T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_4-to’plam_Aprel-2025
271
ISSN:3030-3613
KIBER JINOYATCHILIKNING YANGI SHAKLLARI VA ULARNI
HUQUQIY BAHOLASH
Parvina Gʻulomamatova
Toshkent davlat yuridik universiteti
Kiber huquq kafedrasi
O‘qtuvchisi.
Eshmanov Sardor Salim o’ g’ li
Toshkent davlat yuridik universiteti
Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti
2-kurs talabasi
sardoreshmamon96@gmail.com.
Anotatsiya:
Ushbu maqolada zamonaviy raqamli texnologiyalarning keng
qo;llanilishi natijasida yuzaga kelayotgan kiber jinoyatchilikning yangi shakllari,
ularning xususiyatlari va jamiyatga tahdidlari tahlil qilinadi. Ayniqsa, fishing,
ransomware, identifikatsiya o’g’riligi, ijtimoiy muhandislik (social engineering) kabi
jinoyat turlari misolida ularning kengayib borayotgan ko’lami yoritilgan. Shuningdek,
ushbu jinoyatlarga nisbatan milliy va xalqaro huquqiy mexanizmlarning mavjud holati,
ularning yetarliligi va dolzarb muammolari yoritilib, huquqiy baholash mezonlari
ko’rib chiqilgan. Maqola so’ngida kiber jinoyatchilikka qarshi samarali kurash
choralarini ishlab chiqish bo’yicha taklif va tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
kiber jinoyatchilik, raqamli xavfsizlik, fishing, ransomware,
ijtimoiy muhandislik, huquqiy baholash, xalqaro huquq, axborot texnologiyalari, kiber
xavfsizlik, jinoyat kodeksi.
New forms of cybercrime and their legal assessment
Annotation:
This article analyzes new forms of cybercrime arising as a result of
the widespread use of modern digital technologies, their characteristics and threats to
society. In particular, the expanding scope of such crimes as phishing, ransomware,
identity theft, social engineering is highlighted. Also, the current state of national and
international legal mechanisms in relation to these crimes, their adequacy and current
problems are highlighted, and the criteria for legal assessment are considered. At the
end of the article, proposals and recommendations are given for the development of
effective measures to combat cybercrime.
Keywords:
cybercrime, digital security, phishing, ransomware, social
engineering, legal assessment, international law, information technologies, cyber
security, criminal code.
Новые формы киберпреступности и их правовая оценка
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_4-to’plam_Aprel-2025
272
ISSN:3030-3613
Аннотация:
В данной статье анализируются новые формы
киберпреступности, возникающие в результате широкого использования
современных цифровых технологий, их характеристики и угрозы для общества.
В частности, выделяется расширяющаяся сфера таких преступлений, как
фишинг, программы-вымогатели, кража личных данных, социальная инженерия.
Также выделяется современное состояние национальных и международных
правовых механизмов в отношении этих преступлений, их адекватность и
актуальные проблемы, рассматриваются критерии правовой оценки. В конце
статьи даются предложения и рекомендации по разработке эффективных мер
борьбы с киберпреступностью.
Ключевые слова:
киберпреступность, цифровая безопасность, фишинг,
программы-вымогатели,
социальная
инженерия,
правовая
оценка,
международное право, информационные технологии, кибербезопасность,
уголовный кодекс.
Kirish(Introduction)
Bugungi kunda raqamli texnologiyalarning rivojlanishi axborot va shaxsiy
ma’lumotlarning qayta ishlashni yuqori bosqichlarga olib chiqmoqda. Axborot
kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi bir tomondan qulaylik va ko‘ plab
afzalliklarga olib kelsa, boshqa tomondan aholi o’rtasida kiber jinoyatlarning soni ortib
borishiga sabab bo’lmoqda. Bu kabi holatlar oddiy aholining shaxsi, uning shaxsiy
ma’lumotlari hattoki mol-mulki kiber jinoyatlarning obyektiga aylanib qolishiga sabab
bo’ladi. Internet tarmoqlari bugun dunyoning istalgan nuqtasida mavjud va undagi
bajarib bo’lmaydigan ishlarning soni juda kam. Shaxsning birgina qidiruviga o’nlab
javoblar topiladi. Kiber olamning cheksizligi kiberjinoyatchilikning ham soni
qanchalik ko‘ pligidan dalolat beradi.
Ushbu tahliliy ish orqali kiber jinoyatlar va ularning yangi-yangi shakllari, kiber
jinoyatlarning keltirib chiqarayotgan asosiy omillar, kiber jinoyatchilikning tashqi
belgilari va ulardan huquqiy himoyalanish mexanizmlari hamda kiberinoyatchilikka
qarshi kurashish bilan bog’liq jihatlarni tahlil qilamiz. Shuningdek, kiber
jinoyatchilikning oldini olishda milliy hamda xalqaro qonunchilikka asoslanish,
mavjud milliy va xalqaro huquqiy hujjatlarning zaruriyatini asoslashga, kiber-
tahdidlarning milliy va xalqaro huquqiy oqibatlarini batafsil o‘ rganishga harakat
qilamiz.
Metodlar (Methods)
Kiber jinoyatlarning yangi shakllari va ularning huquqiy baholashning umumiy
jihatlarini quyidagilar orqali tahlil qilamiz:
1
.Zaruriy manbalar tahlili:
maqolalar, normativ huquqiy hujjatlar, mavzuga
oid ilmiy-nazariy adabiyotlar va ma’lumotlarni har tomonlama ko’rib o’rganish tahliliy
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_4-to’plam_Aprel-2025
273
ISSN:3030-3613
ishimizning asosini tashkil qiladi. Bundan tashqari xalqaro va milliy qonunchilik
normalarini o’rganish orqali mavjud qonunchilikdagi kamchiliklarni aniqlash.
2.
Case study metodi
: kiber jinoyatlarning turlari va shakllarini turli amaliy
misollar, kiberjinoyatlarga oid sud qarorlari va turli davlatlar tajribasini tahlil qilish
orqali mavzuni chuqurroq o’rganishga harakat qilamiz.
3.
Qiyosiy huquqiy tahlil
: bugungi kunda butun dunyoda kiberxavfsizlik
sohasidagi olib borilayotgan ishlar, davlatlarning keyingi rivojlanish bosqichidagi
kiberjinoyatchilikning va kiberxavfsizlikni ta’minlashning o’rni va rolini tahlil
qilamiz. O’zbekiston Respublikasi hududida va boshqa rivojlangan davlatlar, jumladan
AQSH, Rossiya federatsiyasi, Xitoy davlatlarida mavjud holatlarni qiyoslash va
taqqoslash orqali o’rganamiz.
Natijalar(Results)
Nazariy ma’lumotlar, normativ huquqiy hujjatlarni o’rganish, amaliy misollar
orqali tahlil qilamiz. Tahlil natijalariga ko’ra kiberjinoyatchilikning yangi shakllari,
ularning rivojlanish dinamikasi, xalqaro huquqiy me’yorlar orqali taqqoslash yo’li
bilan O‘ zbekiston qonunchiligidagi mavjud kamchiliklar va qiyosiy huquqiy tahlil
asosida aniqlangan muhim jihatlarni o’z ichiga oladi.
Tahlilimiz davomida so’nggi yillarda keng tarqalgan va rivojlanayotgan
kiberjinoyatchilik shakllari aniqlab chiqildi:
11.
Sun’ iy
intellekt
yordamida
sodir
etilayotgan
hujumlar
:
Kiberjinoyatchilar sun’iy intellektdan foydalanib, himoyalangan
tizimlarga buzib kirish, avtomatlashtirilgan fishing hujumlarini amalga
oshirish kabi ko‘ plab yangi-yangi usullarni qo‘ llab sodir etilayotgan
jinoyatlar
12.
Shaxsiy ma’ lumotlardan noqonuniy foydalanish
: qulay va tez
ma’ lumot ulashish imkoniyati o‘ z navbatida yangi turdagi kiber
jinoyatlar xavfini keltirib chiqaradi. Ayniqsa shaxsga doir ma’ lumotlarni
tez tarqalishi kiber tahdidlar xavfini ham yana kuchayishiga sabab
bo‘ ladi.
13.
Deepfake texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan jinoyatlar
:
Sun’iy intelekt yordamida soxta audio va videomateriallarni yaratish va
bu texnologiyalardan davlat arboblarini umuman olganda barcha
shaxslarni obro‘ sizlantirish, firibgarlik va tovlamachilik kabi g‘ arazli
maqsadida foydalanilmoqda. Masalan, 2020-yilda Britaniyada sodir
etiilgan holat yuzasidan bir yirik kompaniyasi deepfake orqali tuzilgan
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_4-to’plam_Aprel-2025
274
ISSN:3030-3613
soxta audiolar yordamida 250 ming funt sterling miqdorida mablag‘ ni
yo‘ qotgan.
1
14.
Kriptovalyutalar orqali firibgarlik va pul yuvish
: Kriptovalyutalar
tranzaksiyalarni anonim tarzda amalga oshirish imkoniyatini bergani
sababli, ko‘ plab noqonuniy faoliyatlarda ishlatilib kelinmoqda.
Bitkoinlar orqali noqonuniy tranziksiyalar soni yangi jinoyat turi sifatida
yildan yilga oshib bormoqda.
Tahlil natijasida shuningdek, O’zbekiston qonunchiligida kiberjinoyatchilik
bo’yicha mavjud holat va uning kamchiliklari, kiberjinoyatchilikka qarshi kurash
bo’yicha asosiy normativ huquqiy hujjatlar: O’zbeksiton Respublikasi Konstitutsiyasi,
O’zbeksiton Respublikasi Jinoyat kodeksi, Kiberxavfsizlik to’g’risidagi qonunlar ijrosi
yuzasidan tahlillarni keltirib o’tamiz.
Muhokama(Discussion)
Bugungi kun texnologiya davrida texnologiyaning jadal rivojlanishi bevosita
inosonlar ongining ham sezilarli o‘ zgarishiga sabab bo‘ lmoqda, bu esa texnologiya
bilan bog‘ liq sodir etiladigan jinoyatlarning ham murakkablashib borishiga o‘ z
ta’ sirini ko‘ rsatadi. Internet foydalanuvchilar sonining yildan yilga o‘ sib borishi va
unga mukkasidan ketish holatlari real xavf – kiber jinoyatlarni keltrib chiqarmoqda.
Texnologik yutuqlar vaqt hamda masofa jihatidan yutuq biroq ular oqibatidagi kiber
jinoyatlar esa inson hayotiga real tahdid. Bu kabi holatlar esa huquqiy tartibga solish
asoslarini yaratishni, har bir kiber hujum yohud texnologik olamda sodir etilgan shaxs
manfaatlariga zid bo‘ lgan qilmishlarga yarasha javob qaytarilishini taqozo etmoqda.
Shu sababli davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan axborot xavfsizligini
ta’ minlash, kiberjinoyatchilikka qarshi samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish
hamda huquqiy tartiblarini yaratish orqali kiber tahdidlarga qarshi kurashish maqsad
qilingan.
Qonunchilik
1)
O‘ zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (33-modda);
2)
O‘ zbeksiton Respublikasi Jinoyat kodeski(XXI bob);
3)
O‘ zbekiston Respublikasining Ma’ muriy javobgarlik to‘ g‘ risida
kodeksi;
4)
“ Kiberxavfsizlik to‘ g‘ risida” gi O‘ zbekiston Respublikasi qonuni;
5)
O‘ zbekiston
Respublikasining
“ Shaxsga
doir
ma’ lumotlar
to‘ g‘ risida” gi 547-son qonuni;
6)
2022-yildagi “ Elektron hujjat aylanishi to‘ g‘ risida” gi qonun yangi tahriri,
raqamli hujjatlar xavfsizligini himoyasi bilan bog‘ liq.
1
Robert M. Chesney, Computer Network Operations and U.S. Domestic Law: An Overview, 89 INT’L L. STUD. 218,
230–32 (2013).
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_4-to’plam_Aprel-2025
275
ISSN:3030-3613
Nazariy va amaliy tahlil
Kiberjinoyatchilik -
axborotni egallash, uni o‘ zgartirish, yo‘ q qilish yoki
axborot tizimlari va resurslarini ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy
ta’ minot va texnik vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar
yig‘ indisi.
2
Kiberjinoyatlar odatda tarmoq hamda kompyuter axborot tizimlariga hujumlar,
shaxsiy ma’ lumotlarni o‘ g‘ irlash va ulardan noqonuniy foydalanish, zararli
dasturlarni tarqatib yuborish, moliyaviy hujumlar va firibgarlik kabi qilimishlarni o‘ z
ichiga oladi. Kiberjinoyatchilik, kiberqonunlar hamda kibernetika global miqyosdagi
dolzarb masala bo‘ lganligi sababli ko‘ plab olimlar tomonidan ushbu yonalishda
ilmiy ish va maqolalar yozilgan, rasmiy hisobotlar tayyorlangan. Bularning barchasi
muammolarning yechimi uchun nazariy va amaliy bilimlarni taqdim qiladi. Bularga
misol qilib
D.S.Wall
tomonidan (2007) yozilgan “
Cybercrime: The Transformation of
Crime in the Information Age
” asarini olsak, unda aynan biz tahlil qilishimiz kerak
bo‘ lgan jihatlar – kiberjinoyatlarning shakllari va ularning bugungi zamonaviy
dunyoga ta’ siri batafsil yoritib berilgan.
Kiberjinoyatning ta’siri haqida ilgari koplab asossiz da’volar bo‘lsa-da, bugun
hukumatlar, politsiya, agentliklar va kiberxavfsizlik tashkilotlari kiberjinoyatlarga
javob berishda, ularning oldini olish va tekshirishda ko‘proq mahorat va tajribaga ega
bo‘ldi. Ular shaxsiy kiberxavfsizlikni
kuchaytirish maqsadida milliy va xalqaro
kiberxavfsizlik siyosatini rivojlantirish choralarini ko‘rishmoqda biroq bularning o‘ zi
yetarli emas. Tashkilotlar rivojlanishda biroz oldiga siljishlar bo‘ lishiga qaramasdan
muammolarga to‘ liq javob hamda yechim berish qobiliyatiga ega emas. Muammo
shundaki, kiber jinoyat, xuddi firibgarlik kabi,
“ portlamaydi, qon oqmaydi yoki
qichqirmaydi”
(Buyuk Britaniya politsiyasining yuqori lavozimli vakilidan iqtibos)
shuning uchun huquqbuzarlikning zo'ravonlik shakllariga berilgan siyosiy ustuvorlikni
ololmaydi. Shu bilan birga, kiberjinoyatlar nima ekanligi va ular qanday ta'sir qilishi
haqida tushunmovchiliklar jamiyat orasida hali hamon saqlanib qolmoqda.
3
Kiberxavfsizlikni ta’ minlash nafaqat shaxslar huquqlari himoyasi balki butun
mamlakatlarning xavfsizligi va iqtisodiy farovonligi uchun muhim ahamiyatga ega.
Axborotlar xavfsizligi va internet aloqa vositalariga hujumlar soni kundan kunga oshib
borishi esa haqiqiy tashvishli jihat. Bulardan onlayn firibgarlik va xakkerlik hujumlari
har kuni sodir etiladigan kiberjinoyatlarga kichik bir misol bo‘ la oladi. Keling
kiberjinoyatchilik bilan bog‘ liq rasmiy
statistik ma’ lumotlarni
tahlil qilib o‘ tamiz.
2003-yilning o‘ zida kiberjinoyatchilik natijasida yetkazilgan zararning miqdori 32
2
https://lex.uz/uz/docs/-5960604
“Kiberxavfsizlik to‘ g‘ risida”gi O‘ zbekiston Respublikasi qonuni
3
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_4-to’plam_Aprel-2025
276
ISSN:3030-3613
milliard dollarga yetgan. Boshqa hisob-kitoblarga ko‘ ra esa 2007-yilga kelib
kiberjinoyatchilikdan olingan daromadlar miqdori hattoki narkotrafikani ortda
qoldirgan va 100 millliard AQSH dollariga yetgan. Bu juda katta raqamlarni tashkil
qiladi. 2014-yilgi tadqiqotlar esa kiberjinoyatchilikdan yo‘ qotishlarning umumiy
miqdori bir yilda 400 milliard dollarga yetganini ko‘ rsatadi. Bu raqamlar axborot
infratuzilmalarini himoyasini ta’minlashning haqiqiy zaruriyatini isbotlab turibdi.
Bugunga kelib esa har 1 daqiqada taxminan 100000dan ortiq hujumlar aniqlanmoqda.
4
Yuqorida qayd etilgan hujumlarning aksariyati muhim infratuzilmalarga
qaratilgan bo‘ lmasligi mumkin, ammo 2010-yilda topilgan “ Stuxnet” nomli zararli
dastur 37 ta infratuzilmaga qaratilgan hujumlar xavfini ko‘ rsatadi. Ushbu dasturiy
vosita foydalaniladigan dasturlarni 4000dan ortiq funksiyalari zararlangani qayd
etilgan.
5
Kiber jinoyat tushunchasiga quyidagicha tasnif berishimiz mumkin – “ qasddan
jinoiy niyat bilan shaxs yoki bir qancha shaxslar guruhiga nisbatan sodir etilgan
qilmish. Ushbu jinoyat natijasida bevosita yoki bilvosita jabrlanuvchiga jismoniy
hamda ruhiy zarar yetkazilgan bo‘ lishi, yo‘ qotishlarga sabab bo‘ lishi,
jabrlanuvchining obro‘ si va qadr qimmatiga putur yetkazadigan bo‘ lishi mumkin” .
Kiber jinoyat davlatning tinchligiga va moliyaviy xavf tug‘ dirish, mualliflik
huquqlari buzilishi, bolalar pornografiyasi, kiber taqib qilish, kiber tuhmat , polimorf
virus kabi shakllarda bo‘ ladi. Shuningdek,
Debarati Xolder va K.Jaishankar
kabi
tadqiqotchilarning fikriga ko‘ ra esa gender nuqtai nazaridan yuqoridagi shakllarga
qo‘ shimcha ravishda “
ayollarga qarshi kiber jinoyat
” turi ham alohida takidlangan.
Bunga sabab, bugungi kunda tarmoqlar orqali ayollarga nisbatan psixologik hamda
fiziologik tazyiq o‘ tkazish motivini yaratish holatlari, ayollarga qarshi jinoyatlar soni
oshib borayotgani edi. Bunda ayol tarmoqlar orqali nishonga olinadi, uning shaxsiy
ma’ lumotlari olinadi qayta ishlanib yolg‘ on axborotga aylantirib ayolning shani
qadr-qimmatiga zarar yetkazadigan tarzda talqin qilinadi. Bundan tashqari ko‘ plab
holatlar bo‘ lishi mumkin, mo‘ may daromadli ish taklif qilish, arzon haridlar, foydali
niqobi ostidagi reklamalar orqali kiberjinoyatchilik qurboniga aylantirib qo‘ yishadi.
Yuqoridagilardan ushbu jinoyat turi faqatgina ayollar o‘ rtasidagina sodir etiladi
degan xulosaga kelib qolmasligimiz kerak. Kiber jinoyat turli yoshdagi shaxslarga turli
hil asoslar bilan sodir etiladi. Quyida ayrim xususiyatlarni ko‘ rib tahlil qilib o‘ tamiz:
1)
Yosh bilan bog‘ liq xavf omillari
. Kiber jinoyatlarning qurboni
bo‘ layotganlarning asosiy qismini 60 yoshdan yuqori shaxslar tashkil qilar ekan.
4
Yevropa Kengashi - Kompyuter jinoyatchiligi to‘g‘risidagi konvensiyasi axboroti (№ 185)(Budapest, 23-noyabr 2001-
yil)
5
Yevropa Kengashi - Kompyuter jinoyatchiligi to‘g‘risidagi konvensiyasi axboroti (№ 185)(Budapest, 23-noyabr 2001-
yil)
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_4-to’plam_Aprel-2025
277
ISSN:3030-3613
Ixtiyoridagi mablag‘ larni himoya qila olmasliklari sababli firibgarlik va moliyaviy
hujumlarni o‘ ljasiga aylanib qolishadi. Shuningdek mutaxasislarning fikriga ko‘ ra
ushbu yoshdagi shaxslarda internet va aloqa vositalaridan foydalanish ko‘ nikmalari
yetarli emas va ayrimlari esa umuman tanish emas. 25 yoshgacha bo‘ lganlar
texnologiyalardan foydalanishni bilishadi, bugungi kiber tahdidlardan habardor
bo‘ lishsa ham o‘ z manfaatlarini himoya qilish tajribasi yo‘ q. Ular bilan sodir
bo‘ lishi mumkin bo‘ lgan holatlarni oldini olish choralarini ko‘ rishmaydi, “ kiber
hujumlar men bilan sodir bo‘ lishi mumkin emas” deb hisoblashadi.
2)
Umumiy xavflar
ya’ ni kiberxavfsizlik qoidalariga amal qilmagan har qanday
yosh va kasbdagi shaxslar kiber jinoyat qurboni bo‘ lishi mumkinligini nazarda
tutilmoqda. Birgina zaif parollar o‘ rnatilishining oqibatida ham ko‘ plab kiber
jinoyatlarga yo‘ l ochib berilishi mumkin. Bir qurilmaga o‘ rnatilgan parollarning
boshqa qurilmalarga mos kelishi birgina parol orqali butun raqamli hayotingizga
begona shaxslarning kirishi huquqini berishi mumkin.
6
O‘ zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ ra yuqoridagi kabi kiber
jinoyatlar uchun javobgarlik aoslari belgilab qo‘ yilgan.
Birinchi navbatda
O‘ zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 33-moddasiga
asosan davlat Internet jahon axborot tarmog‘ idan foydalanishni ta’ minlash uchun
shart-sharoitlar yaratadi. Axborotni izlash, olish va tarqatishga bo‘ lgan huquqni
cheklashga faqat qonunga muvofiq hamda faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining
sog‘ lig‘ ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya
qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’ minlash, shuningdek davlat
sirlari yoki qonun bilan qo‘ riqlanadigan boshqa sir oshkor etilishining oldini olish
maqsadida zarur bo‘ lgan doirada yo‘ l qo‘ yiladi.
7
O‘ zbeksiton Respublikasi Jinoyat kodeksida
ham kompyuter
texnologiyasidan foydalanib sodir etilgan jinoyatlarga nisbatan javobgarlik choralari
belgilab qo‘ yilgan. Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan 38 ta jinoyat tarkibida, ya’ ni
7,7% holatda kompyuterdan vosita sifatida foydalanib sodir etilgan jinoyatlar tashkil
etar ekan. Ushbu jinoyatlarni obyektiga nisbatan shartli ravishda quyidagi turlarga
ajratishimiz mumkin:
1)
kompyuter vositasidan foydalanib, oilaga, yoshlarga, axloqqa qarshi
qaratilgan jinoyatlar;
2)
kompyuter vositasidan foydalanib, shaxsning ozodligi, shani, qadr-
qimmatiga qaratilgan jinoyatlar;
3)
kompyuter vositasidan foydalanib, fuqaroning konstitutsiyaviy huquq va
erkinliklariga qarshi qaratilgan jinoyatlar;
6
Карпова Д.Н. Киберпреступность: глобальная проблема и её решение. //Власть. №8. 2014. С. 46-50
7
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_4-to’plam_Aprel-2025
278
ISSN:3030-3613
4)
kompyuter vositasidan foydalanib, O‘ zbekiston Respublikasiga qaratilgan
jinoyatlar;
5)
kompyuter vositasidan foydalanib, o‘ zgalar mulkini talon-taroj qilish
jinoyati;
6)
kompyuter vositasidan foydalanib, iqtisodiyot asoslariga qarshi qaratilgan
jinoyatlar;
7)
kompyuter vositasidan foydalanib, boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar;
8)
kompyuter vositasidan foydalanib, odil sudlovga qarshi jnoyatlar;
9)
kompyuter vositasidan foydalanib, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga
qarshi jinoyatlar.
8
Kiberjinoyatchilikka oid normalarning qanchalik qat’ iy belgilab qo‘ yilgan
bo‘ lmasin bugungi texnologik o‘ sish ushbu qonunchilikni qayta ko‘ rib chiqishni
talab etmoqda. Shuni ham alohida takidlash joizki, bugungi kunda dunyoning100 dan
ortiq davlatlari, jumladan Interpol a’ zolarining 60%ida kiberjinoyatchilikka qarshi
kurashish uchun qabul qilingan qonunlar mavjud emas.
9
Butun dunyoda kiberxavfsizlik sohasi kuchaygan davrda boshqa davlatlar
tajribasinni o‘ rganish, amaliy jihatlarini o‘ z mamlakatimizda tadbiq etish juda
muhim. Shu jihatdan
Rossiya federatsiyasi
misolida olsak, voyaga yetmaganlar uchun
ushbu davlatda alohida internet tarmog‘ i yaratilgan ekan
,
Xitoy
davlati
esa voyaga
yetmaganlar uchun internetdan foydalanish soatlari tartibini joriy etgan, ayrim
davlatlarda (
Hindiston)
jamiyat rivojlanishi uchun to‘ sqinlik qiladigan saytlarga
cheklovlar o‘ rnatilgan.
Axborotlashtirish va kompyuter jinoyatlari sohasida qabul qilingan ilk normativ
huquqiy hujjat ham 1978-yilda AQSHda qabul qilingan bo‘ lib
“ Kompyuter
jinoyatlariga qarshi akt”
10
. Ushbu huquqiy hujjatni qabul qilinishi AQSHning ushhbu
yo‘nalishda ancha oldinda ekanini isbotlab turibdi.
AQSH qonunchiligi va bizdagi kabi kiber jinoyatlar yagona huquqiy hujjatlar
bilan tartibga solingan bo‘ lib, Buyuk Britaniyada esa bundan farqli ravishda alohida-
alohida qabul qilingan qonun hujjatlari bilan javobgarlik belgilanadi. Masalan, “
Jinsiy
jinoyatlar to‘ g‘ risida
”
11
gi qonunga ko‘ ra 16 yoshga to‘ lmagan bolalarga
pornografik mahsulotlar tarqatgan shaxslarga joniy javobgarlik belgilangan.
Raqamli texnologiyalar global miqyosda rivojlanar ekan, kiber jinoyatlar ham
hudud bo‘ yicha kengayib, transmilliy tus olib boraveradi. Bugungi kunda bitta davlat
doirasida kiberxavfsizlikni ta’ minlashning o‘ zi yetarli emas, chunki aksariyat
kiberhujumlar boshqa davlatlardan boshqariladi yoki ularda sodir etiladi. Masofadan
8
Salayev.N.S., Ro‘ziyev.R.N. Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishga oid milliy va xalqaro standartlar. Monografiya //
Ma’sul muxarrir: y.f.d.,prof. R.A.Zufarov. – Toshkent: TDYU,2018. – 139 bet.
9
10
F.I. Computer crimes Act tit. XLVI Chapter 815 (1978)
11
Sexual Offences Act 1956
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_4-to’plam_Aprel-2025
279
ISSN:3030-3613
turib tahdidlar amalga oshirish hozir keskin tus olgan. Shu sababli, xalqaro hamkorlik
kiberjinoyatchilikka
qarshi
kurashishda
hal
qiluvchi
rol
o‘ ynaydi.
Kiberjinoyatchilikka qarshi samarali kurashish biror davlatning yakkama-yakka
harakati bilangina erishilmaydi, balki keng ko‘ lamli xalqaro hamkorlik asosida
amalga oshiriladi. Shu sababli, O‘ zbekiston ham Budapesht konvensiyasi va boshqa
xalqaro shartnomlarga qo‘ shilishi, xalqaro axborot almashinuvi tizimlariga
integratsiyalashuvi va xalqaro tashkilotlar faoliyatida faol ishtirok etishi, ilg‘ or
tajribalarni mamlakat hududida joriy etilishi orqali kiberxavfsizlikni yanada
mustahkamlashi mumkin.
Xulosa
Kiberxavfsizlikni ta’ minlash, foydalanuvchilarning himoyasi nafaqat butun
hukumatning balki boshqa tashkilotlarning ham asosiy vazifasi. Davlat o‘ z
hududidagi fuqarolarning huquqlarini himoya qilish, baxtsiz hodisalarning oldini olishi
va ularni bartaraf etish choralarini ko‘ rishi zarur. Kiberjinoyatchilikka qarshi
kurashish uchun har bir davlat kiberxavfsizlikni to‘ g‘ ri tashkil qilishi va himoya
mexanizmlarini ishlab chiqishi zarur. Bu borada davlatlar o‘ rtasidagi xalqaro
hamkorlikni rivojlantirish ham juda muhim. Kiberjinoyatlar asosan rivojlangan va
rivojlanayotgan davlatlar hududida sodir etiladi. Bunga sabab yirik ishlab chiqarish
korxonalari, katta kompaniyalar va banklar ushbu davlatlarda, bu esa kiberjinoyatlar
uchun mo‘ maygina daromad manbayi bo‘ la oladi. Bunday holatlarni oldini olish
uchun esa davlat birinchi navbatda axborot texnologiyalarini jinoiy maqsadlarda va
boshqa g‘ ayriqonuniy faoliyatlarda foydalanishga qarshi tegishli qonun hujjatlarini
qabul qilishi lozim. Birgina normativ asoslarni yaratishning o‘ zi ham bu borada foyda
bermasligi mumkin. Shuning uchun kiberxavfsizlikni ta’ minlash, kiberjinoyatchilik
shakllarini yanada ko‘ payishi oldini olish uchun kompleks yondashuv lozim.
O‘ zbekistonda ham kiberxavfsizlikni ta’ minlash uchun huquqiy asoslar mavjud
bo‘ lsada, mavjud qonunlarni yanada takomillashtirish va ilg‘ or xorijiy tajribalarni
joriy qilish lozim. Xalqaro hamkorlik hamda tajriba almashinuvi kiber jinoyat
shakllariga qarshi kurashda muhim rol o‘ ynaydi.
Texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bir qatorda huquqni muhofaza
qiluvchi organlarning kiberjinoyatchilikni samarli tarzda tekshirish va jazolash tizimini
shakllantirish kerak. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, internet
tarmoqlaridan foydalanish madaniyatini shakllantirish, barcha ta’ lim muassasalarda,
ish joylarida kiberjinoyatlarda ogohlantirish choralarini ko‘ rish ham kiberxavfsizlikni
ta’ minlashda muhim ahamiyatga ega.
Xulosa sifatida kiber jinoyatlarning oldini olish va kiberxavfsizlikni
takomillashtirish uchun quyidagi quyidagilarni amalga oshirish lozim deb
hisoblayman:
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_4-to’plam_Aprel-2025
280
ISSN:3030-3613
huquqiy asoslarni mustahkamlash
– milliy qonunchilikni xalqaro
standartlarga moslashtirish, kiberjinoyatchilik bo‘ yicha maxsus qonun qabul qilish
hamda mavjudlarini takomillashtirish;
huquq-tartibot organlarini rivojlantirish
– kiberjinoyatchilikka qarshi
kurashish bo‘ yicha maxsus bo‘ linmalar tashkil etish;
fuqarolarning xabardorligini oshirish –
jismoniy hamda yuridik shaxslar
uchun kiberxavfsizlik bo‘ yicha dasturlar ishlab chiqish, huquqiy savodxonlik hamda
texnologik bilimlari oshirish choralarini korish;
yangi texnologik yutuqlarni kiberxavfsizlk yonalishida ham joriy etish
–
kiberxavfsizlik tizimlarini takomillashtirish, sun’ iy intellektdan huquqni muhofaza
qilish tizimlarida keng foydalanish.
Ushbu choralar kiber makonda xavfsiz muhit yaratish uchun hizmat qiladi.
Kelajakdagi sodir etilishi mumkin bo‘ lgan kiber jinoyatlarning yangi shakllarini
oldini olishga yordam bera oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
2.
O’zbeksiton Respublikasi Jinoyat kodeski;
3.
O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risida kodeksi;
4.
Kiberxavfsizlik to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonuni;
5.
O’zbekiston Respublikasining Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi 547-son
qonuni;
6.
Salayev.N.S., Ro‘ziyev.R.N. Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishga oid milliy
va xalqaro standartlar. Monografiya // Ma’sul muxarrir: y.f.d.,prof.
R.A.Zufarov. – Toshkent: TDYU,2018. – 139 bet;
7.
Карпова Д.Н. Киберпреступность: глобальная проблема и её решение.
//Власть. №8. 2014. С. 46-50;
8.
Robert M. Chesney, Computer Network Operations and U.S. Domestic Law: An
Overview, 89 INT’L L. STUD. 218, 230–32 (2013).
9.
“Cybercrime: The Transformation of Crime in the Information Age” D.S.Wall
(2007);
10.
Yevropa Kengashi - Kompyuter jinoyatchiligi to‘g‘risidagi konvensiyasi
axboroti (№ 185)(Budapest, 23-noyabr 2001-yil);