T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_4-to’plam_Aprel-2025
236
ISSN:3030-3613
YOSHLAR TARBIYASIDA IJTIMOI-PSIXOLOGIK MUOMMOLARNI
BARTARAF ETISH YO‘LLARI .
M.Xudoynazarova
Pedagogik Mahorat markazi
Pedagogika va psixologiya, ta’lim
texnologiyalari kafedra o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqola hozirgi kundagi barcha tinglovchilarning
muammolarini batafsil o‘rganish, ularni oldini olish va yordam berish, jamiyat
hayotida faolligini oshirish, qobiliyat va liderlik mahoratini oshirishga intilish, bu
muammolarini yechimini topishga harakat qilish, ular hayotida psixologik muhitni
yaratish va jamiyatda faoliyat olib borishga yordam berish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Kalit so‘zlar:
muammo, qobiliyat, imkoniyatlar, liderlik, xulq-atvor, xatti-
harakat, shaxs, psixologik xususiyat, ta’lim jarayoni, o‘quv faoliyati, o‘qitish
metodikasi, psixologik metodlar.
Аннотация:
Данная статья включает детальное исследование проблем всех
слушателей сегодня, их профилактику и помощь, повышение их активности в
жизни общества, стремление повысить свои способности и лидерские качества,
попытки найти решение этих проблем, создание психологической среды в их
жизни и помощь им в осуществлении деятельности в обществе.
Ключевые слова:
проблема, способности, возможности, лидерство,
поведение, поведение, личность, психологическая характеристика, учебный
процесс, учебная деятельность, методика обучения, психологические методы.
Annotation:
This article includes a detailed investigation of the problem of all
listeners today, prevention and help, improvement of activities and the spirit of society,
striving to increase their abilities and leadership qualities, trying to find a solution to
the ethical problem, creating a psychological environment and helping the spirit and
improving the society
.
Key words:
problem, ability, opportunities, leadership, behavior, behavior,
personality, psychological characteristic, educational process, educational activity,
teaching methodology, psychological methods.
Mustaqillik yosh avlodlarimizga, qolaversa, butun o‘zbek xalqiga erkin
yashash, rivojlanish, yurt ravnaqi uchun o‘z hissasini qo‘shish va bundan tashqari qator
cheksiz imkoniyatlar eshigini ochdi. Ayni shu mustaqillik hosilasi o‘laroq yurtimizda
amalga oshirilayotgan keng islohotlarni o‘quvchilar ongiga tub mohiyat ila yetkazib
berishda biz pedagoglar va ota-onalar zimmasiga ulkan vazifani yuklamoqda. Yangi
O‘zbekistonni birgalikda yarataylik, deya yurtboshimiz jon kuydirib olg‘a undayotgan
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_4-to’plam_Aprel-2025
237
ISSN:3030-3613
bir vaqtda biz pedagoglar, ota-onalar va keng jamoatchilik labbay deb javob
bermog‘imiz darkor, fikrimizcha. Davlatimizning rivojlanishi uchun barcha birga
harakat qilishi, Yangi O‘zbekistonni dunyo miqiyosiga rivojlangan holatda o‘z o‘rnini
topishida qalqon vazifasini o‘taydi. Yoshlarni o‘qib ilm olishlari uchun keng
imkoniyatlarni yaratilayotgani bizlarning qalbimizga quvonch baxsh etadi, ammo
ushbu imkoniyatlarni suiiste’mol etish holatlari ham uchrab turadi, albatta. Misol
uchun, biz bilgan juda ko‘plab davlatlarda ta’lim dargohlari pullik xizmat ko‘rsatadi.
Jannatmakon yurtimizda esa davlat ta’lim dargohlarini butunlay bepul tarzda faoliyat
yuritishlari izga qo‘yilgan. Bizlarga davlatimiz shunchalar keng imkoniyatlarni yaratib
berayotgan bir vaqtda barcha birlikda, hamjihatlikda harakatda bo‘lishi kerakligi
kelajak avlodimiz rivoji uchun dasturiamal vazifasini o‘taydi.
Har qanday pеdagog o‘zi tarbiyalayotgan o‘quvchisining ichki dunyosini
bilmay uni tarbiyalab, doimo yaxshi munosabatda bo‘la olmaydi. Biz har qanday
psixik jarayon yoki shaxs xususiyatlariga konkrеt inson shaxsiga xos ravishda
yondoshmog‘imiz lozim. Shuning uchun shaxsning jarayonlarini va xususiyatlarini
bilish uchun, shaxs haqida tushunchani uning dunyoqarashi masalalari bilan batafsil
o‘rganishimiz lozim. Odam shaxs bo‘lib tug‘ilmaydi balki ijtimoiy munosabatlar
taraqqiyoti jarayonida shaxs sifatida shakllanadi. Mustaqqillik tufayli shaxs ilmiy
dunyoqarashi tubdan o‘zgardi, inson shaxsi tarkib topishi uchun qulay psixologik
shart–sharoitlar ham yaratildi. Ayniqsa, fan tеxnika taraqqiyoti jadal rivojlanishi suniy
intеlеktning yaratilishi har bir shaxsning o‘z istе’dodlarini har tomonlama rivojlantirish
imkoniyatlariga ega bo‘ldi. Dеmak, shaxs tarbiyasi jarayoni ijtimoiy muammo bo‘lib,
uning yеchimi esa har bir inson o‘sha jamiyatning to‘laqonli faol a’zosi bo‘lishligi
bilan bеlgilanadi. Har bir inson shaxsi ijtimoiy va individual, umumiy va xususiy
holatlarni o‘zida mujassamlantiradi. Insonni har tomonlama kamol toptirish, shaxsni
shakllantirish oiladan boshlanadi. Bu borada inson ontogеnеzi ma’lum bir kеtma–
kеtlikda, umr bosqichlarida, kamolot pillapoyalarida shakllanadi.
Atoqli rus pеdagogi K. D. Ushinskiy aytganidеk: ”Agar pеdagogika kishini har
tomonlama tarbiyalamoqchi bo‘lsa, avvalo o‘zi uni har tomonlama bilib olishi kеrak”.
Mustaqillik yosh avlodlarimizga, qolaversa, butun o‘zbek xalqiga erkin yashash,
rivojlanish, yurt ravnaqi uchun o‘z hissasini qo‘shish va bundan tashqari qator cheksiz
imkoniyatlar eshigini ochdi. Ayni shu mustaqillik hosilasi o‘laroq yurtimizda amalga
oshirilayotgan keng islohotlarni o‘quvchilar ongiga tub mohiyat ila yetkazib berishda
biz pedagoglar va ota-onalar zimmasiga ulkan vazifani yuklamoqda.
Hayotiy muammolar, ayniqsa yoshlarning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy hayotga
kirib kelishi, jamiyat hayotiga kirib kelishi pedagog yoki psixologlarni emas, faylasuf
va sotsiologlarni ham befarq qoldirmadi. Buning asosida albatta sotsiologik muhit va
xulq atvor tarbiya yotadi. Psixologiya eng muhim ijtimoiy hamda oraliq fanlardan biri
bo‘lib, fan va tеxnika tobora taraqqiy etib borayotgan bugungi kunda psixologiya
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_4-to’plam_Aprel-2025
238
ISSN:3030-3613
fanida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bеrmoqda. Kishilarning o‘zaro munosabatlari, jamoani
diffеrеntsiyalash, jamoada jipslik masalalar yuzasidan olib borilayotgan ilmiy
tadqiqot ishlari turli xil jamoalarni birlashtirishni to‘g‘ri amalga oshirish orqali
barkamol avlodni shakllantirish imkoniyatini bеradi. Bo‘lajak mutaxassislarni davlat
ta’limi standarti asosida jahon ta’lim talabiga, bozor iqtisodiyotiga javob bеra oladigan
raqobatbardosh, dunyoqarashi kеng qilib tarbiyalash davr talabi bo‘lib qolmoqda.
Ta’limning muvaffaqiyati esa tashkil etilgan o‘quv faoliyatining har bir tinglovchi
shaxsiga, uning ijtimoiy taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi bilan belgilanadi. Bu
mas’uliyatli vazifani, ayniqsa, bugungi kunda psixologik xizmatsiz tasavvur qilib
bo‘lmaydi. Ijtimoiy jamiyatda yashar ekanmiz yoshlarning ijtimoiy - psixologik
muammolar kelib chiqishiga yana bir sabab bu ota onalar befarqligi va bolasiga vaqt
ajratmaganligi. Shunday ota-onalar borki aynan farzandi yetuklik davridan o‘tayotgan
paytida unga e’tiborsiz bo‘ladi. Nimaga qiziqishini ham so‘ramaydi. Mana nimadan
kelib chiqadi yoshlarda psixologik muammolari . – o‘zining so‘zini to‘g‘ri deb
hisoblash – yolg‘iz qolishga moyilli – e’tibor istashdan kelib chiqadi va ko‘pchilik
yoshlar internet vertual olamdan o‘ziga najot topadi. Bundan tashqari ko‘plab sanash
mumkin ular psixikasiga ta’sir etadigan o‘yinlar, videolar turli tarmoqlar, ularni
hammadan jamiyatdan oiladan uzoqlashtiradi. Natijada yoshlar jamiyatga qo‘shilgisi
kelmaydi. Jamiyatda shaxslarning yoshlarning xulqi o‘zini tutish sabablarini o‘rganish
tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib masalaning ikki jihati farqlanadi.
a) ichki sababar -xatti harakat egasining subyektiv psixologik xususiyatlari
(motivlar ehtiyoj maqsad mo‘ljal istaklar)
b) tashqi sabablar-faolyatning tashqi shart sharoitlari va holatlari, ya’ni tashqi
stimullar hisoblanadi. Ya’ni yoshlarda qachon psixologik ijtimoiy muammolar paydo
bo‘ladi qachonki bu ikkita sabablar yo‘qolsa yoki umuman bo‘lmasa. Yoshlar bunday
muammolarga kirib qolmaslik uchun ularda doimo stimull bo‘lishi kerak. Hayotning
har qanday zarbasiga tayyor turishi kerak. Qachonki insonda maqsad bo‘lmasa, uni
hayotini mazmuni qolmaydi.
Bugungi kunda ko‘p odamlar hayotidagi psixologik muammolarni yengishda
qiyinchiliklarga duch kelayotgani haqiqatdir. Psixologik muammolar bizning ruhiy
salomatligimizga ta’sir qiladigan va hayot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan turli xil
sharoitlarni anglatadi. Ushbu maqolada asosiy e’tibor psixologik muammolarning
belgilari, sabablari va usullariga qaratiladi.
Psixologik muammolarning belgilari har bir kishi uchun har xil bo‘lishi mumkin.
Ammo, umuman olganda, quyidagi alomatlar psixologik muammolar mavjudligini
ko‘rsatishi mumkin:
Hissiy alomatlar
: qayg‘u, umidsizlik, g‘azab, tashvish, aybdorlik kabi tez-tez
kuchli hissiy reaktsiyalar.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_4-to’plam_Aprel-2025
239
ISSN:3030-3613
Xulq-atvor belgilari
: apatiya, ijtimoiy chekinish, uyqu va ishtahaning
buzilishi, spirtli ichimliklar yoki moddalarni iste’mol qilish kabi xatti-harakatlardagi
o‘zgarishlar.
Kognitiv belgilar
: diqqatni jamlashda qiyinchilik, qaror qabul qilishda
qiyinchilik, unutuvchanlik, salbiy fikrlarni doimiy ravishda orqaga qaytarish.
Jismoniy alomatlar
: bosh og‘rig‘i, oshqozon muammolari, mushaklarning
kuchlanishi, energiya etishmasligi kabi jismoniy kasalliklar.
Psixologik muammolarni hal qilish uchun ko‘plab davolash usullari mavjud.
Ushbu usullar terapiya, dori-darmonlar, qo‘llab-quvvatlash guruhlari va turmush
tarzini o‘zgartirishni o‘z ichiga oladi. Terapiya insonga psixologik yordam beradi va
muammolarning ildiziga kirishga yordam beradi. Semptomlarni bartaraf etish va
kimyoviy muvozanatni tartibga solish uchun dori vositalaridan foydalanish mumkin.
Yordam guruhlari shu kabi muammolar bilan kurashayotgan shaxslarni qo‘llab-
quvvatlash va almashishni taklif qiladi. Bundan tashqari, sog‘lom ovqatlanish,
muntazam jismoniy mashqlar, uyqu rejimiga e’tibor va stressni boshqarish kabi
turmush tarzi o‘zgarishlari ham psixologik muammolarni engishda samarali bo‘lishi
mumkin.
“Yalpi fikriy hujum” metodi asosida fikrlarimizni umulashtirganda quyidagicha
ma`lumotlar ustida to`xtalib o`tish maqsadga muvofiq. Metod o‘quvchilar
tomonidan yangi g‘oyalarning o‘rtaga tashlanishi uchun sharoit yaratib berishga
xizmat qiladi. Har bir 5 yoki 6 nafar o‘quvchilarni o‘z ichiga olgan guruhlarga 15
daqiqa ichida ijobiy hal etilishi lozim bo‘lgan turli xil topshiriq yoki ijodiy vazifalar
belgilangan vaqt ichida ijobiy hal etilgach, bu haqida guruh a’zolaridan biri axborot
beradi. Guruh tomonidan berilgan axborot (topshiriq yoki ijodiy vazifaning yechimi)
o‘qituvchi va boshqa guruhlar a’zolari tomonidan muhokama qilinadi va unga baho
beriladi. Mashg‘ulot yakunida o‘qituvchi berilgan topshiriq yoki ijodiy vazifalarning
yechimlari orasida eng yaxshi va o‘ziga xos deb topilgan javoblarni e’lon qiladi.
Mashg‘ulot jarayonida guruhlar a’zolarining faoliyatlari ularning ishtiroklari
darajasiga ko‘ra baholab boriladi.
Xulosa qilib aytganda, psixologik muammolar insonning ruhiy salomatligiga
ta’sir qiluvchi muammolardan biridir. Yosh avlodni barkamol, sog’lom, Vatan
tuyg‘usini his qila oladigan shaxs qilib voyaga etkazish, birinchi navbatda, oilaga va
ota-onaga bog’liqdir. Yosh avlodda kelajakka bo’lgan ishonch hissini uyg’otish uchun
esa, ajdodlarimizning ma’naviy axloqiy merosini chuqur o‘rgatish, ularning iste’dodi
va qobiliyatini buyuk maqsadlar sari yo‘naltirish maqsadga muvofiqdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1.
Davlеtshin M.G. «Umumiy psixologiya» T-2000y.
2.
Nеmov R.S. «Psixologiya» T.1.M. 1998y.
3.
Gamеzo A. «Atlas po psixologii» Moskva 2001.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_4-to’plam_Aprel-2025
240
ISSN:3030-3613
4.
Karimova V.M. «Psixologiya» T.Shark 2002y.
5.
Goziеv Yo.Yo. «Umumiy psixologiya» I-II tom.Toshkеnt-2002y.
6.
Pеtrovskiy I.V. «Umumiy psixologiya» «O‘qituvchi». 1992y.
7.
Psixologiya V.Karimova. Toshkеnt,2002y.
8.
Nishonova Z.T, Oliy maktab psixologiyasi, Toshkеnt, 2003y.
9.
Musa Halilov, Sharif Fayzullayev. Umumiy psixologiya I qism. Samarqand 2002
y.