T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_3-to’plam_Aprel-2025
255
ISSN:3030-3613
ABDULLA AVLONIYNING BADIIY ADABIYOTDAGI IJOD YO‘LI
Toshkent davlat pedagogika universiteti Tasviriy san’at yo‘nalishi 1-bosqich
magistranti
Adxamova Oltinoy Rafiqjon qizi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Turkiston o'lkasida jadidchilik harakati
namoyondalari tomonidan yangi usul maktablarining ochilishi, hamda,
yangicha tipdagi darsliklarining yaratilishiyangi davr didaktikasining paydo
bo'lishiga zamin yaratdi. Shunday matonat va sabot bilan xalqning johillik
balosidan chiqishi va savodli, ilmli bo'lishiga jonbozlik ko'rsatgan pedagog
Abdulla Avloniy bo'lib, u yaratgan darsliklarning jamoatchilikka taqdim etilishi
va didaktikasini o'rganish borasidagi tahlillar haqida so'z boradi.
Kalit so‘zlar:
maktab, didaktika, darslik, muallim, maorif, tajriba, dars,
deklamatsiya,
alifbo,
usulimaddiya,
o'qish,
o'rgatish,
tamoyil,
ta'limvositalari.Didaktika-ta’limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida e’tirof
etadi.
ТВОРЧЕСКИЙ ПУТЬ АБДУЛЛЫ АВАНИ В ХУДОЖЕСТВЕННОЙ
ЛИТЕРАТУРЕ
Аннотация:
В этой статье отмечается, что открытие новых методических
школ, а также создание учебников нового типа в Туркестанском крае
представителями
джадидистского
движения
заложило
основу
для
возникновения дидактики нового времени. Педагог Абдулла Авлани, который с
таким упорством и саботажем помог народу выбраться из бед невежества и стать
грамотным, образованным, рассказывает об анализе доступности созданных им
учебников для общественности и изучении дидактики.
Ключевые слова:
школа, дидактика, учебник, учитель, образование,
опыт, урок, декламация, алфавит, методика, материал, чтение, обучение,
принцип, воспитание, средства.Дидактика-признает обучение средством
передачи социального опыта.
ABDULLAH AVLONI'S PATH TO CREATIVITY IN FICTION
Annotation:
in this article, the opening of schools of a new method, as well as
the creation of textbooks of a new type by the manifestations of the jadidism movement
in the Turkestan territory, laid the groundwork for the emergence of didactics of the
new era. With such perseverance and patience is the educator Abdullah Avloni, who is
passionate about the exit of the people from the scourge of ignorance and becoming
literate, learned, and talks about the analysis of the textbooks he created to the public
and the study of didactics.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_3-to’plam_Aprel-2025
256
ISSN:3030-3613
Keywords:
school, didactics, textbook, teacher, maorif, experience, lesson,
declamation, Alphabet, usulimaddia, reading, teaching, principle, teaching.Didactics-
recognizes education as a means of giving social experience.
KIRISH
AbdullaAvloniybuboradatajribagatayanadi.Darhaqiqat, o`qish, o`rganish
ta’lim jarayonining ajralmas xususiyatidir. Ta’limga psixologiya nuqtai nazaridan
yondashilsa, ushbu munosabatning ustuvorligiga shubha qolmaydi. Biroq,
ta’limga pedagogik, ya’ni, ijtimoiy tajribani berish,o`rgatish nuqtai nazaridan
qaralsa faoliyat uchun asosiy sanaluvchi munosabat –ikki shaxs, ya'ni, o`quvchi va
o`qituvchi o`rtasidagi munosabatlar yetakchi o`rin egallashi lozim ekanligi
anglanadi. 1904-yilda Abdulla Avloniy tomonidan Toshkentning Mirobod
tumanida yangi usuldagi maktab ochildi . Bu maktabning dovrug'i butun
Toshkentga tarqaldi. Maktabda o'qish istagida bo'lgan o'quvchilar shaharning
turli burchagidan oqib kela boshladilar. Maktabda bolalar yangicha usulda
o'qitilar, ularning bilim olishlari kuzatuv asosida bosqichma-bosqich amalga
oshirilar edi.Abdulla Avloniy ''Usuli Jadid'' maktabidagi ta'lim jarayonini tashkil
etishda ta'lim vositalaridan samarali foydalandi.Ta’lim vositalari bu-ta’lim
samaradorligini ta’minlovchi ob’ektiv vositalar sirasiga kiruvchi darslik, o`quv
qo`llanmalari, o`quv qurollari, xarita, diagramma, plakat, rasm, chizma,
dioproektor, magnitafon, videomagnitafon, uskuna, televizor, radio, kompyuter
kabilar hisoblanadi.Abdulla Avloniy ta'lim vositasi sifatida 1909-1917-yillar
davomida "Birinchi muallim", "Ikkinchi muallim" , "Turkiy guliston yoxud
axloq", "Maktab gulistoni" va olti qismdan iborat "Adabiyot yoxud milliy
she'rlar" to'plamini nashr ettirdi. Ta'lim jarayonida bu darsliklardan to'liq
foydalandi. ''Birinchi muallim'' darsligi usuli maddiya qoidasiga binoan dastlab
alifning uch o'rinda: boshida, o'rtasida va oxirida yozilishini, hamda barcha bosh
harflarga alifning qo'shilishini ko'rsatib beradi. Bu usul orqali madd -bo'g'in hosil
bo'ladi. Maddiya qoidasiga ko'ra, ba'zi so'zlar ma'no ifodalamaydi. Faqatgina
alifbo muallifi harflarning shaklini ko'rsatishga e'tibor beradi. Ushbu alifbo
darsligi ikki qismdan iborat. Birinchi qismda harflar tanitiladi,ularning so'z o'rniga
qarab, oladigan shakllari o'rgatiladi. O'qitish nisbatan soddaroq shaklga ega bo'lgan
harflardan boshlanadi. Darslar soddadan murakkabga qarab boradi.Abdulla
Avloniy darslik yaratish va dars o'tish jarayonida didaktik tamoyillarga to'la
amal qiladi.Darslikning alifbo qismi olti oyga mo'ljallangan bo'lib, o'qishni
o'rganish bilan parallel ravishda yozish mashqlari ham olib boriladi. O'quvchi
husnixatiga alohida e'tibor qaratiladi. Darslikning ikkinchi qismida bolani
yaxshilikka, odob-axloqqa yetaklovchi, pand-nasihat shaklidagi kichik
hikoyalardan va she'riy manzumalardan tashkil topgan. "Birinchi muallim"da
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_3-to’plam_Aprel-2025
257
ISSN:3030-3613
Avloniy dastavval 32 harfning yolg'iz yoziladigan shakllarini bir sahifada
alifbo tartibida bergan. Mazkur darslik "Yamonliq jazosi" , "Qanoat" , "Zar
qadrini zargar bilur", "Yaxshilik yerda qolmas" , "To'g'rilik" , "Ittifoq" va
"Qo'shma so'zlar" kabi pand va ibratli hikoyatlardan tarkib topgan ''Birinchi
muallim'' darsligini tugatgan o'quvchilar o'qish va yozishni o'rganib, xat-
savodi chiqqan.Avloniy quyidagi jumlalar orqali "Birinchi muallim" darsligini
o'z zamonasi muallimlariga taqdim etadi."Muhtaram muallim afandilarimizdan
rijo qilurmanki, bizning "Birinchi muallim"imizdan ham olub, tajriba qilub,
o'qutub ko'rsalar. Chunki har gulning bir isi, har mevaning bir ta'm
va mazasi vordur. Bu "bo'y" va "ta'm" esa tajriba sohiblarina kashf va
ma'lum o'lur. Shoyad, millat bolalarina foidabaxsh o'lur umidinda bir necha
muallimlarimizning iltijolari ila ko'b vaqt tajriba so'ngindan bu risolai
ojizonamni "Birinchi muallim" ismi-la maydoni intishora qo'ydim.
Maorifparvar muallim birodarlarimiz iltifotsiz qoldurmasalar kerak. Inson
nuqsondan xoli o'lmadig'i kabi qilg'on amali ham qusur va xatodan
ori(y) o'lmas. Shul sababli muallim afandilarimiz har bir qusur
va kamchiliklarimdan tanbih va tanqid ila ogoh qilsalar edi."[3]Bu jumlalar
orqali muallif mazkur darslik tajriba asosida yaratilganligini, zamondosh
muallimlar tomonidan foydalanilishi foydadan holi emasligini aytadi. O'zining
kamtaroni fikrini bildirib, darslikni "iltifotsiz" qoldirmay, ta'lim jarayonida
foydalanishni, agar darslikning kamchiliklari bo'lsa muallifni xabardor qilishlari
mumkinligini aytib,o'z tavsiyasini taqdim etganligini ko'rish mumkin. Avloniy
1912-yilda usuli jadid maktablari uchun ''Ikkinchi muallim'' darsligini yaratdi.
Bu darslik maktabning ikkinchi sinflari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda
bolalarbop masallar, kichik hikoyalar, she'riy manzumalar o'rin egallagan.
''Ikkinchi muallim'' darsligi matnlarni ravon o'qish mashqlari asosida
o'rgatilgan. Bu darslik keyingi sinflarda o'qish amallarini va ta'lim-
tarbiya borasidagi masalalarni mukammallashtirish uchun to'g'ri tashkil etilgan
majmua edi. Avloniy quyidagi jumlalar orqali "Ikkinchi muallim" darsligini
keng jamoatchilikka ta'lim vositasi sifatida taqdim etadi."Birinchi
maktablarimizning shogirdlarina alifbodan so'ng o'qutmak uchun ochuq til
va oson tarkib ila yozilub, axloqiy hikoyalar, adabiy she'rlar ila ziynatlanmus
h O'QUV KITOBIdur."[2]Darslikning titul qismida:-Shavk ati inson erur ilmu
adob,-E'tibor etmas anga molu nasabbayti epigraf sifatida keltirilgan. Darslik
"Muqaddima", "Aql", "Salovat"dan keyin, badiiy matn sifatida maktabni
ulug'lovchi, ilm olishga da'vat etuvchi "Maktab" she'ri bilan boshlanadi."Ikkinchi
muallim"da bolalarning axloq-odobiga doir masallar, ibratli pand-nasihatga
boy bo'lgan she'rlar, hikoyalar jamlangan, rang-barang obrazlardan
foydalanilgan. Darslikda yil, sanalarning hisoblanishi, qamariya oylari hisobi,
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_3-to’plam_Aprel-2025
258
ISSN:3030-3613
sanai shamsiya hisobi bilan oylarning qanday nomlanishi haqida keng
ma'lumot berilgan. Bundan tashqari darslikda yil fasllari bola nigohiga
moslashtirib ta'rif va tavsif berilgan. Fasllardagi oylar hamda tabiat
manzarasi, tabiatning fasllarga qarab o'zgarib borishi yoritib berilgan. Xususan
darslikda bahorga berilgan ta'rif quyidagicha keltiriladi:"Bahor faslida kunlar
uzayur, daraxtlar barg chiqarur, qishning zulmidan har tarafdan qochgan
qushlar kelur, yer ustiga o'tlar yashil gilam kabi yozilur, suvlar toshar,
yoqimli yellar turar, gullar yashnar, otlar kishnar, bulbullar sayrar. Yer
yuzidagi insonlaru hayvonlarning yuzida shodligu sevinch bir asar ko'rilur.
Xususan, sahrovu bog'larning manzarasi , har tarafdan suvlarning shalolasi,
gullarning xush isi, qushlarning go'zal ovoz-nag'masi insonlarning
dumog'larini chog' qilub, yangi hayot, yangi ruh, yangi safo berur."[1]Avloniy
yil fasllariga berilgan ta'rifida badiiy tasviriy vositalardan unumli foydalanib,
o'quvchining estetik qobiliyatini rivojlantirishga diqqatini qaratdi. Bundan tashqari
darslikda oy nomlari jadval ko'rinishda taqdim etildi. 1908-yilda Avloniyning
maktabi turli sabablarga ko'ra yopib qo'yildi. Bu voqeaning sabablaridan
birini Avloniy o'z tarjimayi holida quyidagicha asoslab bergan edi.
"Maktabimda yer, odamlar, tog'-toshlar, daryo, osmon haqinda suhbatlar
o'tqazmoqqa harakat qilganimni Mirobod johil kishilari bilishib, meni kofir
bo'lding deb maktabimni yopdilar..."[1.]Avloniy Turkiston o'lkasida birinchilardan
bo'lib maktabda geografiya, astronomiya, matematika, rus tili fanlarini kiritdi.
Uning izohiga qaraganda, maktabda dunyoviy fanlarning kiritilishi xalq orasida
shubha uyg'otganligi ma'lum bo'ladi. Bunday holat o'sha davrda barcha jadid
ma'rifatparvarlarining og'riqli nuqtasi edi. Xalq yangiliklarni qabul qilishga
qiynalar va o'z qarshilini ifodalardi.Avloniy 1909-yilda Degrezmahallasida yana
maktab ochdi.Maktabi uchun yangi darsliklar yaratish sabablarini muallif o'z
tarjimayi holida to'liq bayon etadi. Dars berish jarayonida bu yangi maktablar
uchun har jihatdan qulay bo'lgan darsliklar yaratish zarurati tug'ilganligini,
eski usuldagi maktablarda o'qitilish uchun qo'llanilayotgan adabiyotlar
o'quvchining yosh davriga mos kelmasligi haqidaAvloniy quyidacha
izohlaydi. "Bizim Turkiston makotibi islomiyasinda avvaldan oxira qadar
ta'lim olinajak kitoblar: "Chor kitob", "Sabotul ojizin", "Fuzuliy",
"Navoiy", "Xo'ja Hofiz", "Bedil", "Maslak ul-muttaqin"lar kabi she'r kitoblari
o'ldig'i jumlaning ma'lumidir. Bu kitoblarning ba'zilari e'tiqod va amaliyoti
islomga taalluq mushkul masalalardan iborat o'lg'onlaridin hamda aksarlari
forsiy tilda yozilg'onlari uchun yosh bolalarning onlardan istifodalari , bir
narsa anglamoqlari imkon xorijinda edi. "[1]Avloniy darsliklarida, asosan,
oddiydan murakkabga qadar tamoyiliga amal qiladi.Avloniy bola ta'lim-
tarbiyasi uchun maktab darsliklari, hamda dars berayotgan muallimlar
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_3-to’plam_Aprel-2025
259
ISSN:3030-3613
o'rni beqiyos ekanligini ta'kidlaydi. Abdulla Avloniy o'quvchilarda nutq o'stirish
usullaridan ham samarali foydalanganligini uning didaktikasini tahlil qilganimizda
ko'rish mumkin. Ma'lumki,o'quvchilar nutqini rivojlantirish maqsadida o'quvchilarni
ifodali o'qishga o'rgatish adabiyot darslarining asosiy vazifasi bo'lgan. Ta'limiy
vosita vazifasini bajaruvchi ma'lum bir asar voqealari ifodali o'qish orqali
o'quvchi ko'z o'ngida gavdalantirilgan. Asar g'oyasi to'la ochib berilgan.
Abdulla Avloniy o'quvchining savodini chiqarishga qanchalik e'tibor qaratgan
bo'lsa, asarlarni tushunib, ifoda bilan o'qishiga, badiiy asarni his qilishiga
shunchalik ko'p diqqatini qaratgan. Dars jarayonida o'quvchilarning xor bo'lib
o'qishlarini ta'minlagan, mashqlar o'tkazgan. Avloniyning o'zi dars jarayonida
dirijyor sifatida namoyon bo'lgan. Chunki Avloniy dirijyorlik san'atidan ham
xabardor edi. Ifodali o'qishning turli shakllari mavjud bo'lib, ulardan biri
deklamatsiya qilib o'qishdir. Deklamatsiya (lot. declamatio-notiqlik mashqi)-
badiiy oʻqish, notiqlik sanʼatining muhim turlaridan biri bo'lib Sharqda
deklamatsiya qadimdan rivojlangan. Xitoy, Hind podsholari, Xorazmshohlar, sugd,
sak xonlari saroylarida deklamatsiya ustalari ishlagan. Oʻzbek xonliklari hududida
ham bu sanʼatining mohir ustalari, xususan, qissaxonlar, dostonchilar, ertakchi va
otinlar yashab ijod etganlar. Saroylarda tez-tez uyushtirib turilgan sheʼrxonlik
ham aslida deklamatsiyaning bir koʻrinishidir. XVII-XVIII asr Gʻarb mumtoz
teatrida deklamatsiya tushunchasi aktyorlik ijro vositalarini umumlashtirgan.
Ifodali o'qishning deklamatsiya shakli o'quvchilarning jonli nutqi bilan uzviy
ravishda bog'lanadi. Abdulla Avloniyning maktabdagi ifodali o'qish darslari sohada
juda katta shuhrat qozondi. 1914-yil 27-fevralda Toshkentning "Kolizey" teati
2000dan ortiq tomoshabin bilan liq to'lgan. Behbudiyning "Padarkush" dramasi
sahnaga birinchi bor qo'yilishi. Spektakl adabiy o'qishga ulanib ketdi. Abdulla
Avloniy o'quvchilari "Padarkush" dramasiga hamohang ilm-ma'rifatga da'vat ruhi
barq urib turgan "Oila munozarasi", "Maktabga da'vat" she'rlarini ifodali
o'qidilar, tomoshabinlar zo'r olqish bilan kutib oldilar. [4]Avloniy ifodali o'qish
darslarini tashkil etar ekan, bu darslarni estetik tarbiyaning bir ko'rinishi sifatida
baholadi. Bunday darslarda o'quvchining nutqi rivojlanib, so'z san'atiga bo'lgan
mehri uyg'onadi. Ta'lim jarayonida esa o'quvchi faqatgina tinglovchi emas, ta'lim
jarayonining ishtirokchisiga ham aylanadi. Abdulla Avloniy o'rgatish va
o'rganish asnosida boshqa xalqlar ta'lim usullari bilan tanishganini va uni
o'z faoliyatida tadbiq etganligini ko'rish mumkin. Jumladan Avloniy rus
adabiyoti namoyondalaridan bo'lgan Ivan Andreyevich Krilov hamda Lev
Nikolayevich Tolstoylarning ibratli masallaridan namunalar olib o'z darsliklarida
unumli foydalandi va didaktikasini boyitdi. Abdulla Avloniy faoliyatida maktab
va maorif, ta'lim-tarbiya masalalari alohida o'rin egallaydi. U pedagogik
faoliyati davomida yaratgan didaktika orqali butun davr pedagogikasiga,
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_3-to’plam_Aprel-2025
260
ISSN:3030-3613
ta'lim-tarbiya tizimiga o'z ta'sirini o'tkaza olgan dono murabbiydir. Avloniy
yaratgan didaktika bir qancha davrlar osha zamona pedagoglari uchun ham
dasturulamal vazifasini o'tab kelmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
АбдуллаАвлоний. Танланганасарлар. 2 жилдлик. 2-жилд. Тошкент
"Маънавият" 2006
2.
Mamasoli Jumaboyev . O'zbek va chet el bolalar adabiyoti. Toshkent -
"O'ZBEKISTON" -2002
3.
Ulug'bek Dolimov."Мilliy uyg'onish pedagogikasi" «NOSHIR» ТОШКЕНТ –
2012;