Mualliflar

  • Xamdamov Erkin Ibodullayevich
  • Narbayeva Sofiya Murod qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.93110

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Global sun’iy intellekt Globallashuv salbiy va ijobiy tomonlari.

Annotasiya

Annotatsiya:  Mazkur  maqola  jahonda  va  O‘zbekistonda  kechayotgan 
demokratik  o‘zgarishlar  jarayoni,  jamiyat  hayotining  barcha  sohalari,  millatlar  aro 
munosabatlarni takomillashtirish va rivojlantirishga keng istiqbollarni ochib berada. 
Global demokratik jarayonlar o‘z navbatida bugungi rivojlanish taraqqiyotining o‘ziga 
xos  farqli  jihatlaridan  biri  bo‘lgan  –  globallashuv  jarayonini  jiddat  bilan  o‘sib 
borishiga, uning ijobiy va salbiy jihatlari milliy rivojlanish yo‘lidan ketayotgan turli 
mamlakatlar  hayotining  sohalarida  keng  ko‘lamda  namoyon  bo‘lishi.  Tadqiqotda 
insoniyatni  uzoq  davom  etayotgan  taraqqiyotini  tarixiy-ijtimoiy  birligi  sifatida 
shakllangan  millat  ham  globallashuv  jarayonining  ijobiy  va  salbiy  ta’siriga  tushib 
qolishi keltirilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

254

ISSN:3030-3613

GLOBAL DEMOKRATIK JARAYONLARNI TAKOMILLASHTIRISHNING

MILLIY VA MA’NAVIY OMILLARI

Xamdamov Erkin Ibodullayevich

“ALFRAGANUS UNIVERSITY” nodavlat oily ta’lim tashkiloti

Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi

Tel.: +99899 517-34-87

e-mail:

hamdamoverkin5@gmail.com

Orcid: 0009-0003-0761-964X

II-bosqich magstranti

Narbayeva Sofiya Murod qizi

Annotatsiya:

Mazkur maqola jahonda va O‘zbekistonda kechayotgan

demokratik o‘zgarishlar jarayoni, jamiyat hayotining barcha sohalari, millatlar aro
munosabatlarni takomillashtirish va rivojlantirishga keng istiqbollarni ochib berada.
Global demokratik jarayonlar o‘z navbatida bugungi rivojlanish taraqqiyotining o‘ziga
xos farqli jihatlaridan biri bo‘lgan – globallashuv jarayonini jiddat bilan o‘sib
borishiga, uning ijobiy va salbiy jihatlari milliy rivojlanish yo‘lidan ketayotgan turli
mamlakatlar hayotining sohalarida keng ko‘lamda namoyon bo‘lishi. Tadqiqotda
insoniyatni uzoq davom etayotgan taraqqiyotini tarixiy-ijtimoiy birligi sifatida
shakllangan millat ham globallashuv jarayonining ijobiy va salbiy ta’siriga tushib
qolishi keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

Global, sun’iy intellekt,

Globallashuv salbiy va ijobiy tomonlari.


Kirish:

“Globallashuv” atamasi dastlab amerikalik olim T. Levittning 1983-yili

“Garvard biznesrevyu” jurnalida chop etilgan maqolasida tilga olingan edi (u yirik
transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining
birlashuv jarayonini globallashuv deb atagan)

1

. Bu termini ko‘plab olimlar o‘z

qarashlari va asarlarida ta’riflab bergan bo‘lsada, J.Stiglits, F.Fukuyama, Z.Bjezinskiy
kabi olimlar globallashuvni jahon iqtisodiyotida sodir bo‘layotgan jarayon sifatida
qarashsa, M.Sirvel, D.King, V.Nikonovlar siyosat va davlatchilik jarayoni bilan
tushuntirishadi. O‘zbek olimlari ham globallashuv va uning turli sohalarga ta’sirlari
haqida o‘z g‘oya va qarashlarini ilgari surgan

2

.

Darhaqiqat hozirgi davrda globallashuv jarayonlari ijobiy jihatlari eng ilg‘or,

yangi zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarishning texnik qayta jihozlash,

1

https://www.google.com/search?q=globallashuv+atamasi+kim+fanga+kiritgan&sca_esv= =gws-wiz-serp

2

M.Xolbekov. Adabiyot va globallashuv// “Tafakkur”, 4, 2004; A.Qodirov An`anviy jamiyat va uni

modernizatsiyalashtirish strategiyasi. -T.: TDYUI, 2006: A.Ochildiyev Globallashuv va mafkuraviy jarayonlar. -T.:
“Muharrir”, 2009; B.Umarov Globallashuv ziddiyatlari: iqtisodiy, ijtimoiy, va ma`naviy jihatlari. -T.: “Ma`naviyat’,
2006; U.Saidov Globallashuv va madaniyatlararo muloqot. -T.: “Akademiya”, 2008.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

255

ISSN:3030-3613

tezkor zamonaviy komunikatsiya, IT, sun’iy intellekt va aloqa vositalari tizimlarining
rivojlanishi va ilmiy, texnik hamda inson hayoti uchun zarur axborotni yig‘ish va
taqsimlash milliy madaniyatlarning bir-biriga ta’sir etib, ularni mazmunan boyitishga,
milliy dasturlarni xalqaro mezonlar asosida amalga oshirish uchun qulay sharoit
yaratib, bu borada cheksiz imkoniyatlarga yo‘l ochilmoqda.

Mamlakatimizda axborot texnologiyalari jadal rivojlantirilib, barcha sohalarda

tatbiq etilmoqda. Bularning natijasida 2024 yil avgustda o‘tgan davrida raqamli
xizmatlar hajmi 21 trillion so‘mdan oshganligi, bu ko‘rsatgich yil yakuni bilan 43
trillion so‘mga yetishi, sohada 367 million dollarlik xizmatlar eksport qilinganligi. IT-
park rezidentlari 577 taga ko‘payib, 2 mingtadan oshdi. Ularda ishlayotgan yoshlar
soni esa 32 mingtaga yetganligi. Bu sog‘liqni saqlash, energetika, transport, ta’lim,
qishloq va suv xo‘jaligi, qurilish kabi sohalarda 100 dan ortiq raqamlashtirish loyihalari
amalga oshirilganligi misol bo‘la oladi. Jahonda har bir sohaga sun’iy intellekt,
raqamli texnologiyalar kirib kelishi, bu borada yurtimizda ham qator loyihalar
boshlanganligi jumladan, “MyID” va “UzFace” dasturlari 70 dan ortiq tashkilot, bank,
elektron savdo maydonchalari va to‘lov tizimlarida joriy qilinib, 10 million
foydalanuvchini masofaviy biometrik identifikatsiya qilish imkoniyati yaratilganligini
ko‘rishimiz mumkin. “O‘zbekkosmos” sun’iy intellektni qo‘llab, 43 mingga yaqin yer
qa’ridan noqonuniy foydalanish va ruxsatsiz qurilish holatlarini aniqladi

3

.

Bular o‘z navbatida mamlakatlarning o‘zaro yaqinlashuviga, jahon iqtisodiyoti

tizimiga

integratsiyalashuvi

jarayonlarini

faollashuviga

xizmat

qilmoqda.

Globallashuvning salbiy jihatlari esa, milliy madaniyatlar va qadriyatlarning
yemirilishi, insonlarning milliy ideallari, qahramonlarning o‘zgarishi, yoshlar
ta`rbiyasi bilan bog‘liq salbiy holatlarda, an`anaviy jamiyatlarda yashayotgan aholi
o‘rtasida, xususan ko‘p millatli tarkibga ega aholi o‘rtasida milliy, diniy, g‘oyaviy
negizga ega qarama-qarshiliklarni yuzaga keltirish orqali milliy xavfsizlikka tahdid
sifatida siyosiy maqsadlarni amalga oshirish shakllarida namoyon bo‘lmoqda.

Ommaviy madaniyat olim va mutaxassislar tomonidan turlicha talqin etilmoqda.

Ularni umumlashtirgan holda quyidagicha ifodalash mumkin:

1. Ommaviy madaniyat – xalq madaniyati, urf-odatlari, marosimlari, sanʼati va

shu kabilarni ifodalovchi tushuncha.

2. Ommaviy madaniyat OAV rivoji bilan bogʻliq hodisa.
3. Ommaviy ishlab chiqarish, “koʻngilochar industriya” tomonidan yaratilgan,

omma isteʼmoliga moʻljallangan madaniyatning siyqalashtirilgan namunalari
koʻrinishidagi salbiy hodisa

4

. Darhaqiqat bu “madaniyat” Yangi O‘zbekiston uchun

hech qachon kerak emas. Bu yo‘lda 37 milliondan ortiq yashayotgan yurtning har bir
fuqarosi qarshi kurashmog‘i shart.

3

https://president.uz/oz/lists/view/7464

4

https://oyina.uz/uz/teahause/2156


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

256

ISSN:3030-3613

Jamiyat demokratlashuv sharoitida millat va uning barcha milliy xususiyatlarini

bunday xurujlardan himoya qilish nafaqat milliy manfaat, balki umummilliy
manfaatlarning, milliy va davlat xavfsizligini ta`minlashning ustuvor vazifasiga
aylandi. S.Otamurodov aytganidek “…millatni asrash uchun milliy ma`naviyatini
asrash globallashuvning avj olish sharoitidagi o‘ta muhim milliy manfaatlarga molik
vazifaga aylanib bormoqda”

5

.

Jamiyat demokratlashuvi sharoitida globallashuvning dunyo ijtimoiy

rivojlanishning asosiy xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘lmoqda.
1.

Insoniyat hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan integratsiya jarayonlari

oqibatida davlatlararo bog‘liqlikni kuchayishi.
2.

Milliy munosabatlarning bir tomondan, universallashuvi, ikkinchi tomondan

esa, milliy identifikatsiyaga intilishi.
3.

Dunyoning ko‘p qutbga bo‘linishi oqibatida kuch markazlari o‘rtasidagi nisbatni

o‘zgarishi bilan bog‘liq tendensiyalarni kuchayishi.
4.

Xom ashyo, yoqilg‘i, energiya va suv resurslarini cheklanishi va muqobil

variantlarni izlash bilan bog‘liq fundamental va amaliy tadqiqotlarni ko‘payishi.
5.

Milliy, mintaqaviy, dunyoviy mojarolar orasida bog‘liqlikni paydo bo‘lishi.

6.

Milliy, mintaqaviy, global xavfsizlikka diniy ekstremizm, millatchilik, etnik

murosasizlik, radikalizm, odam savdosi kabi tahdidlarning mavjudligi.
7.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ijtimoiy tarmoqlarni jadal

rivojlanishi oqibatida dunyoda yagona axborot mediya makonini shakllanishini
ko‘rsatishimiz mumkin.

Ijtimoiy rivojlanishning mazmun-mohiyatini to‘liq anglash uchun insoniyat

tamadduni asosini tashkil etadigan madaniyat va uning bosh o‘zagi bo‘lgan ma`naviy-
axloqiy qadriyatlarning taraqqiyotdagi o‘rni va ahamiyatini tadqiq etish lozim.
Afsuski, bu muhim yo‘nalish ko‘p hollarda e’tibordan chetda qoladi. Boshqacha
aytganda, madaniyat, ma`naviy-axloqiy qadriyatlar iqtisodiy taraqqiyotning e`tiborli
qismi bo‘lsa-da, ammo unga ortiqcha yuk sifatida yondashilib, katta xatoga yo‘l
qo‘yiladi.

Globallashuv insoniyat hayotining barcha sohalarida mavjud farq va

tafovutlarning yo‘qolib, umumiy mezonlarning shakllanishi ya’ni turfa xillikka ega
dunyoni bir xillik ko‘rinishiga o‘tkazilish jarayonidir. Bu jarayonning maqsadi esa,
butun yer yuzini yagona markazdan boshqarish imkoniyatini vujudga keltirish
hisoblanadi.

Har qanday tamaddun madaniyat bilan bog‘liq va madaniyat rivoji, xususan,

ma’naviy-ruhiy madaniyat rivoji uchun muhit, shart-sharoit yaratadi. Madaniyat

5

S.Otamurodov Globallashuv va milliy-ma`naviy xavfsizlik. -T.: “O`zbekiston”, 2013. B.4.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

257

ISSN:3030-3613

ma`naviy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan hodisa sifatida, odamning, insonlar
o‘rtasidagi munosabatlarning inshoniylashuvi darajasini belgilaydi.

“Agar madaniy dunyoni barpo etishda qadriyatlarning muayyan toifasi e’tiborsiz

qoldirilsa, - deb yozadi N.Chavchavadze – madaniyat muqarrar kemtik bo‘lib qoladi,
yani moddiy ashyoviy qadriyatlar e’tiborsiz qoldirilsa, u o‘z mustahkamligini
yo‘qotadi yoki unda ma’naviy qadriyatlarning muayyan toifasi inkor etilsa, insoniylik
darajasi past bo‘ladi. Mazkur turdagi madaniyatga ega bo‘lgan jamiyatlarda
ma’naviyatsizlik hukm suradi”

6

. Buning natijasida xalq, millat, jamiyat va oxir oqibat

davlat barbod bo‘ladi.

Jamiyat demokratlashuv jarayonida millatlarning ma’naviy qadriyatlarini

tiklash, turli etnik guruhlar o‘rtasida milliy kelishuvga erishish ko‘p millatli davlatlarda
siyosiy barqarorlik ta`minlashning muhim omili hisoblanadi.

Jamiyat demokratlashuvida millatlar taraqqiyoti asosini bilim tashkil etadi.

Yangi jamiyatda kapital emas, aynan bilim asosiy boylik sifatida talqin etiladi. Eng
muhimi so‘ngi yillarda bilimlar ko‘lami va unga munosabat keskin o‘zgardi. Bu
axborotlashgan jamiyat, zamonaviy kashfiyotlar, axborot oqimining kuchayishi va
yangi axborot texnologiyalari paydo bo‘lishi natijasida barcha sohadagi ijtimoiy
taraqqiyot sur`atlarning jadal o‘sishi hamda rivojlanishiga olib keldi. Bu mulohazalar
bir qarashda globallashuv jarayonlariga aloqasi yo‘qdek tuyulsa-da, ammo
globallashuvning hozirgi kundagi o‘rni, u keltirib chiqarayotgan ziddiyatlarni to‘g‘ri
anglashga yordam beradi.

So‘ngi paytlarda bir qancha olimlar yaqin kelajakda sifat jihatdan global axborot

tizimining shakllanishi, ommaviy tus olgan aholi migratsiyasi, diniy mojarolar-
ziddiyatlar, ommaviy madaniyat kabi hodisalar ma`lum ma`noda butunlay yangi inson
va jamiyatning global shakli – “megajamiyat”, “megamadaniyat”, “superetnos”,
“radikal”, “global insonni” shakllantirmoqda, degan fikr va qarashlarni ilgari
surishmoqda.

Bu masalada birinchilardan bo‘lib Arxun Appadurai shunday deydi: “Bugungi

kundagi global munosabatlarning asosiy muammosi madaniy gomogenizatsiya bilan
madaniy geterigenizatsiya o‘rtasidagi ziddiyatning keskinlashuvidir”

7

.

Insoniyatning buguni va kelajagi haqida fikr yuritayotgan olimlar ichida

madaniyatlar o‘rtasidagi farqni mutlaqlashtirib, ziddiyatlarni tinch yo‘l bilan hal etib
bo‘lmasligi haqida gapirayotganlar ham bor. Xususan, S.Xantington, tamaddunlar
o‘rtasidagi kurash kundan-kun avj olishi, yagona insoniyat haqida gap


6

Chavchavadze N.Z. Fenomen bezduxovnosti. Tbilisi, 1991. -B.24.

7

Appadurai A. Dsjuncture and difference in the global cultural economy. // Robertson R. White K.E. (Ed.)

Globalisation. Critical conceptin socilogi. Volume 1, London, 2003.P. 251-264.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

258

ISSN:3030-3613

bo‘lishi mumkin emasligi va XXI asr tamaddunlar o‘rtasidagi to‘qnashuv asri

bo‘lishi haqidagi fikrni ilgari suradi"

8

.

S.Xantington har qanday tamaddunning o‘zagini din din tashkil etishi va diniy

e`tiqod xalqlar ongida eng chuqur ildiz otgan, turg‘un ekani haqidagi g‘oyaga tayanadi.
Shu asosida u navbatdagi jahon urushi, agar u sodir bo‘lsa, asosan, diniy e’tiqodlardagi
ziddiyatlar zaminidagi urush bo‘lishini bashorat qiladi. F.X.Kessidi Xangtinton fikriga
to‘liq qo‘shilmasada, shunday fikrlaydi: “Fikrimizcha, - yozadi u, - agar urush sodir
bo‘lsa, u etnik urush bo‘ladi. Har holda hozirgi lokal to‘qnashuvlar, harbiy harakatlar
va ziddiyatlarning aksariyat ko‘pchiligi etnik xususiyatga ega. Aks holda, jahonda
sodir bo‘layotgan iqtisodiy va siyosiy birlashish jarayonlari borayotgan, jahon
kommunikatsiya tizimi shakllanayotga, atrof muhitni asrash bo‘yicha hamkorlikda
harakatlar kengaygan bir sharoitda etnik va separatizm tendensiyalarining kuchayishini
(masalan Basklar mamlakatida, tog‘li qorabog‘, Abxaziya, checheniston, Kurdiston va
boshqa hududlarda) tushuntirish qiyin bo‘ladi”

9

.

Shuningdek, mutaxassislar fikricha, har bir madaniyat keng talqinda Sharq va

G‘arb madaniyatlar o‘zining alohida genotipiga ega, shunga muvofiq ularning ichki
rivojlanish mantig‘i mavjud.

Hozirda

kechayotgan

jarayonlar

global

kishilik

hamjamiyatini

shakllantirayotgan va sayyorada yashayotgan mutlaq ko‘pchilik asta-sekin hayotni
tashkil etishning asosiy tamoyillari haqida umumiy qarashni ishlab chiqayotgan bo‘lsa-
da, jahon hamjamiyati hayotining barcha sohalarini qamrab olgan ziddiyatlar mantiqan
insoniyat ongli ravishda o‘z halokati tomon borayotgani haqidagi fikrlar turli bahslarga
sabab bo‘lmoqda.

Bu borada J.Stiglitz shunday yozadi: “Agar globallashuv avvalgidek amalga

oshiriladigan bo‘lsa, … u taraqqiyotga yordam berish u yoqda tursin, bundan keyin
ham qashshoqlik va beqarorlikni yuzaga keltiraveradi”

10

.

Globallashuv subekti masalasida B.Umarov bu shunday yozadi: “Globallashuv

xalqaro munosabatlarning an’anaviy ishtirokchisi – davlatlardan tashqari
umumdunyoviy jarayonlarga bevosita ta`sir etuvchi, yangi subektlarni – Xalqaro
valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, YUNESKO, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon
savdo tashkiloti, “katta sakizlik” (AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya,
Fransiya, Kanada, Italiya, Rossiya), mintaqaviy tashkilotlar (Yevropa hamjamiyati,
ACEAN va hokazo), transmilliy korporatsiyalar (TMK), nodavlat tashkilotlar
(“yashillar” harakati kabi), B.Geyts singari badavlat kishilarni siyosat maydoniga olib
chiqdi”

11

.

8

Хантингтон С. Столкновение цивилизация и преобразование мирового порядка// Новая постиндустриальная

волна на Западе. -М., 1999.
9 Кессиди Ф.Х. Глобализация и культурная идентичность // Вопросыфилософии 1, 2003.

10

Stiglitz J.E. Globallzation and the Discontents New York W.W.Norton @ Co., 2002. -P.248.

11

Umarov B. Globallashuv ziddiyatlari: iqtisodiy, ijtimoiy, va ma`naviy jihatlari. -T.: “Ma`naviyat’, 2006. -B.11.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

259

ISSN:3030-3613

XULOSA. Globallashuvning millatlararo munosabatlarni taraqqiy etishiga

ijobiy ta’sirlarini inkor etmagan holda uning salbiy oqibatlaridan ko‘p millatli davlatlar
o‘z hududida yashayotgan etnik birliklarning milliy va madaniy o‘ziga xosligini
saqlash va rivojlantirish, ularni eng oliy janob g‘oyalarini milliy g‘oya tamoyillari
sifatida qaror toptirish negizida jamiyat hayotida milliy birdamlikni vujudga keltirish
hamda milliy mintalitet xususiyatlarini himoya qilish orqaligina o‘z davlat
xavfsizligini ta’minlashi mumkin. Shu bois, maskur hayot sur’atlarining beqiyos
darajada tezlashuvi sharoitida yuzaga kelayotgan imkoniyatlaridan oqilona
foydalanish, millatlararo munosabatlarga tahdid solishi mumkin bo‘lgan xatarlarni o‘z
vaqtida aniqlash va zararsizlantirishda jamiyatning tahdid, bardoshlilik salohiyatini
yuksaltirish muhim ahamiyatga egadir.

O‘zbekiston jamiyati demokratlashuvining hozirgi bosqichida o‘ta murakkab va

serqirra ko‘rinishlarda namoyon bo‘layotgan globallashuv va u bilan bog‘liq
voqealarning yangi qirralari namoyon bo‘lmoqda.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

S.Otamurodov Globallashuv va milliy-ma`naviy xavfsizlik. -T.: “O`zbekiston”,

2013.

2.

M.Xolbekov. Adabiyot va globallashuv// “Tafakkur”, 4, 2004.

3.

A.Qodirov An`anviy jamiyat va uni modernizatsiyalashtirish strategiyasi. -T.:

TDYUI, 2006.

4.

A.Ochildiyev Globallashuv va mafkuraviy jarayonlar. -T.: “Muharrir”, 2009.

5.

B.Umarov Globallashuv ziddiyatlari: iqtisodiy, ijtimoiy, va ma`naviy jihatlari. -T.:

“Ma`naviyat’, 2006.

6.

U.Saidov Globallashuv va madaniyatlararo muloqot. -T.: “Akademiya”, 2008.

7.

Chavchavadze N.Z. Fenomen bezduxovnosti. Tbilisi, 1991.

8.

Appadurai A. Dsjuncture and difference in the global cultural economy. //

Robertson R. White K.E. (Ed.) Globalisation. Critical conceptin socilogi. Volume

1, London, 2003.P. 251-264.

9.

Хантингтон С. Столкновение цивилизация и преобразование мирового

порядка// Новая постиндустриальная волна на Западе. -М., 1999.

10.

Кессиди

Ф.Х.

Глобализация

и

культурная

идентичность

//

Вопросыфилософии 1, 2003.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

260

ISSN:3030-3613

11.

Stiglitz J.E. Globallzation and the Discontents New York W.W.Norton @ Co.,

2002.

12.

Xamdamov, E. (2024). Ziyo go ‘kalpning “to ‘g ‘ri yo ‘l” asarida ijtimoiy va

siyosiy tamoyillar. Tamaddun nuri jurnali, 7(58), 43-45.

13.

https://www.google.com/search?q=globallashuv+atamasi+kim+fanga+kiritgan&s

ca_esv= =gws-wiz-serp

14.

https://president.uz/oz/lists/view/7464

15.

https://oyina.uz/uz/teahause/2156



Bibliografik manbalar

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

S.Otamurodov Globallashuv va milliy-ma`naviy xavfsizlik. -T.: “O`zbekiston”,

M.Xolbekov. Adabiyot va globallashuv// “Tafakkur”, 4, 2004.

A.Qodirov An`anviy jamiyat va uni modernizatsiyalashtirish strategiyasi. -T.:

TDYUI, 2006.

A.Ochildiyev Globallashuv va mafkuraviy jarayonlar. -T.: “Muharrir”, 2009.

B.Umarov Globallashuv ziddiyatlari: iqtisodiy, ijtimoiy, va ma`naviy jihatlari. -T.:

“Ma`naviyat’, 2006.

U.Saidov Globallashuv va madaniyatlararo muloqot. -T.: “Akademiya”, 2008.

Chavchavadze N.Z. Fenomen bezduxovnosti. Tbilisi, 1991.

Appadurai A. Dsjuncture and difference in the global cultural economy. //

Robertson R. White K.E. (Ed.) Globalisation. Critical conceptin socilogi. Volume

, London, 2003.P. 251-264.

Хантингтон С. Столкновение цивилизация и преобразование мирового

порядка// Новая постиндустриальная волна на Западе. -М., 1999.

Кессиди Ф.Х. Глобализация и культурная идентичность //

Вопросыфилософии 1, 2003.

Stiglitz J.E. Globallzation and the Discontents New York W.W.Norton @ Co.,

Xamdamov, E. (2024). Ziyo go ‘kalpning “to ‘g ‘ri yo ‘l” asarida ijtimoiy va

siyosiy tamoyillar. Tamaddun nuri jurnali, 7(58), 43-45.

ca_esv= =gws-wiz-serp