Mualliflar

  • Pirmatov Doniyor Rustam o'g'li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.93111

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Markaziy Osiyo (MO) O’zbekiston eksport import savdo hajmi tashqi savdo aylanmasi kooperatsiya.

Annotasiya

Anotatsiya:  Ushbu  maqolada  O’zbekistonning  2000­2021  yillarda  Markaziy 
Osiyo  (MO)  mamlakatlari  bilan  tashqi    hamkoligi  va  savdo  aylanmasi 
regression­korrelyatsion  tahlili  keltirilfan.  O’zbekistonning  Markaziy  Osiyo  har  bir 
mamlakati  bilan savdo hamkorlik aylanmasining mamlakat tashqi savdo aylanmasiga 
ta’siri  o’rganilgan.  Tahlil  natijalariga  ko’ra,    O’zbekistonning    Qozog’iston,  
Qirg’iziston  va  Turkmaniston  bilan  tashqi  savdo  aloqalarini  rivojlantirish  istiqbolli  
ekani  aniqlangan.  Ushbu  mamlakatlar  bilan  savdo  hajmini  oshirish  bo’yicha  
mqsadli  takliflar  berilgan.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

244

ISSN:3030-3613

O’ZBEKISTONING MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI BILAN TURLI

SOHALARDAGI HAMKORLIGI

University of business and science universiteti

arxiv bo'limi xodimi

Pirmatov Doniyor Rustam o'g'li

doniyorpirmativ@gmail.com

Anotatsiya:

Ushbu maqolada O’zbekistonning 2000­2021 yillarda Markaziy

Osiyo (MO) mamlakatlari bilan tashqi hamkoligi va savdo aylanmasi
regression­korrelyatsion tahlili keltirilfan. O’zbekistonning Markaziy Osiyo har bir
mamlakati bilan savdo hamkorlik aylanmasining mamlakat tashqi savdo aylanmasiga
ta’siri o’rganilgan. Tahlil natijalariga ko’ra, O’zbekistonning Qozog’iston,
Qirg’iziston va Turkmaniston bilan tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish istiqbolli
ekani aniqlangan. Ushbu mamlakatlar bilan savdo hajmini oshirish bo’yicha
mqsadli takliflar berilgan.

Kalit so’zlar:

Markaziy Osiyo (MO), O’zbekiston, eksport, import, savdo

hajmi, tashqi savdo aylanmasi, kooperatsiya.

Annatation:

In the article is presented a regression-correlation analysis of the

foreign trade turnover of Uzbekistan with the countries of Central Asia in 2000-2021,
the influence of the trade turnover of Uzbekistan with each country of Central Asia
and the prospects for the development of foreign trade relations of Uzbekistan with
Kazakhstan, Kyrgyzstan and Turkmenistan are revealed. Targeted proposals for
increasing the volume of trade with these countries are given.

Key words

: Central Asia (CA), Uzbekistan, export, import, trade volume,

foreign trade turnover, cooperation.

Kirish.

2016 yildan keyin O’zbekiston tashqi iqtisodiy siyosatining takomillashishi

natijasida uning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ham savdo aloqalari rivo- jlonib
bormoqda. Jumladan, O’zbekistonning yirik 5 ta eksport hamkorlarining 2 tasi
(Qozog’iston­11%, Qirg’iziston­8,2 % ulushga ega), import hamkorla­ rining 1 tasi
(Qozog’iston­11% ulushga ega) ushbu mamlakatlardir. Mamlakat barcha Markaziy
Osiyo davlatlari bilan aktiv savdo aylanmasiga ega. Jumladan, 2021 yilda O’zbekiston
va Qozog’iston o’rtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi 3,9 milliard dollarni tashkil
qilgan bo’lsa (2020 yilga nisbatan 30,4 foizga ko’p), 2022 yil yanvar­noyabrda
– 4,2 milliard dollar (+18,8%): eksport – 1,27 milliard dol- lar (+20,2%), import –
2,93 milliard dollar (+18,1%) ga yetdi.Eksportning asosiy pozitsiyalari: transport
vosi- talari (27,8%), oziq-ovqat tovarlari (19,1%), xizmat- lar (14%), plastmassa va
undan yasalgan buyumlar (5%), to’qimachilik mahsulotlari (4,5%), qora metallar


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

245

ISSN:3030-3613

(4,2%) va boshqalardan iborat. Import: un mahsulotlari (27,3%), qora metal- lar
ulardan yasalgan mahsulotlar (17,8%), energiya mahsulotlari (10,5%), ruda va shlak
(12,7%), quril- ish materiallari (5%), transport vositalari (4,6%) va boshqalardan
iborat.

O’zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan umumiy hisobda 7

milliard AQSH dollariga teng o’zaro savdosining 60 foizi Qozog’istonga to’g’ri
keladi. Ayni paytda O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasidagi o’zaro savdo Markaziy
Osiyodagi hududiy ichki savdoning 25 foizini tashkil qiladi (16,5 mil- liard) [1].
O’zbekiston Qirg’iziston bilan ham ikki tomon­ lama kelishuvlar, SHHT va MDH
doirasida savdo-iqt- isodiy munosabatlarini olib boradi. 2016 yildan 2020 yilgacha
bo’lgan davrda O’zbekistonning Qirg’iziston bilan tovar aylanmasi 3,5 barobar
o’sib, 903 mil­ lion dollarga yetdi [2]. 2021 yil yakunlari bo’yicha O’zbekiston
va Qirg’iziston o’rtasidagi tovar ayir­ boshlash hajmi 953,5 million dollardan,
2022 yil birinchi yarmida esa 590 million dollardan oshdi [3].

O’zbekistonda qirg’iz sarmoyasi ishtirokidagi 187 ta korxona bor (ular soni

2016 yilda 49 ta bo’lgan), shulardan 98 tasi qo’shma korxona hisoblanadi. Shu bilan
birgalikda, energetika, yengil sanoat, farmat- sevtika, avtomobilsozlik, qurilish
materiallari va qish­ loq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish sohalar­ ida qo’shma
loyihalar sonini ko’paytirish istiqbollari mavjud. O’zbekiston savdo salohiyati uchun
foydali bo’lgan “Xitoy – Qirg’iziston – O’zbekiston” trans­ port koridorining
imkoniyatlari juda baland. U mam- lakatga dengizga va Janubiy-Sharqiy Osiyo
mam- lakatlariga chiqish imkonini beradi.

2021 yilda O’zbekiston va Tojikiston o’rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi

22,6 foizga oshib, 604,5 million dollarni tashkil etgan bo’lsa, Tojikistonga eksport
hajmi 23,6 foizga oshib, 500,9 million dol- larni, import 17,7 foizga oshib, 103,6
million dollarni tashkil etdi. Pandemiya davrida Tojikiston bilan tovar ayirboshlash
hajmi kamaymaydi va bir oz bo’lsada, 2019 yildagi 480,5 million dollardan 2020 yilda
493,1 million dollargacha 2,7 foizga oshgani kuzatildi [4].

2021 yilda O’zbekiston va Turkmaniston o’rtasidagi ikki tomonlama savdo

hajmi 902,0 mil­ lion dollarni tashkil etib, 2020 yilga nisbatan 67,6%ga o’sdi. Shu
bilan birga, 2022 yil yanvar­may oylarida mamlakatlar o’rtasidagi tovar ayirboshlash
hajmi 322,6 million dollarni tashkil etdi va 2021 yilning shu davriga nisbatan 1,2%ga
oshdi.

O’zbekiston Respublikasi 2021 yilda dunyoning 182 davlati bilan savdo

aloqalarini amalga oshirdi. O’zbekiston tashqi savdosida Turkmanistonning ulushi
umumiy savdo aylanmasida - 2,1%, eksportda - 1,2% va importda - 2,8%ni tashkil
etdi.
2021 yil ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekistonda Turmaniston kapitali ishtirokida 173
ta korxona [5] faoliyat olib bordi. Ikki mamlakat o’rtasida chegaraviy savdoni


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

246

ISSN:3030-3613

rivojlantirish bo’yicha kelishuv imzolangan.Markaziy Osiyodagi har bir mamlakat
O’zbekiston tashqi savdo aylanmasida o’ziga xos salohiyatga ega. Ushbu
mamlakatlar etnik tarkibining bir­biriga o’xshashligi o’zaro savdo imkoniyatlarini
oshirsa, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikistonning JSTga a’zo ekanligi hamda
O’zbekiston va Turkmaniston­ ning a’zo emasligi savdo munosabatlarini murakk­
ablashtiradi.Ushbu maqolaning maqsadi ham O’zbekiston tashqi savdo
aylanmasiga Markaziy Osiyo mam­ lakatlari bilan savdo aylanmasining ta’sirini
aniqlagan holda, o’zaro hamkorlikning istiqbolli yo’nalishlari bo’yicha tavsiyalar
ishlab chiqishdir.Ilmiy muammoning qo’yilishi.Markaziy Osiyo mamlakatlarining
savdo-iqtisodiy hamkorligi hudud olimlari va boshqa yirik xorijiy olimlar
tomonidan ham samarali o’rganilgan. Uuriintuya Batsaikhan, Marek Dombrovskiy
tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda Markaziy Osiyo mamlakatlarining tarixi,
geografiyasi va geo­ siyosati, savdo­iqtisodiy yo’nalishdagi integratsiyasi,
mamlakatlarda olib borilgan islohotlar va ijtimoiy­ iqtisodiy ko’rsatkichlari tahlil
qilinadi. Tahlillar natijasida Markaziy Osiyo mamlakat- lari tabiiy resurslariga boy
bo’lishiga qaramasdan, hali­hanuz sotsealistik tuzimning qoldiqlarini iqti­ sodiy
hamda siyosiy yo’nalishlarda namoyon etishini ko’rsatib beradi. Maqola keng
qamrovli bo’lib, bunda Markaziy Osiyo mamlakatlarining siyosiy­iqtisodiy holatini
ko’rsatib berildi. Hudud mamlakatlarining xalqaro tashkilotlar va boshqa
mamlakatlar bilan aloqala- rini tahlil qiladi, ammo Markaziy Osiyo davlatlarin- ing
o’zaro savdo­iqtisodiy hamkorligi va ularning istiqbollariga e’tibor qaratilmaydi
[6]. Lyu TSzyunsya tomonidan olib borilgan tadqiqot- larda [7] Markaziy Osiyodagi
energetik diplomatiya to’g’risida so’z boradi. Xalqaro investitsiyalar orqali tashqi
energiya bozorlaridan foydalanish energiya xavfini bartaraf etish va energiya
manbalarini taqsim- lashni optimallashtirishning muhim strategiyasiga aylandi.
Muhim jug’rofiy joylashuvi va turli xil boy energiya manbalari bilan Markaziy
Osiyo xalqaro hamjamiyat e’tiborini jalb qildi va xorijiy investitsi­ yalarni jalb qilish
joyiga aylandi. Biroq, korruptsiya xavfi, xususan energetika sohasidagi xorijiy
sarmoya- dorlar uchun katta muammo hisoblanadi. Respon- dent sifatida Markaziy
Osiyoning besh mamlakati bilan bo’lgan xalqaro investitsiyalar arbitrajidagi kor­
ruptsiyaning ulushi energetika sohasida 75% gacha yetadi. Bunday vaziyatlarda
sarmoya kiritish uchun joy sifatida Markaziy Osiyoni tanlash resurslarni talab
qiladigan investitsiyalarni yaratish uchun ham imkoniyatlar, ham tavakkallarni
ko’rib chiqqandan so’ng qabul qilinishi kerak. Ushbu borada sarmoy­ aviy bitimlarga
erishish, Markaziy Osiyo mamlakat- lari uchun huquqiy bazani yaratish,
investitsiyalarni rag’batlantirish choralarini ko’rish, investorlarning o’zini o’zi
boshqarish va o’zini o’zi himoya qilish, investitsiya kafolatlari tizimini kuchaytirish
taklif eti- ladi.Xitoy olimlari tomonidan keltirilgan ushbu xulos­ ani boshqa ko’plab
olimlar ilmiy tadqiqoti natijasida ham uchratishimiz mumkin. Mintaqa mamlakatla-


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

247

ISSN:3030-3613

rining nafaqat, energetika sohasida, balki boshqa ko’plab, savdo, iqtisodiy, tranzit,
bojxona va chegara soliqlari bo’yicha ham hamkorligi 21 asrda Markaziy Osiyo
mamlakatlari oldida turgan muhim muammo- lardan biri hisoblanadi. Valyuta
kurslarining o’zgaruvchanligi kapital bozori narxlari bilan chambarchas bog’liq va
import- eksport hamda real iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalar hajmiga ham ta’sir
qiladi. Xuping Ma, Jun Wang, Xiaolei Sun[8] tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda
VAR indeksiga asoslangan yondashuvni qo’llagan holda, bir necha marshrutli
yo’l bosib o’tgan dav­ latlar o’rtasidagi almashinuv kurslarining o’zgarishi xavfini
o’rganildi.Markaziy Osiyo valyuta bozorlaridagi ichki o’zaro ta’sir kuchsiz,
Qirg’iziston valyutasi esa butun mint­ aqada muhim rol o’ynashi keltirib o’tiladi. Shu
o’rinda Qirg’izistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo ekan­ ligi ham nazarda tutiladi.
Ammo Qozog’iston hamda O’zbekiston singari mintaqa tashki savdo aylanma­ sida
muhim ahamiyat kasb etadigan mamlakatlarning o’rni inobatga olinmaydi. Keltirilgan
ilmiy tadqiqotlarga suyangan holda etirof etish lozim-ki, Markaziy Osiyo hududiga
jahon miqyosida, kundan kunga qiziqish ortib bormoqda. Turli mamlakatlar va turli
siyosiy­iqtisodiy kuchlar ushbu mintaqada oz manfaatlariga erishish yo’llarini
izlamoqdalar. Ammo ular manfaatlari hamisha ham ushbu hudud mamlakatlari
manfaatlariga mos kelavermaydi. Shunin uchun ham Markaziy Osiyo mamlakatlari
avvalam bor o’z manfaatlarini aniq belgilab olishlari, va usbu manfaatlarga
erishsihda ichki imkoniyatlarini qaysi uslubda birlashtirishlari borasidagi
tadqiqotkarni amalga oshirish – muhim ahamiyat kasb etadi.

Materiallar va metodlar.

Tadqiqot natijalarini hisoblash 1­jadval ma’lumotlariga muvofiq olib

boriladi. Unga ko’ra, O’zbekistonning Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojik­ iston va
Turkmaniston bilan tovar aylanmasining O’zbekiston umumiy tovar aylanmasiga
ta’siri 2000­ 2021 yillar bo’yicha regression­korrelyatsion tahlil qilinadi.Tahlil
natijalariga ko’ra, Markaziy Osiyo mamlakat­ larining qaysi biri bilan savdo
aloqalarning rivojlani­ shi O’zbekiston tashqi savdo aylanmasining ortishiga olib
kelsa, u bilan hamkorlikni va savdo­iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bo’yicha
tavsiyalar ishlab chiqiladi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

248

ISSN:3030-3613

Tahlil va natijalar. 1.. Y va X munosabatlar R-kvadrat (R2) 0,9681 ga teng.

Demak, Y ning oʻzgaruvchanligining 96,8% X bilan izohlanadi. Korrelyatsiya (R)
0,9839 ga teng. Bu shuni anglata- diki, X va Y o'rtasida juda kuchli to'g'ridan-to'g'ri
aloqa mavjud. 1-jadval. O’zbekistonning Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va

Turkmaniston bilan 2000-2021 yillardagi savdo aylanmasi hajmi (million. AQSH
dollarida) [9].Nishab: b1=10,5955 CI[9,6988, 11,4923] X ni 1 ga oshirganingizda,
Y qiymati 10,5955 ga oshishini bildiradi.

y-kesishmasi: b0=5035.5438 CI[3360.8867, 6710.2008] X 0 ga teng

boʻlganda Y qiymatining bashorati 5035.5438 ekanligini bildiradi.

X-kesishmasi -475,2511 ga teng.
2. Muvofiqligi.
Umumiy regressiya: o'ng dumli, F (1,20) =
607,5041, p-qiymati = 2,22e-16. P-qiymati < a (0,05) bo'lgani uchun biz H0 ni

rad etamiz.

Chiziqli regressiya modeli, Y = b0+ b1X + e, mus- taqil o'zgaruvchisiz modelga

qaraganda yaxshiroq moslikni ta'minlaydi, natijada Y = b0 + e.

Nishab (b1): ikki dumli, T(20)=24,6476, p-qiymati = 2,22e-16. Bitta

bashoratchi uchun u umumiy model uchun p-qiymati bilan bir xil.

Y-kesish (b0): ikki dumli, T(20) = 6,2723, p-qiymati = 0,000004003. Demak,

b0 noldan sezilarli farq qiladi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

249

ISSN:3030-3613

3. Qoldiq normallik.
Chiziqli regressiya modeli qoldiq xatolar uchun normallikni qabul qiladi.

Shapiro-Wilk p-qiymati 0,6611 ga teng. Ma'lumotlar normal taqsimlangan deb
taxmin qilinadi (4-jadval).

1. Y va X munosabatlari.
R-kvadrat (R2) 0,6807 ga teng. Demak, Y ning oʻzgaruvchanligining 68,1%

X bilan izohlanadi.

Korrelyatsiya (R) 0,8251 ga teng. Bu shuni anglata- diki, X va Y o'rtasida

juda kuchli to'g'ridan-to'g'ri aloqa mavjud.

Nishab: b1=35,2363 CI[23,9809, 46,4917] X ni 1 ga oshirsangiz, Y qiymati

35,2363 ga oshadi.

y-kesishmasi: b0=12021.9179 CI[7800.6204, 16243.2154] X 0 ga teng

boʻlganda Y qiymatining bashorati 12021.9179 ekanligini bildiradi.

X-kesishmasi -341,18 ga teng.
2. Muvofiqligi
Umumiy regressiya: o'ng dumli, F (1,20) =
42,6456, p-qiymati = 0,000002302. P-qiymati < a (0,05) bo'lgani uchun biz

H0 ni rad etamiz.Nishab (b1): ikki dumli, T(20)=0,4821, p-qiymati = 0,635. Bitta
bashoratchi uchun u umumiy model uchun p-qiymati bilan bir xil.

Y-kesishmasi (b0): ikki dumli, T(20) = 4,2882, p-qiymati = 0,0003586.

Demak, b0 noldan sezilarli farq qiladi.

Chiziqli regressiya modeli qoldiq xatolar uchun normallikni qabul qiladi.

Shapiro-Wilk p-qiymati 0,06909 ga teng. Ma'lumotlar odatda tarqatiladi deb taxmin
qilinadi (5-jadval).

1. Y va X munosabatlari.
R­kvadrat (R2) 0,6206 ga teng. Demak, Y ning oʻzgaruvchanligining 62,1%

X bilan izohlanadi.

Korrelyatsiya (R) 0,7878 ga teng. Bu X va Y o'rtasida kuchli to'g'ridan-to'g'ri

bog'liqlik mavjudlig- ini anglatadi.

Nishab: b1=28,7481 CI[6,2929, 51,2034], X ni 1 ga oshirganingizda, Y

qiymati 28,7481 ga oshadi.

Y-kesishmasi: b0=21718.5266 CI[12566.3076, 30870.7456] X 0 ga teng

boʻlganda Y qiymatining bashorati 21718.5266 ekanligini bildiradi.

X-kesishmasi -755,4767 ga teng.
2. Muvofiqligi Umumiy regressiya: o'ng dumli, F (1,6) = 9,8134,
p-qiymati = 0,02026. P-qiymati < a (0,05) bo'lgani uchun biz H0 ni rad etamiz.
Chiziqli regressiya modeli, Y = b0+ b1X + e, mus- taqil o'zgaruvchisiz modelga

qaraganda yaxshiroq moslikni ta'minlaydi, natijada Y = b0 + e.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

250

ISSN:3030-3613

Nishab (b1): ikki dumli, T(6)=3,1326, p-qiymati = 0,02026. Bitta bashoratchi

uchun u umumiy model uchun p-qiymati bilan bir xil.

Y-kesishmasi (b0): ikki dumli, T(6) = 5,8066, p-qiymati = 0,001145.

Demak, b0 noldan sezilarli farq qiladi.

3. Qoldiq normallik.
Chiziqli regressiya modeli qoldiq xatolar uchun normallikni qabul qiladi.

Shapiro-Wilk p-qiymati

0,6164 ga teng. Ma'lumotlar normal taqsimlangan deb taxmin qilinadi.
Ko’rib turganimizdek, korrelyatsiya koeffitsenti Qozog’istonning

O’zbekiston savdo aylanmasi hajmiga tasiri 0,98, Qirg’izistonniki 0,82,
Tojikistonniki 0,10 (eng past), Turkmanistonniki 0,79 ni tashkil etdi. Demak,
O’zbekistonning Qozog’iston, Qirg’iziston va Turkmaniston bilan savdo
aylanmasini oshirish mamlakat tashqi savdo aylanmasining ortish- iga olib keladi.
Keyingi bo’limda O’zbekistonning Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va
Turkmanis- ton bilan eksport va import pozitsiyalarini tahlil qilish orqali kengroq
natiajaga ega bo’lamiz.

Muhokamalar.
Olib borilgan tahlillar shuni ko’rsatadiki, O’zbekiston Markaziy Osiyo

mamlakatlariga trans­ port vositalari, mineral yoqilg’i, trikotaj, kiyimlar, meva va
sabzavotlar eksport qilsa, uning importi tarkibida mineral yoqilg’ilar, moylar va
distillatorlar, tuz, oltingugurt, tuproq, tosh, gips, ohak va tsement, yorma, mashinalar,
yadro reaktorlari va qozonxona­ lar ustunlik qiladi. O’zbekiston MO mamlakatlariga
oziq­ovqat mahsulotlarining boshqa pozitsiyalari bo’yicha ham eksportni amalga
oshiradi, ammo umu- miy hisobda ularning narxi yuqori emasligi sababli, eksport
hajmida yuqori ahamiyat kasb etmaydi.

O’zbekistonning savdo balansi manfiy saldoga ega (2022 yil noyabr bo’yicha

eksport 1539,5 million dollarni, import 2754 million dollarni tashkil etgan). Buni MO
mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanma­ sida ham ko’rish mumkin. Masalan, birgina
MO mam- lakatlarining Tojikistondan tashqari barchasi bilan O’zbekiston manfiy
saldoga ega (6-jadval).

O’zbekiston MO mamlakatlariga transport vosi­ talari, meva va sabzavotlar,

hayvon, hayvon yog’lari, temir va po’lat, oziq­ovqat sanoati chiqindilari, kiyim,
trikotaj va tekstil buyumlarini eksport qiladi.

MO mamlakatlaridan import tarkibida rudalar, mineral yoqilg’ilar, moylar

va distillatorlar, yorma, mashinalar, yadro reaktorlari va qozonxonalar ustun- likka
ega (3-jadval).

Buni bir necha omillar bilan asoslash mumkin:


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

251

ISSN:3030-3613

– mamlakatda mavjud mineral yoqilg’ilar, moylar va distillatorlarning aholi

ehtiyojlarini to’liq qoplamasligi va buning natijasida importga ehtiyojni keltirib
chiqarishi;

– mashinalar, qozonxonalar ishlab chiqarish­ ning O’zbekistonda

rivojlanmaganligi;

– kimyo sanoatining modernizatsiyalanmagan tarmoqlarining saqlanib

qolayotganligi va kimyo sanoatida innovatsiyalarni joriy etish zaruriyati. Kiyim
(187,48 million), trikotaj va to’qilgan buyumlar (97,52 million), boshqa tekstil
buyumlari (33,66 million), plastmassa (31,51 million), sabzavotlar (28,95 million) va
boshqalar.

mineral yoqilg’ilar, moylar va distillatorlar (44,11 million), tuz, oltingugurt,

tuproq, tosh, gips, ohak va tsement (33,03 million), temir va po’lat (21,05 million),
mashinalar, yadro reaktorlari va qozonx- onalar (8,65 million), shisha va shisha idishlar
(6,96 million) va boshqalar.

O’zbekiston­ Tojikiston
Mineral yoqilg’i (54,83 million), oziq­ ovqat sanoati chiqindilari (43,79

million), o’qitlar (30,13 million), plastmassa (17,69 million), temir va po’lat (17,46
million) va boshqalar.

tuz, oltingugurt, tuproq, tosh, gips, ohak va tse- ment (33,77 million), mineral

yoqilg’ilar, moylar va distillatorlar (22,99 million), temir va po’lat (17,96 million),
alyuminiy (8,28 million), paxta (5,62 million) va boshqalar.

O’zbekiston­ Turkmaniston
O’g’itlar (48,41 million), tuz, tsement va gips (5,79 million), meva, yong’oq

va qovun (5,49 million), hayvon, hayvon yog’lari (3,74 million), tosh, gips va asbest
(3,47 million) va boshqalar.

mineral yoqilg’ilar, moylar va distillatorlar (633,54 million), plastmassa

(31,00 million), shisha va shisha idishlar (7,76 million), sun’iy iplar (2,08 mil­ lion),
mashinalar, qozonxonalar (1,94 million) va boshqalar.

Xulosa va takliflar.
Olib borilgan tadqiqot natijasida quyidagi takliflar shakllantirildi:
– O’zbekiston tashqi savdo aylanmasining ortishidagi eng katta

muammoning uning JSTga a’zo bo’lmaganligida emas, balki ishlab chiqarishning
modernizatsiya qilinishi kerakligidadir. Shu sababli ham, kimyo sanoatining
tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ushbu yo’nalishga xorijiy investitsiyalarni
jalb qilishni ham iqtisodiy-matematik tahlil qilish zaruriyati kelib chiqadi;

– mashinalar, qozonxonalar ishlab chiqarish imkoniyatini tahlil qilish zarur.

Qirg’iziston va Turk­ maniston bilan hamkorlikda ushbu mahsulotlarni ishlab
chiqarishni yo’lga qo’yish mumkin;


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

252

ISSN:3030-3613

– Markaziy Osiyo mamlakatlarining eksport va import tovarlari tarkibi

bir-biriga o’xshash. Shu sab­ abli ham MO mamlakatlari o’rtasida sanoat kooper­
atsiyani rivojlantirish maqsadga muvofiq. Masalan, tuz, oltingugurt, tuproq, tosh, gips,
ohak va tsement, plastmassa ishlab chiqarish jarayonida hamkorlikni yo’lga qo’yish
mumkin. Bu kooperatsiyaga kirgan tar- moq va sohalarning rivojlanishiga imkoniyat
yaratadi;

– shuningdek, mamlakatlar o’rtasida tran­ schegaraviy aloqalarni

rivojlantirishga xizmat qil- adigan transchegaraviy maxsus iqtisodiy zonalarni ham
tashkil etish maqsadga muvofiq. Bunday turdagi zonalar savdo aloqalarni
rivojlantirish bilan birga, savdo infratuzilmasining (transport va logistika) rivo-
jlanishiga ham imkoniyat yaratadi [11];

– O’zbekistonning Turkmaniston bilan savdo aloqalarini rivojlantirish

istiqbolli yo’nalish bo’lib hisoblanadi. O’zbekiston Turkmaniyaton bozoriga meva
va sabzavotdan tashqari, boshqa oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim va trikotaj
mahsulotlari, o’g’itlar va boshqa kimyoviy mahsulotlar eksporti hajmini oshirish
va tarkibini rivojlantirish imkoni mavjud. Mineral yoqilg’ilar, moylar va
distillatorlar, plast- massa, shisha va shisha idishlar, neft tarkibidan olinadigan
kimyo mahsulotlari importini oshirish O’zbekiston iqtisodiyoti uchun foydali
bo’lishi mum­ kin. Sababi, Turkmaniston kimyo sanoatiga jalb qil­ ingan xorijiy
investitsiyalar natijasida kimyo sanoati rivojlanish tendentsiyasini ko’rsatmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

https://daryo.uz/k/2022/12/21/songgi-6-yilda-amalga-oshirilgan-13-dan-ortiq-oza
ro-tashriflar-2-milliard-dollardan-4-milliard-dollargacha-osgan-ozaro-savdo-yilda
n-yilga-rivojla- nayotgan-madaniy-gumanita

2.

https://www.uzanalytics.com/xalqaromunosabat/9826/

3.

https://sputniknews-uz.com/20220726/ozbekiston-va-qirgiziston-avtomobilsozlik
-sohasidagi- qoshma-loyihalarni-kopaytirmoqchi-26543226.html

4.

Infografika:

O’zbekistonning

Tojikiston

bilan

savdosi.

https://review.uz/oz/post/infografika- torgovlya-uzbekistana-s-tadjikistanom

5.

Опыт

торгово­экономического

сотрудничества

Узбекистана

и

туркменистана в совре­ менный период https://www.uzdaily.uz/ru/post/70320

6.

Uuriintuya Batsaikhan, Marek Dabrowski (2017). Central Asia - Twenty-five
Years After the USSR Breakup // Russian Journal of Economics, Volume 3, Issue
3, 2017, Pages 296-320, ISSN 2405-4739, https://doi.org/10.1016/j.
ruje.2017.09.005.

(http://www.sciencedirect.com/science/

article/pii/S2405473917300429)

7.

Liu Junxia (2019). Investments in the energy sector of Central Asia: Corruption
Risk and Policy Implications // Energy Policy, Volume 133, 2019, 110912, ISSN


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

253

ISSN:3030-3613

0301-4215,

https://doi.org/10.1016/j.

enpol.2019.110912.

(http://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S0301421519304902)

8.

Xuping Ma, Jun Wang, Xiaolei Sun (2018). A study on the dynamics of exchange
rate volatility network: Evidence from Central Asia // Procedia Computer
Science, Volume 139, 2018, Pages 76-81, ISSN 1877-0509,
https://doi.org/10.1016/j.procs

.2018.10.220.

(http://www.sciencedirect.

com/science/article/pii/S1877050918318891)

9.

O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston statistika
boshqarmalari

ma’lumotlaridan,

CAAN

ma’lumotlaridan

olingan.

https://www.caa-network.org/archives/19734/
ekonomika-i-covid-19-v-czentralnoj-azii

10.

Trading

economics

sayti

ma’lumotlaridan

olingan.

https://tradingeconomics.com/uzbekistan/ indicators

11.

Khasanovna, V. M. (2020). DEVELOPMENT OF TRANSBOUNDARY TRADE
AND ECONOMIC RELATIONS IN CENTRAL ASIA. Central Asian Journal
of Innovations on Tourism


Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

ro-tashriflar-2-milliard-dollardan-4-milliard-dollargacha-osgan-ozaro-savdo-yilda

n-yilga-rivojla- nayotgan-madaniy-gumanita

-sohasidagi- qoshma-loyihalarni-kopaytirmoqchi-26543226.html

Infografika: O’zbekistonning Tojikiston bilan savdosi.

https://review.uz/oz/post/infografika- torgovlya-uzbekistana-s-tadjikistanom

Опыт торгово­экономического сотрудничества Узбекистана и

туркменистана в совре­ менный период https://www.uzdaily.uz/ru/post/70320

Uuriintuya Batsaikhan, Marek Dabrowski (2017). Central Asia - Twenty-five

Years After the USSR Breakup // Russian Journal of Economics, Volume 3, Issue

, 2017, Pages 296-320, ISSN 2405-4739, https://doi.org/10.1016/j.

article/pii/S2405473917300429)

Liu Junxia (2019). Investments in the energy sector of Central Asia: Corruption

Risk and Policy Implications // Energy Policy, Volume 133, 2019, 110912, ISSN 0301-4215, https://doi.org/10.1016/j. enpol.2019.110912.

Xuping Ma, Jun Wang, Xiaolei Sun (2018). A study on the dynamics of exchange

rate volatility network: Evidence from Central Asia // Procedia Computer

Science, Volume 139, 2018, Pages 76-81, ISSN 1877-0509,

com/science/article/pii/S1877050918318891)

O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston statistika

boshqarmalari ma’lumotlaridan, CAAN ma’lumotlaridan olingan.

ekonomika-i-covid-19-v-czentralnoj-azii

Trading economics sayti ma’lumotlaridan olingan.

Khasanovna, V. M. (2020). DEVELOPMENT OF TRANSBOUNDARY TRADE

AND ECONOMIC RELATIONS IN CENTRAL ASIA. Central Asian Journal

of Innovations on Tourism