Mualliflar

  • Sobirov Furqat Baxromboy o’g’li
  • Baxtiyorova Sevinch Faxriddin qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95685

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: ekspertiza mobil operatsion tizimlar qattiq disklar Belkasoft Evidence Center X mobil telefonlar axborot telekommunikatsiya

Annotasiya

Annotatsiya.  Mazkur  maqolada  kompyuter  texnikaviy  ekspertizasining 
ahamiyati  ,  uning  amaliyotda  tatbiq  etilgan  imkoniyatlari  ,  raqamli  dalillarni  olish 
mumkin  bo’lgan  obyektlar  tahlil  qilingan.  Shuningdek  ,  sud  kompyuter  texnikaviy 
ekspertizasini  amalga  oshirishda  foydalaniladigan  dasturiy  ta’minotlar  atroflicha 
o’rganilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

61

ISSN:3030-3613

SUD KOMPYUTER TEXNIKAVIY EKSPERTIZASINING

IMKONIYATLARI VA DASTURIY TA’MINOTLARI

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi Kriminalistik

ekspertizalar kafedrasi boshlig’i o’rinbosari

y.f.b.f.d.(Phd), kapitan

Sobirov Furqat Baxromboy o’g’li

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursanti

Baxtiyorova Sevinch Faxriddin qizi

Annotatsiya.

Mazkur maqolada kompyuter texnikaviy ekspertizasining

ahamiyati , uning amaliyotda tatbiq etilgan imkoniyatlari , raqamli dalillarni olish
mumkin bo’lgan obyektlar tahlil qilingan. Shuningdek , sud kompyuter texnikaviy
ekspertizasini amalga oshirishda foydalaniladigan dasturiy ta’minotlar atroflicha
o’rganilgan.

Kalit so’zlar:

ekspertiza , mobil operatsion tizimlar, qattiq disklar, Belkasoft

Evidence Center X, mobil telefonlar, axborot telekommunikatsiya


Axborot telekommunikatsiya texnologiyalarining keng tizimiga ega global

axborot hamjamiyati allaqachon shakllangan va inson hayotiga kirib kelgan.
Jamiyatning axborot texnologiyalari bilan birga rivojlanish jarayonining salbiy
oqibatlaridan biri bu raqamli texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarning paydo
bo‘lishidir. So‘nggi yillarda axborot-kompyuter texnologiyalari bilan to‘yingan
zamonaviy jamiyat uchun raqamli texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurash
ustuvor vazifalardan biriga aylanmoqda [1].

Sud-kompyuter-texnikaviy ekspertizasi – bu texnik ekspertizalar toifasiga

kiruvchi mustaqil ekspertiza turi hisoblanib, u raqamli kriminalistikaning muhim
bo‘g‘ini hisoblanadi va raqamli dalillarning yaxlit tizimini yaratishga imkon beradi.
Bugungi kunda ko‘p sonli huquqbuzarliklar va jinoyatlar aynan raqamli texnologiyalar
yordamida sodir etilmoqda. Sud-kompyuter texnikaviy ekspertizasi iqtisodiy,
ma’muriy, jinoiy va fuqarolik ishlarida ish uchun alohida ahamiyat kasb etib kelmoqda.

Sud-kompyuter-texnikaviy ekspertizasining obyekti – shaxsiy kompyuterlar,

mobil aloqa vositalari, har qanday elektron ma’lumot saqlovchi va tashuvchi xotira
vositalari, periferik qurilmalar, tarmoq uskunalari, operatsion va mobil operatsion
tizimlar, dasturiy vositalar, ularning algoritmlari, matnli va grafik hujjatlar, multimedia
formatidagi (audio-video) ma’lumotlar, ma’lumotlar bazasida saqlanuvchi axborotlar,
Sim-kartalar, foto-video uskunalar, ularning ma’lumot saqlovchilari va boshqa
shunday funksiya ega bo‘lgan qurilmalardir.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

62

ISSN:3030-3613

Sud-kompyuter-texnikaviy ekspertizasining predmeti – jinoiy, iqtisodiy,

fuqarolik va ma’muriy ish uchun ahamiyatli bo‘lgan hamda, kompyuter vositalari yoki
mobil aloqa qurilmalari tizimlarida axborotlarning paydo bo‘lishi, tahrirlanishi va
o‘chirib yuborilishi kabi algoritmlarni o‘z ichiga olgan qonunlarni o‘rganish asosida
aniqlangan faktlar(holatlar)dir.

Sud-kompyuter-texnikaviy ekspertizasi keng qamrovli tadqiqot turlarini o‘z

ichiga oladi.

Shu sababli ularni quyidagi yo‘nalishlarga ajratish mumkin:

kompyuter qurilmalar texnikaviy ekspertizasi;

kompyuter (raqamli) ma’lumotlar ekspertizasi;

kompyuter dasturiy ta’minotlari ekspertizasi;

kompyuter tarmoqlari ekspertizasi;

radioelektron qurilmalar (mobil aloqa vositalari) ekspertizasi [2].

Kompyuter qurilmalari texnikaviy ekspertizasi kompyuter qurilmalarining

ishlash qonuniyatlarini o‘rganish asosida uning texnik xususiyatlarini (parametrlarini),
kompyuter tizimining qaysi turkumiga mansubligi va uning ushbu tizimdagi rolini
aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Dasturiy ta’minotlar ekspertizasi raqamli
qurilmalarning tizimlarini boshqaruvchi operatsion tizimlarda ishlash uchun
mo‘ljallangan turli dasturiy ta’minotlar va tizimlarni yaratish, ularni qo‘llash
qonuniyatlari, ularning algoritmlari, dastur kodlari hamda maqsadlarini aniqlash uchun
o‘tkaziladi.

Tarmoq ekspertizasi internet yoki lokal tarmoq orqali o‘zaro bog‘langan

kompyuter texnologiyalari va tizimlari, dasturiy ta’minotlar va boshqa raqamli
vositalar yordamida amalga oshirilgan ish uchun ahamiyatli bo‘lgan ma’lumotlarni
aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Raqamli ma’lumotlar ekspertizasi va radioelektron
qurilmalar (mobil aloqa vositalari) ekspertizasi raqamli kriminalistikada keng
tarqalgan ekspertiza yo‘nalishlari bo‘lib, ularning maqsadi raqamli xotira
qurilmalaridan va mobil aloqa vositalaridan ish uchun ahamiyatli bo‘lgan
foydalanuvchi yoki dasturiy ta’minotlar yordamida tayyorlangan (yaratilgan)
ma’lumotlarni aniqlash, saralash va tahlil qilishdan iborat.

Mazkur ekspertiza yo‘nalishlari raqamli xotira qurilmalarida va mobil aloqa

vositalari xotiralaridan aniqlangan ma’lumotlar orqali ish uchun ahamiyatli bo‘lgan
muhim raqamli dalillarni aniqlash imkonini beruvchi sudkompyuter texnikaviy
ekspertizasining muhim yo‘nalishlari hisoblanadi. Sud-kompyuter-texnikaviy
ekspertizasi amaliyotining tahlili bugungi kunda axborot va telekommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalangan holda yoki kompyuter axboroti sohasida sodir etilgan
jinoyatlar yil sayin ortib borayotganligini, ayniqsa, raqamli ma’lumotlarga ruxsatsiz
kirish, turli qurilmalardan foydalangan holda firibgarlik, to‘lov tizimlari va
bankomatlar yordamida firibgarlik, bolalar pornografiyasini yaratish-tarqatish, turli


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

63

ISSN:3030-3613

ijtimoiy tarmoqlar orqali firibgarlik va boshqalar kabi sohalarda sodir etilgan
jinoyatchiliklar soni oshib borayotganligini ko‘rsatmoqda. Sodir etilgan jinoyatlarni
fosh etishda har tomonlama va obyektiv ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish uchun har
xil turdagi qurilmalar va axborot texnologiyalari vositalaridan ishonchli raqamli
dalillarni olish zarur. [3].

Hozirgi vaqtda sud-kompyuter texnikaviy ekspertizasi tadqiqotlari quyidagi

obyektlar ustida amalga oshiriladi: elektron hisoblash texnikalari, shaxsiy
kompyuterlar, tizim bloklari, raqamli ma’lumotlarni saqlash va tashishga
mo‘ljallangan xotira qurilmalari, raqamli foto-video yozishga mo‘ljallangan
fotoapparatlar, videokameralar, videokuzatuv qurilmalarning xotiralari, mobil aloqa
vositalar va boshqa shunday imoniyatlarga ega bo‘lgan texnik qurilmalar hamda ularda
mavjud raqamli ma’lumotlar. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar sohasida sodir
etilgan jinoyatlarni fosh etishda sud-kompyuter-texnikaviy ekspertizasi yo‘nalishidagi
tadqiqotlarni o‘tkazishga qaratilgan bir qator zamonaviy dasturiy-texnik vositalarni
misol qilish mumkin. Masalan,

ElcomSoft Password Recovery Bundle,

Мобилный Криминалист Эксперт,

PC-3000,

Belkasoft Evidence Center X,

X-Ways Forensics,

Cellebrite UFED,

UFED Cloud,

EnCase va boshqalar. [4].

Mazkur maxsus texnik va dasturiy vositalar ekspertga quyidagi imkoniyatlarni

beradi:

parollangan ma’lumotlarni aniqlash, ularni ochish va o‘qish;

tadqiq qilinayotgan obyektga (kompyuterlarning operatsion tizimlariga)

ulangan har qanday qurilmalarni aniqlash;

obyektning texnik imkoniyatlarini aniqlash;

fayllardagi qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘qish;

o‘chirib yuborilgan fayllarni tiklash;

operatsion tizim fayllaridan ma’lumotlarni olish;

800 dan ortiq fayl formatlarini tahlil qilish;

elektron pochta xatlarini tahlil qilish;

brauzer ma’lumotlarini o‘qish;

mobil telefonlardagi barcha xabarlar, qo‘ng‘iroqlar, messenjerlardagi

xabarlarni olish;

mobil telefonlarda o‘chirib yuborilgan ma’lumotlarni tiklash;

bulutli xizmatlardagi ma’lumotlarni olish;


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

64

ISSN:3030-3613

to‘liq hisobot yaratish va boshqalar.


Xulosa qilib aytgannda yaqin yillar ichida xorijda va respublikamizda bir qator

yangi dasturlar ishlab chiqildi. Shuningdek yaratilgan keng imkoniyatlar natijasida
kompyuter texnikaviy ekspertizasining imkoniyatlar sezilarli darajada rivojlandi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

T. Yuldashev D. Ataniyazov “Sud-kompyuter-texnikaviy ekspertizasi
inkoniyatlari va undan amalda foydalanish masalalari (amaliy qo‘llanma)” X.
Sulaymonova nomidagi RSEM, 2023

2.

Nexoroshev A.B, Shuxnin M.N, Yurin I.Y, Yakovlev A.N. Amaliy asoslari
kompyuter-texnik ekspertiza: О‘quv qо‘llanma. Saratov: ilmiy kitob, 2007.

3.

Andriyevskiy V.A., Kulya A.V., Lapina I.A., Malashkevich A.A., Molchanov P.
A., Rybchin D.V., Poskrebko A.L., Yatsinovich A.A. “Sud kompyuter ekspertiza
va texnologiyalar, elektron qurilmalar: tinglovchilarni qayta tayyorlash
mutaxassisligi bо‘yicha о‘qitish uchun qо‘llanma”. Belarus Respublikasi GKSE
2016.

Bibliografik manbalar

T. Yuldashev D. Ataniyazov “Sud-kompyuter-texnikaviy ekspertizasi

inkoniyatlari va undan amalda foydalanish masalalari (amaliy qo‘llanma)” X.

Sulaymonova nomidagi RSEM, 2023

Nexoroshev A.B, Shuxnin M.N, Yurin I.Y, Yakovlev A.N. Amaliy asoslari

kompyuter-texnik ekspertiza: О‘quv qо‘llanma. Saratov: ilmiy kitob, 2007.

Andriyevskiy V.A., Kulya A.V., Lapina I.A., Malashkevich A.A., Molchanov P.

A., Rybchin D.V., Poskrebko A.L., Yatsinovich A.A. “Sud kompyuter ekspertiza

va texnologiyalar, elektron qurilmalar: tinglovchilarni qayta tayyorlash

mutaxassisligi bо‘yicha о‘qitish uchun qо‘llanma”. Belarus Respublikasi GKSE