Mualliflar

  • Jurayeva I.A.
  • Abduvaxobova M. V.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95760

Kalit so‘zlar:

Kalit so'zlar. Lingvokulturologiya frazeologiya semantika kongnitiv tilshunoslik lingvokulturologiya tarixi obrazli etalon turg'un birikma madaniy hayot an’ana.

Annotasiya

Annotatsiya.  Ushbu  maqolada  ingliz  tilidagi  frazeologik  birliklarni  (ibora, 
maqol,  matal)  o’zbek  tiliga  tarjima  qilishda  ko'plab  tilshunoslar  duch  keladigan 
muammolar  hamda  ularning  yechimlari  haqida  so'z  boradi.  Bundan  tashqari, 
tilshunoslikdagi yangi sohalardan biri — lingvomadaniyatshunoslikning kelib chiqishi 
va uning frazeologik birliklarni tarjima qilishda tutgan muhim o'rni tahlil qilinadi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

131

ISSN:3030-3613

FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVOMADANIY JIHATLARI

Jurayeva I.A.

Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi dotsenti, O‘zMU

Abduvaxobova M. V.

Xorijiy filologiya fakulteti 2-kurs talabasi O’zMU

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ingliz tilidagi frazeologik birliklarni (ibora,

maqol, matal) o’zbek tiliga tarjima qilishda ko'plab tilshunoslar duch keladigan
muammolar hamda ularning yechimlari haqida so'z boradi. Bundan tashqari,
tilshunoslikdagi yangi sohalardan biri — lingvomadaniyatshunoslikning kelib chiqishi
va uning frazeologik birliklarni tarjima qilishda tutgan muhim o'rni tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar.

Lingvokulturologiya, frazeologiya, semantika, kongnitiv

tilshunoslik, lingvokulturologiya tarixi, obrazli etalon, turg'un birikma, madaniy hayot,
an’ana.

Abstract.

This article discusses the problems that many linguists face when

translating English phraseological units (phrases, proverbs, idioms) into Uzbek, and
their solutions. In addition, the origins of one of the new areas in linguistics —
linguocultural studies — and its important role in translating phraseological units are
analyzed.

Key words.

Linguoculturology, phraseology, semantics, cognitive linguistics,

history of linguoculturology, figurative standard, stable combination, cultural life,
tradition.

Аннотация

. В данной статье рассматриваются проблемы, с которыми

сталкиваются многие лингвисты при переводе английских фразеологизмов
(словосочетаний, пословиц, идиом) на узбекский язык, а также пути их решения.
Кроме того, анализируется истоки одного из новых направлений в языкознании
— лингвокультурологии — и его важная роль в переводе фразеологических
единиц.

Ключевые слова.

Лингвокультурология, фразеология, семантика,

когнитивная лингвистика, история лингвокультурологии, образный стандарт,
устойчивое сочетание, культурная жизнь, традиция.


Kirish.

Darhaqiqat, til va madaniyat har bir millatning milliyligini belgilovchi

muhim omillardir. Avvalo, bu ikki tushuncha bir-biriga chambarchas bog'liq bo'lib, til
o'rganishda madaniyatni bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli hozirgi kunda
tilshunoslikda yangi soha – lingvomadaniyatshunoslikni o'rganish, uni tadqiq qilishga
talab kuchayib bormoqda. Bu shuni anglatadiki, til o'zida o'sha xalqning madaniyani
aks ettirib turadi va o'rganilayotgan tilning madaniy urf-odatlari bilan tanish bo'lish


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

132

ISSN:3030-3613

tilni egallash jarayonini osonlashtiradi. Aynan shu jihatlarni hisobga olgan holda,
lingvistika va madaniyat sohalarini birlashtirgan ravishda ko'plab ishlar olib borilishi
kerak.

Linguvokulturologiya madaniyatshunoslik va tilshunoslik fanlari o'rtasida

yuzaga kelgan umumlashma fan bo'lib, til va madaniyatning o'zaro ta'siri va bog'liqligi,
bu bog'liqlikning shakllanishi hamda yaxlit bir sistema sifatida til va tildan tashqarida
aks etishi kabi hodisalarni o'rganish bilan shug'ullanadi [3; 1378]. Xususan, V.N.Teliya
ta’kidlaganidek: “lingvomadaniyatshunoslik – tildagi madaniyat omili va insondagi til
omilini o'rganishga qaratilgan”. Bu fanning asosiy muammolariga quyidagilarni
kiritish mumkin:
a)

inson olamni qanday qabul qiladi;

b)

madaniyatda ko‘chim va timsollarning o‘rni;

c)

tilda asrlar davomida saqlanib turgan iboralarning madaniy belgilarini

ifodalashdagi roli va ularning inson uchun ahamiyati.
Lingvomadaniyatshunoslik boshqa zamonaviy tilshunoslikning antroposentrik
yo‘nalishlaridan (kongnitiv tilshunoslik, kognitiv psixologiya, kongnitiv sotsiologiya,
psixolingvistika) farqli ravishda tilni madaniy fenomen sifatida tadqiq etadi.
Tilshunoslik butun borlig‘i bilan madaniy-tarixiy mundarijaga tayanadi yoki tadqiqot
predmeti sifatida madaniyatning mahsuli, asosi va shart-sharoiti – muhiti hisoblangan
tilni tushunadi. Uning bo‘limlari ichida “madaniyat tashuvchi” sifatida eng faollari til
tarixi bilan bog‘liq sotsial dialektologiya, etnolingvistika, uslubiyat, leksikologiya,
frazeologiya, semantika, tarjima nazariyasi va boshqa bo‘limlardir [1; 87].

Asosiy qism.

“Lingvokulturologiya” atamasi dastlab frazeologik maktab

asoschisi V. N. Teliya va V. V. Vorobyov, V. A. Maslova va boshqalarning ishlarida
ko‘rinadi. Lingvomadaniyatshunoslikning shakllanishi nazariyasining ildizi V. F.
Gumboldtning tadqiqotlariga borib taqaladi. Bundan tashqari, bu sohaning
rivojlanishida A. A. Potebnya, L.Vaysgerber, H. Glins, H. Holts, W. D. Uitni, D. U.
Pauell, F. Boas, E. Sepir, B. L. Uorf, G. Brutyan, A. Vejbitskaya va D. Xaymz kabi
tilshunoslarning ilmiy nazariyalari va g‘oyalari muhim rol o‘ynaganligi ta’kidlanadi
[1; 20]. Ana shu g‘oyalarga asoslanib yillar mobaynida lingvistikada yangi fan –
lingvokulturologiya vujudga keldi hamda XX asrning 90-yilllarida maxsus soha
sifatida shakllandi.

O'zbek tilshunoslik ilmida ham bu yo‘nalishda qator ishlar olib borilmoqda.

Chunonchi, o‘zbek tilshunosligida lingvomadaniyatshunoslikning ilmiy asoslanishi,
madaniyatning tilda aks etishi kabi qator masalalarga qaratilgan dastlabki ilmiy
tadqiqot namunalari sifatida A.Nurmonovning “O‘zbek tilida lingvokulturologik
yo'nalish”, N.Mahmudovning “Tilning mukammal tadqiqi yo‘llarini izlab”,
D.U.Ashurova va M.Galiyevalarning ”Cultural Lingvistics”, N.Sayidrahimovaning
“Lingvokulturologiyaning

ilmiy

asoslanishiga

doir

ayrim

mulohazalar”,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

133

ISSN:3030-3613

“Lingvokulturologiyaning

komponentlari”

nomli

maqolalarini,

D.Xudoyberganovaning “Matnning atropotsentrik tadqiqi” gimonografiyasini,
A.E.Mamatovning

“Zamonaviy

lingvistika”,

Sh.Usmonovaning

“Lingvokulturologiya” mavzusidagi darlik va o‘quv qo‘llanmalarini aytib o‘tish
joiz. Mazkur ishlarda lingvomadaniyatshunoslik fanining mohiyati, predmeti va
obyekti masalalari o'rganilgan [7; 1156].

Umuman olganda, lingvokulturologiya tilshunoslikning yangi yo‘nalishlaridan

biri bo'lib, barcha xalqlar tilida bir vaqtning o‘zida namoyon bo‘ladigan til va
madaniyatning o‘zaro to‘qnashuvi asosida shakllangan madaniyat, urf-odat va
an’analarni o'rganuvchi fandir. Bu fanni o'rganish asosida biz milliy qadriyatlar, urf-
odatlar orqali tilning vujudga kelishi va qanday qilib mustaqil fikrlash qobiliyatlarini
bilib olishimiz mumkin. Bundan ko'rinib turibdiki, lingvokulturologiyada orqali
nafaqat mavjud bo'lgan tilning o'ziga xos xususiyatlari, balki mana shu tilda
so'zlashadigan xalqning qadriyatlari, e’tiqodlari, madaniy hayoti haqida ma’lumotga
ega bo'lamiz.

Demak, shu o'rinda tilshunoslik - lingvokulturologiya xalqlarni yanada

chuqurroq o‘rganishda madaniyatshunoslik, tarix, psixologiya, etnografiya kabi fanlar
bilan hamkorlik qilishini ta’kidlash lozim. Lingvokulturologiyaning tadqiqot obyekti
sifatida asosan folklor namunalarini olishimiz mumkin. Shuning uchun ham iboralar,
maqollar, maqollar, matal va metaforalar o'sha xalq haqida asrlar davomida to‘liq
ma’lumot berish bilan birga, milliy qadriyat va an’analarni saqlaydigan bebaho
boylikdir. Buyuk rus tilshunosi Larin idiomalarga quyidagicha ta’rif bergan:
“Idiomalar doimo xalqning dunyoqarashini, ma’lum bir davrning, jamiyat
qurilishining ustuvor g'oyalarini ifodalaydi”.

Frazeologizmlar millatning dunyoqarashi, turmush tarzi, axloqiy tamoyillari

haqida muhim axborot beruvchi birliklar bo'lib, ularni tarjima qilishda ham aynan
mana shu nozik farqlarga e’tibor qaratish lozim. Frazeologik birliklarning tarjimasiga
oid masalalar G’. Salomov, Q. Musayev, Yu. Po‘latov, S. Abidxodjayeva, G. K.
Odilova, I. G‘afurov, O. Mo‘minov, N. M. Qambarov, M. Xolbekov, Sh. Safarov kabi
olimlarning tadqiqotlarida atroflicha o'rganilgan. Tilshunos V. A. Maslovaning
fikricha, frazeologik birliklar o'z ma’no qurilishida milliy madaniyat taraqqiyotining
ko'p yillik jarayonini aks ettiradi va madaniy stereotiplar, etalonlar, arxetiplarni
avlodlararo uzatilishini ta’minlovchi vositadir [3; 87].

Borliqni idrok etish va aks ettirish nuqtai nazaridan turg'un so‘z birikmalarining

uch guruhi farqlanadi:

a) o‘zida olamni idrok etishning umuminsoniy tajribasini biriktiruvchi;
b) u yoki bu lingvomadaniy jamoa hayot tarzi bilan bog'langan turli vaziyatlarda

orttirilgan tajribani biriktiruvchi;


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

134

ISSN:3030-3613

c) muayyan millatning olamni idrok etish tajribasi, olamni milliy o'ziga xos

ko'rishini aks ettiruvchi so'z birikmalari [6;120]. Birinchi va ikkinchi guruhlar
vaziyatga nisbatan borliqni konseptuallashtirishga asoslangan. Uchinchi guruhning
lingvistik ko'rsatkichi tajribani boshqa tilga tavsiflashga asoslanadi.

Qayd etish joizki, frazeologik birliklar har bir millatning o'z yashash tarzidan,

madaniyatidan va qarashlaridan kelib chiqqadi va milliy ruh bilan sug'oriladi. Shunga
ko'ra bu birliklarning kelib chiqishi har xil lingvistik manbalarga borib taqaladi.
Aytaylik, S. V. Ivanova frazeologizmlarning madaniyatga bog‘liqligini quyidagi
guruhlarga bo‘lgan holda asoslagan:

obrazga aloqadorlik:

ichini mushuk tatalayapti

(ruhan bezovtalanmoq,

tashvishlanmoq); ingliz tilida -

to be at the top of the ladder/tree

(o'z kasb sohasida

imkon qadar eng yuqorida bo'lmoq, juda omadli bo'lmoq);

vaziyat bilan munosabatdoshlik, amalda orttirilgan bilimning ma’lum bir

bo‘lagi:

bir qarich

(yozilgan panjaning bosh barmoq uchidan jimjiloq uchigacha

bo'lgan uzunlik); ingliz tilida -

baker’s dozen

(o'n uch);

muayyan xalqning turmush tarzi bilan o‘zaro bog‘langan so‘z:

do

ppisini

yarimta qilib

(g‘am yemasdan, shod-xurram bo‘lib, yallo qilib); ingliz tilida -

to be in

the Queer Street

(qarz, muammo, qiyinchiliklar vaziyatida bo‘lmoq)

frazeologizmlar asosidagi madaniy tushuncha: lafzda turmoq (ahdini saqlamoq),

taqdirga tan bermoq (e’tirof qilishga majbur bo‘lmoq, rozi bo'lmoq); ingliz tilida -

to

put someone in mind of something

(qandaydir hodisa, inson yoki narsani eslashga

majbur qilmoq) [6;46].

Yuqoridagi

misollardan

ko‘rishimiz

mumkinki,

o‘zbek

tilidagi

frazeologizmlarda

do‘ppi

timsoli keltirilgan, chunki bu bosh kiyim xalqning milliy

madaniyatining bir qismi hisoblanadi. Xuddi shu singari ingliz tilida ham mana
shunday obrazlar mavjud bo‘lib, to be in

the Queer Street

iborasining kelib chiqishi

Londondagi bir marta kasodga uchragan sudlar joylashgan Carey Streetga borib
taqaladi. Yana bir obraz-etalonli komponentlaridan biri cho‘chqa timsoliga
to‘xtaladigan bo‘lsak, ingliz tilida

cho‘chqa

etaloni bilan bog‘langan bir nechta

iboralar mavjud va ifloslik (

a pigsty)

, ochko‘zlik (

make a pig of oneself, pig out

) kabi

salbiy ma'nolarga ega.

“Cho‘chqa”

politsiya xodimi yoki erkak shovinistni sifatlash

uchun jargon atamasi sifatida ham ishlatiladi. Shunga qaramay, o'zbeklar va
umummusulmon xalqlarida diniy nuqtai nazardan cho'chqa harom sanaladi, odatda
haqorat so'zi sifatida nutqda qo'llanadi. Ko'rinib turibdiki, xalqlar madaniyatidan
bexabarlik bir tilni o‘rganish mobaynida bir qancha qiyinchiliklarni tug‘diradi va bu,
ayniqsa, frazeologik birliklarning tarjimasida yaqqol namoyon bo'ladi.

Xulosa. X

ulosa qilib aytadigan bo‘lsak, lingvokulturologiya sohasini

mukammal tadqiq qilish va izlanishlar olib borish orqali turli xalqlar o'rtasida


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_4-to’plam_Aprel-2025

135

ISSN:3030-3613

madaniyatlar almashinuvi sodir bo‘ladi hamda tillarni o‘zlashtirish jarayoni birmuncha
yengillashadi. Bundan tashqari, ingliz tilidagi frazeologizmlarni o‘zbek tiliga
o'girishda har ikki millatning mentaliteti, madaniyati, dunyoqarashlari bilan tanishish
tarjimadagi aniqlikni oshiradi va til o'rganuvchilarga qulayliklar yaratib beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1.

Qo‘ziyev U. Lingvomadaniyatshunoslik - Uslubiy qo’llanma. NamDu nashri:
Namangan – 2021; -122 b.

2.

Mahmudov N. Tilning mukammal tadqiqi yo’llarini izlab … - O’zbek tili va
adabiyoti. – Toshkent, 2012. - № 5; -100 b.

3.

Odilov A. A. Lingvokulturologiya fanining yuzaga kelish tarixi - SCIENTIFIC
PROGRESS – Uzbekistan -2021; -1376-1379 p.

4.

Khayatova Dilafruz Zoyirovna Study of Linguoculturology in Linguistics - Miasto
Przyszłości Kielce-2022: ISSN-L: 2544-980X; -292-293-p.

5.

Qo‘ldasheva, S.A. (2024). Dunyoni til yordamida bilishda оngning rоli.
“Tarjimashunoslik: muammolar, yechimlar va istiqbollar II” mavzusidagi xalqaro
ilmiy-amaliy anjuman, 1(1), -750–752.

6.

Nurmuhammedov Y. Frazeologik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlari.
Monografiya. – Samarqand: SamDU nashri, 2021.– 136 b.

7.

Amonova M. O. Lingvomadaniyatshunoslik fanining tarixiy va nazariy negizlari -
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences –
Tahkent- May 2021; 1554-1559 b.

8.

Rasulova M.I. Ingliz va o’zbek tillarida kasbga oid frazeologizmlarning semantik
–grammatik va uslubiy xususiyatlari. -Buxoro, 2015. -45 b.

9.

Salomov G’. Rus tilidan o‘zbekchaga maqol, metal va idiomalarni tarjima qilish
masalasiga doir. - T.: “Fanlar Akademiyasi” nashriyoti, 1961. -159 b.

10.

Vorobiev V. V., Lingvokulturologiya: Theory and Methods. Moscow: RUDN,
1997. 331 p.

11.

Jurayeva I.A. Антропонимик лексикасининг лингвомаданий тадқиқоти. Т.,
Ғайбулла Саломовнинг 90 йиллигига бағишланган халкаро конференция
тўплами. Https://doi.org/10.5281/zenodo.7481338

12.

Т.,2022. 80-84 б.

13.

https://en.wikipedia.org/wiki/Phraseology

.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

Qo‘ziyev U. Lingvomadaniyatshunoslik - Uslubiy qo’llanma. NamDu nashri:

Namangan – 2021; -122 b.

Mahmudov N. Tilning mukammal tadqiqi yo’llarini izlab … - O’zbek tili va

adabiyoti. – Toshkent, 2012. - № 5; -100 b.

Odilov A. A. Lingvokulturologiya fanining yuzaga kelish tarixi - SCIENTIFIC

PROGRESS – Uzbekistan -2021; -1376-1379 p.

Khayatova Dilafruz Zoyirovna Study of Linguoculturology in Linguistics - Miasto

Przyszłości Kielce-2022: ISSN-L: 2544-980X; -292-293-p.

Qo‘ldasheva, S.A. (2024). Dunyoni til yordamida bilishda оngning rоli.

“Tarjimashunoslik: muammolar, yechimlar va istiqbollar II” mavzusidagi xalqaro

ilmiy-amaliy anjuman, 1(1), -750–752.

Nurmuhammedov Y. Frazeologik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlari.

Monografiya. – Samarqand: SamDU nashri, 2021.– 136 b.

Amonova M. O. Lingvomadaniyatshunoslik fanining tarixiy va nazariy negizlari -

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences –

Tahkent- May 2021; 1554-1559 b.

Rasulova M.I. Ingliz va o’zbek tillarida kasbga oid frazeologizmlarning semantik

–grammatik va uslubiy xususiyatlari. -Buxoro, 2015. -45 b.

Salomov G’. Rus tilidan o‘zbekchaga maqol, metal va idiomalarni tarjima qilish

masalasiga doir. - T.: “Fanlar Akademiyasi” nashriyoti, 1961. -159 b.

Vorobiev V. V., Lingvokulturologiya: Theory and Methods. Moscow: RUDN,

331 p.

Jurayeva I.A. Антропонимик лексикасининг лингвомаданий тадқиқоти. Т.,

Ғайбулла Саломовнинг 90 йиллигига бағишланган халкаро конференция

тўплами. Https://doi.org/10.5281/zenodo.7481338

Т.,2022. 80-84 б.