Mualliflar

  • Nuriddinov Azizbek

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95694

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: milliy qadriyat fotiha ma’naviy tarbiya an’anaviy meros ta’lim- tarbiya.

Annotasiya

Annotatsiya: Mazkur maqolada shaxs kamolatida allomalr o‘gitlari, ular tutgan 
ilmiy-ijodiy ta'limotlar haqida so‘z yuritilgan. Sharq allomalarining tarbiyaning inson 
qalbida  muhim  ahamiyat  kasb  etishi  borasida  yaratgan  ilmiy  asarlari  tahlili  bayon 
etilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

299

ISSN:3030-3613

SHARQ ALLOMALARI PEDAGOGIK TA’LIMOTI ASOSIDA YOSH

AVLOD KAMOLOTIDA SHAKLLANADIGAN SIFATLAR

Nuriddinov Azizbek

Andijon ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi

estrada badiy so‘z ustasi yo‘nalishi oqituvchisi.


Annotatsiya:

Mazkur maqolada shaxs kamolatida allomalr o‘gitlari, ular tutgan

ilmiy-ijodiy ta'limotlar haqida so‘z yuritilgan. Sharq allomalarining tarbiyaning inson
qalbida muhim ahamiyat kasb etishi borasida yaratgan ilmiy asarlari tahlili bayon
etilgan.

Kalit so‘zlar:

milliy qadriyat, fotiha, ma’naviy tarbiya, an’anaviy meros, ta’lim-

tarbiya.

Аннотация:

В данной статье речь идет об алломарских учениях в области

совершенствования личности, о научно-творческих учениях, которые они
придерживаются. Изложен анализ научных трудов восточных ученых о
важности воспитания в душе человека.

Ключевые слова:

национальная ценность, благословение, духовное

воспитание, традиционное наследие, образование-воспитание.

Abstract:

This article deals with the Allomarian teachings in the field of

personality improvement, the scientific and creative teachings that they adhere to. The
article presents an analysis of the scientific works of Oriental scientists on the
importance of education in the human soul.

Keywords:

national value, blessing, spiritual education, traditional heritage,

education-upbringing.


Kamtarlik – inson ichki ma’naviy dunyosining namoyon bo‘lishidir. Agar

insonning qonida, qalbida, yumshoqlik, sahovat, odob-andisha, sharm-hayo, or-nomus,
oriyat bolmasa, ming harakat qilmasin, baribir, odamlar ko‘ziga kamtar bo‘lib ko‘rina
olmaydi.

O‘zbek xalqi urf-odatida, milliy qadriyatlarida takabburlik qiluvchilar,

firibgarlar, maqtanchoqlar, manmanlar keskin qoralanadi. Kamtarga kamol,
manmanga zavol, degan o‘g‘itlar behikmat emas.

Tarixchi Xondamir “Mukomirul-ahloq” kitobida: “Boshingga takabburlik

havosini keltirma. Chunki takabburlik bilan hech kim biror joyga yetgan emas. Chunki
takabburlik kabi shikastlikni odat qil, bu bilan har nafasda minglab ko‘ngilni
ovlaysan”, - deb ko‘rsatgan edi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

300

ISSN:3030-3613

Xullas, har birimizni imon, poklik va halollik, or-nomus, sharm va hayo,

kamtarlik, qo‘yinki insonni bezovchi go‘zal xulq-odob, ahloq kabi muqaddas
fazilatlarni egallashimiz zarur.

Shaxs ma’naviyatini rivojlantirishning omillari va vositalari ko‘p. Shulardan biri

farzandning ota-onaga va ota-onaning farzandga bo‘lgan munosabati masalasidir.

O‘zbek xalqining eng qadimiy davrlardan boshlab, hozirga qadar davom etib

kelayotgan, o‘z ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydigan ajoyib qadriyatlaridan biri
ota-onani farzandlar tomonidan yuksak darajada e’zozlash, izzat-ikromni, hurmatini
joyiga qo‘yishdan iboratdir. Farzand uchun dunyoda ota-onadan ko‘ra mehribon, aziz
va mo‘tabar zot yo‘q. Ota-ona farzandlarning suyanchig‘i, bitmas tuganmas boyligidir.

Buyuk bobomiz Hazrat Alisher Navoiy aytganlaridek, ota-onani hurmat qilish

“... farzandlar uchun majburiyatdir. Bu ikkisiga xizmatni birdek qil, xizmating qancha
ortiq bo‘lsa ham kam deb bil. Otang oldida boshingni fido qilib, onang boshi uchun
butun jismingni sadaqa qilsang arziydi! Ikki dunyoing obod bo‘lishini istasang, shu
ikki insonning roziligini ol! Tunu-kuningga nur berib turgan – birisini oy deb bil,
ikkinchisini quyosh. Ularning so‘zlaridan tashqari bir narsa yozma, ular chizgan
chizig‘idan tashqari bir qadam ham bosma. Hamma hizmatini sen odob bilan bajar,
“adab” so‘zidagi “dol” kabi qomatingni ham qil”.

O‘zbek oilasining tashqaridan sezilmaydigan o‘ziga xos ichki qonun-qoidalari,

ahloqiy, ma’naviy mezonlari bor. Quyida biz shulardan ba’zilari, turmush uchun
zarurlari haqida to‘xtab o‘tishi lozim topdik, zero, busiz kabi oila qurish oldida turgan
yoshlar uchun foydadan holi bo‘lmas degan niyatdamiz. Aytmoqchi bo‘lgan
gaplarimizni eshitgan bo‘lsangiz, yana bir bor eshitsangiz foydadan holi emas.

Rizq-ro‘z tongda har bir odamga, oilaga ulashiladi. Kimki g‘aflat bosib, o‘rnida

yotaversa, rizqidan quruq qoladi, deyiladi. Barvaqt turilsa, ish unumli, o‘sha kun xayrli
bo‘ladi.

Yuz-qo‘lini yuvmasdan hol-ahvol so‘ralmaydi, yuz-qo‘lini yuvgandan so‘ng

kichiklar kattalarga salom beradilar, ayollar nonushta tayyorlaydilar, qizlar-kelinlar
hovli, ko‘cha supurib, suv sepib qo‘yadilar.

Ish yoki o‘qishga oilaning tabarruk yoshlilardan fotiha olib ketilishi ahloq-odob

doirasiga kiradi, qaytanga, avval ularga uchrashib salom beriladi, hol-ahvol so‘raladi.

Oila odobiga ko‘ra katta yoshlilar bolalarga, balog‘atga yetgan farzandlar,

kelinlar katta yoshlilarga ochiq-sochiq holda ko‘rinmaydilar, bachkana qiliq
qilmaydilar, pardasiz so‘zlarni aytmaydilar. Ko‘chaga uy kiyimida chiqilmaydi va
boshqalar.

Aytaversak, o‘zbek oilasining fazilatlari ko‘p, qonunlarda belgilanmagan,

ammo, millatimizning qadriyatlariga aylangan tartib va talablari mavjud. Ularni
farzandlarimiz o‘zlashtirishi ham farz va ham qarzdir.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_3-to’plam_Aprel-2025

301

ISSN:3030-3613

Chunonchi, oilada ota-ona, qaynona-kelin, qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi

munosabatlarning me’yori, ularning maqsadga muvofiqligi, munosabatlarning
samimiyat darajasi xam yoshlarga sog‘lom fikrning, sharm-hayo, mehr-oqibat, iffat,
ibo, nazokat, lafz, ma’suliyat kabi ijodiy ma’naviy fazilatlar shakllanishiga zamin
hozirlaydi. Halqimizga xos ustuvor fazilatlar asosan oilaviy muhitda, yaqin qarindosh-
urug‘larning bevosita aralashuvida yuz beradi.

Ma’naviy tarbiyada o‘zbek xalqining boy an’anaviy merosdan keng foydalanish

uning ta’sirchanligi, samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘la oladi. Yoshlarimiz
ma’naviy tarbiyasida Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Lutfiy,
Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Mashrab, Muqimiy, Furqat, Abdulla Qodiriy,
Cho‘lpon, Usmon Nosir kabi klassik shoir va yozuvchilarimiz asarlaridan
foydalanishimiz ular qalbini, ruhiy dunyosini ma’naviy boyitishda katta ahamiyatga
egadir. Ularning bizga qoldirgan boy badiiy – ma’naviy merosi o‘zining chuqur
falsafiy mazmuni, axloqiy yo‘nalishi bilan ajralib turadi.

Buyuk ajdodlarimizning ta’lim-tarbiyaga doir fikrlari, o‘gitlarini yoshlikdan

boshlab o‘rgatish ular nutqini o‘stirish bilan birga bolalarning odob-ahloqli etib
tarbiyalashga yordam beradi. Har birimizni iymon, poklik va halollik, or-nomus, sharm
va hayo, kamtarlik, qo‘yinki insonni bezovchi go‘zal xulq-odob, ahloq kabi muqaddas
fazilatlarni egallashimiz zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Ochilov S. Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari. T. 1997.

2.

Imomnazarov M. Milliy ma’naviyatimiz nazariyasiga chizgilar. T. “Sharq”, 1998.

3.

Yusupov E. Ma’naviyat mezonlariga yangicha yondoshuv. “O‘zbekiston ovozi”, 1995,
22 aprel.

4.

Botirova Khilola Tursunbayevna. (2023). IN THE PRACTICE OF INSTRUMENTAL
PERFORMANCE, STUDENTS ARE TAUGHT TO THINK INDEPENDENTLY AND
FORMATION OF FEATURES OF CREATIVITY.

Current Research Journal of

Pedagogics

,

4

(11), 99–103.

https://doi.org/10.37547/pedagogics-crjp-04-11-17

5.

Botirova Khilola Tursunbayevna. (2023). SPECIFIC CHARACTERISTICS OF THE
DEVELOPMENT OF SPIRITUAL - MORAL QUALITIES OF STUDENTS. Frontline
Social Sciences and History Journal, 3(06), 20–30.

https://doi.org/10.37547/social-fsshj-

03-06-04

6.

Botirova Khilola Tursunbayevna. (2023). WAYS OF DEVELOPING THE SYSTEM OF
SPIRITUAL AND MORAL EDUCATION OF THE STUDENT - YOUTH THROUGH
PERFORMING ART OF UZBEK FOLK INSTRUMENTS.

Current Research Journal of

Pedagogics

,

4

(06), 61–66.

https://doi.org/10.37547/pedagogics-crjp-04-06-11

7.

Tursunbayevna, B. K. (2023). A Look at the History of Our Instruments in the Performing
Arts.

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND DESIGN

,

4

(11), 62-66. Retrieved

from https://cajad.centralasianstudies.org/index.php/CAJAD/article/view/447

8.

Ботирова, Хилола. "The practice of applying pedagogical technologies in the learning
process to playing the Chang instrument."

Общество и инновации

2.3/S (2021): 330-339

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Ochilov S. Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari. T. 1997.

Imomnazarov M. Milliy ma’naviyatimiz nazariyasiga chizgilar. T. “Sharq”, 1998.

Yusupov E. Ma’naviyat mezonlariga yangicha yondoshuv. “O‘zbekiston ovozi”, 1995,

aprel.

Botirova Khilola Tursunbayevna. (2023). IN THE PRACTICE OF INSTRUMENTAL

PERFORMANCE, STUDENTS ARE TAUGHT TO THINK INDEPENDENTLY AND

FORMATION OF FEATURES OF CREATIVITY. Current Research Journal of

Botirova Khilola Tursunbayevna. (2023). SPECIFIC CHARACTERISTICS OF THE

DEVELOPMENT OF SPIRITUAL - MORAL QUALITIES OF STUDENTS. Frontline

Social Sciences and History Journal, 3(06), 20–30. https://doi.org/10.37547/social-fsshj-

-06-04

Botirova Khilola Tursunbayevna. (2023). WAYS OF DEVELOPING THE SYSTEM OF

SPIRITUAL AND MORAL EDUCATION OF THE STUDENT - YOUTH THROUGH

PERFORMING ART OF UZBEK FOLK INSTRUMENTS. Current Research Journal of

Tursunbayevna, B. K. (2023). A Look at the History of Our Instruments in the Performing

Arts. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND DESIGN, 4(11), 62-66. Retrieved

Ботирова, Хилола. "The practice of applying pedagogical technologies in the learning

process to playing the Chang instrument." Общество и инновации 2.3/S (2021): 330-339