T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_4-to’plam_Aprel-2025
11
ISSN:3030-3613
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING BARQARORLIK REYTINGINI
ANIQLASHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Yаkubоv Ulugbеk Kаsimоvich
Tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyоt univеrsitеti
“Moliyaviy tаhlil” kаfеdrаsi prоfеssоri, DSc.
Annotatsiya:
Maqolada tadbirkorlik subyektlarini reytingini aniqlashda
koʻrsatkichlar tizimini shakllantirish, faoliyat samaradorligiga baho berishning oʻziga
xos jihatlari aniq biznes subyekti misolida yoritib berilgan. Tadbirkorlik subyektining
faoliyatiga baho berishning yoʻllari atroflicha muhokama qilingan. Tadbirkorlik
subyekti faoliyati tahlilidagi munozarali masalalarga mualliflik tavsiyalari taklif
etilgan. Taklif etilgan tavsiyalar asosida tadbirkorlik subyektining barqarorlik
reytingini belgilashda muhim koʻrsatkichlar belgilab berilgan.
Kalit so‘zlar:
reyting, barqarorlik, nobarqarorlik, krizis, ko’rsatkichlar, reyting,
moliyalastirish.
ВОПРОСЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ОПРЕДЕЛЕНИЯ РЕЙТИНГА
УСТОЙЧИВОСТИ СУБЪЕКТОВ БИЗНЕСА
Якубов Улугбек Касимович
Ташкентский государственный экономический университет
Профессор кафедры «Финансовый анализ»
доктор экономических наук, профессор
Аннотация:
В статье освещены особенности формирования системы
показателей для определения рейтинга субъектов предпринимательство, оценки
эффективности
деятельности
на
примере
конкретного
субъекта
предпринимательство. Подробно рассмотрены способы оценки деятельности
субъекта предпринимательство. На основе предложенных рекомендаций
определены важные показатели для определения рейтинга устойчивости
хозяйствующего субъекта.
Ключевые слова:
рейтинг, стабильность, нестабильность, кризис,
индикаторы, рейтинг, финансирование.
ELABORATING ISSUES OF DETERMINING THE SUSTAINABILITY
RATING OF BUSINESS ENTITIES
Yakubov Ulugbek Kasimovich
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_4-to’plam_Aprel-2025
12
ISSN:3030-3613
Tashkent State Economic University
Professor of the Department of Financial Analysis
Doctor of Economic Sciences, Professor
Abstract:
The article describes the formation of a system of indicators for
determining the rating of business entities, the specific aspects of assessing the
effectiveness of activities on the example of a specific business entity. The ways of
assessing the activities of a business entity are discussed in detail. Author's
recommendations are offered on controversial issues in the analysis of the activities of
a business entity. Based on the proposed recommendations, important indicators are
identified for determining the stability rating of a business entity.
Keywords:
rating, stability, instability, crisis, indicators, rating, financing.
Kirish.
Iqtisodiy oʻsish surʼatlarini 2024-2025-yillarda 6 foiz, 2026-yilda 6,1 foiz va
2027-yilda 6,3 foiz darajasida taʼminlash orqali aholi jon boshiga Yalpi ichki
mahsulotni 2024-yilda 3 ming AQSH dollaridan 2027-yilga borib 3,8 ming AQSH
dollariga yetkazish prognoz qilinmoqda [5]. Bu oʻz navbatida tadbirkorlik
subyektlarida qoʻshilgan qiymat va mehnat unumdorligini oshirishga, yangi
yondashuvlar asosida maxalliylashtirish jarayonini jadallashtirishga qaratilgan
dasturlar ishlab chiqilishini talab etadi.
Mamlakatda Davlat ishtirokidagi korxonalarning samaradorligini oshirish
hamda moliyaviy barqarorligini mustahkamlash maqsadida ularning kuzatuv kengashi
tarkibida strategiya va investitsiyalar, audit, tayinlash va mukofotlash, korrupsiyaga
qarshi kurash va axloq boʻyicha qoʻmitalar tashkil etilgan boʻlib samarali faoliyati
yoʻlga qoʻyilgan.
2024-yil 1-yanvar holatiga koʻra, 8 ta Davlat ishtirokidagi korxonalar xalqaro
reyting agentliklari tomonidan oʻrganilgan boʻlib, ularning barchasi, jumladan,
“Uzmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati ham BB-(Barqaror) reytingiga ega boʻlgan
[5].
Davlat korxonalarini isloh qilish maqsadida koʻplab qonun va qonunosti
hujjatlari, xususan “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi 2023-yil 9-martdagi
OʻRQ-821-sonli Qonun, “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi 2024-yil 14-
fevraldagi OʻRQ-907-sonli Qonun qabul qilindi. Davlat korxonalarini
xususiylashtirishni jadallashtirish maqsadida 2024-yil 19-aprelda “Davlat ishtirokidagi
yirik korxonalarni transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlarini
jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini
qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarorlari qabul
qilingan.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_4-to’plam_Aprel-2025
13
ISSN:3030-3613
2025-yil 1-iyulga qadar professional konsultantlarni jalb etgan holda 7 ta yirik
davlat ishtirokidagi korxonalarning 50 foizdan ortiq, 2026-yilga qadar 4 ta yirik davlat
ishtirokidagi korxonalarning 5 foiz ulushini savdoga chiqarish belgilangan [5].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil, 23-yanvardagi tegishli
qaroriga binoan “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga binoan Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik
reytingi joriy etilgan. Maqsad - tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar
yaratish va ularni rag‘batlantirish hisoblanadi.
Adabiyotlar tahlili va metodlar.
Monografik kuzatishlardan kelib chiqib ta’kidlash kerakki, barqarorlik keng
tushuncha. Shu sababdan, uning
uchta: ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy turlari ajratib
koʻrishadi.
O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi
Qonuniga binoan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy holatiga asosan toʻlov
qobiliyatini ifodalovchi koʻrsatkichlar tizimi asosida baho berishga e’tibor qaratilgan
[1].
Iqtisodiy barqarorlikning turlari moliyaviy tahlilga oid adabiyotlarda
korxonaning oʻz mablagʻlari va barcha mablagʻlarning nisbatidan (Pardayev M.Q.,
Isroilov J.I., Isroilov B.I.) iboratligi qayd etilgan boʻlsa [7], ba’zilarida qoniqarli balans
tuzilishi bilan tavsiflanadi va iqtisodiy faoliyatning moliyaviy natijalarini aks ettiradi
(Sheremet A.D.) deb [8], balans harakatchanligi va tovar moddiy zahiralarini
manbaalar bilan qoplanishi bilan (A.Vahobov, G’.Ibragimov, U.Yakubov) biznes
subyektining moliyaviy barqarorligiga baho berilgan [6] .
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.01.2024 yildagi PQ-39-son
“Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik
reytingi 23 ta ko‘rsatkich asosida, quyidagi toifalarga ajratilgan:
1.
“AAA”, “AA” va “A” toifalar — yuqori barqarorlik reytingi;
2.
“BBB”, “BB” va “B” toifalar — o‘rta barqarorlik reytingi;
3.
“CCC”, “CC” va “C” toifalar — qoniqarli barqarorlik reytingi;
4.
“D” toifa — quyi barqarorlik reytingi [2].
Odatda moliyaviy hisobotlar biznes subyektlari faoliyatini barqarorligi va
rentabelligi, resurslarning taqsimlanishi kabi ma’lumotlar bilan ta‘minlaydi. Ular
asosda, xoʻjalik yurituvchi subyektining moliyaviy ahvoli, uning hisobot davridagi
faoliyatining natijasi tahlil etiladi va moliyaviy holatiga baho beriladi. Moliyaviy
holatga likvidlilik, to‘lovga layoqatlilik, daromadlilik kabi ko‘rsatkichlaridan kelib
chiqib fiskal xatar darajasi aniqlangan. Bizningcha, tadbirkorlik subyektlarini reyting
baholashda: -aktivlar va passivlari; -ishlab chiqarish zaxiralari va ularni
moliyalashtirish manbalarining holatini baholash natijalari bilan boyitilsa maqsadga
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_4-to’plam_Aprel-2025
14
ISSN:3030-3613
muvofiq bo‘ladi. Chunki, ular asosida tadbirkorlik subyektining faoliyat natijasi
yuzasidan samaraliroq hulosa chiqariladi.
Mavzu doirasida monografik kuzatuv, iqtisodiy, moliyaviy tahlil metodlаridаn
foydalanilgan hоldа tadbirkorlik subyektlarini faoliyatini baholashning samaraliroq
yoʻli koʻrsatilgan.
Natijalar.
2024-yil 1-yanvar holatiga koʻra “Uzmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati ham
BB-(Barqaror) reytingiga ega boʻlgan [4]. “Uzmetkombinat” aksiyadorlik
jamiyatining 2024-yilgi moliyaviy hisobotlari asosida faoliyati amaldagi qonun va
qonun osti hujjatlari, iqtisodiy adabiyotlarda keltirilgan usullar bilan tahlil etildi (1-
jadval).
1-jadval.
“Uzmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatini konsolidatsiyalashgan
moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisoboti asosida aktivlari
va manbalarini holatini tahlili [11].
(ming so‘m hisobida)
Aktiv
2023 yil
2024 yil
Passiv
2023 yil
2024 yil
1. O‘ta tez
pulga
aylanuvch
aktivlar
(A1)
381303323 428931298
1. Muddati
etib kelgan
majburiyatla
r (P1)
324146030
4
1707178564
2. Tez pulga
aylanuvchi
aktivlar
(A2)
440555201
5
2928938963
2. Joriy
kredit va
qarzlar (P2)
424890646 1329552623
3. Sekin
pulga
aylanuvchi
aktivlar
(A3)
185483484
2
2116082745
3. Uzoq
muddatli
majburiyatla
r (P3)
237105440
2
3540363921
4. Qiyin
pulga
aylanuvchi
aktivlar
(A4)
329147644
9
6767340224
4. Doimiy
passivlar
(P4)
389576127
7
5664198122
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_4-to’plam_Aprel-2025
15
ISSN:3030-3613
JAMI
AKTIVLA
R
993316662
9
1224129323
0
JAMI
PASSIVLA
R
993316662
9
1224129323
0
Tahlil jadvaliga binoan, “Uzmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatini buhgalteriya
balansi ma’lumotlaridan kelib chiqib 2023-yil: A1<P1; A2>P2; A3<P3; A4<P4; 2024-
yil A1<P1; A2>P2; A3<P3; A4>P4 shartlardagi moliyaviy holatga ega bo‘lgan.
Ishlab chiqarish zaxiralari va ularni moliyalashtirish manbalariga ko‘ra,
moliyaviy holati quyidagicha bo’lgan:
1.
Zaxiralarni o‘z mabla‘lar manbai hisobiga moliyalashtirilishi 2023-yilda
-1250550014 ming so‘m; 2024-yilda -3219224847 ming so‘mni;
2.
Zaxiralarni o‘z mabla‘lar va uzoq muddatli qarz manbalari hisobiga
moliyalashtirilishi 2023-yilda 1120504388 ming so‘m; 2024-yilda 321139074 ming
so‘mni;
3.
Zaxiralarni
jami
manbalar
hisobiga
moliyalashtirilishi
2023-yilda
1545395034 ming so‘m; 2024-yilda 16506911697 ming so‘mni tashkil etgan.
EBITDA
bo
‘yicha
rentabellik
darajasi
2024-yilda
(513660728+190241716+((1591334866-1427017765)+(1893452-1707300))
+
225639064) 13,2 (EBITDA margin = 1094044761 / 8296538073 x 100 %) foiz
bo‘lgan.
Ta’kidlash kerakki, yuqoridagi yo‘llar bilan tadbirkorlik subyektining moliyaviy
holatiga berilgan baholarni bir-biriga to‘liq mos deb bo’lmaydi. Shu sababdan,
tadbirkorlik subyektining faoliyatini faqatgina
EBITDA bo
‘yicha rentabelligi bilan
baholanishi etarli bo‘lmasa kerak deb hisoblaymiz.
Muhokama.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarining
barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 23-yanvardagi
PQ-39-son
ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 30.01.2024 yildagi 55-sonli “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik
reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori qabul
qilindi. Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi:
a)
10 ta umumiy;
b)
9 ta ballarni pasaytiruvchi;
v) 4 ta qo‘shimcha ball belgilovchi ko‘rsatkichlardan tashkil topgan.
Barqarorlik reytingi tadbirkorlik subyekti faoliyatini baholash va ularga
qo‘shimcha imtiyozlar taqdim etish maqsadida joriy etilgan. Buxgalteriya hisobi,
iqtisodiy tahlil, audit va boshqa manbaalarda tadbirkorlik subyektlarining operatsion,
investitsion, moliyaviy faoliyati tarkiblangan. Shu jihatdan, tadbirkorlik subyektining
faoliyatini baholashda EBITDA bo‘yicha rentabellikni boshqa sifat ko‘rsatkichlari
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_4-to’plam_Aprel-2025
16
ISSN:3030-3613
bilan to‘ldirilishini maqsadga muvofiq deb, hisoblayman.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil, 31-iyuldagi 467-
sonli “Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini
aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2024 –yil, 30-yanvardagi 55-
son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qarorida:
“13. EBITDA bo
‘yicha rentabellik darajasi tadbirkorlik subyektining sof
foydasiga foiz to‘lovlari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi,
hisoblangan foyda solig‘i summasi qo‘shilib, tovarlarni (xizmatlarni) sof tushumga
bo‘lish va 100 ga ko‘paytirish orqali aniqlanadi (EBITDA margin = EBITDA /
daromad x 100 %)
”
[3], deb keltirilgan
.
Qayd etish kerakki, tadbirkorlik subyekti hisobot davrida sof foydaga
erishmagan holda ham EBITDA bo‘yicha rentabellikka erishishi mumkin. Chunki,
tadbirkorlik subyekti asosiy va nomoddiy aktivlarining ammortizatsiyasi hisobidan,
hisobot davrida sof foyda olinmagan taqdirda ham ijobiy EBITTDA ko‘rsatkichiga ega
bo‘lishi mumkin. Natijada, tadbirkorlik subyektining
EBITDA bo
‘yicha rentabellik
darajasi uning faoliyatiga etarlicha baho beradi deb bo‘lmaydi [10].
Xulosa.
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 10-noyabrdagi 61-
sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun moliyaviy hisobotning
xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish to‘g‘risida”gi buyrug‘i
bilan amaliyotga joriy etilgan “Konseptual asos” va boshqa buxgalteriya hisobining
xalqaro standartlari tahlilidan kelib chiqib, ta’kidlash mumkinki: - “Tadbirkorlik
subyekti faoliyatini baholashda o‘zida mavjud iqtisodiy resurslardan qanday samara
olganligini yoritish zarur. Samara, mulk egalarining badallari bilan bog‘liq bo‘lmagan
holda xususiy kapitalning oshishiga olib keladigan aktivlarning ko‘payishi yoki
majburiyatlarning kamayishi bilan izohlanadi” [4].
Ilmiy izlanishlardan kelib chiqib, tadbirkorlik sub’ektini
EBITDA bo
‘yicha
rentabellik ko‘rsatkichini, quyidagi ko‘rsatkichlar va ularning shartlari asosida
to‘ldirish zarur:
1.
EBITDA bo‘yicha rentabelligi 20 va undan yuqori foiz va mutloq moliyaviy
barqarorlikka ega bo‘lsa — 10 ball;
2.
EBITDA bo‘yicha rentabelligi 10-19 foizgacha va moliyaviy barqarorlikka
ega bo‘lsa — 6 ball;
3.
EBITDA bo‘yicha rentabelligi 1-9 foizgacha va moliyaviy nobarqarorlikka
ega bo‘lsa — 2 ball beriladi.
4.
EBITDA bo‘yicha rentabelligi 0 foizdan kichkina va krizisli moliyaviy
holatga ega bo‘lsa ball berilmaydi deb, qo’shimchalarning kiritilishi maqsadga
muvofiq deb hisoblayman.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_4-to’plam_Aprel-2025
17
ISSN:3030-3613
Negaki, hududda tadbirkorlik subyekti faoliyat ko‘rsatayotgan sohaning
o‘rtacha ko‘rsatkichi 20 foiz bo’lganda, xo‘jalik yurituvchi subyektining 40 foiz
rentabellikka erishgan holdagina 10 ballga ega bo’lishi keltirilgan.
Adabiyotlar ro‘yxati.
1.
O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonuni.
(yangi tahrirda) 2021 yil 16 avgust.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 23.01.2024 yildagi PQ-39-son
“Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Qarori (
3.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil, 31- iyuldagi 467-sonli
“Vazirlar Mahkamasining qarori “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik
reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2024 –yil, 30-
yanvardagi 55-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi
Qarori.
4.
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 10-noyabrdagi 61-
sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun moliyaviy hisobotning
xalqaro standartlari va unga tushuntirishlar matnini tan olish to‘g‘risida”gi
buyrug‘i.
5.
Budjetnoma 2025-2027. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.
6.
Vahobov A.V., Ibragimov A.T., Yakubov U.Q. “Iqtisodiy tahlil va audit”. – T.
“Iqtisod-Moliy”. 2015. - 483 b.
7.
Pardayev M.Q., Isroilov J.I., Isroilov B.I. “Iqtisodiy tahlil”. – T. 2017. - 534 b..
8.
Шеремет А.Д. Методика финансового анализа деятельности коммерческих
организаций.
. 2024. 208 с..
9.
Yakubov U., Abdullayev A.
Modeling of The Analysis of The Financial State of
. - Journal of Management and Economics, 2025.
10.
Yakubov Ulugbek Kasimovich, Abdullaev Abror Bozarboevich, Pardaev Fayzulla
Gaffarovich.
Elaboration Issues Of The Reflection And Analysis Of Tax Assets
(Liabilities) In Financial Statements.
Multidisciplinary Journal of Science and
Technology. 2025/3/7.
11.
https://new.openinfo.uz/organizations/383?active-collapse=reports