T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_1-to’plam_Iyun-2025
228
ISSN:3030-3613
UMUMTA’LIM MAKTABI O‘QUVCHILARINI MEHNAT BOZORIGA
KIRIB KELAYOTGAN ZAMONAVIY KASBLARGA YO‘NALTIRISHNING
PSIXOLOGIK ASOSLARI
Do‘lanova Mavjuda Jo‘raqulovna
Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani
22-umumta’lim maktabi psixologi,
Ruzmatova Dilso‘z Mamurdjonovna
7- umumtaʼlim maktabi psixologi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada umumtalim maktablarida o‘quvchilarni
zamonaviy kasblarga yo‘naltirish ishlarini tashkil qilish, o‘quvchilarda zamonaviy
kasblar haqida ko‘nikmalarini hosil qilish, ushbu ishlarni tashkil qilishning ilmiy
uslubiy ahamiyatlari haqida yangicha qarashlar berilgan bo‘lib barcha pedagog va
foydalanuvchilar uchun muhim jihatlar yoritib berilgan
Kalit so‘z:
zamonaviy kasblar, mehnat bozori
,
kasb-hunarga yo‘llash,
(diagnostik), zamonaviy (rivojlantiruvchi), IT, suniy intelekt, qizish, qobilyat.
ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ОРИЕНТАЦИИ
ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧАЩИХСЯ НА СОВРЕМЕННЫЕ
ПРОФЕССИИ, ВЫХОДЯЩИЕ НА РЫНОК ТРУДА
Доланова Маджуда Джуракуловна
Каракульский район Бухарской области.
Психолог средней школы № 22
Рузматова Дилсоз Мамурджоновна
Каракульский район Бухарской области.
Психолог в 7 классе
Аннотация:
В статье изложены новые взгляды на организацию работы по
ориентации учащихся на современные профессии в общеобразовательных
школах, формирование у учащихся навыков современных профессий, научно-
методическое значение организации этой работы, выделены важные аспекты для
всех педагогов и пользователей.
Ключевые
слова:
современные
профессии,
рынок
труда,
профориентация, (диагностическая), современная (развивающая), ИТ,
искусственный интеллект, отопление, способность.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_1-to’plam_Iyun-2025
229
ISSN:3030-3613
PSYCHOLOGICAL BASIS OF DIRECTING COMPREHENSIVE SCHOOL
STUDENTS TO MODERN PROFESSIONS ENTERING THE LABOR
MARKET
Dulanova Majduda Joraqulovna
Karakul district, Bukhara region
Psychologist of secondary school No. 22
Ruzmatova Dilsoz Mamurdjonovna
Psychologist of secondary school No. 7
Annotation:
This article presents new views on the organization of work on
directing students to modern professions in secondary schools, the formation of
students' skills about modern professions, and the scientific and methodological
significance of organizing this work, highlighting important aspects for all educators
and users
Keywords:
modern professions, labor market, vocational guidance,
(diagnostic), modern (developmental), IT, artificial intelligence, heating, ability.
Har qanday jamiyat boyligining manbayi, insoniyat tomonidan moddiy va
ma'naviy boylik yaratishning asosiy omili mehnatdir. Jamiyatning ijtimoiy shakli
qanday bo‘lishidan qat'i nazar, mehnat moddiy va nomoddiy ne'matlar ishlab
chiqarishda zarur faoliyat bo‘lib qoladi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev1
ta'kidlaganidek, iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy o‘zgarishlarning samarasi, birinchi
navbatda, aholining moddiy ahvoli va farovonligiga, uning hayot darajasi hamda
sifatiga qay darajada ta'sir ko‘rsatayotgani bilan o‘lchanadi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 22022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlisga va
O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida ta'kidlaganidek, odamlarimizni kasb-hunarli
qilish, ularning biznesiga keng yo‘l ochish, haqiqiy mulkdor bo‘lib, daromad topishi
uchun zarur sharoitlarni yaratish davlatning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Kasb tanlash-bu inson hayotida muhim ahamiyat kasb etadigan tanlovdir. Bu
tanlov uning butun bir kelajak hayotini belgilab beradi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Tanlagan kasb qanchalik to‘g‘ri bo‘lsa bu insonga ham moddiy ham ma’naviy jihatdan
foyda keltiradi. Kaykovus o‘zining Qobusnoma asarida “Bas, agar aqling bo‘lsa hunar
o‘rgang‘il, nedinkim hunarsiz aql-boshsiz tan, suratsiz bandadekdir…” deya ta’kidlab
o‘tgan. Jamiyatda yashayotgan har bir insonga qulaylik yaratish, uning ehtiyojlarini
qondirish, yaxshi yashashi uchun sharoitlar yaratish bor kasblarni takomillashishiga va
yangi kasblarni paydo bo‘lishiga olib kelad . Binobarin, XXI-asrda ilm-fan yutuqlari
taraqqiyotning bosh omili bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham XXI asr ilm-fan va
taraqqiyot asri deb yuritiladi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_1-to’plam_Iyun-2025
230
ISSN:3030-3613
Bugungi kunda hayotimizga izchillik bilan zamonaviy kasblar tushunchasi kirib
kelmoqda. Zamonaviy kasb deganda ko‘proq internet tarmoqlari bilan bog‘liq yoki
masofadan turib boshqarish imkonini beradigan axborot texnalogiyalari kasblari,
marketing, ijtimoiy tarmoqlarda marketing, robotatexnika mutaxassislari, dasturiy
ta’minot, 3D, suniy intelekt yo‘nalishlarini tushunishimiz va bu misollar qatoriga
ko‘plab kasblarni qo‘shishimiz mumkin. Mehnat bozorida ma’lum bir kasbning
dolzarbligiga turli omillar ta’sir qiladi; doimiy rivojlanish, yangi texnikalarning
yaratilishi, avtomatlashtirilgan tizimlarning kirib kelishi va hokazolar. Xo‘sh, bunday
jadal rivojlanib ketayotgan bir davrda kelajak uchun eng yaxshi kasb qanday kasb ekan
degan savol o‘quvchilarni o‘ylantirishi turgan gap. Eng yaxshi ish o‘rinlari haqida
o‘ylaganda eng avvalo kasblarning jamiyatda tutgan o‘rni qanday bo‘lishidan qa’tiy
nazar inson o‘zining qiziqish va qobilyatlarini inobatga olishi lozim. Bolaning iqtidori,
ulardagi ishtiyoq nimalarga qodir ekanligiga hayotdan kelib chiqib guvohi bo‘lishimiz
mumkin. Ular bolaligidanoq o‘z maqsadlarini aniq bilishlari kerak. Bundan tashqari
zamon bilan hamnafas holda yangiliklarni kuzatib o‘z ustida tinimsiz ishlashlari lozim.
Hozirgi kunda o‘z ishida samarali natijaga erishish uchun nafaqat o‘quvchi-yoshlar
balki har bir shaxs IT sohasini mukammal o‘rganishi shartligi bugunning asosiy
talabidir. Farzandlarimizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni
egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida
tarbiyalash biz uchun dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan masala hisoblanadi-deya
ta’kidlagan edi mamlakatimiz prezidenti Sh.M.Mirziyoyev.
Yangi
O‘zbekistonning
2022-2026-yillarga
mo‘ljallangan
taraqqiyot
strategiyasida umumta’lim maktablari kasb o‘rganish istagidagi bitiruvchilarining
davlat tomonidan kamida bir kasbni egallashiga ko‘maklashuvchi tizimni joriy etish
vazifasi belgilangan. Ana shu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida ko‘rilayotgan
chora-tadbirlar o‘quvchilarning muayyan kasb o‘rganib, maxsus malakaga ega,
raqobatbardosh kadr bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi. Zero, iqtisodiyot barqarorligi,
barcha sohalarda rivojlangan davlatlar bilan bellasha olish ham mehnat bozoridagi
kadrlarning salohiyatiga bog‘liq. Shu jihatlarni inobatga olgan holda muxtaram
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich 2020-yilning 6-noyabridagi
“O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-6108 son farmonida ham
“Umumta’lim muassasalari bitiruvchilari o‘z iqtidori va qiziqishlariga mos kasblarni
tanlashi, mehnat bozorida munosib o‘rin topishi, kasbiy muvafaqiyatga erishishi uchun
“kasbga yo‘naltirish tizimi” joriy etilishi belgilangan. Mazkur tizim doirasida 7-
sinfdan boshlab turli interaktiv so‘rovnomalar o‘tkazish “kasblar olamiga sayohat”
mavzularida maxsus kurslar olib borish, 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Mening
kelajakdagi kasbim” mavzusida seminar-treninglar o‘tkazish, 9-sinf o‘quvchilarining
kasbiy moyilligi bo‘yicha o‘tkazilgan tashxis natijalariga asosan kelgusida aniq ishchi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_1-to’plam_Iyun-2025
231
ISSN:3030-3613
kasblar bo‘yicha kasb-hunar maktablarida ta’lim olishi mumkin bo‘lgan o‘quvchilar
o‘rtasida kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borish kabi vazifalar belgilab qo‘yilgan.
2022-yilning 11-maydagi PF-134 son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026-
yillarda maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturi, Vazirlar
Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11 sinf o‘quvchilarini
kasb-hunarga tayyorlash chora tadbirlari to‘g‘risida” gi 792-son qarorlari,
maktabgacha va maktab ta’limi Vazirining 2023-yil 14-avgustagi 238-son qarorlarida
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilar o‘z iqtidori va qiziqishlariga mos
kasbni tanlab olishi, mehnat bozorida munosib o‘rin topishi,kasbiy faoliyatda
muvaffaqiyatga erishishi uchun “Kasbga yo‘naltirish tizimi” joriy etish,o‘quvchilarni
zamonaviy kasblar va IT sohasiga yo‘naltirish, ularni bilimlarini oshirish ishlarini
samarali tashkil etish, o‘quvchilarni ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga o‘rgatish
amaliyotlarini yo‘lga qo‘yish, ularni professional ta’lim muassasalariga jalb etish
bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish kabi vazifalar belgilangan bo‘lib, bu orqali
o‘quvchilarning qiziqish va qobilyatlaridan kelib chiqib kelajakda ularning tanlovini
davom ettirishlari yoki egallagan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan
shug‘ullanishlariga shart-sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan. Yurtimizda amalga
oshirilayotgan ushbu islohatlardan bilishimiz mumkinki, zamonaviy bilim olish hamda
mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunar egallash istagida bo‘lgan o‘quvchi-
yoshlarning ta’lim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.
Umumta’lim muassasalarida ham o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, ularga turli
zamonaviy kasblar haqida tushunchalar berish borasida ko‘plab ishlar olib borilmoqda.
Respublika Tashxis Markazi tomonidan ishlab chiqilgan rejalar asosida muassasalarda
har bir oy ma’lum bir kasblar oyligiga bag‘ishlanadi. Masalan oktyabr oyi-maishiy
xizmat ko‘rsatish kasblari oyligi, noyabr-ishlab chiqarish sohalari kasblari oyligi, may
oyi-radoitexnika va elektrotexnika kasblari oyligi, aprel oyi-fan va ta’lim sohasiga oid
kasblar va shunga o‘xshash o‘quv yilining har bir oyida o‘quvchilarga ma’lum bir
sohaga oid kasblar haqida tushunchalar berib boriladi, turli sayohat va ekskursiyalar,
foto lavhalar, devoriy gazaetalar, insholar tanlovlari, trening mashg‘ulotlari tashkil
etilib ushbu sohalar haqida bilim ko‘nikmalar shakillantirib borilmoqda. Bundan
tashqari o‘quvchi-yoshlarni kasb-hunarga qiziqishlarini rivojlantirish, erkin fikrga va
taassurotlarga ega bo‘lishlari uchun, yana bir samarali usullardan biri o‘z sohasida
yuksak natijalarga erishib kelayotgan turli kasb egalari bilan jonli muloqotlar tashkil
etilib, ular o‘z hayotiy tajribalari bilan, bosib o‘tgan yo‘llari, kerak bo‘lsa yo‘l qo‘ygan
xatolari, sarflangan vaqt va xarajat hamda erishgan yutuqlari haqida bir-birlari bilan
fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun davra suhbatlari tashkil etib
kelinmoqda.
Aslini olganda jamiyat uchun keraksiz kasbning o‘zi yo‘q, Faqatgina inson
tanlagan kasbiga sidqidildan, ma’suliyat bilan yondashib, yuqori darajada bilim,
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_1-to’plam_Iyun-2025
232
ISSN:3030-3613
malaka, ko‘nikmalarga ega bo‘lsa va o‘z kasbini chinakamiga sevsagina yuqori
natijalarga erishishi hamda o‘z kasbining obro‘sini oshirishi mumkin deb o‘ylaymiz.
Inson to‘g‘ri tanlangan kasbi orqali o‘z oilasi bilan birga jamiyatga ham juda katta naf
keltirishi aniq qonuniyatdir. Xulosa qiladigan bo‘lsak, mehnat bozorining rivojlanishi
tendensiyalarini inobatga olgan holda, aholining keng qatlamlarini talab yuqori bo‘lgan
kasblarga o‘qitish va malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini
joriy etish hamda mehnat resurslari balansini shakllantirish tartibini takomillashtirish,
ayniqsa, mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan yoshlar bandligini ta’minlash hamda
tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha mehnat bozorining aniq talabidan kelib chiqib, kasb-
hunarga o‘qitish davlat buyurtmasini hududiy investitsiya dasturlari asosida
yaratilayotgan ish o‘rinilarini inobatga olgan holda shakllantirish mehnat bozorida
2030-yilgacha mavjud yangi paydo bo‘ladigan kasblar ro‘yxatini shakllantirish yoshlar
bandligi samaradorligini oshirish uchun iqtisodiy rag‘batlardan, jumladan, yoshlarni
ishga joylashtirish va qabul qilish, ularni kasbga o‘qitish, malakasini oshirish hamda
qayta tayyorlash bo‘yicha xizmatlarini taqdim qilishdan korxonalarning
manfaatdorligini oshiradigan soliq imtiyozlaridan ham foydalanish, yoshlarni ishga
qabul qilish uchun qo‘shimcha kvotalar ajratish lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Sh.M.Mirziyoyev “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga
quramiz” Toshkent “O‘zbekiston” 2017. 136 b
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning O‘zbekiston Oliy
Majlisiga Murojaatnomasi. Toshkent 2022 yil,20 dekabr
3.
“Kasb psixologiyasi” F.R.Abduraxmonov, Z.E.Abduraxmonova Toshkent 2018
4.
“Экономика и сотциум” № -1 (92)-2.2022. Baxromova M.M
5.
Sh.M.Mirziyoyev “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”.-Toshkent:
“O‘zbekiston” nashriyoti, 2021
6.
O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi “ Axoli bandligi to ‘g
‘risida”gi 642-sonli Qonuni,
7.
O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi “Mehnat kodeksini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi 642-sonli Qonuni,
8.
LEX.UZ.