Mualliflar

  • Alimova Nozima Raximjonovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95649

Kalit so‘zlar:

Kalit so'zlar: ijtimoiy tarmoq brauzer vep-brauzer oflayn aloqa vkontakte media omborlari programma Opera Google internet.

Annotasiya

Annotatsiya.  Brauzer internetga kirish uchun ishlatiladigan dastur bo'lib, web-
saytlarga  kirish  va  ular  ichida  maqolalar  o'qish,  multimedia  ko'rish,  bir  saytdan 
boshqasiga bog'lanish, chop etish, elektron habarlarni yuborish va qabul qilish singari 
amallarni  bajarish  imkonini  yaratadi.  Ayni  shu  jihatdan  ushbu  maqolada  ijtimoiy 
tarmoqdagi brauzerlar va ularning xususiyatlari haqida fikr yuritiladi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

226

ISSN:3030-3613

IJTIMOIY TARMOQ BRAUZERLARI

Alimova Nozima Raximjonovna

To‘raqo‘rg‘on tuman 1-son politexnikumi Maxsus fan o‘qituvchisi


Annotatsiya.

Brauzer internetga kirish uchun ishlatiladigan dastur bo'lib, web-

saytlarga kirish va ular ichida maqolalar o'qish, multimedia ko'rish, bir saytdan
boshqasiga bog'lanish, chop etish, elektron habarlarni yuborish va qabul qilish singari
amallarni bajarish imkonini yaratadi. Ayni shu jihatdan ushbu maqolada ijtimoiy
tarmoqdagi brauzerlar va ularning xususiyatlari haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar:

ijtimoiy tarmoq, brauzer, vep-brauzer, oflayn aloqa, vkontakte,

media omborlari, programma, Opera, Google, internet.


Ijtimoiy tarmoq – bu qiziqishlari oʻxshash yoki oflayn aloqaga ega boʻlgan

odamlar oʻrtasida muloqot qilish, tanishish, ijtimoiy munosabatlar yaratish uchun,
shuningdek, koʻngilochar (musiqa va filmlar) va ish maqsadlarida ishlatiladigan
onlayn platforma hisoblanib, uning quyidagi turlari mavjud:

Ijtimoiy xatchoʻplar (inglizcha: social bookmarking). Baʼzi veb-saytlar

foydalanuvchilarga xatchoʻplar yoki mashhur veb-saytlar roʻyxatini boshqalar bilan
baham koʻrish imkonini beradi. Bunday saytlardan umumiy qiziqishlarga ega
foydalanuvchilarni topish uchun ham foydalanish mumkin. Masalan: Delicious,
Pinterest

Ijtimoiy kataloglar (inglizcha: social cataloging) ijtimoiy xatchoʻplarga

oʻxshaydi, lekin akademik maqsadlarga qaratilgan boʻlib, foydalanuvchilarga ilmiy
maqolalardan olingan iqtiboslarning maʼlumotlar bazalari bilan ishlash uchun qulaydir.
Masalan: Academic Search Premier, LexisNexis, Akademik universitet, CiteULike,
Connotea.

Ijtimoiy kutubxonalar – bu sayt mehmonlariga oʻzlarining toʻplamlari, kitoblari,

audio yozuvlari va boshqalarga havolalarni qoldirish imkonini beruvchi ilovalardir.
Tizimni qoʻllab-quvvatlovchi tavsiyalar, reytinglar va boshqalar koʻzda tutilgan.
Masalan: discogs.com, IMDb.com.

Ijtimoiy media omborlari – media fayllarni birgalikda foydalanish uchun saqlash

xizmati bo'lib, ularni ushbu serverlarda joylashgan fayllar turiga qarab tasniflash
imkoniyati mavjud.

Bugungi kunda asosan, yoshlar feysbuk, telegram, odnoklassiki, instagram,

tvitter, vkontakte kabi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishmoqda. Bularning ichida
feysbuk, telegram, tvitter va instagram juda ommalashdi. Aslida ijtimoiy tarmoqlar ilk
bor 1995 yilda paydo bo‘lgan. Rendi Konrad ismli shaxs Classmates.com saytini ishga
tushiradi. Dunyoning turli burchaklarida ta’lim olayotgan yoshlar bir-biri bilan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

227

ISSN:3030-3613

tanishishi, do‘stlar o‘zaro bir-birini topib, hol-ahvol so‘rab turishlari uchun mazkur
sayt tashkil etilgan edi. Bu sayt o‘sha paytda talabalar, yoshlar tomonidan qiziqish bilan
kutib olingan.

Ijtimoiy tarmoqlar bilan bir qatorda ulardan foydalanuvchilar soni ham ko‘paydi.

Bugungi kunda saytlarga kiruvchi, internetdan foydalanuvchilarning uchdan ikki qismi
mazkur tarmoqlardan foydalanadi.

Veb yorituvchi yoki bráuzer (inglizcha: Web browserdan) – qidirish, veb-

saytlarni koʻrib chiqish (asosan, WWWdan), ular bilan ishlash, kiritish va bir
sahifadan ikkinchisiga oʻtish uchun moʻljallangan programma taʼminoti. Brauzer
internetga kirish uchun ishlatiladigan dastur bo'lib, web-saytlarga kirish va ular ichida
maqolalar o'qish, multimedia ko'rish, bir saytdan boshqasiga bog'lanish, chop etish,
elektron habarlarni yuborish va qabul qilish singari amallarni bajarish demakdir.

Mashhur brauzerlar sifatida Mozilla Firefox, Opera,Flock, Internet Explorer,

Maxthon – Internet Explorer asosida yaratilgan,Safari – Konqueror kodiga asoslangan,
Google Chrome – Google shirkatining brauzeri, Microsoft Edge – Microsoft
kompaniyasining brauzerini keltirish mumkin. Unchalik ommalashmagan brauzerlarga
Netscape Navigator, Konqueror, Galeon, Epiphany, Kazehakase, Charon, Arachne, K-
Meleon, slimbrowser kabilarni aytishimiz mumkin. Brauzerlar orasida tekstli
brauzerlar ham foydalanuvchilar tomonidan ko'p ishlatiladi, ularga Lynx, Links, W3M,
Netrik, Elinksni kiritish mumkin. Internet Browserlarining Oflayn turiga HTTrack,
Offline Explorer, Teleport Pro, WebZipni misol qilishimiz mumkin.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, hozirgi raqamlashgan texnologiyalar asrida

foydalanish uchun ko'plab alternativ brauzerlar ommalashib ulgurgan. Shulardan biri
sifatida - Googl qidiruv tizimini aytishimiz mumkin. Ushbu qidiruv tizimida
foydalanuvchilar o'zlariga kerakli matnni kiritish orqali qidiruv sistemalari vositasida
yozilgan matn uchragan saytlar ro'yhati ko'rsatib beriladi. Qidiruv sistemalari internet
tarmog'iga kiritilib, qidiruv tizimlari ro'yhatidan o'tgan saytlar ichidan kerakli
axborotlarni qidiradi. Bu kabi tizimlarga misol tariqasida Google, Yandex, Yaho,
Mailru kabilarni kiritish mumkin. Tadqiqotlar va tadqiqotlarga ko'ra, yana bir nechta
asosiy statistik ma’lumotlar 4,48 milliard ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisining atigi
1,32 foizi platformalarga to‘liq ish stoli orqali kirishadi, 99 foizi mobil qurilma orqali
veb-saytlar yoki ilovalarga kirishadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Gʼulomov S.S. va boshqalar “Аxborot tizimlari va texnologiyalari”. Oliy oʼquv
yurti talabalari uchun darslik. - T: "Sharq", 2000.

2.

Raximov N.O. Intellektual oʼqitish tizimlarida bilimlarni ifodalash modellari //
TАTU xabarlari. – Toshkent. №4. 2010.

3.

Kadirov M.M. “Аxborot texnologiyalari” fanidan oʼquv qoʼllanma. 1-qism. -
T.:«Sano-standart» nashriyoti, 2018.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

228

ISSN:3030-3613

4.

Брусиловский П.Л. Интеллектуальные обучающие системы. // Информатика.
Наука-технический сборник. Киев, 1990. № 2.

5.

www.mavdoo3.com

6.

www.ziyo.uz

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Gʼulomov S.S. va boshqalar “Аxborot tizimlari va texnologiyalari”. Oliy oʼquv

yurti talabalari uchun darslik. - T: "Sharq", 2000.

Raximov N.O. Intellektual oʼqitish tizimlarida bilimlarni ifodalash modellari //

TАTU xabarlari. – Toshkent. №4. 2010.

Kadirov M.M. “Аxborot texnologiyalari” fanidan oʼquv qoʼllanma. 1-qism. -

T.:«Sano-standart» nashriyoti, 2018.

Брусиловский П.Л. Интеллектуальные обучающие системы. // Информатика.

Наука-технический сборник. Киев, 1990. № 2.

www.mavdoo3.com

www.ziyo.uz