T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_2-to’plam_Aprel-2025
49
ISSN:3030-3613
INSON ONGINING QALB,TANA VA AQL BILAN UYGʻUNLIGI HAMDA
PSIXIK JARAYONLARNING VUJUDGA KELISHI
Munisa G'aniyeva Ulug'bek
qizi
Toshkent shahar Yashnobod tumani "Qalb,tana,aql" onlayn telegram kanali admini
Annotatsiya
: Maqolada har bir shaxsda mavjud bo‘lgan psixik jarayonlar:
xotira, xayol, tafakkur, qobiliyat va, eng asosiysi, ong haqida ma’lumotlar keltirib
o‘tilgan. Shuningdek, psixik jarayonlarning ishlash mexanizmida asosiy
fuknsiyalardan birini bajaruvchi bosh miyaning xususiyatlari ham ochib berilgan.
Kalit so‘zlar:
miya, ong, psixik jarayonlar, idrok, diqqat, xotira, xayol, tafakkur,
hissiyot, sezgi, nerv sistemasi.
KIRISH
Har bir insonda mavjud bo‘lgan sezgilar, idrok, diqqat, xotira, xayol, nutq, aql,
qalb, tana kabilar psixik jarayondir. Bulardan tashqari, har bir shaxsning o‘zigagina
xos bo‘lgan xususiyatlar: qiziqish, xavas, qobiliyat va iste’dod, temperament va
xarakter kabilar ham psixik jarayonlar jumlasiga kiradi. Psixik jarayonlarning umumiy
yig‘indisini bir so‘z bilan psixika deb ham yuritish mumkin.
Insondagi psixik jarayonlar hayot sohalarida xilma-xil ko‘rinishlarda namoyon
bo‘ladi. Shunga qaramasdan, ular bir-biri bilan chambarchas boglangan bo‘ladi.
Psixologiya fanining vazifalaridan biri ana shu bog‘lanish va munosabatlarning
qonuniyatlarini ochib berishdir.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Psixik jarayonlar miyaning alohida xossasi bo‘lib, faqat miyaning faoliyatiga
bog‘liq holda ro‘y beradi. Odam bosh miyasi yuksak darajada tashqil topgan materiya
bo‘lib, psixika esa ana shu materiyaning mahsuli, uning funksiyasidir.
Psixik hodisalarning qanday ro‘y berishini bilish uchun uning moddiy asosi –
nerv sistemasiga bog‘langan holda o‘rganish kerak, Chunki insondagi barcha psixik
jarayonlar bosh miya va nerv sistemasi faoliyatining natijasidir.
Hech qanday psixik jarayonning o‘z-o‘zicha hosil bo‘lishi mumkin emas,
psixika faqat u yoki bu qo‘zg‘ovchining miyaga ta’siri tufayligina vujudga keladi.
Psixikaning boshlanishi qo‘zg‘ovchining ta’siri bo‘lsa, uning oxirgi natijasi
organizmning qo‘zg‘ovchiga javobidir. Har qanday psixik faoliyat miyaning aks
ettiruvchi, reflektor faoliyatidangina iboratdir.
Ma’lumki, psixika va ong birdaniga paydo bo‘lmagan, balki uzoq tarixiy
evolyutsiya natijasida sayqallanib, o‘sib, takomillashib borgan. Inson psixikasining
taraqqiyoti filoginez va ontoginezni boshidan kechiradi. Filoginez shuki, odamzod
paydo bo‘lgandan toki hozirgi davrgacha avloddan avlodga psixika takomillashgan
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_2-to’plam_Aprel-2025
50
ISSN:3030-3613
holda o‘tgan. Ontoginez esa bola tug‘ilgan kundan toki umrining oxirigacha yoshining
ortib borishi bilan psixikasining ham o‘sib, rivojlanib borishidir.
Psixikaning odamga xos bo‘lgan oliy darajasi ongni tashkil etadi. Ong
psixikaning oliy, uni yaxlit bir holga keltiruvchi shakli bo‘lib, kishining mehnat
faoliyatida, boshqalar bilan (til yordamida) doimiy muloqot qilish jarayonida
shakllanishining ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlari natijasi hisoblanadi.
Ongning strukturasi,uning muhim psixologik ta’rifi qanday?
Uning dastlabki ta’rifi nomining o‘zidayoq berilgan bo‘lib, ong deganidir.
Kishining ongi bizning tevarak-atrofimiznii qurshab turgan olam haqidagi bilimlar
majmuasidan tarkib topdi. K.Marks «Ongning yashash usuli va ong uchun nimaningdir
borligi-bilimdir»,- deb yozgan edi. Shunday qilib, ongning strukturasiga muhim bilish
jarayonlari kiradiki, ular yordamida odam o‘z bilimlarini doimo boyitib boradi. Bu
jarayonlar qatoriga sezgilar va idrokni, xotirani, xayol va tafakkurni qo‘shish mumkin.
Sezgilar va idrok yordamida miyaga ta’sir o‘tkazuvchi qo‘zg‘atuvchilarning
bevosita aks etishi natijasida ongda borliqning o‘sha momentda kishi tasavvurida hosil
bo‘lgan hissiy manzarasi gavdalanadi. Xotira ongda o‘tmish obrazlarini qaytadan
gavdalantirsa, xayol ehtiyoj| obyekti bo‘lgan, ammo hozirgi paytda yo‘q narsaning
obrazli modelini hosil qiladi.
Ongning ikkinchi ta’rifi — unda subyekt bilan obyekt o‘rtasida aniq
farqlanishining o‘z ifodasini topishi, ya’ni odam «men» degan tushuncha bilan «men
emas» degan tushunchaga nima tegishli ekanini aniq biladi. Tirik organizmlar dunyosi
tarixida birinchi bo‘lib undan ajralib chiqqan va o‘zini atrof-muhitga qarama-qarshi
qo‘ygan inson o‘z ongida ushbu qarama- qarshilik va tafovutni saqlab kelmoqda. Jonli
mavjudotlar ichida uning o‘zigina, o‘zini bilishga, ya’ni psixik faoliyatni o‘zini tadqiq
etishga yo‘naltirishga qodirdir. Odam o‘z xatti- harakatlarini va, umuman, o‘zini o‘zi
ongli ravishda baholaydi. «Men»ning «men emas»dan ajratilishi - har bir kishi
bolaligida boshdan kechiradigan yo‘l bo‘lib, uning o‘zini o‘zi anglashi jarayonida yuz
beradi.
Ongning keyingi ta’rifi - odamning maqsadni ko‘zlovchi faoliyatini
ta’minlashdir. Faoliyatning maqsadlarini yaratish ongning funktsiyasiga kiradi. Bunda
faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab chiqiladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi,
harakatlarni bajarishning qanday borishi hisobga olinadi, unga tegishli tuzatishlar
kiritiladi va hokazo. Maqsadni ko‘zlovchi faoliyatning amalga oshirilishida, uning
muvofiqlashtirilishida va yo‘nalishida kasallik oqibatida yoki biron-bir boshqa
sabablarga ko‘ra har qanday buzilishning yuz berishini ongning buzilganligi deb
qaramoq kerak.
Nihoyat, ongning to‘rtinchi ta’rifi - uning tarkibiga muayyan munosabatning
kirganligidir. Kishi ongiga muqarrar ravishda his-tuyg‘ular olami kirib keladi. Unda
murakkab obyektiv va, eng avvalo, odamni o‘zi ham jalb etilgan ijtimoiy munosabatlar
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_2-to’plam_Aprel-2025
51
ISSN:3030-3613
o‘z aksini topadi. Bu o‘rinda ham, boshqa ko‘pgina hollarda bo‘lgani kabi potologiya
normal ongning mohiyatini yaxshiroq anglab olishga yordam beradi. Ayrim ruhiy
kasalliklarga chalinganda ongning buzilganligini aynan histuyg‘ular va munosabatlar
sohasidagi buzilish bilan belgilanadi: bemor bunga qadar behad sevgan onasini
suymaydigan bo‘lib qoladi, yaqin kishilari to‘g‘risida zarda bilan gapiradi va hokazo.
TADQIQOT NATIJALARI
Psixologiya fanida psixik jarayonlar shaxsning psixologik xususiyatlari asosida
yotgan fiziologik asoslarini ishlab chiqishda Rossiyaning mashhur psixologlari
M.M.Sechenov, I.P.Pavlov, V.M.Bexterev va P.K.Anoxin kabilarning xizmatlari
kattadir. Bular oliy nerv faoliyatining asosiy qonuniyatlariga doir ta’limotni kashf
etdilar. Bu ta’limotga muvofiq odam miyasiga uzluksiz ravishda tashqi muhitdagi
narsa va hodisalar ta’sir etib turadi. Natijada oliy nerv faoliyatining asosiy jarayonlari
bo‘lmish qo‘zg‘alish va tormozlanish vujudga keladi. Buning ma’nosi shuki,
qo‘zg‘alish miyadagi nerv markazlarini ishga soladi, ularni faol harakatga keltiradi.
Ma’lum fursat o‘tgandan keyin bu jarayon tormozlanish bilan almashinadi, ya’ni
miyadagi nerv markazlarining faoliyati sekinlashadi, ma’lum muddat ishlamaydi va
buning natijasida sarflangan energiya qaytadan tiklanadi.
Odamda nerv sistemasining o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li bor. Nerv sistemasi odam
organizmining barcha funksiyalarini tartibga soladi. Unda moddalar almashinuvini
ta’minlaydi, yurak, muskullar va qon tomirlari faoliyatini boshqaradi, organizmning
turli sharoitlariga moslashuviga xizmat qiladi.
MUHOKAMA
Odam psixik hayotining asosi bosh miya bo‘lib, bosh miya nerv sistemalarining
birlashgan joyi - markazidir. Nerv sistemasi organizm bilan tashqi muhit o‘rtasidagi
o‘zaro ta’sirni va to‘qimalar faoliyatini tartibga solib turadi.
Birinchi signal sistemasi odamda tashqi dunyoning sezgi a’zolari tomonidan
qabul qilib olinadigan aksi bo‘lib, odam voqelikni eng avvalo birinchi signal sistemasi
orqali idrok qiladi.
Tashqi muhitdagi voqea-hodisalarning sezgi a’zolarimizga ta’siri orqali ongda
aks etishi birinchi signal sistemalaridir. Birinchi signal sistemalari odamning sezgilari,
idroki va tasavvurlariga bog‘liq bo‘ladi. Tashqi muhit voqea-hodisalarining so‘zlar
(o‘sha narsalarning nomlari) orqali ongda aks etishi ikkinchi signallar sistemasini
tashkil etadi. Bu sifat faqat odamlargagina xos bo‘lib, boshqa jonzotda yo‘q. Odam
tashqi taassurotlarni so‘zlar orqali aks ettiradi va bilib oladi - o‘zlashtiradi.
Ikkinchi signal sistemalari yordamida odam fikrlaydi, xotirlaydi, xayol suradi
va, eng muhimi, so‘zlaydi. So‘z - signallarning signalidir (I.P.Pavlov). Ikkinchi signal
sistemalari faqat odamlardagina mavjuddir.
XULOSA
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_2-to’plam_Aprel-2025
52
ISSN:3030-3613
Ko‘p tajribalarning xulosalari shuni tasdiqlaydiki, odamda bosh miyaning
qismlari butun bo‘lmasa, unda tananing normal holati, harakati buziladi, psixik
funksiyalar tubdan o‘zgaradi va nihoyat hayot davom etmaydi.
Shuni ta’kidlash lozimki, so‘nggi yillarda psixologiya fanining qo‘lga kiritgan
yutuqlariga ko‘ra, odam miyasining o‘ng va chap yarim sharlari turlicha vazifani
bajaradi. O‘ng va chap yarim sharlar bir-biridan shunchalik farq qiladiki, hatto his
qilish darajasi turlicha bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI :
1.
G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
2.
Югай А.Х., Мираширова Н.А. “Oбщая психология” – Ташкент 2014.
3.
Дружинина В.. “Психология “. Учебник. “Питер”, 2003.
4.
Internet materiallari