T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_2-to’plam_Aprel-2025
215
ISSN:3030-3613
AMIR TEMUR- TARIX SAHNASIDA BUYUK DAVLAT ASOSCHISI VA
ZABARDAST SARKARDA
Abdumalikova Rohatoy Abdug'offor qizi
Qoqond University Andijon filiali filologiya yo'nalishi talabasi.
Email pochta:rohatoyabdumalikova1@gmail.com
Annotasiya:
Ushbu maqolada Amir Temurning tarixiy sahnadagi o‘rni, uning
buyuk davlat asoschisi va zabardast sarkarda sifatidagi faoliyati tahlil qilinadi.
Maqolada Amir Temur asos solgan Temuriylar davlati, uning yuritgan adolatli siyosati,
harbiy strategiyasi va ilm-fan, madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi yoritiladi.
Shuningdek, uning merosi bugungi kunda ham dolzarbligini yo‘qotmaganligi haqida
so‘z yuritiladi.
Kalit so'zlari:
Buyuk, davlat, sarkarda, ilm-fan, shoir, qo'shin, madaniyat,
shajara, harbiy yurishlar, kuch-qudrat, janglar, kurashlar.
Amir Temur (to'liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag'ay ibn Amir Barqul) 1336-
yil, 9-aprel, Kesh yaqinidagi Xoja Ilg'or qishlog'ida tug'ilgan.Amir Temur o‘rta asrning
yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va
madaniyat homiysi hisoblanadi. Buyuk ajdodimiz – Sohibqiron Amir Temur nafaqat
o‘zbek xalqining, balki bashariyatning ham qalbidan chuqur joy olgan, desak
mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu kunlarda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi
yurtimiz bo‘ylab katta xursandchilik bilan o‘tkazilmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom
akademiyasida ham sana munosabati bilan “Sohibqiron Amir Temur – buyuk davlat
arbobi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Temurbekning opasi Qutlugʻ
Turkon ogʻo va singlisi Shirinbeka ogʻo edi. Ular Temurbekdan oldin oʻlishgan va
Samarqanddagi Shohi Zinda majmuasidagi maqbaralarda koʻmilishganTaragʻoy, Amir
Taragʻoy, Taragʻoybek — Amir Temurning otasi. Chigʻatoy ulusining nufuzli
beklaridan biri, barlos qabilasi oqsoqollaridan boʻlgan. Taragʻoy ajdodlari Chingizxon
va Chigʻatoy saroyiga yaqin boʻlishgan, keyinchalik ular Kesh viloyatini idora
etganlar. Temurning oʻzi ham Amir Hazagʻonning ishonchli beklaridan sanalgan.
Chigʻatoy ulusi hukmdorlari tomonidan Ili daryosi boʻyida har yili chaqiriladigan
qurultoyga boshqa viloyat beklari qatorida Tarag'ay ham qatnashgan. T.ning
Movarounnahr va Moʻgʻoʻlistondagi mashhur amirlardan doʻstlari koʻp bo'lgan, bu hol
keyinchalik Amir Temurga qoʻl kelgan. Temurbeklar xonadoniga mansub boʻlsada,
otasi Amir Bargul kabi harbiy ishga mayli boʻlmagan. Tarag'ay taqvodor musulmon
boʻlib, koʻp vaqtini darveshlar bilan oʻtkazgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishiga
koʻra, "Taragʻoybek ulamo va sulaho va muttaqiylarga mushfiq va mehribon erdi va
bularning majlisiga borur erdi...". Tarag'ay Shamsuddin Kulolnm oʻziga pir tutgan.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_2-to’plam_Aprel-2025
216
ISSN:3030-3613
Tarag'ayning xotini Buxoro fuzalolarining peshvosi usha'laning qizi Takina xotun
boʻlgan.Temurbekning yoshligi Keshda kechadi. Otasi Taragʻaybek oʻz chogʻining
odatlariga koʻra Temurbekka ot minish, ov qilish, yoydan oʻq otishni o'rgatuvchilarni
tayin qiladi. Shu yuzdan Temurbek 18-20 yoshlarida tulporlarni yaxshi ajrata oladigan
epchil otliq va qoʻrqmas bahodir boʻlib ulgʻayadi. Temurbekni yoshligida madrasaga
ham beradilar. Biroq Temurbekning oʻqimishsiz boʻlganligiʻtog'risida kunbotar ellari
oʻrtasida yanglish qarash ular chindek oʻrnashib qolgan. Temurbek oʻzi toʻgʻrisida
kitobida 21 yoshga toʻlganida otasining hosili yaxshi bo'lganini, qoramol va yilqilar
koʻp bolalaganini, oʻzi ularni 10 tadan qilib ishchilariga boʻlib berganini yozadi.
Temurbekning yoshlik yillari toʻgʻrisida bilgilar juda oz.Amir Temur saltanatida davlat
boshqaruvi va harbiy tizimSohibqiron Amir Temur zamonasining talab va
ehtiyojlaridan kelib chiqib davlat boshqaruvini takomillashtirdi, yangicha ruh va
mazmun bilan boyitdi. Davlatning tarkibiy tuzilishi harbiy-siyosiy tartiblarga
asoslangan bo’lsa-da, jamiyat rivoji uchun barcha tabaqalarning manfaatlarini
ta’minlash nazarda tutilgan edi. Amir Temur saltanatida davlat boshqaruvi ikki
idoradan: dargoh va vazirlik (devon)dan iborat bo’lgan. Dargohni Oliy hukmdorning
o’zi boshqargan. Ijroiya hokimiyat – devonni devonbegi (bosh vazir) boshqargan.
Devonda harbiy vazir, mulkchilik va soliq ishlari vaziri, moliya vaziri faoliyat
yuritgan.Suyurg‘ol yerlarAmir Temur ulkan saltanat tasarrufidagi o‘lkalarni asosan
to‘rt qism (ulus)ga bo‘lib, o‘g‘illari, nabiralari va xizmat ko‘rsatgan amirlariga
suyurg‘ol tarzida in’om qiladi. Movarounnahrdan tashqari o‘z tasarrufidagi barcha
viloyat va mamlakatlarni Amir Temur o‘limidan biroz avval o‘g‘il va nabiralari orasida
taqsimlaydi: Xuroson, Jurjon, Mozandaron va Seyiston (markazi Hirot) Shohruxga,
G‘arbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq va Armaniston (markazi Tabriz) Mironshohga, Fors,
ya’ni Eronning janubiy qismi (markazi Sheroz) Umarshayxga, Afg‘oniston va
Shimoliy Hindiston (markazi G‘azna, keyinchalik Balx) Pirmuhammadga suyurg‘ol
qilib berilgan. Uluslar markaziy hukumatga itoat etsa-da, ammo ma’lum darajada
mustaqillikka ega edi. Ulus hukmdorlarining alohida davlat devonxonasi va qo‘shini
mavjud edi. Ularning markaziy hukumatga tobeligi xirojning bir qismini Samarqandga
yuborib turish va oliy hukmdor harbiy yurishlarida o‘z qo‘shini bilan qatnashish yoki
talab qilingan askarni yuborib turishdan iborat edi.Qo‘shin tuzilishiAmir Temur davlat
mustaqilligi va muhofazasi yo‘lida ichki va tashqi siyosatda asosan qo‘shinga suyanar
edi. Shuning uchun ham Temur qo‘shin boshliqlarini tanlash va ularni tarbiyalash,
harbiy qismlar va ularning joylashish tartibi, navkar va sarbozlarning qurollanishi
hamda ichki intizom masalalariga nihoyatda katta ahamiyat berardi. Sohibqiron
intizomli qo‘shin tuzishga, jang paytida qo‘shin qismlarini oqilona boshqarishga, jang
taqdirini hal qiladigan joylarga harbiy kuchlarni tezkorlik bilan yo‘llashga, mavjud
to‘siq va g‘ovlarni tadbirkorlik bilan bartaraf etishga, qo‘shindagi jangovar ruhni
yuksak darajada ushlab turishga erishgan. Amir Temur qo‘shiniga chorvadorlar qatori
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_2-to’plam_Aprel-2025
217
ISSN:3030-3613
o‘troq aholidan ham askarlar to‘plangan. Askariy qismlarni viloyatlardan to‘plash
bilan tavochi mansabidagi amaldorlar shug‘ullanar edi. Qo‘shinda harbiy kuchlarning
asosini tashkil qilgan otliq askarlar bilan bir qatorda piyodalar ham xizmat qilgan. Amir
Temur qo‘shini son jihatdan aniq tashkil etilgan, jangovar tartibi takomilashtirib
borilgan, zamonasining ilg‘or qurol va texnikasi bilan ta’minlangan, qismlar bir-
biridan kiyim-bosh, bayroq va tug‘lari bilan farqlangan.Bunday farqlanish jangda
qo‘shinni boshqarishda qo‘l kelgan. Amir Temur qo‘shini o‘ntalik askariy birikmalar
asosida tuzilgan harbiy qismlardan iborat edi. Lashkar tuman – o‘n minglik, hazora –
minglik, qo‘shun – yuzlik va ayl – o‘nlik birikmalariga bo‘lingan. Amir Temur o‘n
minglik askarni boshqarish uchun tuman og‘asi, minglik bo‘linmalar uchun
mirihazora, yuzliklar uchun qo‘shunboshi va o‘nliklar uchun esa aylboshi kabi harbiy
mansablarni ta’sis etadi.Sohibqiron Sharqda birinchilardan bo‘lib qo‘shinga o‘tsochar
qurol – to‘pni olib kirgan.Tog‘li hududlarda jang harakatlari olib boruvchi maxsus
harbiy qism va bo‘linmalar tashkil qilingan. Ibn Arabshohning guvohlik
berishicha,Sohibqiron qo‘shinida ayollardan iborat bo‘linmalar bo‘lib, ular erkaklar
bilan bir safda turgan, qahramonlik va matonat namunalarini ko‘rsatgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Sharafuddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi
nashriyot, 1991.
2.
Barthold V.V. Turkiston mongollar istilosi davrida. – Toshkent: Fan, 1993.
3.
Sultonov R. Amir Temur – Sohibqiron sarkarda. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996.
4.
Qayumov A. Amir Temur siymosi tarixda va badiiy adabiyotda -Toshkent: Fan,
1996.
5.
Bobojonov S. Temuriylar davlati: Siyosiy va ijtimoiy tuzilma. – Toshkent:
Ma’naviyat, 2005.
6.
Xudoyberganov M. Oʻrta asrlar Sharq davlatlari tarixi.