T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_3-to’plam_Aprel-2025
261
ISSN:3030-3613
O’QUVCHILARNI KASB TANLASHIGA KO’MAKLASHISH VA KASB-
HUNARGA YO’NALTIRISH ISHLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH.
Razzakova Nargiza Farxodovna
Xiva tumani 35-son umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologi
Jumaniyazova Zilola Arslonbekovna
Xiva tumani 33-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi psixologi
Anotatsiya:
Maktab o’quvchilarini kasb-hunarga yo’naltirishda samarador
usullarni qo’llashda, natijaviylikka erishishda, to’g’ri kasb tanlashga ko’maklashishda
loyihaviy ishdan foydalanish..
Kalit so’zlar:
Loyiha, loyihaviy ish, kasb,kasb tanlash, kasb-hunarga
yo’naltirish, shaxs, kasblar forumi, chilangar, remontchi,tadbirkor, motiv, motivatsiya.
Bugungi kunda ta’lim-tarbiya borasida ilgarilab borilayotgan islohatlarni
pedagogik va axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Inson omilini
inobatga olgan holda manashu ikkita texnologiya ta’lim tarbiya samaradorligi omiliga
aylanib ulgurdi. Jamiyatimizda fan va texnika texnologiyalar rivojlanishi ta’sirida
bo’layotgan o’zgarishlar ta’lim tarbiyaga bo’lgan talabi o’zini ta’sirini ko’rsatmoqda.
Mehnat ta’limini yo’nalishlaridan biri xisoblanmish kasb tanlash va ularni kasbga
yo’naltirish kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Ishlab chiqarish va turli
kasblardagi jarayonlar bilan o’quvchilarni tanishtirish imkoniyatlari juda kattadir.
O’quvchilar o’zlari ota-onalariga yo shu ish bilan shug’ullanuvchilarning ishlarida
yordam beradilar va yashash joyi atrofidagi mashinalari ishlarini ko’radilar. sShu
kasbga oid dastlabki ma’lumot bilan tanishadilar. Kasb-hunarga yo’naltirishdan
maqsad o’sib kelayotgan yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashdir.
Ularni kasb hunarga yo’naltirish orqali, bo’lajak kasbiy qarorlarni shakllantirish,
kasbni erkin va mustaqil tanlashlari uchun kasb –hunarga yo’naltirish ishlariga
mustahkam zamin yaratuvchi ilmiy-amaliy tizim sifatida qarash lozim. Bu tizim orqali
har bir o’quvchi shaxsini kasbga yo’naltirishda individual xusuyatlarni ham xalq
xo’jaligi manfaatlari nuqtai nazardan mehnat reurslarini to’laqonli ta’minlash
zaruratini hisobga olish kerak. Lekin bugungi kunda umumiy o’rta ta’lim maktablarida
o’quvchilarni kasbga yo’naltirishning ilmiy amaliy tizimi yetarlicha ishlab
chiqilmagan, ilmiy pedagogik asoslari talab darajasida yaratilmagan. Bundan tashqari
hozirgi kun talablari asosidagi tezkor yangiliklar, zamonaviy texnologik o’quv
qo’llanmalar, dars ishlanmalari, ko’rgazmali
, kasb tanlash
mezon va me’yorining belgilanganligi, kasb tanlash bo’yicha tezkor aloqning
o’rnatilmaganligi kabi muammolar dolzarb masalardan biridir. Kasb tanlash uchun
o’quvchi o’z imkoniyatlarini baholay olish ko’nikmasiga, ya’ni qiziqishi mos kasblar
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_3-to’plam_Aprel-2025
262
ISSN:3030-3613
bo’yicha ma’lumotga ega bo’lishi, bu kasblarning imkoniyatlari, kelajagi haqida
axborot va yangiliklardan xabardor bo’lishi zarur. Maktablarda o’quvchi yoshlarni
kasb –hunarga yo’naltirish bu ularni qiziqishlari va moyilliklari, layoqatlari hamda
qobilyatlariga mos holda kasb-hunar tanlashlariga ko’maklashish bilan bir qatorda
o’smirlarni kasbiy o’zligini anglash va hayot yo’lini tanlashda maslaxat beruvchi omil
sifatida qaralishi nazarda tutilgan. Bu to’g’risida bir qancha hukumat qarorlari qabul
qilingan. Hukumat qarorlarining ijrosini ta’minlash yuzasidan o’quvchilarning kasbiy
qiziqishi va layoqatini shakllantirishda, ularni ta’limning keyingi turiga to’gri jalb
qilish uchun kasbga yo’naltirishda qo’llaniladigan o’quv –metodik qo’llanmalar, ilmiy
–uslubiy tavsiyalar, me’yoriy hujjatlar, jamiyatda qadimdan mavjud bo’lgan hamda
yangilanib, o’zgarib borayotgan kasblar haqidagi ma’lumotlarni ta’lim-tarbiya
jarayoniga zamon bilan hamnafas yetkazish samaradorligiga bog’liqdir.
O’quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini samarali tashkil etishda,
ushbu jarayonni ta’lim muassasalarida amalga oshiruvchi o’qituvchilar, pedogog
hodimlar hamda aholi o’rtasida(mahalla, ota-onalar) profilaktika ishlarini olib borish
maqsadida hamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Bularning zamirida o’quvchi
yoshlarni kasbiy qobilyati va layoqatini aniqlash asosida ularni kasbiy qarorlarini
shakllantirishga qaratilgan yaxlit faoliyat jarayonida ta’limning keyingi turi va
bosqichiga to’g’ri yo’naltirish yotadi.
O’quvchilarni kasbiy qarorlarini shakllantirish-bu o’quvchi-yoshlarga
o’zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliyotga malakali mutaxassislar ko’magida kasbga
bo’lgan layoqatiga ishonch hosil qilish, kasbiy vazifalarni qo’llay olish tajribasini hosil
qilish, kasbiy madaniyat sifatlari (kasbiy idrok, kasbiy bilimdonlik, kasbiy tafakkur,
kasbiy salohiyat va hakozalar)ni tarbiyalashga yo’naltirilgan izchil, tizimli, uzluksiz
hamda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan pedagogik faoliyat jarayonidir. Chunki,
o’quvchilarni kasb hunarga to’g’ri yo’nalganligini tashkil etish murakkab, uzoq
muddatli dialektik jarayon bo’lib,uning metodik jihatdan to’g’ri tashkil etilishi
ko’zlangan maqsadga erishish muvaffaqqiyatini kafolatlaydi. Mavjud obektiv va
subektiv omillardan unumli faydolana olish ham o’quvchilarga kasb-hunarni to’g’ri
tanlashlariga xissa qo’shadi. O’quvchi-yoshlar o’ratasida kasb-hunarga to’g’ri
yo’naltirishni tashkil etishga nisbatan yangicha yondashuv o’z mohiyatiga ko’ra
texnologik bo’lishi lozim. Chunki muayyan faoliyatga nisbatan texnologik yondashuv
ushbu faoliyatning yaxlit jarayoni to’g’risida oldindan to’laqonli ma’lumotga ega
bo’lish imkoniyatini beradi. Minglab kasblar olamidan o’quvchi tanlagan kasbiy qarori
bo’yicha turli vaziyatlarni oqilona baholash asosida faoliyat mazmuniga ma’lum
o’zgarishlar, yangiliklar kiritib, tarbiyalanuvchilarga mavjud bo’lgan kasbiy sifatlarni
hisobga olish va ularni boyitish xususida qat’iy fikrga ega bo’lishi, kasb-hunarga
yo’nalganligini samaradorligini muhim omillari bo’la oladi. Kasb-hunarga
yo’naltirishni tashkil etishga nisbatan texnologik yondashuv-bu o’qvchi oshlar
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_3-to’plam_Aprel-2025
263
ISSN:3030-3613
tomonidan o’zlashtirilagan nazariy amaliy ko’nikma
, ularga
faol kasbiy yo’naltirishni tashkil etish tajribasini yuzaga keltirish hamda kasbiy
qobiliyat va layoqatlari asosida kasbiy qarorlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan faoliyat
jarayonida amaliyotchi psixolog va kasb-hunarga yo’naltiruvchilar uchun kasb-
hunarga yo’naltirishni tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan
samarali foydalanish majmui bo’lib xizmat qiladi. Kasbiy qiziqish va moyilliklarni
shakllantirishda hamma uchun zarur bo‘lgan umumiy qobiliyatlar [masalan,
ijodkorlikka bo‘lgan qobiliyat] yoki juda ko‘p kasblar va faoliyat turlari uchun zarur
bo‘lgan qobiliyatlar [tashkilotchilik qobiliyatlari] ayrim kasblar yoki nisbatan tor
doiradagi kasblar uchun muhim hisoblangan maxsus qobiliyatlar hisobga olinadi.
Masalan elektromexanik releni sozlovchi kishining qo‘llarida sezuvchanlik juda
yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak, bir xil ohangdagi qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan
bardoshlilik, transport vositalarini haydovchi kishi uchun zarur, chizmalarga karab
murakkab buyumlar tayyorlaydigan kishilar uchun esa jismlarning fazodagi holatini
tasavvur qila olish qobiliyati yaxshi rivojlangan bo‘lmog‘i kerak. Har qanday kasbda
ham umumiy va maxsus qobiliyatlar birga qo‘shilib kelgan taqdirdagina ishning
muvaffaqiyati ta’minlanishi mumkin.Xo‘sh, agar kishida tanlangan kasb uchun zarur
qobiliyatlarning hammasi bo‘lmasachi? Bunday holda ikki yo‘l bo‘lishi mumkin: yo
tanlangan kasbni o‘zgartirish yoxud yetishmayotgan yoki kam namoyon bo‘lgan
qobiliyatlar o‘rnini qoplash yo‘llarini qidirib ko‘rish kerak bo‘ladi. Masalan: Xotirada
kamchilik bo‘lsa, muntazam ravishda har xil yozuvlar olib borish, kartoteka tuzish va
boshqa shunga o‘xshash tadbirlar bilan o‘sha yetishmovchilik o‘rnini qoplash mumkin.
Jismning fazodagi tasvirini tasavvur etishdagi kamchiliklarni to‘ldirish uchun hajmli
modellardan foydalaniladi va hokazo. Qobiliyatning bo‘sh rivojlanishi o‘rnini qoplash
bu odatdagi va zarur hodisa bo‘lib, agar kishi o‘z ishi sohasida chindan ham yuksak
mahoratni egallashi kerak bo‘lsa, qo‘shimcha mashg‘ulotlar uning hayotida katta
o‘rinni egallashi kerak. Maktabda olib boriladigan faol o‘quv faoliyati sizning har
biringizga o‘z aqliy qobiliyatingizni va eng avvalo tafakkur tiniqligini, mantiqan to‘g‘ri
fikrlashni, tafakkurning mustaqil va original bo‘lishini, topqirlikni, chuqur mulohaza
qilishni, aqliy teranlik va o‘ziga tanqidiy munosabatda bo‘lishni rivojlantirish imkonini
beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI.
1.
O’zbekiston Respublikasi Tashxis markazi “O’quvchilarni kasb-hunarga
yo’naltirish” o’quv qo’llanmasi
2.
Toshimov R. G'oziev Ye. G'. “Zamonaviy individual va guruhiy psixologiya”.
Toshkent, ”Universitet” 1999y.
3.
Ye.G'oziev, SH.V.Azizova “Tashkiliy psixologiya” Toshkent-1999y.
4.
M.Rajabov “Eksperemental psixologiya metodlari to'plami”.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_3-to’plam_Aprel-2025
264
ISSN:3030-3613
5.
M.G.Davletshin . Yosh davrlari va pedogogik psixologiya. T.2004
6.
V.Karimova. Oila psixologiyasi.T.2007
7.
8.
O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish usullari ma’ruzalar matni