON
TUMANI MISOLIDA) //IJODKOR O'QITUVCHI. – 2025. – Т. 4. – №. 46. – С.
13-17.
6.
Ikromov N. et al. Analysis of transport and its cargo processes //E3S Web of
Conferences. – EDP Sciences, 2024. – Т. 548. – С. 03021.
7.
Abdusamat Y., Nigora A., Javohir X. ПОВЫШЕНИЕ КРИТЕРИИ ОЦЕНКИ
ЗНАНИЙ
СТУДЕНТА
ОБЪЕКТИВНО
С
НАУЧНЫМИ
ИССЛЕДОВАНИЯМИ INCREASING ASSESSMENT CRITERIA OF THE
STUDENT KNOWLEDGE OBJECTIVELY WITH SCIENTIFIC RESEARCH
//Журнал выпускается ежемесячно, публикует статьи по естественным
наукам. Подробнее на www. t. – Т. 2. – С. 118.
8.
Asliddin P. et al. PORSHEN HALQASINING ISHIGA TA’SIR QILUVCHI
OMILLAR //Scientific Impulse. – 2023. – Т. 1. – №. 11. – С. 611-620.
9.
Xusniddin o’g’li P. A. PORSHEN HALQANING UZOQ ISHLASHINI
BELGILOVCHI ASOSIY KATTALIKLAR //Научный Фокус. – 2023. – Т. 1. –
№. 2. – С. 680-685.