Mualliflar

  • Qodirova Bahtiniso Qoʻchqarovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95635

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: innovatsion texnologiyalar zamonaviy kasblar innovatsion usullar qiziqish iqtidor kasbiy bilim yosh hususiyatlari.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada mаktаbdаn tаshqаri tа’lim muаssаsаlаri o’quv 
mashg’ulotlarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish va  o‘quvchilarni kasb-
hunar  egallashga  bo‘lgan  qiziqishlarini  yanada  oshirishda    innovatsion  usullardan  
foydalanish  masalasi yoritib berilgan.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

178

ISSN:3030-3613

MАKTАBDАN TАSHQАRI TА’LIM MUАSSАSАLАRI O’QUV

MASHG’ULOTLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN

FOYDALANISH

Qodirova Bahtiniso Qoʻchqarovna

Ohangaron shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi uslubchisi.


Annotatsiya:

Ushbu maqolada mаktаbdаn tаshqаri tа’lim muаssаsаlаri o’quv

mashg’ulotlarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish va o‘quvchilarni kasb-
hunar egallashga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishda innovatsion usullardan
foydalanish masalasi yoritib berilgan.

Kalit soʻzlar:

innovatsion texnologiyalar,

zamonaviy kasblar, innovatsion

usullar, qiziqish, iqtidor, kasbiy bilim, yosh hususiyatlari.


KIRISH

Yurtimizda olib borilayotgan barcha islohotlarning eng asosiy maqsadi yosh

avlodni har tomonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalash, hamda kelajak uchun
mustahkam poydevor qurishdan iborat. Bu poydevor sog‘lom, yetuk va barkamol
shaxslarni tarbiyalab voyaga yetkazish natijasida yaratiladi.

Xalq ta’limi tizimidagi “Barkamol avlod” bolalar maktablari bolaning bo’sh

vаqtini mаzmunli o’tkаzish uchun хizmаt qilаr ekаn, shu bilan birgalikda bu dаvrdа
bolаning iqtidor vа qizishlаrini hisobgа olib uni аstа-sеkin hаyotgа tаyyorlаb borаdi,
kаsbiy, hayotiy ko’nikmаlаrini shаkllаntirаdi vа kаsb-hunаrgа yo’llаydi.

Mamlakatimizda mаktаbdаn tаshqаri tа’lim muаssаsаlаri sаmаrаdorligini

yanаdа oshirish, o’quvchi-yoshlаrning bo’sh vаqtlаrini mаzmunli tаshkil etish hаmdа
ulаrdа yuksаk mа’nаviy fаzilаtlаrni kаmol toptirish, kаsb-hunаrgа yo’nаltirish orqаli
mustаqil hаyotgа tаyyorlаsh, hаr tomonlаmа yеtuk sаlohiyatli bаrkаmol аvlodni
tаrbiyalаsh mаqsаdidа hurmаtli prеzidеntimiz SH.M.Mirziyoyеv аlohidа e’tibor bеrib,
2019 yil 30 sеntabr kuni “Хаlq tа’limi tizimidаgi mаktаbdаn tаshqаri tа’lim
sаmаrаdorligini tubdаn oshirish chorа-tаdbirlаri to‟g‟risidа”gi PQ-4467-sonli Qаrorini
imzolаdi vа bu tizimgа STEAM tа’limini kiritdi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ta’lim yangi bosqichga ko’tarilmoqda, o’quvchilar fikr darajasi kengaymoqda,

axborot olish osonlashmoqda, bunday o’sish jarayonida o’qitishda innovatsion
texnologiyalardan foydalanmaslik darsning samaradorligini pasaytirib yuboradi.
Bunday hollarda o’qituvchi o’z kasbiga puxta yondashgan holda darslarni tashkil etsa
bir umr hurmat-e’tiborda bo’ladi. Bugungi kunda axborot ko’lami juda kengayib ketdi.
Agar o’qituvchi o’z ustida ishlamasa avvalgi o’rgangan bilimlari yetarli bo’lmay qoldi.
Dars mavzulari kundalik hayotdagi keskin voqealar bilan bog’lab o’tilsa, turli


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

179

ISSN:3030-3613

innovatsion texnologiyalardan foydalanilsa dars esda qolishiga erishilishi mumkin.
O’qituvchi o’quvchilarga innovatsion usullardan foydalanib, fanlararo bog’lagan holda
ekologik-gigiyenik bilimlar bilan darsni to’ldirishi zarur. Pedagogik texnologiyaning
eng asosiy negizi - bu o’qituvchi va o’quvchining belgilangan maqsaddan
kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiya
tushuniladi. O’qitish jarayonida maqsad bo’yicha kafolatlangan natijaga erishishida
qo’llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida hamkorlik
faoliyatini tashkil eta olishi, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olishi, o’quv jarayonida
o’quvchilar mustaqil fikrlay olishlari, ijodiy ishlay olishlari, izlanishlari, tahlil eta
olishlari, o’zlari xulosa chiqara olishlari, o’qituvchi ularning bunday faoliyatlari uchun
imkoniyat va sharoit yarata olishi o’qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars,
mavzu, o’quv fanining o’ziga xos texnologiyasi bo’lib, ya’ni o’quv jarayonidagi
pedagogik texnologiya -bu yakka tartibdagi jarayon bo’lib, u o’quvchi ehtiyojidan
kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va
kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir. Ta’lim vositalari -
o’quv materialini ko’rgazmali taqdim etish va shu bilan birga o’qitishni
samaradorligini oshiruvchi yordamchi materiallar hisoblanadi. Ta’lim berishning
texnik vositalari -o’quv materialini ko’rgazmali namoyish etishga, uni tizimli yetkazib
berishga yordam beradi, o’quvchilarga o’quv materialini tushunishlariga va eslab
qolishlariga imkon beradi .Bunday vositalarga quyidagilar misol bo’lishi mumkin:
diaproektor, grafoproektor, doska-bloknot, doska-stend. Yordamchi ta’lim vositalari -
grafiklar, chizmalar, na’munalar, tarqatma materiallar va boshqalar.O’quv-uslubiy
materiallar - o’quv materiallar, o’zlashtirilgan o’quv materiallarini mustahkamlash
uchun mashqlar.

Bular o’quvchilarning mustaqil ishlarini faollashtirishga yordam beradi (ish

varaqasi, eslatma, nazorat varaqasi, matnlar). O’quvchilarni o’quv bilish faoliyatlarini
jadallashtirishga yordam beruvchi har xil turdagi ta’lim vositalarini tanlash va ulardan
foydalanish quyidagilarga:

1. Maqsadni belgilash;
2. Asosiy bilim manbaiga;
3. Ta’lim usuliga;
4. O’quv materialining yangiligi va murakkabligiga;
5. O’quvchilarni o’quv imkoniyatlariga.
Innovatsion texnologiya- (innovatsiya inglizcha “innovate”- yangilik kiritish,

yangilik, texnologiya esa yunoncha ”texnos”- san’at, mahoratva “logos”- fan) ta’lim-
tarbiya shakllari, metodlari va usullariga yangicha yondashish deganidir. Innovatsion
texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga yangilik,
o’zgarishlar kiritishdir.

Mavzuni o‘rganishning taxminiy bosqichlari quyidagilardan iborat deb bilamiz:


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

180

ISSN:3030-3613

1. Mavzu va uning rejasi beriladi;
2. O‘quv faoliyati natijalari eslatiladi;
3. Mavzuni uning ahamiyatga qisqa to‘xtalinadi;
4. Mavzuni tushuntirish ketma- ketligi texnologik loyiha asosida o‘qituvchi

maqsadiga mos kelishi lozim;

5. O’quvchilar diqqatini jalb etib, mavzu savollari haqida muammoli vaziyatlar

hosilqilish;

6. Tushuntirish jarayonida o‘quv adabiyotlari yoki tarqatma materal bilan

ishlashga ahamiyat beriladi;

7. O’quvchining tarqatma materal yoki o‘quv adabiyotlardan asosiy

tushunchalarni o‘qish va yozishni tashkil etishga imkoniyat yaratish;

8. Mavzuni o‘rganish darajasini tekshirish, o’quvchilarga og‘zaki savollar berib

borish orqali (masalan, analitik geometriya tushunchasining mohiyati nima?);

9. O’quvchilar javoblariga izoh berish yoki to’ldirish, to‘g‘ri javoblarni

rag‘batlantirish.

Maktabdan tashqari ta’limning bugungi vazifasi, o’qituvchilarning yangi

innovatsion axborot texnologiyalari orqali dars davomida samarali foydalanib,
o’quvchilarga ma’lumotlarni aniq va tushunarli qilib yetkazib berish hisoblanadi.

Shuning uchun ham dars davomida o’qituvchi o’quvchilarning tushunarli , aniq

qilib o’rganib borishi uchun ham, darslarni yangi innovatsion zamonaviy axborot
texnologiyalaridan foydalanib tashkil etish va o’rgatish maqsadga muvofiqdir.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda o’quv mashg’ulot sifati va samaradorligini oshirish

maqsadida

pedagogik

texnologiyalarni

zamonaviy

axborot

texnologiyalari

imkoniyatlari asosida 3 turdagi o’quv mashg’lotlariga: ya’ni ma’ruza, amaliy va
laboratoriya mashg’ulotlarining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda
keltirilganlarni kompleks holda qo’llash tavsiya etiladi. Zamonaviy metodlar va ta’lim
samaradorligini oshirishga yordam beruvchi texnologik treninglar o’quvchilarda
mantiqiy , aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirish bilan birga ularning
qobilyatlarini rivojlantirish, raqobatbardosh yetuk mutaxassis bo’lish hamda ijobiy
kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.

S. Alixonov.”Matematika o’qitish metodikasi”. CHo’lpon nomidagi nashriyot
matbaa ijodiy uyi.Toshkent-2011у.

2.

Matematika fanini o`qitishda innovatsion yondashuvlar moduli bo`yicha o`quv
uslubiy majmua.Termiz – 2020 у.

3.

Umumiy o‘rta ta’limning matematika fanidan davlat ta’lim standarti va o‘quv
dasturi .Toshkent-2017 у.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_2-to’plam_Aprel-2025

181

ISSN:3030-3613

4.

Абдалова С. Р. (2021). Таълим олувчиларнинг мустакил фикрлашини
ривожлантиришда педагогик максад ва вазифаларни аниклашнинг мохияти.
academic research in educational sciences, 2(2), 617-623.




Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar.

S. Alixonov.”Matematika o’qitish metodikasi”. CHo’lpon nomidagi nashriyot

matbaa ijodiy uyi.Toshkent-2011у.

Matematika fanini o`qitishda innovatsion yondashuvlar moduli bo`yicha o`quv

uslubiy majmua.Termiz – 2020 у.

Umumiy o‘rta ta’limning matematika fanidan davlat ta’lim standarti va o‘quv

dasturi .Toshkent-2017 у.

Абдалова С. Р. (2021). Таълим олувчиларнинг мустакил фикрлашини

ривожлантиришда педагогик максад ва вазифаларни аниклашнинг мохияти.

academic research in educational sciences, 2(2), 617-623.