Mualliflar

  • Tilakova Mavjuda Ashurovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95718

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari bo ‘lgan bola shaxsning psixologik xatti-harakati qiziqishi qobiliyati.

Annotasiya

Annotatsiya 
          Inklyuziv  ta’lim  tizimiga  umumiy  o‘rta,  o‘rta  maxsus,  professional  ta’limi 
muassasalari  kiradi.  Uning  maqsadi  alohida  ta’lim  ehtiyojlari  va  individual 
imkoniyatlarning xilma-xilligini inobatga olgan holda bolalarni o‘qitish va o‘qitishda 
to‘siqsiz muhit yaratishdir 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

231

ISSN:3030-3613

ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALAR VA

O‘SMIRLARNING TA’LIM OLISHLARI UCHUN ZARURIY PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK SHAROITLARNI YARATISH

Tilakova Mavjuda Ashurovna

Jizzax viloyat pedagogik mahorat marazi dotsenti

Annotatsiya

Inklyuziv ta’lim tizimiga umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’limi
muassasalari kiradi. Uning maqsadi alohida ta’lim ehtiyojlari va individual
imkoniyatlarning xilma-xilligini inobatga olgan holda bolalarni o‘qitish va o‘qitishda
to‘siqsiz muhit yaratishdir

Kalit so‘zlar:

Inklyuziv ta’lim, alohida ta’lim ehtiyojlari bo ‘lgan bola,

shaxsning psixologik xatti-harakati, qiziqishi, qobiliyati.

Annotation

The inclusion inclusive education system includes institutions of general
secondary, secondary special, professional education. Its purpose is to create an
unobstructed environment in the education and training of children, taking into account
individual educational needs and the diversity of individual opportunities

Keyword:

Inclusive Education, a child with special educational needs,

psychological behavior, interest, ability of the individual.

Аннотация

K системе инклюзивного образования относятся общеобразовательные

учреждения среднего, среднего специального, профессионального образования.
Его цель-создать безбарьерную среду для обучения и воспитания детей с учетом
индивидуальных

образовательных

потребностей

и

разнообразия

индивидуальных возможностей.

Ключевое слово

: Инклюзивное образование, ребенок с особыми

образовательными потребностями, психологическим поведением, интересами,
способностями личности.

Inklyuziv ta’lim tizimiga umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’limi
muassasalari kiradi. Uning maqsadi alohida ta’lim ehtiyojlari va individual
imkoniyatlarning xilma-xilligini inobatga olgan holda bolalarni o‘qitish va o‘qitishda
to‘siqsiz muhit yaratishdir. Ushbu chora-tadbirlar majmuasi ta’lim muassasalarining
texnik jihozlanishini hamda o‘qituvchilar va boshqa talabalar uchun ularning
nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan
maxsus o‘quv kurslarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. О‘zbekiston respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021- yil 12-oktabrdagi «Alohida ta’lim ehtiyojlari


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

232

ISSN:3030-3613

bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash
to‘g‘risida»gi

638

-

son qaror qabul qilindi. Mazkur

hujjat 13.10.2020 yildagi «Alohida

ta’lim

ehtiyojlari

bo‘lgan

bolalarga

ta’lim-tarbiya

berish

tizimini

yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi

PQ-4860-

son qarorga muvofiq

ishlab chiqilgan. Jamiyatda yashayotgan har bir shaxsda mehr olish, doim e’tiborda
bo‘lish, atrof muhitdagi turli ta’sirlardan himoyalanish istagi, shaxsiylik faoliyatini
ruhlantirish va mehr muhabat kabi ehtiyojlarga doimo asosiy ehtiyojlar qatoriga kirgan.
Bu kabi xislatlar turli nogironligi bo‘lgan insonlar ham bundan xissiyotlarga ehtiyoj
sezadilar. Bu kabi xususiyatlardan tashqari ularning o‘ziga xos xususiyatlari va alohida
shaxsiy ehtiyojlari ham mavjud bo‘ladi. Shaxsning psixologik xatti-harakati, qiziqishi,
qobiliyati va boshqa bir qator jihatlari ham anamaliyalari o‘xshash bo‘lgan jihatlarda
ham ularning bu kabi xususiyatlari farq qilishiga ko‘p bora guvoh bo‘lganmiz.
Mamlakatimizda inklyuziv ta’limni ta’lim oluvchilarning ijtimoiy ehtiyojlari va
shaxsiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda fan, ta’lim va ishlab chiqarishning
mustahkam integratsiyasini ta’minlash asosida tashkil etishning huquqiy – me’yorlari
ishlab chiqilgan. “Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’limni
tashkil etish maqsadida ta’lim muassasalari moddiy texnika bazasini mustahkamlash,
o‘quv dasturlarini adaptivlashtirish, sog‘lomlashtiruvchi sifatli ta’lim xizmatlari
imkoniyatlarini oshirish hamda bu jarayonga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash”
kabi muhim vazifalar belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi PF-5270-son
“Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2019-yil 29-apreldagi PF5712-son
“Xalq ta’limi tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida”, 2020- yil
6- noyabrdagi PF-6108-son “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya
va ilm-fan sohalarini rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi, 2022- yil 28-
yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan YAngi O‘zbekistonning
taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”, farmonlari, 2020- yil 13- oktyabrdagi PQ–4860-
son “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada
takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 12- oktyabrdagi 638-son “Alohida ta’lim ehtiyojlari
bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ huquqiy xujjatlarni tasdiqlash
to‘g‘risida”gi qarori va boshыa xujjatlarda kadrlar masalasi, ta’lim mazmunini
modernizatsiyalash, jarayonni metodik va didaktik ta’minlash vazifalari belgilab
berilgan.
Inklyuziv ta’limni oiladan maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumta’lim
maktablarida, kasb-hunar kollejlari va oliy oʻquv muassasalarida joriy etish natijasida
imkoniyati cheklangan insonlarga nisbatan umumiy munosabat oʻzgarayotgani


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

233

ISSN:3030-3613

ma’lum boʻldi. Bu esa ularning hayotda muvaffaqiyat qozonishi uchun omil boʻlib
xizmat qilishi mumkin.
Inklyuziv ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarga umumta’lim jarayonidagi
barcha tadbirlarda faol va muntazam ishtirok etish imkonini beradi. Buning natijasida
stereotiplar shakllanishining oldi olinib, koʻrsatiladigan individual yordam imkoniyati
cheklangan bolalarni jamiyatdan ajratib qoʻymaydi. Ular olgan koʻnikmalarini
umumlashtirish imkoniga ega boʻlishadi. Imkoniyati cheklangan insonlar uchun ishlab
chiqilgan va jamiyatga reja asosida joriy etilayotgan inklyuziv ta’lim strategiyasi
oʻqishning uzluksiz va muttasilligini ta’minlaydi. Oila – bolalar bogʻchasi – maktab –
kasb-hunar kolleji – ish bilan ta’minlash – ushbu tizim kelajakda ota-onalarga
imkoniyati cheklangan bolalarini umumta’lim muassasalari va oliy oʻquv yurtlariga
bemalol, xavfsiramasdan olib kelishlari uchun zamin yaratadi.
Alohida ehtyojli bolalar barcha bolalar kabi, teng huquqli boʻlib ular bilan bir
jamoada yashash va birgalikda ta’lim olish huquqiga egadirlar. Alohida ta’lim olish
esa bu huquqni cheklaydi va oʻz-oʻzini namoyon qilish imkoniyatlaridan mahrum
qiladi. Alohida ehtiyojli bolalar ularning cheklangan imkoniyatlari tufayli alohida
oʻqitilishi ularning ijtimoiylashuvini chegaralab, mustaqil hayotga tayyor boʻlishini
qiyinlashtirishiga olib keladi. Birlashtirilgan, inklyuziv ta’lim – inson huquqlarining
dolzarb muammosi boʻlib kelgan. Hali juda koʻp bolalar otaonalarining bola uchun
qulay sharoiti mavjud, deb hisoblagan maxsus internatlarda oʻqitishi tarafdori boʻlib
kelmoqda. Lekin voyaga yetgan katta yoshli nogironlar, oʻzlarini inklyuziv ta’lim
shartlarini boshidan kechirgan deb ta’riflab, alohida ta’limning bekor qilinishini talab
qilmoqdalar. Chunki “qulay, imtiyozli sharoitda, hamma narsa tayyor boʻlgan
sharoitdan chiqgach, tashqariga moslashish, oʻz oʻrnini topish mashaqqati uzoq yillar
davom etadi.
Inklyuziv ta’lim tizimini samarali tashkil etish, barcha imkoniyati cheklangan
o‘quvchilarni umumta’lim tizimiga qamrab olish hamda ijobiy natijalarga erishish
uchun mavjud muammolari ularni bartaraf etish yo‘llarini izlab topish hamda amalga
oshirish lozim. Buyuk Britraniya davlati “Bolalarni qutqaring” tashkiloti, uning boshqa
mamlakatlardagi tashkilotlari inklyuziv ta’limdagi asosiy to‘siqlarni xalq ta’limi tizimi
va maktablarga qo‘yadi. Bizning fuqarolik jamiyatiga qadam qo‘yayotgan
davlatimizda bunday to‘siqlarni o‘z-o‘zini boshqarishning milliy modeli bo‘lgan
mahallarda hal etish mumkin. E’tiborsizlik, yashirish, mablag‘ masalasi, sharoitga
moslashmaslik, kambag‘allik, sinfda o‘quvchilar sonining ko‘pligi, kamsitish,
qaramlik, kutilmagan holatlar kabi to‘siqlarni mahallalarda bemalol bartaraf etsa
bo‘ladi, yoki bu muammolarni hal etishni quyidagi jadval asosida shunday tasdiqlash
mumkin.
Har bir bolaning ta’lim olishdagi teng huquqliligini ta’minlash har qanday
diskriminatsiya va kamsitishlarning oldini olishga xizmat qiladigan inklyuziv ta’lim


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

234

ISSN:3030-3613

tushunchasi ham qonuniy kuchga kiritilishi uzoq kutilgan yangiliklardan biri
hisoblanadi. Shular nazarda tutilgan holda hozirgi kunda birlashtirilgan –inklyuziv
davlat siyosati darajasida koʻrilmoqda.
Bu ta’limga oʻtish jarayoni uchun quyidagilar amalga oshirilishi talab etiladi:
- Ta’limda alohida ehtiyojlari boʻlgan bolalarga munosabatlarning oʻzgarishi;
- Oilaning bunga tayyor boʻlishi;
- maxsus maktab ta’limida bolalarning oʻqitilish vaqti qisqartirilib bolalar
boshlangʻich bosqichda reabilitatsiya boʻlishini ta’minlovchi shartsharoitlar
yaratilishi;
- maxsus maktab ta’limi sohasi malakali mutaxassislar bilan ta’minlanishi,
korreksiya va reabilitatsiya jarayonini sifatli va tezkor amalga oshirilishi uchun zarur
jihozlar bilan ta’minlanishi;
- maxsus maktab ta’limi va oila hamkorligiga erishish, oilaning reabilitatsiya
jarayonida faol boʻlishiga erishish (qoʻshimcha uyda shugʻullanish, repititor, maxsus
psixolog maslahati orqali).
Umumta’lim maktablarni birgalikdagi–inklyuziv ta’limga tayyorlash:
- Maxsus infrastruktura yaratish;
O‘zbeskistonda maxsus ta’lim sohasida quyidagi tadbirlar amalga
oshirilmoqda:
- yordamga muhtoj bolalar uchun moslashuvchan va ko‘p qirrali ta’lim tizimini
yaratish;
- mahalliy va mintaqaviy miqyosda maxsus ta’limning tobora oshib borayotgan
ahamiyati asosida ta’lim boshqaruvini markazlashtirish; yordamga muhtoj bolalarga
yoshlikdan toshhis qo‘yish va kasalpiklarni aniqlash uchun sharoit yaratish;
- milliy ta’lim standartlari asosida yordamga muhtoj bolalarga mo‘ljallangon
o‘quv qo‘llanmalar sifatini yaxshilash; ta’pim muassasalarining moddiy-texnika
bozasini mustahkamlash;
- nogiron bolalar bilan ishlashga ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar bilan
hamkorlik aloqalarini kengaytirish;
- ko‘zi ojiz bolalar uchun mo‘ljallangan turli kitoblar, metodologik adabiyotlarni
chop ztish;
- nogiron bolalarni maxsus aravachalar,

eshitish moslamalari

, ko‘zoynaklar,

sport anjomlari, ish asbob-uskunalari, kanselyariya mollari, maxsus mebellar va tibbiy
uskunalar bilan ta’minlash;
- maxsus talim sohasida kadrlar tayyorlash.
Hozirgi kunda qator ekologiq ijtimoiy va boshqa sabablarga ko‘ra, shuningdeq
homiladorlikdan keyingi patologik asoratlar natijasida bola rivojlanishi va birinchi
navbatda, uning ongi, atrof-muhit tahlili holda faoliyatini nazorat qilish va boshqarish
funksiyalarining rivojlanish masalasini o‘rganish muhimdir.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

235

ISSN:3030-3613

Hozirgi

vaqtda inklyuziv ta’lim subyektlarini psixologik-pedagogik

qo‘llabquvvatlash mazmuni o‘rganishning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylanib
bormoqda. Bu jarayon alohida ta’lim ehtiyojli bolaning ijtimoiy muhitga samarali
integratsiyalashuvini ta’minlashga, uning o‘zini o‘zi belgilashiga, o‘zini o‘zi
anglashiga, o‘zini o‘zi tasdiqlashiga hissa qo‘shishga qaratilgan barcha ta’lim
subyektlarining faoliyati bilan o‘zaro bog‘liqdir. Psixologik va pedagogik yordam
muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashish va har qanday ta’lim tashkiloti talabalarining
shaxsiy hayoti va kasbiy o‘zini o‘zi belgilashi bilan bog‘liq turli vaziyatlarda maqbul
yechimlarni tanlashning zaruriy shartidir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil
29-apreldagi PF-5712-son Farmoni.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan
bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari
to‘g‘risida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-son qarori.

3.

Fayziyeva U., Nazarova D., Kolbayeva X. J. Eshitishida muammolari bo‘lgan
bolalar inklyuziv ta’limi. O‘XTV Avloniy nomidagi XTRXMOMI, BMT Yunisef.
XBJ.T.,2005

4.

X.N.Muzaffarova, D.Tangirova “Inklyuzv ta’lim” fani bo‘yicha o‘quv metodik
qo‘llanma. Jizzax davlat pedagogika instituti. 2011

5.

Педагогика и психология инклюзивного образования: учебное пособие . -
Казань, 2013.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi

tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil

-apreldagi PF-5712-son Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan

bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari

to‘g‘risida” 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-son qarori.

Fayziyeva U., Nazarova D., Kolbayeva X. J. Eshitishida muammolari bo‘lgan

bolalar inklyuziv ta’limi. O‘XTV Avloniy nomidagi XTRXMOMI, BMT Yunisef.

XBJ.T.,2005

X.N.Muzaffarova, D.Tangirova “Inklyuzv ta’lim” fani bo‘yicha o‘quv metodik

qo‘llanma. Jizzax davlat pedagogika instituti. 2011

Педагогика и психология инклюзивного образования: учебное пособие . -

Казань, 2013.