T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_2-to’plam_Aprel-2025
352
ISSN:3030-3613
TRANSPORT VOSITALARINING TEXNIK HOLATI EKSPERTIZASI
HUSUSIYATLARI
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi
Krimanilstik ekspertizalari kafedrasi boshlig‘i o‘rinbosari, y.f.b.f.d.(PhD), kapitan
Sobirov Furqat Bahromboy o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi
kunduzgi ta’lim 2-o‘quv kursi 229-guruh kursanti, safdor
Zokirjonov Dostonbek Mohidjon o‘g‘li
Annotatsiya:
ushbu maqolada hozirgi kunda amaliyotda qo‘llaniladigan
transport vositalarining texnik holati ekspertizasining ishlash tartibi , ishonchli
ma'lumotlar olish va rasmiylashtirishda zamonaviy texnika, usul va uslublar majmuyi
haqida ma’lumotlar kiritilgan.
Kalit so‘zlar:
texnik holat, avariya sabablari,vizual tekshiruv, texnik holat va
tahlil, texnik jarayon va axborot, texnik oqibat, dinamik ishlash prinsipi.
Аннотация:
В статье изложены сведения о порядке проведения
экспертизы технического состояния транспортных средств, применяемом в
настоящее время на практике, комплекс современных приемов, методов и
методик получения и выдачи достоверной информации.
Ключевые слова:
техническое состояние, причины аварии, визуальный
осмотр, техническое состояние и анализ, технический процесс и информация,
технический результат, динамический принцип работы.
Annotation:
This article contains information about the procedure for
conducting an examination of the technical condition of vehicles currently used in
practice, a set of modern techniques, methods and techniques for obtaining and issuing
reliable information.
Key words:
technical condition, accident causes, visual inspection, technical
condition and analysis, technical process and information, technical result, dynamic
operating principle.
Kirish
Transport vositalarining texnik holati ekspertizasining hususiyatlari
Transport vositalarining texnik holati ekspertizasi — bu transport
vositalarining xavfsiz va samarali ishlashini ta'minlash, shuningdek, ular tomonidan
yuzaga keladigan xavflarni minimallashtirish maqsadida amalga oshiriladigan ilmiy-
amaliy ishdir. Ushbu ekspertiza transport vositasining ishlash muddatini, texnik
xolatini va xavfsizligini baholashga qaratilgan. Odatda, ekspertiza jarayoni
avtotransport vositalarining texnik nosozliklarini aniqlash, ularning konstruktsiyasi va
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_2-to’plam_Aprel-2025
353
ISSN:3030-3613
komponentlarining ishlashini tahlil qilish, shuningdek, avariyalar va transport
hodisalari sabablarini o‘rganishga yordam beradi.
Ekspertizaning maqsadlari va vazifalari
Transport vositalarining texnik holati ekspertizasining asosiy maqsadi —
avtotransport vositalarining xavfsizligini ta'minlash, ularning optimal ishlashini
nazorat qilish va yo‘l harakati xavfsizligini oshirishdir. Ekspertiza quyidagi vazifalarni
bajaradi:
1. Texnik holatni aniqlash: Transport vositasining ishlashiga ta'sir qiluvchi
texnik nosozliklar va buzilishlarni aniqlash.
2. Avtomobilning ishlash muddatini baholash: Transport vositasining eskirishi
va xavfsiz ishlash uchun zarur bo‘lgan texnik xizmat ko‘rsatish muddatini aniqlash.
3. Xavfsizlikni ta'minlash: Avtotransport vositalarining ishlashini baholash va
jiddiy xavf tug'diruvchi holatlarni aniqlash.
4. Avariya sabablari: Avtomobilning nosozligi yoki ish holatining
yomonlashuvi sababli yuzaga kelgan baxtsizlik yoki avariyalar sabablarini aniqlas
Ekspertiza jarayonining asosiy bosqichlari
Transport vositasining texnik holat ekspertizasi bir nechta bosqichlardan iborat
bo‘lib, har bir bosqichda maxsus ilmiy va amaliy yondashuvlar qo‘llaniladi:
1. Vizual tekshiruv:Transport vositasining tashqi ko‘rinishi va umumiy holati
tekshiriladi. Bu bosqichda avtoamortizatorlar, g'ildiraklar, tormoz tizimi va boshqa
muhim qismlar vizual tekshiruvdan o‘tadi.
2. Dinamik tekshiruv: Avtomobilning ishlash jarayonidagi dinamik
ko‘rsatkichlari, masalan, harakatlanish va tormozlash tizimi tekshiriladi. Buning uchun
testlar va sinovlar o‘tkazilishi mumkin.
3. Texnik diagnostika: Maxsus qurilmalar yordamida transport vositasining
dvigatelining, elektron tizimlarning, akkumulyator va boshqa muhim tizimlarning
ishlash holati tahlil qilinadi.
4. Hisobot va tahlil: Ekspertiza natijalari to‘plangan ma'lumotlar asosida tahlil
qilinadi va ekspertizaning yakuniy hisobotini tuzish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar
tayyorlanadi.
Texnik holat ekspertizasi va huquqiy jihatla
Transport vositalarining texnik holati ekspertizasi nafaqat amaliy, balki
huquqiy jihatdan ham muhimdir. Xavfsizlikni ta'minlash va yo‘l harakati qonunlarini
buzilishining oldini olish maqsadida, ekspertiza ko‘pincha davlat va xususiy
tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunday ekspertiza jarayoni orqali
avtomobilning texnik nosozliklar sababli yuzaga keladigan huquqiy muammolarni hal
qilish imkoniyati mavjud.
Transport vositasining texnik holati ekspertizasi
Transport vositasining texnik holati ekspertizasi predmeti: yo‘l transport
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_2-to’plam_Aprel-2025
354
ISSN:3030-3613
hodisasida ishtirok etgan transport vositasining texnik holati to‘g‘risidagi faktik
ma’lumotlar tashkil qiladi. Yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan transport
vositalarining texnik holati aniqlanishi lozim bo‘lgan asosiy qismlari — bu ularning
harakat havfsizligiga ta’sir qiluvchi: tormoz tizimi, rul boshqaruvi, harakat qismi va
yoritish tizimidir. Transport vositasining texnikaviy holatini aniqlashning o‘ziga xos
hususiyati bevosita transport vositasini yoki uning aloxida qismlarini ko‘zdan kechirish
va tadqiq qilishni talab qiladi. Transport vositasining texnikaviy holatini aniqlashda har
doim ham ikkinchi marotaba takrorlash imkoni bo‘lmasligi mumkin, chunki ko‘p
vaziyatlarda birlamchi tadqiqotlar tekshirilayotgan qismning dastlabki holati
o‘zgarishiga olib keladi.
Transport vositasining texnik holati ekspertizasi ob’ektlari: yo‘l transport
hodisasida ishtirok etgan avtotransport vositalari, shahar elektromobillari, traktorlar va
o‘ziyurar mexanizmlar, ularning agregatlari, qismlari, transport vositasining bo‘laklari
va ulardagi izlardir. Avtotransport vositalarining turlariga ko‘ra ob’ektlar quyidagilar
bo‘lishi mumkin: velosipedlar, motosikllar, yo‘lovchi va yuk skuterlari, mahalliy va
xorijiy ishlab chiqarilgan avtomobillar, tramvay va trolleybuslar (yo‘lovchi va yuk),
traktorlar (izli va g‘ildirakli), qishloq xo‘jaligi mashinalari, havo transporti vositalari,
qor avtomobillari, mexanik bo‘lmagan transport vositalari va boshqalar. (sud-
avtotexnika ekspertizasi ob’ektlariga daryo, dengiz, havo, temir yo‘l va quvur
transporti turlari kirmaydi).
[1]
Shu bilan birgalikda transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazishning alohida
tartibi belgilangan:
-Transport vositalari ro‘yxatdan o’tkazilgan (vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilgan)
hududda yoki egalarining xohishiga ko‘ra eksterritoriallik tamoyili asosida boshqa
hududlarda ham texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi;
- tijorat asosida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yengil
avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va o‘rindiqlar soni 8 ta va undan
ortiq bo‘lgan (haydovchining o‘rnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun
jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, og‘ir vaznli va xavfli yuklarni tashish
uchun maxsus transport vositalari va ularning tirkamalari — bir yilda ikki marta;
-ishlab chiqarilganiga olti yildan ko‘p bo‘lmagan yuridik shaxslarga tegishli
transport vositalari shuningdek, ishlab chiqarilganiga o‘n bir yildan o‘n to‘rt yilgacha
(o‘n to‘rtinchi yili ham) bo‘lgan jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport
vositalari— ikki yilda bir marta;
-tirkamalar texnik ko‘rikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan
muddatlarda;
-Ishlab chiqarilganiga o‘n yilgacha (o‘ninchi yili ham) bo‘lgan jismoniy
shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalari texnik ko‘rikdan ixtiyoriy ravishda
o‘tkaziladi;
[2]
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_2-to’plam_Aprel-2025
355
ISSN:3030-3613
Transport vositasining texnikaviy holatini tekshirish uchun quyidagi talablar
bajarilishi kerak:
– yo‘l-transport hodisasidan keyin qisqa vaqt ichida ekspertiza o‘tkazilishi;
– ekspertiza o‘tkazilgunga qadar transport vositasining yo‘l-transport
hodisadan keyingi holati o‘zgarmasligi. Agar transport vositasi texnikaviy holati ayrim
sabablarga ko‘ra o‘zgarsa, bu haqida ekspertga batafsil ma‘lumot berilishi;
– tergov idorasi tomonidan transport vositasini dastlabki ko‘rikdan o‘tkazish
vaqtida aniqlangan ma’lumotlarni ekspert ixtiyoriga taqdim etish;
– yo‘l-transport hodisasi arafasidagi hodisaga aloqasi bo‘lishi mumkin va
tergovga ma’lum bo‘lgan holatlar to‘g‘risida ekspertga ma‘lumot berish;
– transport vositasiniig alohida qismlarini tadqiq qilishda ularni yechib olish
yo‘llari, kiritilgan o‘zgarishlar, xususiyatlari haqidagi ma’lumotni, fotosuratlarni
ekspertga taqdim etish.
Har bir obekt faqat avtotexnika eksperti tomonidan emas, balki boshqa
sohadagi ekspert tomonidan ham tadqiqot qilinishi mumkinligini nazarda tutish kerak.
Masalan, bitta avtomobil avtotexnika eksperti tomonidan texnikaviy holatini aniqlash
bo‘yicha tekshirilishi, izshunos ekspert tomonidan esa, pachoqlar bo‘yicha zarba
beruvchi kuch yo‘nalishini aniqlash uchun tadqiq qilinishi mumkin. Shu sababli, yo‘l-
transport hodisasi bo‘yicha tergov rejasi tuzilganda, transport vositasini tadqiq etishni
birinchi navbatda uning holatiga eng kam o‘zgarish kirituvchi ekspertizani
o‘tkazishdan boshlash kerak bo‘ladi.
Yo‘l-transport hodisasida ishtirok etgan transport vositasining texnik holatini
aniqlash ekspertizasi quyidagi masalalarni hal etadi:
– transport vositasi va uning alohida qismlarini (tormoz tizimi, rul boshqaruvi
va h.k.) texnik holati belgilash (soz yoki nosoz);
– transport vositasining texnik nosozliklarini hosil bo‘lish sabablarini aniqlash;
– transport vositasining texnikaviy nosozliklari yo‘l-transport hodisasiga
nisbatan qachon paydo bo‘lganini aniqlash;
– transport vositalardagi nosozlik yo‘lga chiqishdan oldin mavjud bo‘lganligini
aniqlash;
– aniqlangan nosozlik transport vositasining umumiy holatiga qanday ta’sir
etishini tadqiq qilish;
– aniqlangan nosozlik hamda kelib chiqqan hodisa o‘rtasida sababiy bog‘lanish
bor yoki yo‘qligini aniqlash;
– transport vositasining tadqiq etilayotgan tizimining ishlash ko‘rsatkichlarini
aniqlash;
– transport vositasining turini aniqlash;
– transport vositasining ishlab chiqarilgan yilini aniqlash;
– transport vositasining VIN kodini tadqiq etish (ya’ni transport vosita
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_2-to’plam_Aprel-2025
356
ISSN:3030-3613
to‘g‘risida unga ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan biriktirilgan VIN-raqamdan
batafsil ma’lumot olish (ishlab chiqarilgan mamlakat, yili, jixozlanishi va x.k);
– transport vositalari dvigatellarining hajmini aniqlash;
Bunda transport vositalarning turini, ishlab chiqarilgan yilini, ishlab
chiqaruvchi korxona tomonidan biriktirilgan VIN-raqamdan batafsil ma’lumotlarni
aniqlash boshqa turdagi avtotexnik ekspertlari ham xal qilishi mumkin.
Ushbu ekspertizani o‘tkazish uchun ekspert ixtiyoriga tekshirilaetgan transport
vositasi yoki uning qismi, transport vositasining texnik holati to‘g‘ridagi ma’lumotlar
(texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan dalolatnoma, transport vositasini ta’mirlash haqidagi
ma’lumot va h.k.), yo‘l transport hodisasidan keyin tuzilgan transport vositasining
texnik holati to‘g‘risidagi bayonnoma taqdim qilinadi.
Agar texnik diagnostikaning vazifasi joriy vaqt ichida ob'ekt texnik holatini
aniqlash, texnik prognozning vazifasi esa kelajakda kutiladigan ob'ekt texnik holatini
va o‘tkaziladigan texnik ta'sir yoki diagnostika davriyligini oldindan aytib berish
bo‘lsa, texnik genetikaning vazifasi ob'ektning avvalgi vaqtdagi texnik holatini
aniqlashdan iborat (masalan, ob'ektning avariya oldi holati).
Texnik holatni prognoz qilish - transport vositasi texnik holatini kelgusi vaqt
oralig'i uchun berilgan ehtimollik bilan aniqlash. Prognozda ob'ektning Hozir
boshlanadigan holatlari rivojining ehtimoliy yo‘llari aniqlanadi.
Transport vositasining zamonaviy rivojlanish bosqichida har bir transport
vositasining texnik holatini alohida prognozlash lozim. Ekspluatatsiya jarayonida
o‘tkaziladigan prognozlash har bir transport vositasining o‘ziga xos shartlari va
ekspluatatsiya xususiyatlarini hisobga olish imkonini beradi. Bu masalalarning
yechimlari transport vositasiga profilaktik xizmat ko‘rsatishni rejalashtirish va
o‘tkazish, yurilgan yo‘l bo‘yicha emas, real texnik holat bo‘yicha qo‘llanishi kerak.
Yechish usullari bo‘yicha texnik prognoz texnik genetika bilan chambarchas
bog'liq. Texnik genetika - bu transport vositasi texnik holatini berilgan ehtimollik bilan
o‘tgan vaqt intervali uchun aniqlash. Yo‘l-transport hodisalarini (YTH) tekshirish,
kafolat ekspluatatsiyasi davrida yuzaga keladigan buzilishlar bilan bog'liq bo‘lgan
da'vogarlik ishlari olib borish yoki tadqiq masalalarini hal qilishda texnik genetikaga
zarurat tug'iladi. Bunday hollarda transport vositasining hozirgi vaqtdagi texnik holati
bundan birmuncha oldingi, buzilish yoki YTH sabablari vujudga kelishi natijasidagi
holatidan farq qiladi.
Diagnostikalash masalalarini echish usullarini prognoz qilish masalalariga
mexanik qo‘llash mumkin emas. Diagnostikalashda model bo‘lib ob'ektning hozirgi
vaqtdagi tavsifi xizmat qilsa, prognozda model ob'ektning texnik xarakteristikalari vaqt
bo‘yicha o‘zgarishini tavsiflaydi (masofaning o‘zgarishi bilan).
Transport vositasi texnik holatining o‘zgarishi jarayonida diagnostikalash
natijasi bitta nuqtani ifodalaydi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_2-to’plam_Aprel-2025
357
ISSN:3030-3613
Texnik diagnostikalash va bashorat bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Davriy
(yoki uzluksiz) diagnostikalashning natijalari transport vositasi texnik holatining vaqt
davomida o‘zgarishini tavsiflaydi (masofaning o‘zgarishi bilan) va prognozlash uchun
foydalaniladi.
Prognozning vazifasi ob'ekt parametrlarining bo‘lajak qiymatlarini berilgan
ishonchlilik bilan aniqlab, ob'ektning diagnostika o‘tkazilganidan keyin erishadigan
texnik holatini tavsiflashdan iborat.
Transport vositalari ekspluatatsiya sharoitlarining har xilligi, prognoz ob'ektiga
ta'sir etuvchi tasodifiy omillarning borligi tufayli, ob'ekt texnik holatini tavsiflaydigan
parametrlar o‘zgarishining diagnostikasi tasodifiy xarakterga ega. Bir turli va bir
rusumli diagnostikalash ob'ektlarining xususiyatlari har xil tezlik bilan o‘zgaradi.
Texnik holat parametrlari o‘zgarishining tasodifiy xarakteri parametrlar chegaraviy
qiymatlariga erishguncha yurilgan yo‘llar har xil bo‘lishiga olib keladi.
Diagnostika vazifasini bajarishda ikkita yondashish mavjud:
Birinchi yondashish har xil masofalarga taalluqli texnik holat parametrlari
qiymatlariga statistik ishlov berish va tahlilga asoslanadi. Bunda parametrlar
qiymatlari transport vositalari guruhining ma'lum sharoitlarida (nazorat osti)
ekspluatatsiya qilib, to‘planadi. Sinovlar natijalari bo‘yicha yurilgan yo‘l va texnik
holat parametrining qandaydir qiymatiga erishish ehtimolligi o‘rtasidagi bog'liqlik
turini aniqlash mumkin. Bu usulni qo‘llaganda ehtimollik nazariyasi matematik
apparatidan foydalaniladi.
Ikkinchi yondashish muayyan bashorat obyektining texnik holatini
belgilaydigan parametrlar o‘zgarishi qonuniyatlarini aniqlashdan iborat. Bu holda
parametrlar bevosita o‘lchanadi va ob'ekt o‘zgarishining tendensiyalari aniqlanadi.
Bunday bashoratning asosiy maqsadi - ob'ektning qoldiq resursini aniqlashdan
iborat.
[3]
Avtotransport vositalarini TXK va ta'mirlash bo‘yicha mutaxassislarning
asosiy kasbiy kompetensiyalarga quydagilar kiradi:
- avtomobil va transport vositalarining ekspluatatsiyasi paytida yuzaga
keladigan jarayonlarning fizik mohiyati, ekspluatatsion xususiyatlari, avtomobil
tarkibiy qismlari va asosiy agregatlari modifikatsiyasi, ishlash printsiplari, tuzilishi,
texnik xususiyatlari haqida bilimlardan professional faoliyatida foydalanishga
tayyorligi;
- avtomobilning agregatlari va mexanizmlaridagi ish jarayonlarini tahlil qilish
qobiliyati, avtomobil tarkibiy qismlari, mexanizm va tizimlarining har xil holatdagi
nosozliklarini aniqlash qobiliyati;
- transport vositalarining tarkibiy qismlari ularning ish holatini kuzatish,
transport vositalarining ekologik ko‘rsatgichlarini aniqlash, ekspluatatsiya davomida
nosozlik oldini olish usullari va vositalarini qo‘llash uchun zamonaviy qurilmalar va
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_2-to’plam_Aprel-2025
358
ISSN:3030-3613
diagnostika tizimlaridan foydalanish qobiliyati;
- texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash barcha turlari bo‘yicha, joriy va kapital
ta'mirlash, avtomobilning asosiy tarkibiy qismlari va mexanizmlarini o‘rnatish va
demontaj qilish bo‘yicha bilimlardan foydalanish qobiliyati;
- avtotransport vositasining nosoz qismlarini va detallarini almashtirish yoki
ta'mirlash bo‘yicha maqbul ko‘p mezonli qarorlarni qabul qilish qobiliyati.
[4]
Xulosa
Transport vositalarining texnik holati ekspertizasi — transportning
xavfsizligini ta'minlash, yo‘l harakati hodisalarining oldini olish va samarali ishlashni
saqlab qolish uchun muhim ahamiyatga ega. Ekspertiza jarayonlari faqat transport
vositasining holatini aniqlash bilan cheklanib qolmasligi, balki uning xavfsizligini
ta'minlash, barqaror ishlashini ko‘rib chiqish hamda huquqiy javobgarlikni aniqlashda
ham muhim ahamiyat kasb etadi.Transportga xizmat ko‘rsatish tashkiliy jihatdan tez
bo‘lishi mumkindir,lekin zamonaviy va sifatli xizmat kafolat bazasi yaratish bo‘yicha
yangi hamda samarali dastur lozim.
Zero bu dastur o‘z o‘rnida yo‘l transport hodisalarini oldini
olishga,haydovchi,yo‘lovchi va piyodalarga hatar tug‘dirmasligi hamda transport
vositalarining himoyalash qobiliyat darajasi va yo‘l harakati ishtirokchilariga yo‘l
harakati qoidalarida mavjud barcha amal qilishi zarur bo‘lgan me‘yorlarni yetarli
darajada o‘zlashtirishi zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi
Respublika sud ekspertiza markazi ” Transport vositalarining texnik holati
ekspertizasi”;
2.
“Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini
takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 09.03.2021
yildagi 125-sonli Vazirlar Mahkamasining qarori;
3.
“
Transport vositasining texnik holat masalalari” Umid Suvanov 2021;
4.
Azimov, A., & Muxtarov, A. (2021). “Avtotransport korxonalarida texnik xizmat
ko‘rsatish va ta'mirlash ishchilarini kompetensiyaviy yondoshuv asosida tayyorlash
va malakasini oshirish metodikasi” Academic Research in Educational Sciences;
5.
“Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori, 04.05.2020, PQ-4703-son.