Mualliflar

  • Yuldasheva Nilufar Abdullayevna
  • Fatxullayeva Shoxsanam Zafar qizi
  • Hakimjonova Dilnoza Nizomiddin qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95747

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: kasb kompetensiyasi savodxonlik darslari pedagogik mahorat o‘qish va yozish ko’nikmalari interfaol usullar boshlang’ich sinf o‘qituvchisi o‘qituvchi ta’lim sifatini oshirish.

Annotasiya

 
Annotatsiya. Ushbu maqolada  bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining 
kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishda savodxonlik darslarining o‘rni tahlil qilinadi. 
Savodxonlik  nafaqat  o‘qish  va  yozish  ko‘nikmalarini  shakllantirish,  balki  mantiqiy 
fikrlash, axborotni qayta ishlash va kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirishga ham 
xizmat qiladi.. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

195

ISSN:3030-3613

BO‘LAJAK BOSHLANĞICH SINF ÕQITUVCHILARINI

SAVODXONLIK DARSLARI ORQALI KASB KOMPETENSIYASINI

RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Yuldasheva Nilufar Abdullayevna

Toshkent amaliy fanlar universiteti

Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi

kaf. mud. p.f.dok. (DSc) prof.v.b

Fatxullayeva Shoxsanam Zafar qizi

Hakimjonova Dilnoza Nizomiddin qizi

Toshkent amaliy fanlar universiteti

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalari

Annotatsiya

. Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining

kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishda savodxonlik darslarining o‘rni tahlil qilinadi.
Savodxonlik nafaqat o‘qish va yozish ko‘nikmalarini shakllantirish, balki mantiqiy
fikrlash, axborotni qayta ishlash va kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirishga ham
xizmat qiladi..

Kalit so‘zlar

: kasb kompetensiyasi, savodxonlik darslari, pedagogik mahorat,

o‘qish va yozish ko’nikmalari, interfaol usullar, boshlang’ich sinf o‘qituvchisi,
o‘qituvchi, ta’lim sifatini oshirish.

Yangi O‘zbekiston ta’limi dunyoyaga yuz tutdi. Ta’lim - tarbiya asosida olib

borilayotgan ishlarimiz sifat bosqichiga kutrildi.

Ilm-maʼrifat – insonni kamolotga

yetaklovchi, unga najot beruvchi buyuk neʼmat. Imom Buxoriyning oʻn ikki asr avval
“Dunyoda ilmdan boshqa najot yoʻq va boʻlmagay” degan fikrlari buning yorqin
dalilidir. Ajdodlarimiz qadimdan ilm-maʼrifat va farzand taʼlim-tarbiyasiga ustuvor
ahamiyat qaratib keladi. Bugun bu anʼana davom etmoqda va soʻnggi yillarda
mamlakatimizda ilm-fan va maʼrifatga berilayotgan eʼtibor yaqin kelajakda oʻz
samarasini beradi.

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda,

mamlakatni bunyod etishda sog‘lom va barkamol yoshlarimizni hal qiluvchi kuch deb
bilamiz. Shu maqsadda ularning bilim, madaniyat, san’at va sport bo‘yicha salohiyatini
ro‘yobga chiqarish, tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish borasida ham yangi tizim
yaratamiz. Prezidentimiz o‘z fikrlarini davom ettirib, takror va takror
aytaman: “

Yangi O‘zbekistonning asosiy ustuni – bilim, ta’lim va tarbiya

bo‘ladi!”

1

Mana shu fikrlar ayni haqiqat

.

Ilm-ma’rifat donishmandlari o‘qituvchi o‘z

1

Mirziyoyev Sh

.

O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida. Toshkent sh., 2020-yil 6-noyabr, PF-6108-son.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

196

ISSN:3030-3613

bilim malakasini oshirish usullarini puxta egallamoği, mustaqil ishlashini õrganmoği
lozim, degan edi. Boshlanğich sinf õqituvchilari bolalar uchun ta'lim va tarbiyaning
poydevorini qõyuvchi hamda jamiyat kelajagini shakllantiruvchi eng muhim kasb
egalaridan biri hisoblanadi. Ularning ya'ni boshlanğich sinf õqituvchilarining bilim va
kompetensiyalari õquvchilarning ta'lim olish sifatiga bevosita ta'sir kõrsatadi. Bu
bosqichda o‘quvchilarga nafaqat asosiy bilimlar beriladi, balki mustaqil fikrlash,
mantiqiy tahlil qilish va kommunikativ ko‘nikmalar ham shakllantiriladi. Shu sababli
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish dolzarb
masalalardan biridir. Savodxonlik darslari esa ushbu jarayonning muhim qismi
hisoblanadi.chunki u nafaqat õquvchilarning õzlashtirish darajasini oshiradi, balki
õqituvchilarning pedagogik va metodik mahoratini ham takomillashtiradi. Bo‘lajak
mutaxassislarini tayyorlash jarayonida ilmiy va amaliy yondashuvlarga asoslanib,
bo‘lajak o‘qituvchilar tomonidan kompetensiyaga asoslangan konsepsiyasini
o‘zlashtirish masalasi ularning nazariy bilimlarini oshirishga asoslangan oliy
ta’limning uslubiy strategiyasini bilishlari asnosida sodir bo‘ladigan jarayon
hisoblanadi. Pedagogikada shaxsning o‘qish-o‘rganish natijasida o‘zlashtirgan bilim
va ko‘nikmalari hajmi, yo‘nalishi va darajasiga mutaxassis layoqati deyiladi. Ta’lim-
tarbiya hamda mustaqil o‘rganish jarayonida kasbiy ma’lumotlar zaxirasi shakllanadi,
ongli faoliyat, amaliy jarayonda rivojlanantiriladi. Ongli faoliyat jarayoni ta’limning
sifatini ta’minlaydi. Uzluksiz davom etadigan bunday jarayon oilada, maktabda va
ta’lim tizimining barcha bo‘g‘nlarida, bosqichlarida amalga oshiriladi.

Kasb kompetensiyasi va uning tarkibiy qismlari.
Kasb kompetensiyasi- bu õqituvchining kasbiy bilim, kõnikma va malakalar

majmuidir. Boshlanğich sinf õqituvchilari uchun asosiy kasb kompetensiyalar
quyidagilardan iborat:
•Metodik kompetensiya- ta'lim jarayonini rejalashtirish va samarali tashkil qilish.
•Didaktik kompetensiya-õquvchilarning yosh xususiyatlariga mos dars berish
usullarini tanlash.
•Raqamli kompetensiya-zamonaviy texnologiyalarni qõllash.
•Refleksiv kompetensiya-õz faoliyatini tahlil qilish
•Kommunikativ kompetensiya- õquvchilar, ota-onalar bilan samarali muloqot qilish.
Bo‘lajak boshlanğich sinf õqituvchilari uchun asosiy kasb kompetensiyalar ni
o‘zlashtirish jarayonini tashkil qilishning asosiy shakli ta’lim va tarbiya
mashg‘ulotlaridan iborat. Ma’lumot olish manbalari darslik, qo‘llanma, qo‘shimcha
adabiyotlar, atrof-muhitda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar, ma’lumot olish vositasi
o‘quv qurollari hamda mantiqiy tafakkur jarayonidan iborat. Ma’lumot oila, bog‘cha,
maktab, akademik litsey yoki kasb-hunar maktabi, oliy o‘quv yurti, maktabidan
tashqari ta’lim muassasalari, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim shakllari hamda qayta
kasbga tayyorlashda o‘zlashtiriladi. Zamonaviy axborot va raqamli savodxonlik


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

197

ISSN:3030-3613

jamiyatida bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish ta’limning innovatsion
natijasidir. Inson tez o‘zgaruvchan dunyoda va axborot oqimlarida harakat qilishi,
yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishi, o‘z-o‘zini o‘rganishi, tahlil qilishi, yangi
bilimlarni qidirishi va ulardan foydalanishi zarur.

Savodxonlik darsining maqsad va vazifalari.

Savodxonlik darslari o‘quvchilarning o‘qish, yozish va matnni tushunish

ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bunday darslar o‘qituvchilarning
metodik mahoratini oshirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali
foydalanish va innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish imkonini beradi. Shuningdek,
savodxonlik darslari orqali o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi va ijodiy yondashuvi
shakllanadi.Savodxonlik darslari nafaqat õquvchilarga, balki õqituvchilarga ham
kõplab foydali kõnikmalarni amaliyotga tatbiq qiladi. Ushbu darslarning asosiy
maqsadi- õqituvchilarga õquvchilarni savod õrgatish, tõĝri yozish, õqish va nutq
madaniyatini shakllantirish bõyicha samarali metodlarni õrgatishdir. Shuningdek,
savodxonlik darslarida xotira mashqlarini muntazam olib boorish, amaliy ko‘nikma
yondashuviga asoslangan ta’lim sohasida o‘zgarishlarga ehtiyoji bor bo‘lib, bugungi
kunda ta’lim sohasida nafaqat bilimdon, balki o‘z bilimlarini savodli yoza olish,
amalda qo‘llay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun ta’lim sohasi modernizasiya
qilinmoqda. Mamlakatda oliy ta’lim islohoti modernizasiyasi bevosita talabalar uchun
yangi imkoniyatlardan iborat bo‘lgan zamonaviy ta’lim sifatiga erishishni nazarda
tutadi. [6].

Asosiy vazifalari:

• o‘qituvchilarning til va adabiyot fanlari bõyicha bilimlarini mustahkamlash;
•savodxonlikni õrgatishning zamonaviy pedagogik va psixologik asoslarini
tushuntirish;
•interfaol va innovatsion dars usullarini qõllashni õrgatish.
Savodxonlik darslari boshlanğich sinf õquvchilari uchun asosiy bilimlarni
shakllantirish jarayonining ajralmas qismidir. Shu sababli, bõlajak õqituvchilar uchun
ham savodxonlik bõyicha puxta tayyorgarlik muhim ahamiyat kasb etadi.
Kasb kompetensiyasi rivojlantirishning muhim yo‘llari:
•Amaliy mashğulotlar- talabalarga dars berish tajribasini oshirish uchun real sinf
sharoitlarida tajriba õtash imkoniyatini yaratish.
•Pedagogik treninglar- innovatsion usullar va yangi ta'lim texnologiyalari bõyicha
seminarlarda qatnashish.
•Raqamli savodxonlik- onlayn ta'lim.
Kasbiy kompetensiyani rivojlantirish usullari:

1.

Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish – Elektron darsliklar, interfaol
taqdimotlar va o‘quv dasturlari o‘qituvchilarning darslarni yanada samarali
tashkil etishiga yordam beradi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

198

ISSN:3030-3613

2.

Interfaol metodlarni joriy etish – Rolli o‘yinlar, klaster usuli, muammoli ta’lim
kabi usullar o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshiradi.

3.

O‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslari – Doimiy ravishda yangi bilim va
ko‘nikmalarni egallash o‘qituvchilarni zamonaviy ta’lim talablariga
moslashtiradi.

4.

Tahliliy va reflektiv yondashuvni rivojlantirish – O‘qituvchilar o‘z darslarini
tahlil qilish va muammolarni aniqlash orqali pedagogik yondashuvlarini
takomillashtirishlari mumkin.

Xulosa qilib aytadigan bõlsak, savodxonlik darslari bõlajak boshlanğich sinf

õqituvchilarining nafaqat kasbiy bilimlarini, balki pedagogik mahoratini ham
rivojlantiradi. Bu jarayon õqituvchilarga õquvchilarning tafakkurini shakllantirish,
mustaqil fikrlashga õrgatish va ijodiy yondashuvni rivojlantirish imkonini beradi.
Shunday qilib, savod õrgatish darslari nafaqat boshlanğich ta'lim sifatini oshiradi, balki
kelajak avlodning intellektual rivojlanishiga ham asos bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Mirziyoyev Sh

.

O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm fan

sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. Toshkent sh., 2020-yil 6-
noyabr, PF-6108-son.

2.

Musurmonova O. Pedagogik texnologiyalar – ta’lim samaradorligining muhim
omili. – T.: Yoshlar tashkiloti, 2020. – 52 b.

3.

Ortiqova Dilsabo Munavvarjon qizi – "Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy
rivojlantirishning ilmiy-pedagogik jihatlari".

4.

Isroilova Ruhshona Sunnatovna – "Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy
kompetensiyasini rivojlantirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni".

5.

Jalilova Dilshoda. "Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasi
tarkibiy qismlarining mazmun-mohiyati".

6.

Zamonaviy pedagog qiyofasi: marifat.uz

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

Mirziyoyev Sh. O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm fan

sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. Toshkent sh., 2020-yil 6-

noyabr, PF-6108-son.

Musurmonova O. Pedagogik texnologiyalar – ta’lim samaradorligining muhim

omili. – T.: Yoshlar tashkiloti, 2020. – 52 b.

Ortiqova Dilsabo Munavvarjon qizi – "Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy

rivojlantirishning ilmiy-pedagogik jihatlari".

Isroilova Ruhshona Sunnatovna – "Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy

kompetensiyasini rivojlantirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni".

Jalilova Dilshoda. "Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasi

tarkibiy qismlarining mazmun-mohiyati".

Zamonaviy pedagog qiyofasi: marifat.uz