T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_4-to’plam_Aprel-2025
72
ISSN:3030-3613
OʻQUVCHILARDAGI QOBILIYATNI ANIQLASHNING PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI
Mohinur Turdiyeva Raxmatullo qizi
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 66-umumtaʼlim maktabining
amaliyotchi psixologi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada malakali pedagogik faoliyat orqali qobilyatli
bolalarni aniqlashga qaratilgan. Hozirgi rivojlanib borayotgan vaqtda har bir
mamlakat o`zining kelajagini mustaxkamlashi va uni ertangi kunini o`ylashga majbur.
Bizning mamlakatimizda ham yosh avlodni tarbiyalash, ularni har tomonlama qo`llab
quvvatlash, istedotli va qobiliyatli yoshlarni faoliyat olib borishi uchun juda ko`p
imkoniyatlar yaratilgan, va barchga shart sharoitlar buning uchun yetarli.
Kalit so`zlar:
psixologik, pedagogikm, yoshlar, obilyat , muvaffaqiyat,
individual, shaxs, mehnatsevarlik, ishchanlik, talabchanlik.
KIRISH
Kasbiy va mehnat faoliyati vaqtning asosiy qismini egallaydi va inson oʻzini
shaxs sifatida anglashga intilishi kerak boʻlgan samolyot sifatida harakat qilishi kerak.
Inson
mehnatga
qanday
munosabatda
boʻlishi,
muvaffaqiyat
va
muvaffaqiyatsizliklarni, gʻalaba va magʻlubiyatlarni qanday qabul qilishi, uning hissiy
holati va farovonligiga bogʻliq boʻlib, bu koʻp jihatdan uning ishining samaradorligini
shakllantirishga taʻsir qiladi. Kasbiy oʻzini oʻzi anglash oliy taʻlim muassasasi
oʻqituvchisining kasbiy va ijodiy oʻzini oʻzi rivojlantirishning shaxsiy regulyatori
boʻlib xizmat qiladi.
TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabr kungi Oliy
Majlisga navbatdagi Murojaatnomasida “Yoshlarni zamonaviy bilim va tajriba, milliy
va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar
egasi boʼlgan insonlar etib voyaga etkazamiz” deb aytgan soʼzlari taʼlim jarayoni
ishtirokchilarining jamiyat taraqqiyoti yoʼlidagi rolini oshirish bilan bir qatorda
ularning zimmasiga ulkan vazifalarni belgilab berdi.
Jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida roʼy berayotgan tub oʼzgarishlar
davlatimizning oldiga taʼlim tizimini rivojlantirish bilan bogʼliq muhim masalalarni
qoʼydi. Ushbu vazifalar yechimi sifatida kompetent yondashuvga asoslangan taʼlim
standartlarining amaliyotga tadbiq etilishi zamon talab etayotgan intelektual salohiyatli
kadrlarni tayyorlashga qaratilgan boʼlsa, bevosita bu jarayon pedagog faoliyatiga ham
izchil bogʼliq sanalanadi. Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida ustuvor
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_4-to’plam_Aprel-2025
73
ISSN:3030-3613
oʼrin egallagan kuchli raqobatga bardoshli boʼlish har bir mutaxassisdan kasbiy
kompetentlikka ega boʼlish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda.
Psixologik, pedagogik va maxsus (mavzu boʼyicha) bilim zarur, lekin bular hech
qachon kasbiy kompetentlik uchun yetarli emas. Ularning koʼpchiligi, xususan,
nazariy, amaliy va uslubiy bilimlar intellektual va amaliy koʼnikma va malakalarning
old shartidir. Oʼqituvchining kasbiy kompetentligining tuzilishi uning pedagogik
mahorati orqali ochiladi, ular oʼqituvchining eng xilma-xil harakatlarining
kombinatsiyasi boʼlib, ular asosan pedagogik faoliyatning funktsiyalari bilan bogʼliq
boʼlib, koʼp jihatdan oʼqituvchining individual psixologik xususiyatlarini ochib beradi.
Pedagokik faoliyat orqali o`quvchilarning qobiliyatlarini aniqlash har bir
pedagogning muhim vazifalaridan biri desak ham bo`ladi, chunki dars o`tish
jarayonida o`qituvchi pedagog tomonidanberilayotgan ma`lumotlarni o`zlashtirilishiga
qarab ham pedagog o`quvchining qiziqishlarini, qobiliyatlarini bilib olishi mumkun.
Pedagog misol uchun talabaning dars jarayonidagi faoliyati, o`zlashtirishi orqali ham
ko`p narsani biladi. Talabalarning har xil misol uchun dars jarayonida sust ishtirok
etayotgan talabani boshqa sohaga qizigishi bo`lishi mumkun. Bunday jarayonda
pedagog o`z qo`l ostida ta`lim olayotganm talabaning qiziqishlariga qarab yo`nalish
ko`rsatishi kerak. Pedaog so`zini o`zini oladigon bo`lsak bola yetaklovchi to`g`ri
yo`lga soluvchi degan ma`noni tushunamiz.
TADQIQOT NATIJASI
Qobilyat—insonning individual salohiyati va imkoniyatlaridir. Qobilyat
bilimdan keskin farqlanadi, bilim mutolaa natijasi hisoblanadi, qobilyat shaxsning
psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi. Qobilyat koʼnikma,
malakadan farq qiladi. Аksariyat ilmiy manbalarda mohirlik bilan qobilyat
anglashtiriladi. Qobilyat inson tomonidan koʼnikma va malakalarning egallanishi
jarayonida takomillashib boradi.
Har qanday qobilyat turi shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan
tashkil topgan boʼlib, u faoliyatning talablariga mutanosib xususiyatlar tizimini oʼz
ichiga oladi. Shuning uchun qobilyat deganda birorta xususiyatning oʼzini emas, balki
shaxs faoliyatining talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori
koʼrsatkichlarga erishishni taʼminlashga imkoniyat beradigan xususiyatlar sintezini
tushunmoq lozim. Barcha qobilyat uchun tayanch xususiyat — kuzatuvchanlikda,
yaʼni insonni fahmlash, obʼektdan u yoki bu alomatlarni koʼra bilish, ajrata olish
koʼnikmasidir.
MUHOKAMA
Qobilyatning yetakchi xususiyatlaridan biri — narsa va hodisalar mohiyatini
ijodiy tasavvur qilishdir. U shaxsning shakllanishi va rivojlanishi natijasi boʼlishi bilan
birga, tabiiy manbaga ham ega. Bu tabiiy manba koʼpincha zehn tushunchasi bilan
yuritiladi. Zehn muayyan bir faoliyatga yoki koʼpgina narsalarga nisbatan ortiqcha
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_4-to’plam_Aprel-2025
74
ISSN:3030-3613
qiziquvchanlikda, moyillikda, intilishda namoyon boʼladi. Zehn nishonalari deganda
qobilyat ichki imkonyatlarning mohiyatini tushunish lozim. U ishtiyoq, moyillik,
mehnatsevarlik, ishchanlik, talabchanlik kabilarning mahsulidir. Qobilyat umumiy va
maxsus turkumlarga ajratiladi. Umumiy qobilyat deganda yuksak aqliy imkoniyat va
taraqqiyot tushuniladi. Qobilyat tabiiy ravishda shakllanishi va muayyan reja asosida
rivojlantirilishi mumkin.
Qobilyatni maʼlum faoliyatga moyillik yoki intilish orqali, tabiiy zehn
nishonalarini aniklash, mutaxassis rahbarligida uzluksiz faoliyatga jalb etish,
qobilyatni takomillashtirishning maxsus vositalarini qoʼllash, shaxsning faollik
alomatlarini maksimal darajada rivojlantirish, inson shaxsiga alohida yondashuvni
umumiy talablar bilan uygʼunlikda olib borish va boshqa orqali rivojlantirish yoʻllari
mavjud. Qobilyatning yuqori darajasi isteʼdod va daholikda namoyon boʼladi.
XULOSA
Xulosa o`rnida shuni aytish mumkunkin qobiliyati yuqori bo`lgan o`quvchi
talabalar o`zlari ajrab chiqishadi. O`zlari ijtimoiy munosabatlarda o`z istedodlarini
namoyon eta olmyotgan talabalrning o`z qobiliyatlarini namoyon etyishlariga sharoit
yaratib berishi, ko`p tomonlama qo`llab quvvatlashi kerak. Qobiliyatlar ikki xil
bo`ladi; ya`ni ortirilganm kishi turmush faoliyati orqali ko`rgamn kechirganlari va
ikkinchisi tug`ma bo`lishi nmumkun. Bunday insonlar sirasiga qo`shiqchilarning
farzandlari, sportchilarni olishimiz mumkun. Bunday faoliyat bilan shug`ullanuvchi
shaxslarga nisbatan shunday gap “qonida bor”, degan iboralar ham ishlatoiladi.
Sportchi, san`atkor, rassomlarni siz boshqa kasbgha o`rgatishingiz mumkun ammo bu
ularda shu sohaga nisbatan qobiliyati bor degani emas. Ma`alkali pedagog shunday
tushunmovchiliklar kuzatilmasligi uchun qo`lidan kelganicha yoshlar bilan faoliyat
olib borishi yoshlarimizning kelajagiga qo`yilgan yuksak bir qadam desak mubolag`a
bo`lmaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Ibrohimjon,
M. (2022).
PSYCHOLOGICAL
CRISES
IN
PERSONALITY PSYCHOLOGY AND WAYS TO OVERCOME THEM.
Galaxy International
2.
Interdisciplinary Research Journal
,
10
(4), 743-746.
3.
Yusupova Dilorom Sobirjonovna, ELECTRONIC JOURNAL OF ACTUAL
PROBLEMS OF MODERN SCIENCE, EDUCATION AND TRAINING,
DECEMBER,
4.
2021-12/2 47-51
5.
4.https://www.researchgate.net/publication/359230881_OLIY_TALIMDAGI_PE
DAGO GIK_FAOLIYATNING_OZIGA_XOSLIGI
6.
Щербаков А.И., Мудрик А. В. Психология учителя // Возрастная
педагогическая психология / Под ред. А.В. Петровского. Гл. IX. М., 1991.