Mualliflar

  • Rajabov Xamdam Sultanovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95758

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Suyak sinishi to’liq sinish travmatik epifizioliz.

Annotasiya

 
ANNOTATSIYA:  O‘zbekistonda  suyak  sinishlarining  juda  ko’p  turlari 
uchraydi.  Ushbu  maqolada  suyak  sinishi,  ularning  uchrashi  va  davolashda  nur 
tashxishlash haqida so‘z yuritiladi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

138

ISSN:3030-3613

SUYAK SINISHLAR VA TASHXISLASH

Rajabov Xamdam Sultanovich

“Alfraganus university” nodavlat oliy ta’lim tashkiloti.

Klinik fanlar kafedrasi assistenti.

ANNOTATSIYA:

O‘zbekistonda suyak sinishlarining juda ko’p turlari

uchraydi. Ushbu maqolada suyak sinishi, ularning uchrashi va davolashda nur
tashxishlash haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

Suyak sinishi, to’liq sinish, travmatik, epifizioliz.


Suyak sinishi — skeletning muayyan qismiga uning mustahkamligidan yuqori

bo’lgan yuk tushishi natijasida suyak yaxlitligining to’liq yoki qisman buzilishi. Sinish
jarohat tufayli, shuningdek suyak to’qimalarining mustahkamlik xususiyatlari
o’zgarishi bilan kechadigan turli kasalliklar natijasida sodir bo’lishi mumkin.
Holatning jiddiyligi shikastlangan suyaklar soni va o’lchami bilan belgilanadi. Bir
nechta naysimon suyaklarning sinishi ko’p qon yo’qotish va og’riqli shok
rivojlanishiga olib keladi. Bundan tashqari, bemorlar bunday jarohatlardan so’ng sekin
tiklanishadi, tuzalish bir necha oyga cho’zilishi mumkin.

Dolzarbligi:

Suyak sinishi hayotda juda keng tarqalgan jarohat hisoblanadi.

Odamlarda suyak sinishi boshqa umurtqali hayvonlardagi shunday jarohatlardan ko’p
farq qilmaydi. Quyida sinish inson tanasi misolida ko’rib chiqiladi, ammo skeletning
xususiyatlari inobatga olinganda qolgan texnika va belgilar barcha umurtqali
hayvonlarga taalluqli bo’lishi mumkin. Barcha insoniy sivilizatsiyalarda «suyak
tuzatuvchi» kasbining analogi — odam va hayvonlarning singan qo’l-oyoqlarini qayta
tiklash bilan professional tarzda shug’ullanadigan kasb sohibi bo’lgan. Shunday qilib,
36 nafar suyagi singanligi aniqlangan neandertallar skeletlari tahlil qilinganida,
ularning faqat 11 tasida sinishning davolanishi natijalari qoniqarsiz deb topilgan. Bu
shuni ko’rsatadiki, hatto ushbu rivojlanish darajasida ham suyak sinishida tibbiy
yordamning samaradorligi 70% dan ortiq bo’lgan, ibtidoiy odamlar bu turdagi jarohat
va uni tuzatish haqida ma’lumotga ega bo’lishgan. Singan suyaklarni davolashning
asosiy tamoyillari antik davrdan buyon o’zgargani yo’q, biroq zamonaviy jarrohlik
murakkab, parchalanib sinishlarda, noto’g’ri bitishlarda suyaklarning anatomik
tuzilishini saqlab qolish imkonini ochib bergan.

Suyak sinishi bir necha mezonlarga muvofiq tasniflanadi, bu jarohatning

umumiy sababi yo’qligi va lokalizatsiyasi bilan bog’liq.

Zamonaviy tasnifda sinish turlari quyidagi xususiyatlarga qarab ajratiladi:
Yuzaga kelish sababiga ko’ra

Travmatik — tashqi ta’sir tomonidan chaqirilgan;


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

139

ISSN:3030-3613

Parchalangan — bitta aniq sinish chizig’i yo’q, shikastlangan joydagi suyak

alohida bo’laklarga bo’linishi;

Ponasimon — odatda umurtqa sinishida qayd qilinadi, bunda bir suyak boshqa

suyakka bosilib kirib qoladi va pona shaklidagi deformatsiyani hosil qiladi;

Sanchilgan — suyak bo’laklari naysimon suyak o’qi bo’ylab proksimal slijiydi

yoki asosiy naysimon suyak sirtidan tashqarida joylashadi;


Yakka yoki bir nechtalik kabi guruhlarga bo’linadi;

Ochiq — suyak sinishida (o’qotar qurol bilan yaralangan yoki yaralanmagan)

yumshoq to’qimalarning shikastlanishi va tashqi muhit bilan aloqa qilishi qayd
qilinadi. Sinishning lokalizatsiyasiga ko’ra Naysimon suyaklar doirasida quyidagilar
ajratiladi:

Asoratlangan:

Travmatik shok;

Ichki a’zolarning shikastlanishi;

Qon

ketishi;

Yog’li emboliya;

Jarohatga infektsiya tushishi, osteomielit, sepsis.

Asoratlanmagan. Bundan tashqari, eng ko’p uchraydigan sinish turlari umumqabul
qilingan nomlar — ularni birinchi bo’lib ta’riflab bergan muallifning ismi bilan ataladi.
Misol uchun, bilak suyagining bigizsimon o’simtasi sinishi Kolles sinishi deb ataladi.
Bolalik va o’smirlik davrida suyaklashmagan o’sish (epifizal) chizig’i bo’ylab sinish
— epifizioliz ko’p kuzatiladi. Keksalik yoshida esa shikastlanishlar sezilarli darajada
kamroq kuch tomonidan ham chaqirilishi mumkin, tiklanish davri esa ko’proq bo’ladi.
Bu suyak mineral va organik tarkibiy qismlarining o’zgarishi bilan bog’liq.

ETIOLOGIYA

.Suyak ularning yuk ko’tarish chegarasidan ko’ra ko’proq

kuch tushishi natijasida sinadi. Har bir suyakning turli o’qlar bo’yicha maksimal yuk
ko’tarish kattaligi har xil bo’ladi. Har bir alohida holda sinish turi tushadigan kuchning
yo’nalishiga bog’liq. Masalan, agar zarba naysimon suyakka perpendikulyar
tushadigan bo’lsa, ko’ndalang sinish sodir bo’ladi, kuch vektori o’qqa parallel
qo’yiladigan bo’lsa, uzunasiga sinish qayd qilinadi. Suyak sinishining turlari nisbati
vaqt o’tishi bilan o’zgarib boradi, masalan, avtomobil transporti ommaviy joriy
etilishidan oldin kichik boldirning bamperli sinishi va bo’y umurtqalarining bukilish
sinishlari juda kam kuzatilardi. Hozirgi kunda esa ular jarohatlarning sezilari ulushini
egallamoqda. Texnologiyaning rivojlanishi bilan insoniyat boshqara oladigan kinetik
energiya ham oshib bormoqda. Zamonaviy texnik qurilmalarning quvvati inson
skletining mustahkamligidan ancha ustun. Bugungi kunda bunday energiyaning
insonga ta’siri odatiy hol bo’lib qolgan. Shu munosabat bilan, texnik rivojlanish
darajasi ortib borgani uchun travmatologiya va ortopediya oldiga yangi, murakkabroq
vazifalar qo’yiladi. Sinish tez-tez kuzatiladigan tana qismlari mavjud.

Qoida tariqasida, ular suyak eng katta yukni ko’taradigan yoki uning

mustahkamligi pastroq bo’lgan joylardir. Eng keng tarqalgan sinishlar quyidagilarni
o’z ichiga oladi:


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

140

ISSN:3030-3613

Bilak suyagining sinishi. 70% hollarda bu ekstenzion sinishdir;

Yelka suyagining xirurgik bo’yni sinishi;

Kichik boldir suyagi o’rta uchdan bir qismimomg parchalanib sinishi

. Boshqacha nomi «bamperli sinish», ko’proq avtohalokatlarda qayd qilinadi;

Medial va lateral to’piqlarning sinishi

Son bo’yinchasi sinishi. Tuzatish qiyin bo’lgan, ayniqsa keksa yoshdagi

kishilarda ko’p uchraydigan jarohat. Davolashning eng samarali usullaridan biri —
sun’iy chanoq-son bo’g’imi o’rnatishdir;

Kalla suyagining turli sinishlari.

PATOGENEZI

Suyak to’qimasi mineral va organik tarkibiy qismlardan tashkil

topgan. Suyakning tarkibi juda murakkab, organik qism umumiy massaning 30 foizi,
minerallar 60 foizi, suv 10 foizni egallaydi. Mineral komponentlar mustahkamlik
beradi va asosan kaltsiy, fosfor va mikroelementlardan iborat. Organik komponent
kollagendan iborat bo’lib, suyakni yanada egiluvchan qiladi. Kollagen cho’zilganda
mustahkamligi 150 kg / sm2 , kesilganda 680 kg / sm2 , uziluvchanligi darajasi — 20-
25% ni tashkil etadi. Isitilganda kollagen tolasi uzunligi taxminan uchdan biriga
qisqaradi.

TASHXIS

Suyak sinishining nisbiy va aniq belgilari mavjud. Nisbiy belgilar

indikativ hisoblanadi va bu turdagi jarohatlardan shubha qilishga imkon beradi. Mutlaq
belgilar sinish faktini tasdiqlaydi va uni klinik belgilari o’xshash bo’lgan boshqa
jarohatlardan ajratish imkonini beradi.

JAROHAT JOYIDA

Tashxis qo’yish uchun muayyan ko’rsatkichlar

mavjudligi yordam beradi. Sinish klinik aniqlanadigan va faqatgina rentgenonologik
usul bilan tasdiqlanadigan patologiya hisoblanadi. Suyaklarning sinishi diagnostikasi
Suyak sinishini tashxislash uchun shifokorlar bir nechta klinik tekshiruvlarni
o’tkazadilar va sinish turini o’rganish uchun tasvirlash usullaridan foydalanadilar.

Rentgen tasviri ikki o’lchovli tasvirdir, odatda suyak sinishida tashxislashning

birinchi varianti.

Rentgen nurlari sinishni aniqlay olmasa, suyak skanerlash usuli qo’llaniladi,

bu odatda ikki bosqichda amalga oshiriladi va ko’p vaqt talab etadi.

Kompyuter tomografiyasi — bu suyak muammolarini aniqlash uchun

kompyuter va rentgen nurlaridan foydalanib, suyak qismlarining aniq tasvirlarini
ishlab chiqarish.

MRT juda aniq tasvirlarni yaratish uchun kuchli magnit maydonlardan

foydalanadi. MRT tez-tez stress sinishlarni aniqlash uchun ishlatiladi.

DAVOLASH Suyak singanda o’z vaqtida tibbiy yordam ko’rsatish juda

muhimdir. Bu jabrlanuvchining hayotini saqlab qolishi va jiddiy asoratlarni


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

141

ISSN:3030-3613

rivojlanishini oldini olishi mumkin. Ko’pincha jarohatning o’zi emas, balki unga
hamrohlik qiluvchi og’riqli shok va qon ketishi holatlari xavflidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Новиков П.В. Рахит и рахитоподобные заболевания у детей.
Профилактика,превентивная терапия. - М., 1998.

2.

Педиатрия: Руководство для врачей и студентов / Под ред. Н.Н. Володина. -
М., 1996.

3.

Попаян А.В., Савенкова Н.Д. Клиническая нефрология детского возраста. -
СПб., 1997.

4.

Профилактика и лечение рахита у детей раннего возраста: Методические
рекомендации. - М., 1990.

5.

Темин П.А. Судорожные состояния у детей (факторы риска, диагностика,
лечение и профилактика). - М., 1997.


Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

Новиков П.В. Рахит и рахитоподобные заболевания у детей.

Профилактика,превентивная терапия. - М., 1998.

Педиатрия: Руководство для врачей и студентов / Под ред. Н.Н. Володина. -

М., 1996.

Попаян А.В., Савенкова Н.Д. Клиническая нефрология детского возраста. -

СПб., 1997.

Профилактика и лечение рахита у детей раннего возраста: Методические

рекомендации. - М., 1990.

Темин П.А. Судорожные состояния у детей (факторы риска, диагностика,

лечение и профилактика). - М., 1997.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари