Mualliflar

  • Yaqubova Qamarjon Saparboyevna
  • Jumaniyozova Rahima Qurbonboyevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95587

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: suisidal xulq-atvor informatsion axborot texnologiyalari ehtiyotsizlik baxtsiz hodisa xulq-atvor mexanizmlari biologik konsepsiya psixologik konsepsiya autodestruktiv harakat.

Annotasiya

Annotatsiya:  Ma’lumki,  insonning  хulq-atvori  polimotivlashtirilgan  bo‘ladi. 
Shuning  uchun,  suisidal  xulqatvor  odatda  bir  vaqtdayoq  bitta  emas,  bir  nechta 
harakatlanayotgan  va  o‘zaro  harakatlanish  motivlari  bilan  sharhlanadi.  Dolzarb 
ehtiyojlar frustratsiyasi bir necha holatda autodestruktiv xulq-atvorni belgilaydi. O‘z 
joniga  qasd  qilish,  o‘zini  hayotdan  ongli  mahrum  etish  sifatida,  fikr  yuritganda, 
faqatgina suisidning tashqi ijtimoiy sabablarini emas, balki nizolar shaklida namoyon 
bo‘ladigan ichki shaxs motivlarini ham  ko‘rib chiqish zarurdir. Bunday yondashuv  
natijasida, suisidal xulq-atvorning sabablari sifatida ko‘p omillar kelib chiqadi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

53

ISSN:3030-3613

OʻQUVCHILAR ORASIDA SUITSIDAL HOLATLAR NAMOYON

BO‘LISHINING SABABLARI VA YECHIMLARI

Yaqubova Qamarjon Saparboyevna

Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumani 13-sonli umumtaʼlim maktabi amaliyotchi

psixologi

Jumaniyozova Rahima Qurbonboyevna

Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumani 9-sonli umumtaʼlim maktabi amaliyotchi

psixologi

Annotatsiya

: Ma’lumki, insonning хulq-atvori polimotivlashtirilgan bo‘ladi.

Shuning uchun, suisidal xulqatvor odatda bir vaqtdayoq bitta emas, bir nechta
harakatlanayotgan va o‘zaro harakatlanish motivlari bilan sharhlanadi. Dolzarb
ehtiyojlar frustratsiyasi bir necha holatda autodestruktiv xulq-atvorni belgilaydi. O‘z
joniga qasd qilish, o‘zini hayotdan ongli mahrum etish sifatida, fikr yuritganda,
faqatgina suisidning tashqi ijtimoiy sabablarini emas, balki nizolar shaklida namoyon
bo‘ladigan ichki shaxs motivlarini ham ko‘rib chiqish zarurdir. Bunday yondashuv
natijasida, suisidal xulq-atvorning sabablari sifatida ko‘p omillar kelib chiqadi.

Kalit soʻzlar:

suisidal xulq-atvor, informatsion axborot texnologiyalari,

ehtiyotsizlik, baxtsiz hodisa, xulq-atvor mexanizmlari, biologik konsepsiya, psixologik
konsepsiya, autodestruktiv harakat.

KIRISH

Bugun shaxs psixologiyasini bilish, o‘z taraqqiyotini, o‘z iqtidorini bilish, har

qanday yosh davrida ham optimal ravishda ishga yaroqlilikni, turli o‘zgarishlarga
psixologik jihatdan tayyorlikni ta’minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro‘y
berayotgan jarayonlarni ob’ektiv va to‘g‘ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish
muammolarini ilgari surmoqda.

Harbiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarda xizmat olib borayotgan shaxslar

uchun psixologik bilimlarni egallash muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga sabab, keyingi
10 yillarda harbiy sohalarda ham suitsidal muammolar ko‘payib borayotganligi buning
asosiy sababi bo‘lib kelmoqda. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining
ma’lumotiga ko‘ra o‘lim sabablariga ko‘ra suitsid yurak qon tomir, onkologik va
travmatizmdan keyin 4–o‘rinni egallashi tashvishli holatdir. Har yili dunyo aholisiing
millionga yaqin kishisi o‘z joniga qasd qiladi. Natijada bularning 80% o‘lim bilan
yakunlanadi.

Ijtimoiy psixologiyada suitsid va uning sabablari, uning oldini olish choralari

hamon muammoligicha qolmoqda. Uni atroflicha o‘rganish, ayniqsa, suitsid


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

54

ISSN:3030-3613

sabablarini tahlil qilish va uni kamaytirish bugungi kunda zamonaviy psixologiyaning
dolzarbligi va ahamiyatli mavzularidan biri bo‘lib qolmoqda.

Suitsid holatlarini qayd qilib boruvchi dunyodagi eng katta institut Shvesiyada

joylashgan bo‘lib, uning hisob-kitoblariga ko‘ra Markaziy Yevropa davlatlari bu
borada peshqadam ekanligini ta’kidlashmoqda.

Hozirgacha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra shaxs suitsid haqidagi o‘z

rejalarini topishga «kalitlar» va ogohlantirishlar beradi. O‘z joniga qasd qilishni
o‘ylaganlarning 10 tadan 8 tasi atrofdagilarga bu haqda doimo bildirishga harakat qilib
borishgan.

O‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lganlarning ko‘pchiligi o‘z harakatlarini avvaldan o‘ylab

chiqishadi. Ular ko‘pincha o‘zlarini o‘ldirishdan oldin o‘z niyatlarini atrofdagilarga
bildirishadi.

Suitsidlarning asosiy foizi kuchli depressiv holatda sodir etiladi. Depressiv

holatda bo‘lgan insonlar vaziyatni nazorat qilish va ushlab turish maqsadida spirtli
ichimliklardan yoki bo‘lmasa turli narkotik moddalardan foydalanishadi. Ushbu
vositalar shaxsda voqelikni buzib idrok etishga olib keladi.

Umuman, suitsidal xulq shakllanishini o‘rganish muammosi ko‘p tarmoqli va

keng ko‘lamli ekanligi bilan ajralib tursada, mazkur muammo bo‘yicha talaygina ilmiy
tadqiqotlar olib borilganligini alohida ta’kidlash mumkin. Aytish joizki, ko‘pgina
tadqiqotlarda odatda tadqiqot ob’ektini xotirasini yo‘qotish natijasida o‘z joniga qasd
qilishga uringanlar va psixonevrologik dispanserlar ro‘yxatida turgan shaxslar tashkil
etgan. Suitsidientlarning qolgan guruhlari esa, ayniqsa o‘z joniga qasd qilganlar, ilmiy
tadqiqot nazaridan chetda qolib ketmoqda. Shu bois suitsidal xavfning shaxs omillarini
aniqlash muammosini chuqur o‘rganishni talab qiladi.

Suitsid yoxud o‘z joniga qasd qilish asrlar davomida jiddiy ijtimoiy muammo

bo‘lib kelgan. XX asr boshida A.F. Koni ta’kidlagandek, “.....o‘z joniga qasd qilish
yakka hodisa bo‘la olmay, balki yaxlit ijtimoiy hodisaga aylanib qolib, ushbu vaziyatni
chuqur o‘rganish va unga qarshi samarali kurash olib borishni talab qilmoqda”

O‘z joniga qasd qilish muammosi (suitsid) autoagressiyaning so‘nggi namoyishi

sifatida jamiyat rivojlanishining tarixi davomida mavjud bo‘lgan. Ammo hozirgi
vaqtgacha suitsidal xulq-atvorning tabiatini izohlab beruvchi birorta yaxlit nazariya
yaratilmagan. Suitsid fenomenini izohlab beruvchi va sabablarni izohlovchi turli
qarashlar mavjud. Ko‘pgina nazariy konsepsiyalar o‘rtasida asosiy farqlarni ajratib
olish mumkin: biologik, psixopatologik, psixologik va ijtimoiy.

Biologik konsepsiya doirasida suitsidal xulq-atvor shakllanishining genetik,

fiziologik va boshqa organizmlar hayot faoliyati parametrlari ning asosiy prediktorlari
sifatida ko‘rib chiqiladi.

Ushbu yo‘nalish namoyondalarining hisoblashicha, ba’zi bir shaxslar biologik

yoki psixik buzilishlar natijasida suitsidga alohida moyilligi bor.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

55

ISSN:3030-3613

Bir qator mualliflar fikricha, autodestruktiv xulq-atvor shakllanishida genetik

omilning ahamiyati tasdiqlanganki, bu o‘z joniga qasd qiluvchilarning qarindoshlari
orasida suitsid ko‘proq sodir etilishi bilan kechadi. Biroq, psixodinamik va klinik-
psixologik yondashuv namoyondalari fikricha, suitsid sabablarini genetik asoslarda
emas, balki yaqin insonini o‘z joniga qasd qilish faktining psixogenetik ta’sirida, uning
qarindoshlar xulq-atvoriga modellashtirilgan ta’sir o‘tkazayotganligida deb qaraladi
[6]. Rossiya suitsidologiya maktabi namoyandalari A.G. Ambrumova va L.I.
Postovalova fikricha, autodestruktiv xulq-atvorning sabablarini, eng avvalo, bir necha
avlodda suitsidal xulq-atvor takrorlanishining ijtimoiy va psixologik sabablaridan
qidirish lozim. Suitsidal xulq-atvorni o‘rganishning biologik yondashuvidagi
psixopatologik konsepsiya alohida e’tiborga loyiq, uning asosida o‘z joniga qasd
qilganlarning hammasi psixik kasalliklarga chalingan shaxslar, degan fikr mavjud. XIX
asrning ikkinchi yarmida, inson faqatgina jinnilik holatida o‘z joniga qasd qilishi
mumkin, degan fikr hukm surar edi. Fransuz psixiatri Eskirol shu borada, psixik
kasallik va o‘z joniga qasd qilish o‘rtasida aniq aloqadorlik borligi haqidagi fikrni ilgari
surgan. Ushbu konsepsiya tarafdorlari qatorida taniqli rus psixiatrlari N.P. Bruxanskiy,
L.A. Prozorov, I.M. Gvozdev va boshqalar nomini qayd etish lozim.

O‘z joniga qasd qilishning moddiy asosini topishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar 19-

asr davomida va 20-asr boshida olib borilgan. Ammo sanoqsiz anatomik yorish
natijalari ham suitsidal xulq-atvor, anatomo- fiziologik ma’lumotlar va psixik kasallik
mavjudligi o‘rtasida aloqa borligini aniqlashga imkon bera olmadi. Shu borada, 20-asr
boshida rus suitsidologi G.Gordon o‘zining “Zamonaviy o‘z joniga qasd qilish” (1912)
asarida ruhiy kasallik va o‘z joniga qasd qilish o‘rtasida bevosita aloqa yo‘qligi haqida
yozmoqda. Muallif fikrlarining asosi sifatida 371 nafar o‘z joniga qasd qilgan
insonlarning tanasini yorib ko‘rgan, natijada faqatgina 7.6 % foizida ruhiy kasallik
alomatlari kuzatilgan va venalik vrach A. Bronza tadqiqotiga tayangan [8]. Ammo,
psixik kasallar orasida o‘z joniga qasd qilishning yuqori darajasini inobatga olgan
holda, ko‘pgina psixiatrlar suitsid faktini psixik kasalliklar mavjudligi bilan izohlash
tarafdori ekan. O‘z joniga qasd qilishni alohida nozologik birlik sifatida ajratish uchun
urinishlar bo‘lgan, suitsidomaniyani davolash uchun turli fizioterapevtik va
medikamentoz usullar taklif qilingan.

Amaliyotda kuzatilganidek, ko‘pgina psixik kasallarda suitsid depressiya,

paranoid va gallyusinatorparanoid holatlarda uchraydi.

Suitsidning yuqori foizi narkomaniya va alkogolizmga chalingan, shaxsiy

nosozliklari mavjud bo‘lgan kishilarda uchraydi. Masalan, Buyuk Britaniyada
o‘tkazilgan tadqiqotlarda, 100 ta o‘rganib chiqilgan suitsidentlar kasallik tarixidan 93
nafar suitsident psixik kasal deb tan olingan, (shaxsdagi noxush holatlar ular
hayotining o‘z joniga qasd qilish bilan tugagan, 50% alkogoliklarda va taxminan 20%
depressiv kasallarda kuzatilgan).


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

56

ISSN:3030-3613

Biroq, oxirgi yillarda suitsidal xulq-atvor mexanizmlarining aniqlanganligi

haqidagi faktni inobatga olmoq lozim. Shu yo‘nalishda, Dj. Mann, M. Asberg, U.
Bekker, G.L. Braun va boshqalar asarlarida suitsidal xulqatvor va depressiyaning
bioximik korrellyatlari aniqlangan. Ta’kidlash joizki, suitsidal xulq-atvorning biologik
prediktorlari psixologik materiallarda topilgan. Yuqorida ta’kidlanganidek,
mualliflarning katta qismi, suitsidal xatti-harakatlarni psixik kasallar bilan birga,
mutlaqo sog‘lom shaxslar ham sodir etishi mumkin degan qarashni ilgari surgan.
Shuning uchun, suitsidni faqatgina to‘g‘ridan-to‘g‘ri psixik patologiya natijasi deb
emas, balki psixopatologik simptomlar va individum ijtimoiyligining asosini tashkil
etadigan, uning genezisida atrof-muhit ta’siri va shaxs ijtimoiy-psixologik tuzilishining
o‘zaro bog‘liqligi katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘p omilli hodisa sifatida ko‘rib
chiqish lozim.

Psixologik konsepsiya, shaxsning suitsidal tendensiyalarining shakllanishida

psixologik omil yetakchi o‘rin egallashi haqida qarashlar aks ettirilgan. Suitsid
fenomenini izohlashga psixologik yondashuv shakllanishining asoschisi Z. Freyd
hisoblanadi. Z. Freyd fikricha, suitsidni insonda ikkita asosiy intilish mavjudligi (hayot
instinkti va o‘lim instinkti) haqida tushunchalari asosida tahlil qilish zarur va libido
vazifasi, vayron etuvchi instinktni ro‘yobga chiqarib, atrof-muhit ob’ektlariga
yo‘naltirib zararsizlantirishdan iborat. Ya’ni, “...o‘z o‘zimizni yo‘q qilishimiz uchun
qandaydir narsa yoki insonni qirib tashlash kerakdek tuyiladi...”

Shunday ekan, o‘limga instinktiv intilish odamlarga nisbatan agressiv

munosabatda namoyon bo‘ladi. Freyd fikricha, suitsid va o‘ldirish o‘lim instinktining
barbod etuvchi ta’sirining namoyishi. Freyd taxminicha, o‘lim instinkti seksual
energiya bilan birlashganda yoki insonning o‘ziga yoki atrofdagi ob’ektlarga qarshi
yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin. O‘ldirish – boshqalarga yo‘naltirilgan agressiya,
suitsid esa – o‘z-o‘ziga yo‘naltirilgan agressiya. Olimning ta’kidlashicha, suitsidni
oqlab bo‘lmaydi, chunki u teskarisiga ag‘dargan o‘ldirishdir.

Karl Gustav Yung o‘z joniga qasd qilish masalasiga oid qarashlarida insonda

ruhiy qayta tug‘ilish intilishi mavjud bo‘lib, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri ruh ko‘chishidan
qayta tug‘ilishigacha turli shakllarni qabul qiladigan, jamoaviy ongsiz arxetip bilan
bog‘liqligiga ishora qilgan. Ushbu ruhiy qayta tug‘ilishga intilish – suitsidning tarkibiy
motivatsiyalaridan biri bo‘lishi mumkin.

Psixologiyada psixodinamik yo‘nalish va egopsixologiya namoyandasi Karen

Xorni tomonidan taxmin qilinishicha, bazis tashvish natijasida nevrotik janjal paydo
bo‘lishining sababi atrof-muhitdagi insonlar bilan o‘zaro munosabatlarning buzilishi
bo‘ladi. Bundan tashqari, olimning fikricha, og‘ir hayotiy vaziyatlarda odamlar
yolg‘izlik, nochorlik, qaramlik, dushmanlik his qilishi mumkin, bu esa suitsidal hulq–
atvorning rivojlanishi uchun asos bo‘lishi mumkin. Suitsid bolalik qaramligi natijasida
paydo bo‘lishi ham mumkin, chuqur ildiz solgan norasolik hissiyotlari yoki Xorni aytib


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

57

ISSN:3030-3613

o‘tgan, insonning o‘zida o‘z haqida mavjud bo‘lgan “ ideallashtirilgan qiyofa” borligi.
O‘z joniga qasd qilish “suitsid ijro etish” bo‘lishi ham mumkin, insonda jamiyat
me’yorlariga noloyiqlik hissi paydo bo‘lishi natijasida. Karen Xorni to‘g‘ridan-to‘g‘ri
himoyalanish va o‘z xohishiga yetish vositasi shaklida mazoxistik funksiyalarni
aniqlab, zamonaviy autoagressiv motivatsiya asosini keltiradi. Birinchi holatda
mazoxist nochorlik va o‘zini azoblash yordamida raqobat va aybdorlikdan qochadi,
ikkinchi holatda - o‘z xohishiga yetadi (muhabbatga, yordamga, nazorat qilishda,
boshqalarni ayblashda).

Xorni qarashlariga muvofiq, suitsid shaxs ichki xarakteristikalari va atrof-muhit

omillarining qo‘shilishi natijasidir.

Amerikalik psixoanalitik G.S. Salliven psixologiyada shaxslararo muloqot

nazariyasini ishlab chiqqan. G. Sallivenning ta’kidlashicha, shaxslararo janjallar
insonni uzoq vaqt davomida “Men yomon” degan qiyofada yashashga majbur etadi,
va bu holda inson “ Men yomon” qiyofasini “ Men yaxshi” ga o‘tkazishga xohish paydo
qiladi, shunday qilib suitsid sodir qiladi.

XULOSA

.

Shunday qilib, ijtimoiy konsepsiyaning kelib chiqish asosida suitsidal xulq-

atvorda ijtimoiy integratsiya pasayishi va mustahkam emasligi yotadi, o‘z joniga qasd
qilish esa hamma holatlarda individni ijtimoiy muhit bilan o‘zaro munosabatlari nuqtai
nazaridan tushunish mumkin, bu vaziyatda ijtimoiy omillar yetakchi ahamiyatga ega.
Ta’kidlash joizki, keltirilgan nazariyaning katta ahamiyatga ega ekanligiga qaramasdan
suitsidal tendensiyalar rivojlanishi ba’zi bir xususiyatlarini anglash, ijtimoiy va jamoa
omillarini o‘rganish - bular muammoni o‘rganishning faqat bir tomoni. Alohida
insonning suitsidal harakatini tushunish uchun shaxs va ijtimoiy madaniy omillarni
o‘rganish zarur.

Muammoga oid ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘z joniga qasd

qilish psixik yoki organik kasalliklar natijasida bo‘lmay, balki shaxsning jamiyatdagi
ijtimoiy munosabatlarining izdan chiqishi yoki buzilishi mahsuli hamdir. Olimlar
fikriga ko‘ra suitsidni yuzaga keltiruvchi va sabablarni shaxsning ruhiy va individual
– psixologik xususiyatlaridan tortib, to jamiyatdan, undagi ijtimoiy muhitdan izlash
kerakdir. Ya’ni o‘z joniga qasd qilish ijtimoiy hodisa bo‘lib, suitsid ko‘lami ijtimoiy
tizimning «noinsoniy» strukturasi bilan bog‘liqdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Фрейд З. По ту сторону принципа удовольствия // Психология
бессознательного. - СПб., 2002. С. 340 — 378

2.

Фрейд 3. Мы и смерть // Рязанцев С. Танатология (учение о смерти). СПб.:
Восточно-Европейский институт психоанализа, 1994. С. 5-42.; Freud S.
Mourning and melancholia //Hogarth Press, London – 1957


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

58

ISSN:3030-3613

3.

Menninger К. Man Against Himself. A Harvest / HB J Book, Harcourt Brace
Jovanjvic Publishers. - San Diego, New York, London, 1985

4.

Юнг КГ. Душа и миф: шесть архетипов. - Киев, 1996. – 384 с.; Юнг К. Г.
Структура психики и процесс индивидуализatsiи. — М.: Наука, 1996.-200 с

5.

Хорни К. Наши внутренние конфликты; Невроз и развитие личности // Хорни
К. Собр. соч. в 3 т. - М.: Смысл, 1997


Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

Фрейд З. По ту сторону принципа удовольствия // Психология

бессознательного. - СПб., 2002. С. 340 — 378

Фрейд 3. Мы и смерть // Рязанцев С. Танатология (учение о смерти). СПб.:

Восточно-Европейский институт психоанализа, 1994. С. 5-42.; Freud S.

Mourning and melancholia //Hogarth Press, London – 1957

Menninger К. Man Against Himself. A Harvest / HB J Book, Harcourt Brace

Jovanjvic Publishers. - San Diego, New York, London, 1985

Юнг КГ. Душа и миф: шесть архетипов. - Киев, 1996. – 384 с.; Юнг К. Г.

Структура психики и процесс индивидуализatsiи. — М.: Наука, 1996.-200 с

Хорни К. Наши внутренние конфликты; Невроз и развитие личности // Хорни

К. Собр. соч. в 3 т. - М.: Смысл, 1997