T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_1-to’plam_Iyun-2025
223
ISSN:3030-3613
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA
YO‘NALTIRISHDA INNOVATSION YONDASHUV
Ruzmatova Dilso'z Mamurdjonovna
Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani
7- umumtaʼlim maktabi psixologi
Do‘lanova Mavjuda Jo‘raqulovna
22-umumta’lim maktabi psixologi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada umumtalim maktablarida o‘quvchilarni kasb-
hunarga yo‘llash ishlarini tashkil qilish, o‘quvchilarni kasbga doir ko‘nikmalarini
oshirish, ushbu ishlarni tashkil qilishning ilmiy uslubiy ahamiyatlari haqida yangicha
qarashlar berilgan bo‘lib barcha pedagog va foydalanuvchilar uchun muhim jihatlar
yoritib berilgan. Hozirgi vaqtda maqolada keltirilgan uslublarni qo‘llagan holda yuqori
natijalarga erishish mumkin deb hisoblayman.
Kalit so‘z:
kasb-hunarga yo‘llash, fundamental yondashuv, ana’naviy
(diagnostik), zamonaviy (rivojlantiruvchi)yondashuv, frilansing yo’nalishi va h.klar.
INNOVATIVE APPROACH TO ORIENTATION OF STUDENTS TO
VOCATION IN COMPREHENSIVE SCHOOLS
Ruzmatova Dilsoz Mamurdjonovna
Karakul district, Bukhara region
Psychologist of secondary school No. 7
Dulanova Majduda Joraqulovna
Psychologist of secondary school No. 2
2
Annotation:
This article presents new views on the organization of vocational
guidance of students in secondary schools, improving students' professional skills, and
the scientific and methodological significance of organizing this work, highlighting
important aspects for all teachers and users. Currently, I believe that high results can
be achieved using the methods presented in the article.
Keywords:
vocational guidance, fundamental approach, traditional (diagnostic),
modern (developmental) approach, freelance direction, etc.
ИННОВАЦИОННЫЙ ПОДХОД К ПРОФОРИЕНТАЦИИ В
ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛАХ
Рузматова Дилсоз Мамурджоновна
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_1-to’plam_Iyun-2025
224
ISSN:3030-3613
Каракульский район Бухарской области.
Психолог в 7 классе
Доланова Маджуда Джуракуловна
Психолог средней школы № 22
Аннотация:
В статье излагаются новые взгляды на организацию
профессиональной ориентации учащихся средних школ, повышение
профессиональной квалификации учащихся, научно-методическое значение
организации этой работы, подчеркиваются важные аспекты для всех педагогов и
пользователей. Я считаю, что в настоящее время, используя представленные в
статье методы, можно добиться высоких результатов.
Ключевые
слова:
профориентация,
фундаментальный
подход,
традиционный (диагностический), современный (развивающий) подход,
направление фриланса и др.
Kasb-hunarga yo‘naltirishda o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy fazilatlari bilan
birga ular tanlayotgan sohaga layoqati qay darajada muvofiqligini aniqlash, bu borada
fan o‘qituvchilari, sinf rahbarlari, ota-onalar va mahalla faollarining shaxsiy namunasi
va hamkorligini mustahkamlash katta ahamiyat kasb etadi Bu esa, o‘z navbatida,
o‘g‘il-qizlarning hunar egallash va o‘zini o‘zi band qilish orqali xizmatlar ko‘rsatish
(frilansing) yo‘nalishiga qiziqishini aniqlashga ko‘maklashmoqda.
Kasb egalarining mehnat faoliyati bilan yaqindan tanishtirish uchun turli
uchrashuv va sayyor mashg‘ulotlar tashkil etilayotgani bolalarning sohalar haqidagi
tasavvurini boyityapti. Ularni kasb-hunarga yo‘naltirish orqali, bo‘lajak kasbiy
qarorlarini shakllantirishda, kasbni erkin va mustaqil tanlashlari uchun mustahkam
zamin yaratuvchi tashxis xizmatiga ilmiy-amaliy tizim sifatida qarash lozim. Bu tizim
orqali har bir o‘quvchi shaxsni kasbga yo‘nalitirishda ham individual xususiyatlarini
ham xalq xo‘jaligi manfaatlari nuqtai nazardan mehnat resurslarini to‘laqonli
ta’minlash zaruratini hisobga olish kerak.
Bizga ma‘lumki bizning faxrimiz bo‘lgan vatandosh mutaffakirlarimiz Hamza
Hakimzoda Niyoziy, Munnavar qori Abdurashidxon o‘g`li, Oqiljon Sharofiddinov,
Abdulla Avloniylar va boshqalar yangi maktablar ochib, u yerda ta’lim tarbiya
jarayonida kasb tanlashga yо‘naltirish ishlarini birgalikda olib borganlar. Krupskaya,
Davletov, Tolipov, Saidaxmedov, SH.Abdullayeva, J.Yо‘ldashev, S.Usmonova,
S.Abduraxmonov va boshqa kasbga yo‘naltirish bo‘yicha kо‘plab olimlar ilmiy
tatqiqot ishlari olib borganlar Lekin bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning ilmiy-amaliy tizimi yetarlicha ishlab
chiqilmagan, ilmiy-pedagogik asoslari talab darajasida yaratilmagan. Bundan tashqari
hozirgi kun talablari asosidagi tezkor yangiliklar, zamonaviy texnologik o‘quv
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_1-to’plam_Iyun-2025
225
ISSN:3030-3613
qo‘llanmalar, dars ishlanmalari, ko‘rgazmali vositalarning kamligi, kasb tanlash
me‘zon va me‘yorlarining belgilanmaganligi, kasb tanlash bo‘yicha tezkor aloqaning
o‘rnatilmaganligi kabi muammolar dolzarb masalalardan biridir. Umumta’lim
maktablarida kasb-hunarga yo‘naltirish tizimida professionalizmni shakllantirishda
qo‘llaniladigan asosiy vositalar va ta’lim oluvchilarni kasbga yo‘naltirishga ta’sir
qiladigan omillar ish jarayonida ko‘rsatilib ularga tahlil berish;
Umumta’lim maktablarida kasb-hunarga yo‘naltirish tizimini takomillashtirish
va uni ta’lim tizimini rivojlanishidagi o‘rnini o‘rganib chiqish va xulosalar berish.
Barchamizga
ma‘lumki
umumta‘lim
maktablarida
kasb-hunarga
yo‘naltirishning turli nazariy izoxlari orasida hozirgi vaqtda ikkita eng muhim
tushunchalarini ko‘rsatish mumkin, bular:
Ana’naviy (diagnostik);
Zamonaviy(rivojlantiruvchi);
An’anaviy (diagnostik) kasb-hunarga yo‘naltirish nazariyasining asosiy vazifasi
shaxsda kasbiy moyillikni undagi psixologik xususiyatlar va shaxsiy extiyojlarini
solishtirish yo‘li bilan aniqlash. Bunda asosiy mas’uliyat kasbiy konsultantga
yuklanadi. U test o‘tkazish yo‘li bilan va ulardan olingan natija asosida shaxsni u yoki
bu kasb-hunarga moyilligini aniqlaydi. Bu xolda shaxs, ya’ni ta’lim oluvchi passiv
rolini o‘ynaydi.
Zamonaviy (rivojlantiruvchi) kasb-hunarga yo‘naltirish konsepsiyasi shaxs o‘z
kelajagini aniqlashda aktiv ishtirokini nazarda tutadi. Bunda asosiy e’tibor shaxsning
turli xil sohalarni egallashi jarayonida undagi rivojlanishni aniqlashga qaratiladi. Kasb-
hunarga yo‘naltirish o‘quv-tarbiyaviy ishlarining qismi sifatida ko‘riladi. Kasb-hunar
tanlashga tayyorgarlik esa shaxsga jamiyat tomonidan ta’sir etuvchi bir tarbiyaviy
tizim asosida ko‘riladi.
Demak, maktabdagi har bir xodim kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha qanday
ishlarni amalga oshirishini bilishi lozim. Chunki, kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini
amalga oshirishda nafaqat maktab kasb-hunarga yo‘naltiruvchisi yoki amaliyotchi
psixologi, balki butun maktab jamoasi mas’uldir. Umumta‘lim maktablarida
o‘quvchilarni kasb-hunar yo‘naltirishda maskan tushunchasi alohida ahamiyatga ega.
Bunday maskanlar albatta oila, maktab, mahalla hisoblanadi.
Maktab, oila mahalla va ishlab chiqarishning hamdo‘stligi yosh avlodni yangi
ruhda tarbiyalashning asosiy prinspi hisoblanadi. O‘quvchilarda professional
qiziqishlarini rivojlantirish va tarkib toptirish, sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi xizmat
ko‘rsatish sohasi ishchi kasblariga ijtimoiy e’tiborning ortishi, xayot yo‘lining ongli
ravishda tanlash ishining muvaffaqiyati maktab, oila, mahalla va ishlab chiqarishning
birgalikda olib borilgan samarali ishlariga bog‘liq. Shaxsni tarbiyalash asoslari oiladan
boshlanadi, ya’ni o‘quvchilar ba’zi kasblar bilan, xususan o‘z ota-onalari, akalari,
opalari, qarindosh urug‘larining kasblari bilan oilada tanisha boshlaydilar bu esa
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_1-to’plam_Iyun-2025
226
ISSN:3030-3613
o‘quvchilar professional qiziqishlarining rivojlanishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi.
O‘quvchilarning hamma ota-onalarini (ularni o‘z bolalari bilan oilaviy kasb tanlashga
yo‘llash ishlarida aktiv ishtirok etish darajasiga qarab) taxminan 4 katigoriyaga bo‘lish
mumkin.
1.
Ota-onalar bolalarining o‘yinlari va mehnatini kuzatadilar, uyda bolalari
qiziqqan har qanday ish bilan mashg‘ul bo‘lishlari uchun sharoit yaratib beradilar;
bolalari bilan korxona, kallektivning mehnati haqida, o‘z ishlab chiqarish
muoffaqiyatlari to‘g‘risida suhbatlashadilar; ularning qiziqishlari va qobiliyatlari va
xalq xo‘jaligi ehtiyojlarini hisobga olgan holda aniq maslahatlar beradilar.
2.
Ota-onalar bolalari bilan kasb tanlash haqida suhbatlashadilar, lekin aktiv
ta’sir ko‘rsatmaydilar, o‘z bolalarining individual xususiyatlarini har doim ham
hisobga olavermaydilar.
3.
Ota-onalar bolalarining rejalariga ha deb aralashaveradilar, ularning
qiziqishlari, istak va imkoniyatlarini hisobga olmaydilar, kasbning moddiy va obro‘li
tamonlaridan kelib chiqib o‘zlari tanlagan ixtisosni egallashga majbur qiladilar.
4.
Ota-onalar o‘z balolarining kelajagiga passiv va sovuqqonlik bilan
qaraydilar, ularga kasb tanlashga yordam bermaydilar, bu muammodan o‘zlarining
behabarligi va noto‘g‘ri maslahat berib,qo‘yishlaridan cho‘chib, “o‘zing o‘ylab ko‘r”,
“qaysi biri yaxshi bo‘lsa shuni tanla” va hokozalar qabilida ish tutib, o‘zlarni chetga
tortadilar. Ko‘pchilik ota-onalar kasb tanlashga yo‘llash masalalari bo‘yicha
maslahatlariga muhtojdirlar. Ular bunday yordamni suhbat, konsul’tatsiya va boshqa
tadbirlar formasida maktab pedagogika jamoasi, vrach, psixolog, korxona
mutaxasislaridan olish mumkin. Maktab o‘zining rejalashtirgan tadbirlariga muvofiq
ravishda ota-onalar kanferensiyasini uyushtirish va o‘tkazish kerak. Bu
konfrensiyalarda korxona kadrlar bo‘limlari, mehnat resurslaridan foydalanish
bo‘yicha bo‘limlarning, viloyat xodimlari, turli xil kasblarning, vakillari va o‘quv
yurtlarining rahbarlari hamda ota onalar so‘zga chiqishlari mumkin bo‘ladi. Ular o‘z
kasblarining mazmuni haqida muvofaqiyatli mehnat qilishi uchun qo‘llaniladigan
zarur bilim va malakalar hamda boshqa narsalar to‘g‘risida bu kasbni qayyerda va
qanday egallash va shu hususida qanday mahoratli bo‘lish haqida; yoshlar duch
keladigan qiyinchiliklar haqida va o‘quvchilar bilan oilaviy suhbatlaruchun tavsiyalar
haqida gapirib berishlari kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Oliy ta’lim Me‘yoriy hujjatlari” T.: “Sharq”,
2001.
2.
Qodirov B. “Ta’lim tizimidagi islohotlar maqsad va yo‘nalishlar”.T. “O‘zbekiston”
- 2000 y.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_1-to’plam_Iyun-2025
227
ISSN:3030-3613
3.
Boltaboyev S.A., Magdiyev O.SH., Sattorov V.N., Avazboyev O.I. “Mehnat va
kasb ta’limi metodikasidan o‘quv mashg‘ulotlari”. Uslubiy qo‘llanma. 2002.
4.
Azizxo‘jayevaN.N. “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat”. T.:
Nizomiy, 2003.
5.
Magzumov P.T., Antonov A.F. va boshqalar. “O‘quvchilarni o`