T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_3-to’plam_Aprel-2025
306
ISSN:3030-3613
IMOM AL-BUXORIY ILMIY-IJODIY VA IBRATLI HAYOT YO’LI
O’QUVCHILARDA IXLOS, IYMON XISLATLARINI TARKIB
TOPTIRISHIDAGI ASOSIY JIHATI
Osiyo xalqaro universiteti
2-kurs magistranti,
Razzaqov Bilimjon Begijon o‘g‘li
Annatatsiya.
Ushbu maqolada Imom Ismoil al-Buxoriyning hadis nilmiga
qo’shgan hissasi, dunyo tamaddunida tutgan o’rni va uni maktab o’quvchilari
tarbiyasidagi ahamiyati haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar.
Imom Al-Buxoriy, muhaddis, sahih hadislar, Qur’on oyati,
didaktika.
IMAM AL-BUKHARI'S SCIENTIFIC, CREATIVE AND EXEMPLARY LIFE
PATH IS THE MAIN ASPECT IN INSTILLING IN STUDENTS THE
QUALITIES OF SINCERITY AND FAITH.
Abstract.
This article discusses the contribution of Imam Ismail al-Bukhari to
the science of hadith, his place in world civilization and his importance in the education
of schoolchildren.
Keywords.
Imam Al-Bukhari, hadith scholar, authentic hadiths, Quranic verse,
didactics.
НАУЧНО-ТВОРЧЕСКИЙ И ОБРАЗЦОВЫЙ ОБРАЗ ЖИЗНИ ИМАМА
АЛЬ-БУХАРИ ЯВЛЯЕТСЯ ГЛАВНЫМ АСПЕКТОМ В
ФОРМИРОВАНИИ КАЧЕСТВ ИСКРЕННОСТИ И ВЕРЫ У
СТУДЕНТОВ.
Аннотация.
В данной статье говорится о вкладе имама Исмаила аль-
Бухари в познание хадисов, его роли в мировой цивилизации и его значении в
воспитании школьников.
Ключевые слова.
Имам Аль-Бухари, мухаддис, достоверные хадисы, аят
Корана, дидактика.
Kirish.
“Sahih” yo‘nalishining asoschisi eng yetuk va mashhur muhaddis Abu
Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriydir. Imom Ismoil al-Buxoriy hadis ilmida
“Amir-ul-mo‘’minin”, “Imom al-muhaddisiyn” (“Barcha muhaddislarning peshvosi”)
degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan. U 810 yilning 13 mayida (ba’zi manbalarda 810
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_3-to’plam_Aprel-2025
307
ISSN:3030-3613
yilning 20 iyulida) (hijriy 194 yil shavvol oyining 13 kuni) Buxoroda tug’ilgan.
Go‘dakligida otadan yetim qolgan. Dastlabki savodini maktabda chiqargan, 10
yoshidayoq arab tilida yaratilgan kitoblar yordamida hamda roviylardan og’zaki
ravishda eshitish asosida hadislarni yodlay boshlagan. Alloma hadis ilmini zo‘r
ishtiyoq va katta qiziqish bilan o‘rgandi. Abdulloh ibn al-Muborak, Vaqi’ ibn Jarroh
kabi olimlar tomonidan to‘plagan hadislarni yod olgan, shuningdek, hadis
rivoyatchilari xususida so‘z yuritilgan bahslarda ishtirok etgan.
Imom Ismoil al-Buxoriy 825 yilda, o‘n olti yoshida onasi va akasi bilan Hijozga
safar qiladi. Makkayu Mukarrama va Madinai Munavvarada bo‘lib, haj ibodatini ado
etadi. Balx, Basra, Kufa, Bog’dod, Xume, Damashq, Misr, Makka va Madina kabi
shaharlarda bo‘lib, safar jarayonida muhaddislar bilan bilan uchrashadi. Muhaddislar
bilan uyushtirilgan suhbatlarda ular tomonidan aytilgan hadislarni yodlab borar edi.
Olti yil Hijoz shahrida yashab, u yerda yetuk muhaddislardan hadis ilmi bo‘yicha,
Damashq, qohira, Basra va Bag’dod shaharlarining mashhur olimlardan esa fikh ilmi
bo‘yicha ta’lim oladi. Shuningdek, allomaning o‘zi ham turli bahs va munozaralarda
ishtirok etib, toliblarga dars ham beradi
Muhokama va natijalar
. Imom Ismoil al-Buxoriy iste’dodli, o‘tkir zehnli hamda
ziyrak olim bo‘lgan. “Manbalarga ko‘ra, Bag’dod shahrida istiqomat qilgan vaqtda
ko‘pincha qorong’u kechalari sham yorug’i va oyning nurida ijod qilib, kitob yozar
ekan. Tunda yodiga bexosdan biror-bir fikr-mulohaza tushib qolsa, shamni yoqib,
darhol o‘sha fikrni qog’ozga tushirar, shu tahlitda ba’zan shamni yigirma martagacha
o‘chirib-yoqar ekan”
Imom Buxoriyning o‘tkir zehn egasi ekanligini quyidagi misoldan ham bilish
mumkin.
Rivoyatlarga ko‘ra, u qaysi bir kitobni qo‘lga olib, bir marotaba mutoala qilsa,
unda bayon etilgan barcha fikrlar, ma’lumotlarni yodda saqlab qolavergan. Imom
Ismoil al-Buxoriyning qayd etishicha, yuz ming sahih (ishonchli) va ikki yuz ming
g’ayri sahih (ishonchsiz) hadisni yod bilgan. SHogirdlaridan Amir ibn Fallos
“Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyga ma’lum bo‘lmagan hadis, albatta ishonchli hadis
emasdur”, - deydi. Ustoz Imom Ahmad ibn Xanbal al-Marvaziyning aytishicha,
“Butun Xurosondan Muhammad ibn Ismoil kabi olim chiqqan emas”
Imom Ismoil al-Buxoriyning
o‘tkir zehni xususida yana shunday rivoyat
keltiriladi: “Imom Buxoriy bilan Basrada hadis darsiga qatnashgan sheriklaridan biri
Hoshid ibn Ismoil aytadi: “Imom Buxoriy bizlar bilan birga ustozning darsini eshitardi.
Ustoz rivoyat qilgan hadislarini biz yozib olar edik, ammo Buxoriy faqat quloq
solibgina o‘tirardi. Shu tarzda qancha kunlar o‘tib, orada ustoz qariyb 15 ming hadis
rivoyat qildi. Shunda biz Buxoriyga: Sen nega hadislarni yozmaysan?, -deb ta’na
qilgan vaqtimizda: Sizlar yozib borayotgan hadislarni men ustoz og’zidan yodlab
olayotirman, - dedi-da, ustoz rivoyat qilgan hamma hadislarni bir chekkadan yoddan
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_3-to’plam_Aprel-2025
308
ISSN:3030-3613
o‘qib berdi. Shundan keyin biz yozib olgan hadislarimizdagi xatolarni uning
yodlaganlaridan tuzatib oladigan bo‘ldik”
Imom Ismoil al-Buxoriy juda ko‘p zabardast olimlardan ta’lim oladi. Manbalarda
alloma ustozlarining soni to‘qson nafarga yaqin bo‘lgan deb ko‘rsatiladi. Muhammad
ibn Yusuf al-G’artobiy, Ubaydulla ibn Musa al-Abasiy, Abu Bakr Abdulla ibn az-
Zubayr al-Hamiydiy, Ishoq ibn Ibrohim ar-Rahavayh, Imom Ahmad ibn Hanbal, Ali
al-Madiniy kabi olimlar uning ustozlari sanaladilar.
Xulosa.
Imom Ismoil al-Buxoriyning o‘zi ham yirik va mashhur olimlar Ishoq
ibn Muhammad al-Ramoziy, Abdulloh ibn Muhammad al-Masnadiy, Muhammad ibn
Xalaf ibn qutayba, Ibrohim al-Harbiy, Muhammad Iso at-Termiziy, Muhammad ibn
Nasr al-Marvaziy, Muslim ibn al-Hajjojlarga ustozlik qilgan.
Imom Ismoil al-Buxoriy juda boy ijodiy meros qoldirgan. Uning “Al-jome’ as-
sahih” (“Ishonchli to‘plam”), “Al-adab al-mufrad” («Adab durdonalari»), “At-tarix al-
kibor” (“Katta tarix”), “At-tarix as-sag’iyr”, (“Kichik tarix”), “Al-qiroatu xalfa-l-
Imom” (“Imom ortida turib o‘qish”), “Vaf’ul-yadini fi-s-saloti” (“Namozda ikki qo‘lni
ko‘tarish”) kabi asarlari mavjud bo‘lib, ularning qo‘lyozmalari bizgacha yetib kelgan.
Ammo “At-tarix al-avsat” (“O‘rta tarix”), “At-tafsir al-kabir” (“Katta tafsir”), “Al-
jome’ al-kabir” (“Katta to‘plam”), “Kitob-ul-hiba” (“Hadya kitobi”) nomli asarlari
ham bo‘lganligi ma’lum, biroq ular bizgacha yetib kelmagan.
Foydalanilgan adabiyotlar
(References)
1.
Sayidahmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Moliya, 2003.
2.
Slastenin V.A. Obshaya pedagogika. – Moskva: Pedagogika, 2003.
3.
Tursunov I., Nishonaliev U. Pedagogika kursi. – Toshkent: “O‘qituvchi”, 1997.
4.
S.Otamurodov, S.Husanov, J.Ramatov. “Ma’naviyat asoslari”. T.: Abdulla
Qodiriy nomidagi nashriyot. 2002 y.-96 bet
5.
Tolipov O‘., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. –
Toshkent.: “Fan” nashriyoti, 2006 y.
6.
Uvatov U. Hadis ilmining sultoni.O’zbekiston adabiyoti va san’ati.1993.
29-oktyabr.