Mualliflar

  • Alimardonova Mōtabar
  • soqova Gulchehra

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95624

Kalit so‘zlar:

Kalit sōzlar: AKT tabiiy fanlar kompyuter multimedia internet media- texnologiyalar dars ta’lim.

Annotasiya

Annotatsiya 
Ushbu   maqolada    zamonaviy kompyuter texnologiyalari imkoniyatlaridan 
umum ta 'lim maktablarining boshlang'ich sinf tabiiy fanlari darslarida foydalanishning 
afzallik va qulaylik tomonlari hamda   axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining  
bugungi  zamonaviy  pedagogik  ta’lim  tizimida  foydalanishning  bosqichma-bosqich 
tizimi haqida yoritib berilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

222

ISSN:3030-3613

BOSHLANĜICH TA'LIM TABIIY FANLARI DARSLARIDA AXBOROT

TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

Alimardonova Mōtabar

Shahrisabz davlat Pedagogika instituti ōqituvchisi

Isoqova Gulchehra

Shahrisabz davlat Pedagogika instituti 3- kurs

boshlanĝich ta'lim yōnalishi talabasi

Annotatsiya

Ushbu maqolada zamonaviy kompyuter texnologiyalari imkoniyatlaridan

umum ta 'lim maktablarining boshlang'ich sinf tabiiy fanlari darslarida foydalanishning
afzallik va qulaylik tomonlari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining
bugungi zamonaviy pedagogik ta’lim tizimida foydalanishning bosqichma-bosqich
tizimi haqida yoritib berilgan.

Kalit sōzlar:

AKT, tabiiy fanlar, kompyuter, multimedia, internet, media-

texnologiyalar, dars, ta’lim.

Kirish

Ta'lim tarbiya tizimining bugungi kundagi vazifasi o'sib-ulg'ayib kelayotgan

yoshlarni vatanparvar, zamonaviy bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirgan,
komillikka intiladigan barkamol avlodni voyaga yetkazishdir. Bu jarayonda
o'qituvchining roli beqiyosdir. Hozirgi kunda davlatimiz tomonidan o'qituvchilarning
darslarga ijodiy yondashishini ta'minlash, ular faoliyatiga ilg'or pedagogik va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish hamda o'quvchilarning dastlabki
egallaydigan bilimlarning poydevori mustahkam bo'lishi, barcha fanlarni
o'zlashtirishga qiziqishini oshirish maqsadida zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilib,
hayotga tatbiq etib kelinmoqda.

Shuningdek, ta'lim tizimida ilg'or xalqaro tajriba va jamiyatning zamonaviy

talablariga muvofiq sifatli ta'lim olish imkoniyatlarini yaratish, xalq ta'limi
muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va byudjetdan mablag' bilan
ta'minlashning samaradorligini oshirish, yoshlar ta'lim-tarbiyasi uchun qo'shimcha
sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha izchil
islohotlar amalga oshirilmoqda.

Olib borilayotgan bu islohotlar o'qituvchilar va o'quvchilar oldiga katta talablar

qo'ymoqda, bu talablarning eng asosiysi - darsning samaradorligi, uning sifatliligini
oshirish hamda maktablardagi turli xil o'quv mashg'ulotlarining tashkil qilinishi va u
orqali o'quvchilarning turli bilim va ko'nikmalarni egallab olishlaridir. Bugungi kunda
ta'lim jarayonini to'g'ri va samarali tashkil qilishda innovatsion texnologiyalar, texnik
vositalarning, jumladan, zamonaviy kompyuterlarning o'rni beqiyosdir. Dars
mavzusiga oid multimediya, animatsiya, grafika, diafilm va videofilmlardan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

223

ISSN:3030-3613

foydalanish dars jarayonini yanada qiziqarli bo'lishiga ko'mak beradi, buning uchun
esa o'qituvchi o'z ustida ishlashi va har bir darsga «men bugungi dars jarayoniga
qanday yangilik bilan kirib, darsni qiziqarli tashkil qila olaman » deya o'ziga savol
berishi ya'ni, an'anaviy ta'limdan qochib, noan'anaviy ta'lim berishga intilishi lozim.

Pedagogik va psixologik tadqiqotlarga ko'ra inson ongi ma'lumotlarning 90% ni

ko'rish, 9% ni eshitish, 1% ni esa his qilish orqali qabul qilar ekan. Bundan kelib
chiqqan

holda

shu

narsa

ta'kidlanmoqdaki,

Axborot

kommunikatsion

texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilarning nazariy, ijodiy va refleksiv tafakkuri
rivojlanishiga katta ta'sir etadi. O'quvchining xotirasida u yoki bu hodisa, jarayonning
obrazli ifodalanishi o'quv materialini boyitib, uning ilmiy jihatdan o'zlashtirilishiga
yordam beradi. Multimedia texnologiyalarida an'anaviy texnologiyalarga qaraganda
axborotlar matn ko'rinishda emas, balki tasvir, ovoz va harakatlar ko'rinishida
ifodalanilishi o'quvchilarni darslarda faolroq, diqqatliroq intiluvchan va qiziquvchan
bo'lishga o'rgatadi, chunki tavsiya qilinadigan har bir axborot ularning ishtiroki va
harakati orqali amalga oshiriladi. Bu orqali fanga bo'lgan qiziqish uyg'onib, o'z
bilimlarini nazorat qilish va mustahkamlash, mavzuni o'rganishda o'zi uchun qulay
bolgan tezlik va o'zlashtirish darajasini tanlash imkoniyatini beradi.

Zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida dars jarayonini tashkil etishda

o'qituvchi dastlab:

• darsning maqsadi;
• maqsadga erishish yo'llari;
• o'quv materiallarini taqdim etish usullari;
• o'qitish metodlari;
• o'quv topshiriqlarining turlari;
• muhokamalar uchun savollar;
• munozara va bahslarni tashkil etish yo'llari;
• o'zaro aloqa usullari va kommunikatsiya singari omillarni aniqlab ol ishi lozim

bo'ladi.

Axborot texnologiyalaridan boshlang'ich sinf o'quvchilarining barcha o'quv

fanlarida samarali foydalanish mumkin. Darslarda o'quv va o'yin dasturlaridan
foydalanish katta samara beradi. Misol tariqasida boshlanĝich ta'lim tabiiy fanlari
darslarida axborot tehnologiyalaridan foydalani kōrib chiqamiz Axborot
texnologiyalarining tabiiy fanlardagi ahamiyati o‘quvchilarning ko‘rish va eshitish
orqali bilim olish imkoniyatini oshiradi.Tabiiy jarayonlarni animatsiyalar,
simulyatsiyalar va virtual laboratoriyalar orqali tushuntirishga yordam beradi.Mustaqil
izlanish va interaktiv ta’limni rivojlantiradi.Rasmlar, audio va video materiallar
yordamida o‘quvchilar mavzuni tezroq tushunadi.Darslarni qiziqarli va samarali
tashkil etish imkonini beradi.O‘quvchilar bilimlarini mustahkamlash uchun testlar,
o‘yinlar va mashqlar bilan shug‘ullanishlari mumkin.Tajribalarni xavfsiz va interaktiv


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

224

ISSN:3030-3613

tarzda o‘tkazish imkonini yaratadi.Bolalar uyda ham mustaqil ravishda tabiiy fanlarni
o‘rganishlari uchun qulay vosita hisoblanadi. O‘quvchilarning darsga bo‘lgan
qiziqishini

oshiradi.Mavzularni

tushuntirish

va

o‘zlashtirish

jarayonini

tezlashtiradi.Amaliy tajribalar va kuzatishlarni osonlashtiradi.O‘qituvchilarga
zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanish imkonini yaratadi.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda o'qituvchi axborot texnologiyalaridan to'g'ri va samarali

foydalansa, o'quvchilarning darsga bo'lgan qiziqishi, bilim olishga bo'lgan ishtiyoqi va
o'ziga bo'lgan ishonchi ortib, mustaqil fikri rivojlana boradi. O'qituvchi esa darsda o'z
oldiga qo'ygan maqsadiga oson erishadi. Faqatgina o'quv jarayonida axborot
texnologiyalari darsning asosiy tayanchi emas, balki bolaga yangi ma'lumotlarni,
tushunchalarni osonlik bilan yetkazib berish hamda esda saqlashiga yordam beruvchi
vosita sifatida qaralishi lozim. O'qituvchi esa darsning asosiy boshqaruvchisidir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi «O'zbekistonning
yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-
tadbirlari to'g'risida»gi PF-6108-son Farmoni.

2.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentyabrdagi "Xalq ta'limi
tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari
to'g'risida"gi № PQ-3931-sonli Qarori.

3.

Rasulov O. Zamonaviy elektron darsliklarning didaktik xususiyatlari Kasb-hunar
ta'limi. №5. 2005 y.

4.

Olimov Q.T. Maxsus fanlar bo'yicha elektron darsliklarni yaratishning uslubiy
asoslari. G'G' Kasb-hunar ta'limi №2. 2004 y.

5.

"Multimedia ilovalarining turlari" http://tami.uz/

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi «O'zbekistonning

yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-

tadbirlari to'g'risida»gi PF-6108-son Farmoni.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentyabrdagi "Xalq ta'limi

tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari

to'g'risida"gi № PQ-3931-sonli Qarori.

Rasulov O. Zamonaviy elektron darsliklarning didaktik xususiyatlari Kasb-hunar

ta'limi. №5. 2005 y.

Olimov Q.T. Maxsus fanlar bo'yicha elektron darsliklarni yaratishning uslubiy

asoslari. G'G' Kasb-hunar ta'limi №2. 2004 y.

"Multimedia ilovalarining turlari" http://tami.uz/