Mualliflar

  • Raximova Shahodatxon Alisher qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95734

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: emotsiya shaxs subyektiv ijtimoiy faollik muloqot novebral

Annotasiya

ANNOTATSIYA 
Emotsiya  –  shaxsning  voqelikka  o‘z  munosabatini  his  qilishidan  kelib 
chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki yoqimsiz 
kechinmalaridir. Keltirilgan ta’riflardan ko‘rinadiki, hissiyot tushunchasi emotsiyaga 
nisbatan  kengroq  tushuncha  bo‘lib,  shaxsning  kundalik  hayoti,  turmush  tarzidagi 
barcha  jabhalarni qamrab oladi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

68

ISSN:3030-3613

MULOQOTCHANLIKNI SHAKLLANTIRISHDA EMOTSIYALARNING

OʻRNI

VA AHAMIYATI

Raximova Shahodatxon Alisher qizi

Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumani 54-umumta’lim maktabi psixologi

ANNOTATSIYA

Emotsiya

– shaxsning voqelikka o‘z munosabatini his qilishidan kelib

chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki yoqimsiz
kechinmalaridir. Keltirilgan ta’riflardan ko‘rinadiki, hissiyot tushunchasi emotsiyaga
nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, shaxsning kundalik hayoti, turmush tarzidagi
barcha jabhalarni qamrab oladi.

Kalit soʻzlar:

emotsiya,shaxs,subyektiv, ijtimoiy faollik,muloqot,novebral


Shaxs biror predmetni idrok qilganida, ma’lumotlarni eslab qolganida yoki esga

tushirganida, fikrlaganida hamda og’zaki yoki yozma nutqdan foydalanganida biror
yoqimli yoki yoqimsiz holatni his qilganida o’zining emotsional namoyon eta oladi.
Bu kechinmalarda odamning o’z atrofidagi odamlar, narsalarga yoki hodisalarga va
albatta o’ziga nisbatan subyektiv munosabati ifodalanadi. Emotsionallik tug‘ma
bo‘ladi, lekin affektlar, sezgilar hayot jarayonida rivojlanadi, bu esa insonning shaxs
sifatida rivojlanishini bildiradi. Bunday rivojlanish inson emotsional sohasiga yangi
ob’ektlarni kiritish, shaxs sezgilarini ongli irodaviy boshqarish va nazorat qilish
darajasining oshishi ahloqiy boshqarishga yuksak ahloqiy qadriyatlar (vijdon,
mas’uliyatlilik, nomus va boshqalar) ning asta-sekin kiritilishi bilan bog‘liq.

Muloqot shaxslarning hamkorlik faoliyati ehtiyojlari asosida tug`iladigan, ular

o`rtasidagi aloqa rivojlanishining ko`p qirrali jarayonidir. Muloqot hamkorlikdagi
faoliyat qatnashchilari o`rtasida axborot almashinishni qamrab oladi. Bu muloqotning
kommunikativ tomonini ifodalaydi. Odamlar o’zaro munosabatga kirishishda tildan
muomala vositasi sifatida foydalanadilar. Muloqotning xos tomoni muomalaga
kirishuvchilarning o`zaro ta`siri bo’lib, bunda faqat so`zlar emas, balki harakat va
holatlar ham almashinadi. Bunda emotsiyalarning o’ziga xos ahamiyati va o’rni
mavjud bo’lib, quyida ularni batafsil ko’rib chiqamiz.

Shaxslararo munosabatlarda noverbal kommunikatsiya vositalariga yuz ifodasi,

mimika, ohang, pauza, poza (holat), ko`z yosh, kulgu va boshqalar kiradi. Bu vositalar
verbal kommunikatsiya - so`zni to`ldiradi, kuchaytiradi va ba`zan uning o`rnini bosadi.
Turli yosh guruhlarida noverbal kommunikatsiya

vositasi turlicha bo`ladi. Masalan, bolalar ko`pincha kattalarga ta`sir etish, ularga o`z
xohish va kayfiyatlarini o`tkazishda yig`idan vosita sifatida foydalanadilar. Axborotni
so`z bilan bayon etishning mazmuni va maqsadiga noverbal kommunikatsiya


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

69

ISSN:3030-3613

vositalarining mos kelishi muomala madaniyatining bir turi hisoblanadi. Inson
emotsional hayotining rivojlanishida ma’lum bo‘lgan izchillik mavjud.Lekin bir davr
sezgisidan keyingi davr sezgisiga o‘tish shaxsning har tomonlama rivojlanishi bilan
bog‘liq. Hissiyotlar odam energiyasini to‘plovchi faoliyatga nisbatan kuchli rag‘bat
bo‘lishi mumkin, asosiysi, ularni tegishli tarzda yo‘naltirishdir.

Yoqimli yoki yoqimsiz

kechinma hissiyotimizning birinchi belgisidir

Har bir inson uchun ijobiy emotsional ta’sirlanishlarni kuchaytirish va

kengaytirish bilan bir vaqtda boshqa odamlar emotsional holatiga samarali ta’sir
ko‘rsatish malakasiga ega bo‘lish juda muhimdir. Zararli emotsional ta’sirlanishlar
ko‘p hollarda yuqori emotsional zo‘riqish vaziyatlarida, o‘ta toliqqan holatlarda,
frustratsiya vaqtida, odamlar ta’sirchanligida, ishlar ko‘ngilgidek yurishmaganida,
hayotiy muhim rejalar barbod bo‘lganida yuzaga kelishini bilish va yodda tutish lozim.
Amaliy hayotda emotsiyalar sifatida, odatda, insonning turli-tuman javob reaksiyalari
– ehtirosning to‘lqinli portlashlaridan tortib, to kayfiyatning nozik tuslarini
tushunamiz. Psixologiyada emotsiyalar deb kechinmalar shaklidagi inson hayotiy
faoliyati uchun tashqi va ichki vaziyatlarni baholash va shaxsiy ahamiyatni aks
ettiradigan psixik jarayonlarga aytiladi

Emotsiyalarning mohiyatini tushunish uchun tashqi muhitning jism va

hodisalarining ko‘pchiligi his-tuyg‘u organlariga ta’sir ko‘rsatib, ularda murakkab,
ko‘p qirrali emotsional hissiyotlar, sezgilar va bir vaqtning o‘zida ham zavqlanish ham
qoniqmaslikda ifodalanadi. Bundan tashqari, ko‘pchilik vaziyatlarda, bir tomondan,
qandaydir zo‘riqish sezgilari, ikkinchi tomondan, hal etish, yoki yengil tortish yuzaga
keladi. Faoliyatning keskin damlarida, qaror qabul qilishning mas’uliyatli daqiqalarida
qiyinchiliklarni bartarf etishda biz zo‘riqishni his etamiz.

1872 yilda Ch.Darvinning «Inson va hayvonlarda hissiyotlarning ifodalanishi»

asarini chop etildi. Darvinning fikriga ko‘ra, hayvon va odam hulq-atvori o‘rtasida
umumiyliklar mavjud. O‘z fikrini u hayvonlar va odamlar turli emotsional holatlarining
tashqi ifodalanishini kuzatishdan kelib chiqqan holda, asoslab berdi.

Ushbu kuzatishlardan olingan ma’lumotlar evolyutsion ta’limot nomini olgan
hissiyotlar nazariyasi asosiga qo‘yildi, bu ta’limotga asosan,
hissiyotlar tirik mavjudotlar evolyutsiyasi jarayonida hayotiy muhim bo‘lgan
organizmning yashash sharoitlari va vaziyatlariga moslashishni ta’minlovchi
moslashish mexanizmlari sifatida yuzaga keladi.

Hissiyotlarning hozirgi zamon tarixi 1884 yilda U.Djemsning «hissiyot nima?»

maqolasining chop etilishidan boshlanadi. U.Djeyms va G.Lange bir-biridan mustaqil
ravishda hissiyotlar nazariyasini ishlab chiqdilar. Unga asosan, hissiyotlarning paydo
bo‘lishi

hosil qilinadigan tashqi ta’sirlar, ixtiyoriy harakat va tizimlar sohasidagi

o‘zgarishlar

bilan bog‘liq. Bu o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar, emotsional

kechinmalarning xuddi o‘zidir. Djems bo‘yicha, «yig‘laganimiz sababli qayg‘ulimiz;


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

70

ISSN:3030-3613

qaltiraganimiz uchun qo‘rqamiz; kulganimiz uchun xursand bo‘lamiz». Bu hissiy xabar
miyaga ta’sir ko‘rsatib, ma’lum hulqatvorni o‘t oldiradi, teskari somatosensor va
visserosensor afferentatsiya esa hissiyotni yuzaga keltirishini bildiradi. Lekin Djems-
Lange konsepsiyasi bir qator e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Organik va emotsional
jarayonlarning nisbatiga U.Kennon qarama-qarshi fikr bildirdi. Uning aniqlashiga
ko‘ra, insonda sun’iy tarzda hosil qilinadigan organik o‘zgarishlar har doim ham
hissiyotli

kechinmalar

birgalikda

kuzatilmaydi.

Keyinchalik,

P.Bardning

ko‘rsatishicha, haqiqatda, tana o‘zgarishlari va ular bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotli
kechinmalar deyarli bir vaqtda paydo bo‘ladi, bosh miya tuzilishidagi barcha
qismlardan esa hissiyotlar bilan talamusning o‘zi emas, balki, gipotalamus va limbik
tizimning markaziy qismlari bog‘lanadi. Lindsey-Xebbning

faollashtirish nazariyasi

Djems-Lange va Kennon-Bardlarning psixoorganik nazariyalaridan so‘ng paydo
bo‘ldi. Bu nazariyaga ko‘ra, emotsional holatlar bosh miya quyi qismi nayining
retikulyar formatsiyaga ta’siri bilan belgilanadi, chunki bu tuzilma organizmning
faolligi darajasiga javob beradi. Hissiyotli ifodalanishlar esa asab tizimining biror bir
seskantiruvchiga javoban faollik darajasining o‘zgarishidir.

Nazariyalarning alohida guruhini hissiyotlar tabiatini kognitiv omillar, ya’ni,

tafakkur va ong orqali ochib beradigan dunyoqarashlar tashkil etadi. Ularning orasida,
birinchi navbatda, l. Festingerning

kognitiv dissonans nazariyasi

ni ta’kidlab o‘tish

lozim. Uning asosiy tushunchasi

dissonans

dir. Bu sub’ektning ob’ekt haqida

psixologik qarama-qarshi ma’lumotga ega bo‘lgan vaziyatda yuzaga keladigan salbiy
emotsional holat. Bu nazariyaga muvofiq, ijobiy emotsional kechinmalar odamda o‘zi
kutgan natijalar tasdiqlanganida paydo bo‘ladi. Bunday ijobiy emotsional holat

konsonans

sifatida xarakterlanadi, salbiy hissiyotlar faoliyatdan kutilgan natijalar va

voqeiy natijalar o‘rtasida farqlar yoki dissonans bo‘lganida yuzaga keladi.
S.Shexterning kognitiv-fiziologik konsepsiyasiga asosan, paydo bo‘ladigan emotsional
holat qabul qilinadigan rag‘batlar va yuzaga keladigan jismoniy o‘zgarishlar bilan birga
insonning o‘tmish tajribasi va uning vaziyatni sub’ektiv baholashi ham o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi. Bunda baholash uning dolzarb qiziqishlari va ehtiyojlari asosida
shakllanadi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda,emotsionallikni insonning hayotiga tegishli bo‘lgan turli

xil sharoitlardan hissiyotli ta’sirlanishga moyillik, kayfiyatdan ehtirosgacha – kuchi va
sifati turlicha bo‘lgan emotsiyalarni kechirish layoqati, shuningdek, emotsiyalar
kuchining tafakkur va hulq-atvorga ta’siri sifatida ta’riflash mumkin. Amaliy hayotda
emotsiyalar sifatida, odatda, insonning turli-tuman javob reaksiyalari – ehtirosning
to‘lqinli portlashlaridan tortib, to kayfiyatning nozik tuslarini tushunamiz.
Psixologiyada emotsiyalar deb kechinmalar shaklidagi inson hayotiy faoliyati uchun


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

71

ISSN:3030-3613

tashqi va ichki vaziyatlarni baholash va shaxsiy ahamiyatni aks ettiradigan psixik
jarayonlarga aytilad

Muloqot muvaffaqiyatli bo`lishi uchun u albatta qayta aloqaga ega bo`lishi -

sub`ekt o`zaro ta`sir natijalari haqida axborot olishi kerak. Kommunikator o`zi uzatgan
axborotni retsipient qanday qabul qilishini va qanday munosabatda bo`layotganligini
qayta axborot ma`lumotlariga asoslanib bilib oladi. Muomalada suhbatdoshni yoki
tinglovchini idrok etish bir -birini tushunishning asosiy shartidir. Agar o`qituvchi
o`quvchilarni uni qanday idrok etayotganligini, tushunayotganligini anglay olmasa
pedagogik munosabat yaxshi bo`lmaydi. Ayniqsa, ma`ruza o`tayotganda bu juda
muhimdir.

FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR:

1.

ASKAROVA, N. A., & IBRAGIMOVA, N. N. (2021). STEPS OF
PSYCHOLOGICAL ASSISTANCE IN PERSONS WITH LOSS SYNDROME.

2.

THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и
прикладная наука, (9), 527-529.

3.

Mushtariy, I. (2021). SOCIO-PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE
DECISION-MAKING PROCESS. Science Time, (11 (95)), 10-15.

4.

Nurmatova М. Shaxs kamolotida axloqiy va estetik qadriyatlar uyg‘unligi.
Monografiya. Toshkent: Universitet, 2009.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR:

ASKAROVA, N. A., & IBRAGIMOVA, N. N. (2021). STEPS OF

PSYCHOLOGICAL ASSISTANCE IN PERSONS WITH LOSS SYNDROME.

THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и

прикладная наука, (9), 527-529.

Mushtariy, I. (2021). SOCIO-PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE

DECISION-MAKING PROCESS. Science Time, (11 (95)), 10-15.

Nurmatova М. Shaxs kamolotida axloqiy va estetik qadriyatlar uyg‘unligi.

Monografiya. Toshkent: Universitet, 2009.