Mualliflar

  • Rustamova Dilnoza Xayotovna
  • Muhammadiyeva Gulnoza Egamnazar qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95662

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: kasb layoqat jamiyat malaka ko‘nikma.

Annotasiya

Annotatsiya: Mazkur maqolada о‘quvchilarini kasbga yо‘naltirishda dastlabki 
pedagogik  jarayonlar  tahlil  etilgan  bо‘lib,  bu  jarayonda  о‘qituvchining  pedagogik 
mahorati,  kasb  tanlashga  oid  bilim  va  kо‘nikmalari,  vazifalari,  shuningdek  kasb 
tanlashda  shaxs  hislatlari,  о‘quvchi  psixologiyasi,  o‘quvchilarni  kasb  tanlashga 
tayyorligini ko‘rsatuvchi mezonlar mazmuni haqida ma’lumot berilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

167

ISSN:3030-3613

YOSHLARNI KASBGA YO‘NALTIRISHNING MUHIM VAZIFALARI

Rustamova Dilnoza Xayotovna

Qashqadaryo viloyati Muborak tumani MMTB ga qarashli 1-umumiy oʻrta talim

maktabi kasb-hunarga yoʻnaltiruvchi psixologi

Muhammadiyeva Gulnoza Egamnazar qizi

Qashqadaryo viloyati Muborak tumani MMTB ga qarashli 35-umumiy oʻrta taʼlim

maktab amaliyotchi psixologi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada о‘quvchilarini kasbga yо‘naltirishda dastlabki

pedagogik jarayonlar tahlil etilgan bо‘lib, bu jarayonda о‘qituvchining pedagogik
mahorati, kasb tanlashga oid bilim va kо‘nikmalari, vazifalari, shuningdek kasb
tanlashda shaxs hislatlari, о‘quvchi psixologiyasi, o‘quvchilarni kasb tanlashga
tayyorligini ko‘rsatuvchi mezonlar mazmuni haqida ma’lumot berilgan.

Kalit so‘zlar:

kasb, layoqat, jamiyat, malaka, ko‘nikma.

KIRISH

Jamiyatda ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik yo‘nalishi – bu insonning

turli sohalarida maqsadli mustaqil faoliyati asosida uning intelekt va ahloqiy
rivojlanishidir. Jahonning rivojlangan davlatlari qatori mamlakatimizda ham
ta’limdagi islohotlar jarayonida mustaqil ta’limni rag‘batlantirish muhim yo‘nalish
sifatida kelmoqda.

Pedagogning kasbiy layoqatliligini tarbiyalash fenomenini tadqiq qilishga bir

qator olimlarning ishlarida o‘z ifodasini topgan. Bu mualliflar kasbiy layoqatlilik –
ishonchlilik sifatlari bilan birgalikda o‘qituvchining kasbiy – individual hodisa sifatida
pedagogik madaniyatini tavsiflaydi degan fikrni olg‘a surganlar.

O‘z navbatida, kasbiy layoqatlilik tushunchasi, V.A.Slastenin ta’kidlaganidek,

pedagogning pedagogik faoliyatini amalga oshirishga nazariy hamda amaliy
tayyorligining birligini ifodalaydi va uning kasbiy shakllanganligini tavsiflaydi. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida insonlarning yaxshi yashashida, faoliyatida to`g‘ri kasb
tanlashning ahamiyatini turli xil kasblarning insonga qo`yadigan talablarini; kasblar
olami, kasblar shajarasi, O`zbekiston xalq xo`jaligidagi muhim kasblar, kasblar
tasniflagichi; kichik mutaxassislar tayyorlash tizimi; kasblar, mehnat shartsharoitlari,
vositalari, fani, maqsadi bo`yicha shajaralanishi, o`quvchilarni o`z qiziqish va
moyilliklari, o`z xarakterining o`ziga xos xususiyatlarini, o`z nerv tuzilishi, psixikasi,
o`z qobiliyati va ehtiyojlarini kasblar to`ғrisida ma’lumot olish maktablarini ayrim
kasb mehnat bozori talablari asosida ehtiyojning o`zgarib borishini, salomatligining
tanlagan kasbiga mos kelishi, hududda joylashgan o`rta maxsus, kasb-hunar o`quv


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

168

ISSN:3030-3613

yurtlarida ta’lim yo`nalishini ixtiyoriy tanlashi; o`qishni davom ettirish imkoniyatlari.
Kelgusi mavqeini bilishi zarur.

Kasbni to’g`ri tanlash har bir maktab o’quvchisining qiziqishiga, mayliga,

qobiliyatiga va imkoniyatlariga mos bo’lishi uchun uning sog`lig`ini, o’zlashtirishini
va hissiyotlarini hisobga olish lozim, bular ijtimoiy foydali va unumli mehnatda
hammadan ko’ra ko’proq qaror topadi va namoyon bo’ladi. Odam bajarayotgan
ishlariga ijodiy munosabatda bo’lib, mehnat unumdorligini doimo oshirib borsa,
tanlagan kasbiga zo’r qiziqish bilan qarasa, o’z ishining ijtimoiy ahamiyatini tushunsa,
uning qobiliyatlari mehnatda takomillashib borsa, o’shandagina u mehnatdan qoniqish
hosil qiladi va xursand bo’ladi, bunday hoolda har bir shaxs jamiyatga eng ko’p naf
keltiradi.

Mana shu aytgan gaplardan kasb tanlashning g`oyat muhim ijtimoiy ahamiyati

kelib chiqadi. Kasb-korni erkin tanlash juda katta ahamiyatga ega. Odam
shug`ullanayotgan ishini yaxshi ko’rsa, bundan u xursand bo’ladi, qoniqish hosil qiladi,
zo’r tashabbus ko’rsatadi, toliqmay mehnat unumini oshiradi. Maktab o’quvchilarining
kasb tanlashi ongli zaruriyat bo’lishi va ayni vaqtda jamiyat manfaatlariga mos bo’lib
tushishi, yigit va qizlarning kamolot yo’lida shaxsiy mudaolarini qondirishi lozim.
Buning uchun yuksak darajada ma`lumotli bo’lish zarur, hozirgi asrimizda bunday
ma`lumotsiz fan-texnika ildam taraqqiy etishi mumkin emas. Umummehnat va maxsus
malakalarni, kasbga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirishning bunday imkoniyatlari
ob`ektiv zaminga ega bo’lib, voqelikda har kuni amalda oshirilmoqda.

Sanoat tez rivojlanganligi, qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash va

elektrlashtirish borasida katta qadamlar qo’yilganligi, ilm-fan, texnikani va
madaniyatni yuksaltirish sohasidagi muvaffaqiyatlar bir tomondan, yoshlarning
qiziqishlariga va qobiliyatlariga muvofiq, ikkinchi tomondan xalq xo’jaligi talab-
ehtiyojlariga asosan kasb tanlashlari uchun amaliy jihatdan cheklanmagan imkoniyatlar
yaratdi; umumiy ta`lim maktabida mehnat poletexnika ta`limi sharoitida kasbga
yo’naltirish muammosini ijobiy hal qilish uchun barcha shart-sharoitlar vujudga
keltirildi. Kasbga yo’naltirish o’quvchilarga politexnik ma`lumot berish masalalari
bilan, kasb tanlash esa muayyan bilim darajasi bilan chambarchas bog`liqdir.

O’z-o’zidan ma`lumki, bunga o’qitishning to’g`ri yo’lga qo’yilishi, bilimlarni,

ilm-fan asoslarini, ayniqsa ijtimoiy foydali va unumli mehnat bilan chambarchas
bog`langan mehnat politexnik bilimni chuqur va mustahkam egallash natijasidagina
erishish mumkin. Har qanday kasbda eng muhimi - uning mehnat mazmuniga ega
bo’lishidir. SHu boisdan mehnatsevarlikni, yaxshi urf-odatlarni tarbiyalash va ularni
mehnat jo’shqinligiga ko’chirish bolalarni kasb tanlashga tayyorlashning bosh
negizidir.

Oʼquvchini kasbga toʼgʼri yoʼnaltirish muhim va mashaqqatli vazifa. Bunda
ota-onaga birinchi navbatda pedagoglar yordamchi hisoblanadi. Chunki bolaning


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

169

ISSN:3030-3613

iqtidori ota-onadan koʼra pedagogga koʼproq namoyon boʼladi. Pedagogda bolaning
iqtidorini xolis koʼra olish imkoniyati koʼp. Qolaversa, uning boshqa oʼquvchilardan
ajralib turuvchi xususiyatlarini ilgʼash, undagi ilm va salohiyatni alohida baholay olish
imkoni mavjud. Oʼquvchining qiziqishlarini rad eta olish va uning imkoniyatlaridan
kelib chiqqan holda boshqa sohaga yoʼnaltira olish ham muhim sanaladi. Bunda
oʼqituvchidan ziyraklik va kuzatuvchanlik talab etiladi. Oʼquvchi harbiy boʼlmoqchi,
lekin unda aniq fanlarga yoki tabiiy fanlardan bilimi boshqa bolalardan koʼra yuqori.
Shuni inobatga olib bolani harbiy vrachlikka, hisob-kitob bilan bogʼliq harbiy sohaga
yoʼnaltirish mumkin. Bola shifokor boʼlmoqchi, lekin unda texnika va axborot
resurslariga qiziqishi baland. Uni ham aynan tibbiyotning bevosita kompyuter bilan
boshqariladigan tarmoqlariga yoʼnaltirish zarur boʼladi. Bunda oʼqituvchi oʼquvchidan
tezda qiziqishi va kelajakdagi orzusi bilan oʼrtoqlashib turishi kerak. Oʼquvchini
qiziqishlaridan tashqari yana boshqa yuqori imkoniyatlaridan oʼzini ham xabardor etib
turishi zarur. Bu esa bolada toʼgʼri kasb tanlashda muhim vazifa sanaladi.Evolyutsion
taraqqiyot davom etar ekan, yangidan-yangi kasblar paydo boʼladi. Shu oʼrinda kasblar
ham eskiradi. Davr taqazosi bilan ayrim kasblarga boʼlgan ehtiyojlar kamayadi, yoki
butunlay kasblar unutiladi. Masalan, fan va texnika taraqqiy etgan, xat va maktublar
turli koʼrinishda egasiga yetkaziladigan bir paytda pochtachi kasbiga deyarli ehtiyoj
kam. Sezgir oʼqituvchi bolalarni davr bilan hamnafas holda, sinchkovlik bilan toʼgʼri
kasbga yoʼnaltira olishi kerak. Oʼquchilarni kelajakda kam ehtiyoj seziladigan
sohalarga yoʼnaltirishda ehtiyot boʼlish kerak. Chunki bolaning tanlagan kasbi unga
butun umr hamroh boʼladi. Oʼquvchi tanlagan kasb kelajakda esa , avvalo, jamiyat
taraqqiyoti uchun ham manfaatli boʼlishi zarur.

XULOSA:

Xulosa o’rnida,Oilada bolani mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash odatda

maktabgacha bo’lgan yoshdan boshlanadi. Ana shu paytdan e`tiboran bolalarni
bo’lg`usi kasbni tanlashga tayyorlash amalga oshirilishi lozim. Bunda bolalarning
qiziqishlari, mayllari, qobiliyatlari va imkoniyatlarini muntazam ravishda o’rganish
zarur. Kasb tanlashda xato qilmaslik uchun bolalarga avvalo maktab va oila yordam
berishi kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

O’zbekiston Respublikasida o’quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish tizimini
rivojlantirish kontseptsiyasi. –Toshkent: O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish
va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi. 2002. 12 b.

2.

Boltaboev S.A. Tolipov O’.Q. Umumiy o’rta ta`lim maktablari kasbga yo’naltirish
o’quv-metodika kabineti faoliyatini tashkil qilish bo’yicha metodik tavsiyanoma.
–Toshkent: TDPU, 2000. 36 b.

3.

Davletov K.D. va b. O’quvchi yoshlarni ishga va ishlab chiqarishga tayyorlash. -
T.: O’qituvchi, 1984. 167 b.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

170

ISSN:3030-3613

4.

Jo’raev R.X., Tolipov O’.Q., SHaripov SH.S. Uzluksiz ta`lim tizimida
o’quvchilarni kasb-hunar yo’naltirishning ilmiy-pedagogik asoslari. Monografiya.
-T.: FAN. 2004. 120 b.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

O’zbekiston Respublikasida o’quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish tizimini

rivojlantirish kontseptsiyasi. –Toshkent: O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish

va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi. 2002. 12 b.

Boltaboev S.A. Tolipov O’.Q. Umumiy o’rta ta`lim maktablari kasbga yo’naltirish

o’quv-metodika kabineti faoliyatini tashkil qilish bo’yicha metodik tavsiyanoma.

–Toshkent: TDPU, 2000. 36 b.

Davletov K.D. va b. O’quvchi yoshlarni ishga va ishlab chiqarishga tayyorlash. -

T.: O’qituvchi, 1984. 167 b.

Jo’raev R.X., Tolipov O’.Q., SHaripov SH.S. Uzluksiz ta`lim tizimida

o’quvchilarni kasb-hunar yo’naltirishning ilmiy-pedagogik asoslari. Monografiya.

-T.: FAN. 2004. 120 b.