Mualliflar

  • AbduraimovErali Muzaffar o‘g‘li
  • Narzullayev Shahzod

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95567

Kalit so‘zlar:

Kalitso'zlar: profilaktika inspektori surunkali alkogolizm giyohvandlik ruhiy kasalliklar psixologik bilimlar yuridik bilimlar profilaktika samarali ishlash metodlari muloqot ko'nikmalari muammoli shaxslar davlatning roli kasalliklarning oldini olish malaka oshirish psixik sog'liq mehnat faoliyati.

Annotasiya

Annotatsiya:Ushbu maqola, profilaktika inspektorining surunkali alkogolizm 
va  giyohvandlik  oqibatida  ruhiy  kasalliklarga  chalingan  shaxslar  bilan  ishlash 
faoliyatini tahlil qiladi. Maqolada profilaktika inspektorining rolini va mas'uliyatlarini, 
shuningdek,  alkogolizm  va  giyohvandlik  kabi  salbiy  odatlar  natijasida  ruhiy 
kasalliklarga  duchor  bo'lgan  shaxslar  bilan  samarali  ishlash  metodlari  muhokama 
qilinadi.  Ruhiy  kasalliklar  va  ularning  profilaktikasi  bo'yicha  ekspert  maslahatlari, 
inspektorlar  uchun  zarur  bo'lgan  yuridik  va  psixologik  bilimlar,  shuningdek, 
muammoli  shaxslar  bilan  muloqot  qilishda  kerakli  ko'nikmalar  ko'rib  chiqiladi. 
Maqola, shuningdek, bunday shaxslar bilan ishlashda uchraydigan qiyinchiliklar va 
ularga qarshi kurashishda davlatning roli haqida fikr yuritadi. Bu izlanish, profilaktika 
inspektorlarining  malakasini  oshirish  va  ruhiy  kasalliklarning  oldini  olish  bo'yicha 
samarali yondashuvlarni ishlab chiqishga yordam beradi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

158

ISSN:3030-3613

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING SURUNKALI ALKOGOLIZM VA

GIYOHVANDLIK OQIBATIDA RUHIY KASLLIKKA CHALINGAN

SHAXSLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI

O‘zbekiston respublikasi IIV

akademiyasi “Huquqbuzarliklar

profilaktikasi faoliyati” mutaxasisligi

314-guruh kursanti

Abduraimov Erali Muzaffar o‘g‘li

vа “Huquqbuzarliklar

profilaktikasi faoliyati” kafedrasi

o’qituvchisi mayor

Narzullayev Shahzod

Annotatsiya:

Ushbu maqola, profilaktika inspektorining surunkali alkogolizm

va giyohvandlik oqibatida ruhiy kasalliklarga chalingan shaxslar bilan ishlash
faoliyatini tahlil qiladi. Maqolada profilaktika inspektorining rolini va mas'uliyatlarini,
shuningdek, alkogolizm va giyohvandlik kabi salbiy odatlar natijasida ruhiy
kasalliklarga duchor bo'lgan shaxslar bilan samarali ishlash metodlari muhokama
qilinadi. Ruhiy kasalliklar va ularning profilaktikasi bo'yicha ekspert maslahatlari,
inspektorlar uchun zarur bo'lgan yuridik va psixologik bilimlar, shuningdek,
muammoli shaxslar bilan muloqot qilishda kerakli ko'nikmalar ko'rib chiqiladi.
Maqola, shuningdek, bunday shaxslar bilan ishlashda uchraydigan qiyinchiliklar va
ularga qarshi kurashishda davlatning roli haqida fikr yuritadi. Bu izlanish, profilaktika
inspektorlarining malakasini oshirish va ruhiy kasalliklarning oldini olish bo'yicha
samarali yondashuvlarni ishlab chiqishga yordam beradi.

Аннотация:

Данная статья анализирует деятельность инспектора по

профилактике в работе с лицами, страдающими психическими расстройствами,
вызванными хроническим алкоголизмом и наркоманией. В статье
рассматриваются роль и обязанности инспектора по профилактике, а также
методы эффективной работы с людьми, ставшими жертвами таких пагубных
привычек, как алкоголизм и наркомания. Приводятся рекомендации
специалистов по профилактике психических заболеваний, освещаются
необходимые юридические и психологические знания для инспекторов, а также
навыки, которые им необходимы при общении с проблемными лицами. Статья
также обсуждает трудности, с которыми сталкиваются инспекторы в работе с
такими людьми, и роль государства в борьбе с данной проблемой. Это
исследование поможет повысить квалификацию инспекторов по профилактике
и разработать эффективные подходы к профилактике психических заболеваний.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

159

ISSN:3030-3613

Kalitso'zlar:

profilaktika inspektori, surunkali alkogolizm, giyohvandlik, ruhiy

kasalliklar, psixologik bilimlar, yuridik bilimlar, profilaktika, samarali ishlash
metodlari, muloqot ko'nikmalari, muammoli shaxslar, davlatning roli, kasalliklarning
oldini olish, malaka oshirish, psixik sog'liq, mehnat faoliyati.

Ключевые слова:

инспектор по профилактике, хронический алкоголизм,

наркомания, психические заболевания, психологические знания, юридические
знания, профилактика, эффективные методы работы, коммуникативные навыки,
проблемные лица, роль государства, профилактика заболеваний, повышение
квалификации, психическое здоровье, профессиональная деятельность.


Surunkali alkogolizm va giyohvandlik bugungi kunda jamiyatning eng jiddiy

ijtimoiy muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ushbu yomon odatlar faqatgina
fiziologik holatni emas, balki shaxsning ruhiy holatini ham sezilarli darajada buzadi.
Alkogolizm va giyohvandlikning oqibatida ruhiy kasalliklarga chalingan shaxslar
ko‘pincha jamiyatdan chetlashadi, ijtimoiy moslashuvda qiyinchiliklarga duch
keladilar va ba'zan jinoyatga qo‘l urishga ham moyil bo‘lishadi. Ushbu shaxslar bilan
ishlash esa nafaqat tibbiy, balki psixologik va yuridik bilimlarni ham talab etadi.

Profilaktika inspektorlari, o‘z faoliyatida, aynan shunday muammolar bilan

yuzlashadigan shaxslar bilan bevosita ishlaydi. Ular alkogolizm va giyohvandlik kabi
yomon odatlar va ularning ruhiy salomatlikka ta'sirini bartaraf etishda muhim rol
o‘ynaydi. Inspektorlarning asosiy vazifalaridan biri – ruhiy kasalliklarga chalingan
shaxslarni aniqlash, ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ularga zarur yordam
ko‘rsatishdir. Buning uchun ularning ish jarayonida psixologik yordam, maslahatlar va
yuridik qo‘llab-quvvatlash kabi yondashuvlar birgalikda qo‘llaniladi.

Maqolada, profilaktika inspektorining surunkali alkogolizm va giyohvandlik

oqibatida ruhiy kasalliklarga chalingan shaxslar bilan ishlashdagi asosiy faoliyati, shu
bilan birga, bu jarayonda duch kelinadigan qiyinchiliklar va muammolar haqida
batafsil tahlil qilinadi. Inspektorlarning ishlash usullari, ularga zarur bo‘lgan bilim va
ko‘nikmalar hamda davlatning bu boradagi roli ko‘rib chiqiladi. Maqola, shu bilan
birga, bu kabi shaxslar bilan ishlashda profilaktika inspektorlarining malakasini
oshirish, ularning samarali faoliyatini ta'minlash bo‘yicha takliflar beradi.

Alkogolizm -spirtli ichimliklarga patologik mayl ,uni iste’mol qilish

to’xtatilganida abstinent (xumor) sindromining rivojlanishi , chuqurlashib ketgan
hollarda – ichki a’zolarning barqaror buzilishi va psixikaning tamoman ishdan chiqishi
bilan ajralib turadigan kasallikdir. Alkogolizmning etiologic omilini alkogol – etil
spirit tashkil etadi.

Alkogolizm nafaqat tibbiy ,balki ijtimoiy muammodir. Alkogolli ichimliklar

keng iste’mol qilinishiga qaramay ,alkogolizm bilan hamma emas, balki 5-10%
shaxslar kasallanadilar. Biroq ,alkogol iste’mol qilishning o’zi kasallikning yuzaga


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

160

ISSN:3030-3613

kelishi va shaklanishi uchun yetarli emas , balki yana qo’shimcha omillar ham bo’lishi
zarur. Bularga ko’pchilik tadqiqotchilar shaxsning ijtimoiy ,shunngdek , individual
psixologik va biologik (fiziologik , biokimyoviy) xususiyatlarini kiritadilar.

Ijtimoiy omillar xilma-xil bo’lib ,muayyan individuumning ma’lumoti darajasi ,

oilaviy ahvoli , moddiy ta’minoti , jamiyatdagi mavqei, davlatning alkogolizm
muammosiga munosabati kabilar bilan bog’liq . Alkogolizmning tarqalishiga ichkilik
ichish odatlari ,spirtli ichmliklarni haddan ortiq ko’p iste’mol qilish bilan kechadiga
nan’analar , bayram va tantanalar imkoniyat yaratadi . Alkogoliklar orasida
bo’ydoqlar,yolg’izlar va ajrashgan shaxslar ko’pchilikni tashkil qiladi . oilalarda
ko’pincha ichkilikbozlikka ,erlar o’z xotinlarini , xotinlar esa erlarini tortadilar .
O’smirlik va o’spirinlik davrida (14-20 yoshlarda) ota-onalar o’rtasidagi o’zaro
munosabatning yomonligi, oiladagi alkogolli an’analar ,spirtli ichimlikni erta tatib
ko’rish va keyinchalik alkogolni muntazam iste’mol qilish katta ahamiyatga ega.
Yetuklik davrida yosh bilan bog’liq omillar – “alohida mustaqil mavqega intilishga”
moyillik , oiladagi janjallar , madaniyat darajasining pastligi bilan bog’liq bo’lan va
shu tufayli qo’llab – quvvatlanadigan spirtli ichimliklarni odat tariqasida iste’mol
qilish ham qo’shiladi . Bunda psixologik omillar ,shaxsning oilada , maktabda olgan
intellectual va tarbiya darajasi ham ma’lum ahamiyatga ega . Spirtli ichimliklarni
suiiste’mol qiluvchi shaxslarning muayyan qismini “aksentirlangan yok psixopatik”
shaxslar tashkil qiladi .Ularda alkogolizmning rivojlanish dinamikasi ,simptomlarining
o’sishi , ularning almashishi o’ziga xos tarzda kechadi va muayyan xususiyatlarga ega
bo’ladi. Alkogozm rivojlanishida psixologik omillar asosiy o’rin tutadigan shaxslar
guruhiga –ruhiy bemorlarni kiritishimiz lozim.

Bosh miyadagi biokimyoviy buzilishlarning alkogolizm shakllanishining

etiologic omili sifatidagi ahmiyatiga ,oxirgi yillarda ko’p e’tibor berilmoqda .
Olimlarnig fikricha , bosh miyadagi biokimyoviy buzilishlar , tarkibida morfiy
saqlagan moddali mahsulotlarning ko’payishi , kasllikning sababi emas , balki oqibati,
ya’ni alkogolga jismoniy o’rganishning shakllanishi va rivojlanishiga olib keluvchi
patogenetik omillardir.

Shunday qilib, alkogolga ruhiy va jismoniy ko’nikishning shakllanishi ,

“xumorlik sindromi”ning rivojlanishi , kasllikning boshlang’ich bosqichlarida
eyforiyaga , surunkali bosqichida esa tez o’tadigan ruhiy va jismoniy qulaylikka intilish
bo’lib , bu jarayonlarni o’rganish katta ahamiyat kasb etadi.

Alkogolizmda psixikaning buzilishi

Alkogolizmning klinik ko’rinishi kasallikning rivojlanish bosqichiga bog’liq.

Kasallikning o’ziga xos sindromlariga ,kasallikning kechish dinamikasi bilan bog’liq
holda asta-sekin o’tishning rivojlanish stereotiplariga ega bo’lgan uchta bosqichi
ajratiladi . Biroq ,alkogolizmning klinikasi turli variantlarga ega bo’lishi mumkin .
Ular shaxsning individual xususiyatlari , Yoshi , birga kechadigan kasalliklar , iste’mol


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

161

ISSN:3030-3613

qilinadigan ichimliklarning turlari bilan bog’liq va hokazo. Birinchi bosqichda
alkogolga patologik mayl yuzaga keladi ,o’zini nazorat qilish darajasi pasayadi ,
ortiqcha iste’mol qilinganida tolerantlikning va alkogolli amneziyaning kuchayishi
hamda qattiq mastlik kuzatiladi . Ushbu belgilar orasida alkogolga birlamchi moyillik
eng muhimidir .Mazkur simotomlarni turlicha namoyon bo’lishi natijasida
,kasallikning klinik manzarasi ham ancha o’zgarib turishi mumkin . Barcha hollarning
deyarli yarmida alkogolizmning birlamchi bosqichi 25 yoshgacha shakllanadi ,qolgan
kuzatuvlarning ko’pchiligi esa 25-35 yoshga to’g’ri keladi. Bu bosqich 1 yildan 6
yilgacha davom etishi mumkin .Ikkinchi bosqichda kasallikning birinchi bosqichida
shakllangan simptomlar rivojlanadi va og’irlashadi . Shu bilan birga ,ruhiy
buzilishlarning yangi turlari paydo bo’ladi . Ular orasida eng muhimi alkogolizmning
ikkinchi bosqichi shakllanishida asosiy mezon bo’lgan abstinent sindrom (xumor)dir.
Bundan tashqari,mastlikning mayxo’rlik (surunkasiga ichish) ko’rinishidagi yoki
alkogolni doimiy ichish ko’rinishidagi o’zgargan manzaralari rivojlanadi . Ikkinchi
bosqichning shakllanishi 25-30 yoshga to’g’ri keladi va 10-15 yil davom etishi
mumkin . Agar kasallik ning birinchi bosqichida bemorlar aksariyat hollarda turli
voqealar (bayramlar, tug’ilgan kunlar ,toylar va h.k.) munosabati bilan ichsalar ,
ikkinchi bosqichda bunga o’zlari tashabbus va qat’iyat ko’rsatadilar , alkogol iste’mol
qilish uchun sun’iy ravishda bahonalar topadilar . Bu holatda me’yorni nazorat qilish
qobiliyatini yo’qotish ,og’ir mastikka olib keladi . Mastlik manzarasining o’zgarishi
eyforiya davrining qisqarishida ,xatti-harakat buzilishinig psixopatik va isterik
shakllarini yuzaga kelishida namoyon bo’ladi . Bemorlar umumiy tanqidiy qarashni
saqlab qolgan holda, o’zlarining ichkilikbozligiga yetarlicha tanqidiy munosabatda
bo’lmaydilar, buning oqibatida ayrim ahloqiy nuqsonlar ,shaxsning qo’pollashuvi ,
haddan tashqari jizzakilik kelib chiqadi va hokazo. Abstinent sindrom astenik
,vegetative va nevrologik buzilishlar , yurakqon-tomir tizimida , ovqat hazm qilish
hamda asab tizimidagi buzilishlar bilan kechishi mumkin . Bemorlar kunning ikkinchi
yarmida va ertalab doimiy ravishda bosh og’riqqa (xumorga) alkogol iste’mol qiladilar
.Alkogolni suiiste’mol qilish shakllari har xil bo’ladi – yo doimiy mastlik ,yo soxta
mayxo’rlik ko’rinishidagi vaqti-vaqti bilan sodir bo’ladigan , uchinchi bosqichda esa
haqiqiy mayxo’rlikka aylanadigan mastlik . Buning oqibatida ichki a’zolarda
kardiopatiya ,gastrit , jigarning yog’ bosib , shakli o’zgarishi bilan kechadigan gepatit
ko’rinishidagi o’zgarishlar kuzatiladi . Uchinchi bosqichda kasallikning klinik
ko’rinishlari yanada og’irlashadi ,alkogolga yengib bo’lmas moyillik , har qanday
vositalar bilan bo’lsada unga erishishga intilish kuzatiladi, bu esa g’ayriqonuniy
harakatlarga (qarzga botish , narsalarni sotish , o’g’irlash , yaqinlariga nisbatan
shafqatsizlik qilish kabilarga ) olib keladi.

Alkogolga tolerantlik pasayadi ,ya’ni bemor uning kichik dozalaridan ham mast

bo’ladi , shu bois alkogoli kam ichimliklarga , ko’pincha spirt qo’shilgan vinolarga


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

162

ISSN:3030-3613

o’tadi. Mastlik manzarasi o’zgaradi :bemorlar tajovuzkor , g’azabnok bo’lib qoladilar,
yaqinlariga nisbatan tajovuzkorlik namoyish qiladilar . Ba’zi hollarda mastlik
manzarasida gangish (karaxtlik) ustunlik qiladi :bemorlar lanj , passiv , uyquchan ,
atrofdagilarga befarq , murakkab maqsadga qaratilgan ishlarni bajarishga noqobobil
bo’lib qoladilar . Ko’pchilikda alkogolning ozgina miqdoridan ham yalpi amneziyaga
tushish kuzatiladi .Shaxsning o’zgarishlari alkogoldan tanazzulga uchrash ko’rinishida
namoyon bo’ladi :o’z-o’ziga tanqidning yo’qolishi , tashabbus va ish qobiliyatining
umumiy tushib ketishi , muntazam mehnat qila olmaslik, xotiraning yomonlashuvi ,
aqliy salohiyatning pasayib ketishi va hokazo. Oilaviy majburiyatlarni to’liq bajara
olmaslik, nikohning buzilishiga va oilaning tarqab ketishiga olib keladi. Uchinchi
bosqichdagi abstinent sindrom – bu jismoniy va ruhiy buzilishlarning qo’shilishidir.
Uchinchi bosqichda bemorlarda ichki a’zolarda qaytarilmas o’zgarishlar kardiopatiya
,sirrozga aylanuvchi gepatit , pankreatit, atrofikgastrit, turli endokrin buzilishlar va
boshqa salbiy oqibatlar uchraydi.

Alkogolli psixozlar

Alkogolli psixozlar ko’rinishi bo’yicha har xil bo’ladi va kasallikning 2-3-

bosqichlarida yuzaga keladi .Alkogolli psixozga chalingan bemorlar jamiyat uchun
ancha xavfli bo’ladi, ular ko’pincha yaqinlariga qarshi xavfli harakatlar sodir etadilar .

Sud psixiatriyasida alkogolli psixozlarning quyidagi asosiy turlari ajratiladi : 1)

alkogolli deliriy ; 2) alkogolli galyutsinoz; 3) alkogolli paranoid (ta’qib etish vasvasasi,
rashk vasvasasi va boshqa turli vasvasalar bilan kechadigan psixozlar ).

Psixozning eng ko’p uchraydigan shakli – alkogolli deliriy . U rivojlanishidan

oldin qo’rqinchli tush ko’rishlar ,dahshat , qo’rquv , xavotir kelishi mumkin . So’ngra
abstinensiya va uyqusizlik fonida fantastic mazmunga ega bo’lgan hamda harakatdagi
qo’zg’aluvchanlik ,yashirinishga urinish bilan kechadigan har xil gallyutsinatsiyalar
boshlanadi . Ta’qib etish va jismonan yoq qilish bilan bog’liq vasvasalar ustunlik
qiladi, bir qator hollarda er yoki xotinning xiyonati haqidagi gap-so’zlar bilan kechadi
.Deliriy 3-5 kun, ba’zan bir yarim haftagacha davom etadi .Chuqur va davomli
uyqudan keyin sog’ayish boshlanadi. Bemor nima bo’lganini yaxshi eslay olmaydi.

Kuchli alkogolli gallyutsinoz ham xavotir ,umidsizlik , qo’rquv hissi bilan

bog’liq bo’lib, eshitish va ko’rish gallyutsinatsiyalari bilan birga kechadi. Alkogolli
deliriydan farqli ravishda ,galyutsinatsiyalar chog’ida ong buzilmaydi, talvasa xurujlari
juda kam uchraydi. Gallyutsinozlar o’zini mudofaa qilish ,jamiyat uchun xavfli
harakatlar sodir etish , o’z -o’zini o’ldirishga urinishlar bilan birga kechishi mumkin.
O’tkir alkogolli gallyutsinoz bir necha kundan bir oygacha davom etishi mumkin.

Alkogolli paranoid ko’pincha ta’qib etish vasvasasi bilan birga kechadi va

abstiensiya davrida yuzaga keladi. To’satdan rivojlanadi- qo’rquv va xavotir fonida
bemorlar darhol jismonan yo’q qilish qurboni bo’lishlari mumkinligiga ishonch yuzaga
keladi. Bu esa qochish ,o’zini mudofaa qlish va hatto “oson o’lim topish ” uchun o’zini


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

163

ISSN:3030-3613

o’dirish , shuningdek , hayoliy dushmanlarga hujum qilishga olib kelishi mumkin.
Alkogolli paranoid bir necha kundan bir necha haftagacha davom etishi mumkin .
Paranoid cho’zilib ketganida ,qo’rquv va ta’qib etish holati oylab davom etadi ,
davomli mayxo’rlik esa paranoidni takrorlanuvchi (retsidivli) qilib qo’yishi mumkin .
Alkogolli rashk vasvasasi – yetuk yoshda paydo bo’ladigan vasvasa g’oyalarini tipik
shakli bo’lib ,alkogolli inqiroz fonida yuzaga keladi. Shubhalar mastlik yoki “bosh
og’rig’iga” ichish chog’ida rashkning epizodik ko’rinishlaridan boshlanib ,kuchayib
boradi va xotinini qiynash , “o’ynashini” , bolalarning “otasini” izlash kabilar bilan
kechadigan vasvasa shakliga aylanadi. Xavotir va g’amginlik kayfiyati ,bemorning
xotiniva u bilan bog’liq shaxslarga nisbatan tajovuzkor harakatlarni amalga oshirishga
aylanishi mumkin .Davom etuvchi ichkilikbozlik psixozlarning kuchayishiga sharoit
yaratadi. Kasallik shiddati o’zgargan holda ,yillab davom etishi mumkin.

Sud-psixiatrik baholash. Alkogolizmga chalingan bemorning holatini sud-

psixiatrik jihatidan baholash, odatda katta qiyinchilik tug’dirmaydi .Alkogolizmga
chalingan shaxslarda ruhiyati (psixikasi) o’zgargani bilan o’z harakatlarini anglash va
boshqarish imkoniyati saqlab qolinadi, shu bois bu kasallik ularni jinoiy
javobgarlikdan ozod qilmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

1.

Abduvahitov, Sh. A.

(2015).

Alkogolizm va giyohvandlikning tibbiy va ijtimoiy

oqibatlari

. Tibbiyot va psixologiya ilmiy jurnali, 1(2), 45-56.

2.

Jumayev, U. B.

(2017).

Psixiatriya va narkologiya: Alkohollik va narkotiklar bilan

kurashishning zamonaviy usullari

. Toshkent: O‘zbekiston tibbiyot akademiyasi

nashriyoti.

3.

Khalilov, R. B.

(2018).

Alkogolizm va giyohvandlikka qarshi kurashishda

profilaktika inspektorining roli

. Xalqaro huquq va jamiyat tadqiqotlari jurnali, 4(6),

112-120.

4.

Qodirov, T. A.

(2020).

Ruhiykasalliklarvaularningprofilaktikasi

. Toshkent:

Akademiyanashriyoti.

5.

Ismoilov, S. R.

(2019).

Giyohvandlik va alkogolizmning shaxs va jamiyatga ta’siri

.

Ijtimoiy sohalar tadqiqotlari, 2(3), 34-40.

6.

Shamsiyev, N. A.

(2021).

Alkogolizm va giyohvandlikning huquqiy jihatlari

.

Yuridik ilmiy-texnik nashr, 5(2), 88-97.

7.

Zaynidinov, A. M.

(2022).

Profilaktika inspektorining kasbiy malakasini oshirish:

Alkohollik va narkomaniya bilan kurashish metodlari

. Xalqaro psixologik

tadqiqotlar, 6(7), 101-110.

8.

Yusufov, M. O.

(2020).

Alkogolizm va giyohvandlikning profilaktikasi: Psixologik

yondashuvlar

. Psixologiya va jamiyat, 3(2), 22-30.

9.

R. G.

(2017).

Psixiatriya va narkologiyada o‘zgartirishlar: Alkohollik va

narkomaniyaga qarshi kurash

. Toshkent: O‘zbek tibbiyot universiteti nashriyoti.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

164

ISSN:3030-3613

10.

Barotov, F. Z.

(2016).

Ruhiy kasalliklar va ularning profilaktikasini yuridik nuqtai

nazardan tahlil qilish

. O‘zbekiston yuridik universiteti nashriyoti.





Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

Abduvahitov, Sh. A. (2015). Alkogolizm va giyohvandlikning tibbiy va ijtimoiy

oqibatlari. Tibbiyot va psixologiya ilmiy jurnali, 1(2), 45-56.

Jumayev, U. B. (2017). Psixiatriya va narkologiya: Alkohollik va narkotiklar bilan

kurashishning zamonaviy usullari. Toshkent: O‘zbekiston tibbiyot akademiyasi

nashriyoti.

Khalilov, R. B. (2018). Alkogolizm va giyohvandlikka qarshi kurashishda

profilaktika inspektorining roli. Xalqaro huquq va jamiyat tadqiqotlari jurnali, 4(6),

-120.

Qodirov, T. A. (2020). Ruhiykasalliklarvaularningprofilaktikasi. Toshkent:

Akademiyanashriyoti.

Ismoilov, S. R. (2019). Giyohvandlik va alkogolizmning shaxs va jamiyatga ta’siri.

Ijtimoiy sohalar tadqiqotlari, 2(3), 34-40.

Shamsiyev, N. A. (2021). Alkogolizm va giyohvandlikning huquqiy jihatlari.

Yuridik ilmiy-texnik nashr, 5(2), 88-97.

Zaynidinov, A. M. (2022). Profilaktika inspektorining kasbiy malakasini oshirish:

Alkohollik va narkomaniya bilan kurashish metodlari. Xalqaro psixologik

tadqiqotlar, 6(7), 101-110.

Yusufov, M. O. (2020). Alkogolizm va giyohvandlikning profilaktikasi: Psixologik

yondashuvlar. Psixologiya va jamiyat, 3(2), 22-30.

R. G. (2017). Psixiatriya va narkologiyada o‘zgartirishlar: Alkohollik va

narkomaniyaga qarshi kurash. Toshkent: O‘zbek tibbiyot universiteti nashriyoti.

Barotov, F. Z. (2016). Ruhiy kasalliklar va ularning profilaktikasini yuridik nuqtai

nazardan tahlil qilish. O‘zbekiston yuridik universiteti nashriyoti.