Mualliflar

  • Mirzaaxmadova Sevinch

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.93124

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Aleksandr Faynberg she’riyat falsafiy tahlil badiiy tahlil inson ruhiyati tabiat hayot mazmuni vaqt abadiyat.

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  Aleksandr  Faynberg  she’riyatining  falsafiy 
mazmuni va badiiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Shoir ijodidagi inson ruhiyati, hayot, 
tabiat va vaqtga oid mavzularning o‘ziga xos talqini yoritilib, she’riyatning chuqur fikr 
va his uyg‘unligidagi o‘rni ko‘rsatiladi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

275

ISSN:3030-3613

ALEKSANDR FAYNBERG SHE’RIYATINING FALSAFIY VA BADIIY

TAHLILI

Mirzaaxmadova Sevinch

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Xorijiy til va adabiyoti 2-fakulteti 1-bosqich talabasi

Annotatsiya

: Ushbu maqolada Aleksandr Faynberg she’riyatining falsafiy

mazmuni va badiiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Shoir ijodidagi inson ruhiyati, hayot,
tabiat va vaqtga oid mavzularning o‘ziga xos talqini yoritilib, she’riyatning chuqur fikr
va his uyg‘unligidagi o‘rni ko‘rsatiladi.

Kalit so‘zlar:

Aleksandr Faynberg, she’riyat, falsafiy tahlil, badiiy tahlil, inson

ruhiyati, tabiat, hayot mazmuni, vaqt, abadiyat.


Fransuz faylasufi Gelvetsiy “She‘r yo yuksak cho‘qqilarda, yoki g‘orlarda

yaratiladi”,-deydi. Darhaqiqat, she’r inson ruhining birmuncha g‘ayritabiiy, ayricha
holatidan tug‘iladiki, zukko faylasuf buni obrazli qilib ifoda eta oladi. O‘sha cheksiz
ufqlar, sirli miltiragan sonsiz yulduzlar kimda ham his-tuyg‘ular uyg‘otmaydi, deysiz!
Albatta, hammada ham. Faqat ijod dardiga chalingan odamda bu tuyg‘u cheksiz
armonga, go‘zal iztirobga qondirilishi nihoyatda zarur bo‘lgan ehtiyojga aylanadi”-deb
ta‘kidlaydi o‘zbek shoiri Abdulla Oripov.

Shu jihatdan qaraganda, Aleksandr Faynberg ham ijod olamida betakror

shoirlardan biri sifatida e’tirof etiladi. Uning she’rlarida inson va tabiat, sevgi va
iztirob, hayotning mazmuni va go‘zalligi juda nozik va samimiy tarzda ifoda etilgan.
Faynberg o‘zining falsafiy lirizmi bilan ajralib turadi, u hayotni, vaqtni va inson
ruhining chuqurliklarini o‘ta serg‘ayrat tarzda tadqiq qiladi. Uning she’rlari, xuddi
shoir A.Oripov kabi, insonni ulkan bir olamning kichik bir qismi sifatida his etishga,
shu bilan birga, uning yuksakligini his qilishga undaydi.

She’riyatga ixlos qo‘ygan har bir inson uchun Oripov va Faynberg ijodining

uyg‘unligi — bu ruhiy ozuqa va go‘zallik manbayi, she’riyatning yuksakligi va
ilohiyligini anglashning bir ko‘rinishidir.

“Peshonamga bitilgan baxtim bor ekan” - deb yozadi Aleksandr Faynberg. -Men

mustaqil O‘zbekistonda yashayman. O‘z umrim davomida milliy kamsitishni hech
qachon his etmaganman. Adabiyot yo‘lida o‘zbek yozuvchilari menga juda ko‘p bora
yordam berishdi. Butun ijodim davomida Abdulla Oripov, Erkin Vohidov va ko‘pdan-
ko‘p yozuvchilar, rassomlar, musiqachilar va boshqa turli kasb egalarining
yaxshiliklaridan bahramand bo‘lib kelmoqdaman.

O‘z navbatida, Faynberg ham o‘zbek adabiyotiga ehtirom ramzi sifatida Navoiy

bobomiz g‘azallarini, Asqad Muxtor, Jumaniyoz Jabborov, Erkin Vohidov, Abdulla


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

276

ISSN:3030-3613

Oripov, Usmon A’zim, Sirojiddin Sayyid, A’zim Suyun she’rlarini mahorat bilan
tarjima qildi.

Aleksandr Faynbergning “O‘n bir metrlik jarima to‘pi” deb nomlangan she‘rida

futbol maydonidagi o‘yin darvozabon obrazi ifodalangan. She’rda darvoza – Vatan,
futbol jamoasi – xalq, darvozabon – Vatan daxlsizligini, xalq g‘ururini, ozodligini
qo‘riqlovchi posbon ramzi sifatida tasvirlanadi. Unda shoirning butun mahorati bor
bo‘yi bilan namoyon bo‘ladi.

Aleksandr Faynberg she’rlarida oddiy insoniy tuyg‘ulardan tortib olamshumul

muammolargacha qalamga olinadi. U insonning sof, oliyjanob tuyg‘ularini asrab
qolishga, inson tabiatini va dunyoning inqirozdan qutqarishga undaydi. Olamning
farovonligi, insonning baxt-u saodati u yashayotgan jamiyat taraqqiyoti bilan yaxlitdir,
deb biladi. Boshqalar baxtli bo‘lsa, men baxtsiz bo‘lolmayman, deydi. Jamiyatning
barcha a‘zolarini Vatan taraqqiyoti yo‘lida birdamlikka chaqiradi. Uning she’rlarining
yana bir xususiyati shundaki, Faynberg she’rlarida uchqunli hajviya mavjud. “Ruboiy
tori” dostonida u kulgu orqali o‘zbek choyxonasining o‘zgarmas oshini shunday
tasvirlaganki, uni yuzda tabassumsiz o‘qib bo‘lmaydi.

Faynbergning she’riy ijodida o‘tmish bilan hozirgi kun, G‘arb bilan Sharq,

milliylik bilan baynalmilallik o‘zaro tutashib, o‘ziga xos badiiy olamni vujudga
keltiradi. Faynbergning lirik qahramoni tarixiy-ijtimoy silsilalar asrida o‘zining
insoniy mohiyatini to‘la saqlab qolgan, o‘zgaga mehr-shafqat va madad qo‘lini
uzatishga tayyor, ayni paytda yer kurrasida sodir bo‘layotgan noxush voqea va
hodisalardan iztirob chekuvchi jo‘mard insondir.

Xulosa o‘rnida shu ta‘kidlash joizki, she’riyat inson qalbining chuqur his-

tuyg‘ularidan, tafakkur va hayot haqidagi falsafiy mulohazalaridan tug‘iladi.
Aleksandr Faynberg ijodi she’riyatning ana shu yuksak mohiyatini yaqqol namoyon
etadi. U insonning hayotga, tabiatga, muhabbatga, vaqt va abadiyatga bo‘lgan
munosabatini chuqur tahlil qiladi. Faynbergning she’rlari nafaqat badiiy go‘zallikni,
balki inson ruhining g‘ayritabiiy holatlarini, uning ichki olamini anglash va
tasvirlashda katta ahamiyatga ega. She’riyatni chin dildan anglagan va qadrlagan inson
Faynbergning asarlari orqali nafaqat o‘z qalbiga, balki dunyoga yangicha ko‘z bilan
qarashni o‘rganadi. Uning ijodi – bu insonning eng yuksak tuyg‘ulari va go‘zallikka
bo‘lgan intilishlari timsoli. Shu bois, she’riyatga ixlos qo‘ygan har bir kishi uning
asarlarida ruhiy yuksalish va ilhom olishning cheksiz manbayini topadi. Bu she’riyat
hayotning o‘zi kabi murakkab, ammo bir vaqtning o‘zida sirli va go‘zal ekanini yana
bir bor tasdiqlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/hikmatlar/yozuvchilar-adabiyot-to-g-
risida


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

277

ISSN:3030-3613

2.

https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/matbuot/hozirgi-davr-matbuoti/ rustam-
musurmonyonib-turar-derazam-har-tun-2009

3.

https://sg.docworkspace.com/d/sIN2Zy_-lAv7hlL8G?sa=601.1074

4.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Aleksandr_Faynberg.

Bibliografik manbalar