T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_4-to’plam_Aprel-2025
220
ISSN:3030-3613
INSON NUTQIY FAOLIYATINING PSIXOLOGIK VA LINGVISTIK
JIHATLARINI TAHLIL ETISH MASALALARI
Gulrux Babayeva Namazovna
Samarqand viloyati Narpay tumani 14-maktab psixologi
Xoliqova Dilshoda Uralovna
Samarqand viloyati Narpay tumani 14-maktab ona tili va adabiyoti fani
o'qituvchisi
Annotatsiyaː
Psixolingvistika nutqning shakllanishi va uni idrok etish
qonuniyatlari haqidagi fan bo‘lib, u nutqni shakllantirish jarayonlarini, shuningdek, uni
til tizimiga muvofiq ravishda idrok etish masalasini o‘rganadi. Chunki psixik
jarayonlar: sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq, diqqat kabilarning barchasi o‘zga
tilni o‘rganishda, nutq shakllanishida asosiy faoliyat hisoblanadi. Shuning uchun
psixolingvistika nafaqat so‘zlarni tushunish, idrok etish, ona tilini o‘rganilayotgan chet
tilga ijobiy va salbiy ta’sirini o‘rganadi, balki o‘quvchining ruhiy olami, mashg‘ulotlar
jarayonida til o‘rganishga qiziqishi, ko‘nikmalar integratsiyasidagi qiyinchilaklari
bilan ham shug‘ullanadi.
Kalit soʻzlar:
Psixolingvistika, nutq, ruhiy olam, integratsiya, idrok etish,
KIRISH
Bugungi kunda jahon talablariga javob beradigan darajada til o‘qitish masalasi
davlat siyosatining ustuvor masalalaridan biriga aylandi. Bu sohani sifatli rivojlantirish
maqsadida qabul qilingan chet til o‘qitish bo‘yicha qaror va farmonlar sifatli ta’lim
berishga asos bo‘ldi. Ta’lim jarayonini zamonaviy texnologiyalar bilan olib borish
o‘quvchining bilish jarayonidagi faolligini oshiradi, chet tiliga nisbatan motivatsiya
uyg‘otadi. Til haqiqatan ham aloqa vositasi. Ammo uning yordamida o‘quvchilar bir-
birlari bilan o‘zaro ruhiy jihatdan aloqaga ham kirishadilar, o‘zaro axborot
almashadilar, bir-birlariga ta’sir o‘tkazadilar, har bir so‘z va tushunchalarni his
qiladilar, xulosa chiqaradilar. Qanday til bo‘lishidan qat’iy nazar o‘qituvchida
pedagogik va psixologik ko‘nikmalarning bo‘lishi talab etiladi. Albatta, chet tilni
o‘qitish metodikasi uchun nutqni rivojlantirish va uning psixologik jarayonlarni bilish,
o‘rganish muhimdir. Natijaga erishish uchun esa inson psixologiyasiga e’tibor berish,
uni pedagogika, lingvistika bilan qo‘shaloq holda o‘rganishni tashkil etish maqsadga
erishishning birdan bir yo‘li hisoblanadi. O‘qitish qonuniyatlarining didaktik
tamoyillarga asoslangan holda tashkil etish uchun, albatta, innovatsiyaga asoslanish
zarur.
Psixolingvistika – inson nutqiy faoliyatining psixologik va lingvistik jihatlarini
o‘rganuvchi fan bo‘lib u o‘quvchining tili va nutqini rivojlantiradi hamda o‘quvchining
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_4-to’plam_Aprel-2025
221
ISSN:3030-3613
ruhiyati va dunyoqarashini umumlashtiradi, uni o‘rganishda beriladigan bilimlar
o‘quvchilarni his qila olishiga, idrok eta olish, esda saqlash qobiliyatlarini
rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozimligini ko‘rsatdi. Nemis tilida beriladigan
mavzularning xususiyatidan kelib chiqib, u o’quvchining psixofiziologik va
psixosotsiologik xususiyatlariga mos holda berilishi, shuningdek, ma’lum faktlar,
tushunchalar, qoidalar va uzluksizlikni hisobga olgan holda bilimlar tahlil qilinishi
zarur. Nemis tilini o‘qitishda o‘quvchilarning ta’limiy kompetentsiyani rivojlantirish
o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va motivatsiyaga asoslangan bilim berishiga bog‘liq.
Psixolingvistikaning tadqiq ob’yekti nutqiy faoliyat jarayoni, nutq birliklari
ekan, uni metodik jihatdan o‘rganishda biz ham nutqiy faoliyat jarayonini amalga
oshirishni ob’yekt qilib olamiz. Chunki til o‘qitishda axborotni tinglovchiga yetkazish,
so‘zlovchi va uni qabul qiluvchining ruhiyati kabi masalalarni o‘rganish muhim
hisoblanadi. A.A.Leontyev tomonidan berilgan eng zamonaviy ta’rif turli nuqtai
nazarlarni umumlashtira oladi: “Psixolingvistika predmeti, bir tomondan, shaxsning
nutq faoliyati tizimi va funktsiyalari bilan aloqadorligi, boshqa tomondan esa,
insoniyat olamining “shakllangan” tasviri bo‘lgan tildir”.
Nemis tilini o‘rganishda o‘quvchining psixologik rivojlanish qonuniyatlarini
bilish va shu asosda bolalarni kuzatish; ta’lim jarayonida psixologik-pedagogik
metodlardan foydalanishning ahamiyati va imkoniyatlarini aniqlash asosiy
vazifalarimizdan biri sifatida belgilanib, o‘quvchi nutqiy mexanizmlarini til tizimi
bilan o‘zaro aloqadorligini o‘rganish vazifa sifatida tahlil etilgan.
Psixolingvistika nafaqat so’zlarni tushunish, idrok etishni, ona tilining
o‘rganilayotgan chet tilga ijobiy va salbiy ta’sirini o‘rganadi, balki o‘quvchining ruhiy
olami, mashg‘ulotlar jarayonida til o‘rganishga qiziqishi, ko‘nikmalar
integratsiyasidagi qiyinchiliklar bilan ham shug‘ullanadi. Shuningdek, chet til
o‘qitishni hayotiylashtirish zarurligi, tilni puxta o‘rganish uchun kishining idroki,
tildan muloqot vositasi sifatida foydalana olishi, o‘z milliy qadriyatlarini his qila olishi
kabilar belgilangan. R.M.Frumkina ta’kidlashicha
,
tilni ruhiy hodisa sifatida o‘rganilsa
va o‘qitish jarayonida o‘qituvchi introspektsiyadan, ya’ni o‘quvchi o‘z xatolarini
tushinib yetishi va to‘g‘rilay olish qobiliyatiga ega bo‘lishi, aqliy moslashuvining
shakllanishi samarali ekanligini anglatadi
Har bir darsda o‘qituvchi psixologik jarayonlarning qismlarini ajratishi lozim
bo‘ladi. Jumladan, berilgan matnning yoki so‘zning o‘ziga xos jihatlarini idrok etish,
uning mazmunini anglab yetish, asardagi ta’sirchan so‘zlarni xotirada saqlab qolish,
asar matnidagi so‘zlar, iboralarning mazmuni ustida fikrlash, obrazlar, kechinmalarni
his etish kabilarga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. O‘quvchilar muloqot jarayonini
amalga oshirishda (chet til o‘rganishda) so‘z, tushuncha, matnni idrok etishlari, hissiy
kechinmalarini anglashlari, millat tuyg‘usi kabi jihatlar shakllanishiga erishish
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_4-to’plam_Aprel-2025
222
ISSN:3030-3613
mumkin bo‘ladi, shuningdek, har ikki tildagi berilgan so‘zlarni o‘rganadi hamda ushbu
jarayonda bir qancha yutuqqa erishiladi.
XULOSA
Ma’lumki, o‘zbek xalqining o‘z ruhiy qiyofasi, milliy xususiyati, milliy
xarakteri, milliy histuyg‘usi, mijozi (temperament), xulq - atvori, xulqi, didi, ta’bi
alohida ajralib turadi. O‘zbek millatining bilish jarayonlari (sezgisi, idroki, tasavvuri,
xotirasi, tafakkuri, xayoloti) qobiliyatining aniq yo‘nalishiga qaratilganligi, extiyoji va
qiziqishi, milliy ongi o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Shuning uchun ham nemis tili
darslarida lug‘at ustida ishlashda har bir xalqning milliy urf-odatlarini va unda
ishlatiladigan so‘zlarni qanday qo‘llash va undan foydalana olish yo‘llarini o‘rgatish
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ta’lim jarayonida har ikki xalqning o‘ziga xos
xususiyatlaridan kelib chiqib, nutqda so‘zlarni qo‘llashga o‘rgatish zarur. Chunki
psixolingvistikada so‘zlashish odoblari, so‘zlovchi va tinglovchining madaniylik, til
bilish darajasi, his-tuyg‘usi o‘z aksini topadi. Amaliy kuzatishlar shuni
ko‘rsatmoqdaki, o‘quvchilarning o‘zbek va nemis millatiga xos bo‘lgan urf-odatlari,
milliy xususiyatlarini til orqali o‘rganiladi, ijodiy faoliyatlari rivojlanadi. Voqe’likni
tasavvur va idrok eta olishlari turli yosh davrlarida turlicha namoyon bo‘ladi hamda
o‘ziga xos vazifalarni bajaradi. O‘quvchilarning tabiiy idroklari muayyan vaziyatlarda
yaratilgan voqe’likni tasavvur etish bilangina cheklanmaydi. Turli yoshda
o‘quvchilarning o‘quv va ijodiy faoliyatlari yetakchi yoki ikkinchi darajali xarakterga
ega bo‘lishi mumkin.
Psixolingvistika nutqning shakllanishi va uni idrok etish qonuniyatlari haqidagi
fan bo‘lib, u nutqni shakllantirish jarayonlarini, shuningdek, uni til tizimiga muvofiq
ravishda idrok etish masalasini o‘rganadi. Chunki psixik jarayonlar: sezgi, idrok,
xotira, tafakkur, xayol, nutq, diqqat kabilarning barchasi o‘zga tilni o‘rganishda, nutq
shakllanishida asosiy faoliyat hisoblanadi. Shuning uchun psixolingvistika nafaqat
so‘zlarni tushunish, idrok etish, ona tilini o‘rganilayotgan chet tilga ijobiy va salbiy
ta’sirini o‘rganadi, balki o‘quvchining ruhiy olami, mashg‘ulotlar jarayonida til
o‘rganishga qiziqishi, ko‘nikmalar integratsiyasidagi qiyinchilaklari bilan ham
shug‘ullanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Леонтьев А.А. Психолингвистии высказывания / порождение речевегоческие
единицы.-М., : Эдиториал УРСС, 2003. -312 с.
2.
Леонтьев А. А. Язык и речевая деятельность в общей и педагогической
психологии / М. : Изд-во Моск. психол.-соц. ин-та ; Воронеж : МОДЭК, 2001
- 444, [3] с.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_4-to’plam_Aprel-2025
223
ISSN:3030-3613
3.
Otayev R. Ruhiy asos talqini. Falsafiy badia. -T.: G‘afur G‘ulom nashriyoti, 1983.
16-b 4. Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz. Toshkent: O‘zbekiston, 2017. - B. 157.
4.
Хомский Н. Язык и мышление. Перевод с англ. Б.Ю.Городецкого. - М.: Изд.
МГУ, 1972. - 34 с
.