Mualliflar

  • Xo‘jayarova Nafisa Normaxamadovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95880

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘ zlar: past o‘zlashtiruvchi mustaqil ish dars pedagog sifatli zamonaviy texnologiya vazifa fan ta'lim tarbiya ziyrak

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  oʻzlashtirishi  past  boʻlgan  o‘quvchilar  bilan 
ishlash usullari o‘quvchilarning faolligini oshirish ularning o`z tengdoshlari qatoriga 
yetib olishni ta'minlash haqida.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_2-to’plam_Aprel-2025

107

ISSN:3030-3613

PAST OʻZLASHTIRUVCHI OʻQUVCHILAR BILAN KORREKSION

MASHGʻULOTLAR OLIB BORISH MASALALARI

Xo‘jayarova Nafisa Normaxamadovna

Surxondaryo viloyati Uzun tumani 20-sonli umumiy

o‘rta taʼlim maktabi amaliyotchi psixologi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada oʻzlashtirishi past boʻlgan o‘quvchilar bilan

ishlash usullari o‘quvchilarning faolligini oshirish ularning o`z tengdoshlari qatoriga
yetib olishni ta'minlash haqida.

Kalit so‘ zlar:

past o‘zlashtiruvchi, mustaqil ish, dars pedagog, sifatli,

zamonaviy texnologiya, vazifa, fan, ta'lim, tarbiya, ziyrak,


KIRISH

Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni mustaqil ishlashga o‘rgatish yaxshi samara

beradi. Mustaqil faoliyat insonni ziyrak va hozirjavob qiladi. Bu faoliyat kichik
yoshdagi maktab o‘quvchilarida ta’limga uyg‘un holda rivojlanishi kerak. Buning
uchun, avvalo, o‘quvchilarni mustaqil faoliyatga ruhan tayyorlash, ularda biror ishni
qila olishga va shu ishni sifatli bajarishiga ishonch uyg‘otish lozim.Mustaqil ish turlari,
avvalo, o‘qituvchi tomonidan puxta o‘ylangan, ta’lim maqsadiga yo‘naltirilgan va
davomiy bo‘lishi kerak. Bunda har bir o‘quvchining imkoniyati hisobga olinishi, yosh
xususiyati, qiziqishlari ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak. O‘qituvchi tomonidan
puxta oʻylangan ta'lim maqsadiga yo‘naltirilgan va davomiy bo‘lishi kerak bunday har
bir o‘quvchining imkoniyati hisobga olinishi yosh xususiyati qiziqishlari ham
e'tibordan chetda qolmasligi kerak o‘quvchilarni aqliy rivojlantirish shartlaridan biri
topshiriqlarni to‘la eslab qolib bajarishdir bunda bajariladigan ishning maqsadini
tushungan tasavvur qilgan holda uning rejasini belgilash va ish usulini tanlash yo‘l
qo‘yilgan xatolarni mustaqil topa olish va uning tuzata bilishlariga alohida e'tibor
beriladi.

Dars sifatini oshirish maqsadida boshqa tumandagi olis maktabga borib, dars

beradigan yosh oʻqituvchilar oyligiga ustama haq toʻlash tizimi joriy etildi.Bundan
tashqari, yoshlarning chuqur bilim olishini taʼminlash maqsadida oʻtgan yillarda 98 ta
ixtisoslashgan maktab tashkil etildi. Har bir hududda Prezident maktablarining tashkil
etilishi ham iqtidorli va barkamol yoshlarni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.Yangi

Oʻzbekiston yoshlari tashabbuslari” jamgʻarmasi va elektron platformasi tashkil

qilinishi belgilandi. Jamgʻarmaga 100 million dollar yoʻnaltirilib, bu mablagʻlar
iqtidorli yoshlarning eng yaxshi gʻoya, startap va loyihalariga qulay va yengil
shartlarda, zarur boʻlsa foizsiz ajratiladi. Past o‘zlashtirayotgan o‘quvchilar uchun
shunga o‘xshash ko‘plab imkoniyatlar yaratildi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_2-to’plam_Aprel-2025

108

ISSN:3030-3613

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Rizayeva Maftunaxon Abdumannop qizi o‘zining " Past o‘zlashtirayotga

o‘quvchilar bilan ishlash" nomli maqolasida quyidagilarni keltirgan: — Bosh
o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni mustaqil ishlashga o‘rgatish yaxshi samara beradi
mustaqil faoliyat insonni ziyrak va hozir javob qiladi bu faoliyat kichik yoshdagi
maktab o‘quvchilarda ta'limga uyqun holda rivojlanishi kerak buning uchun avvalo
o‘quvchilari mustaqil faoliyatga ruhan tayyorlash ular da biror ishni qila olishga va shu
ishni sifatli bajarishga ishonch uygʻotish lozim. Intizor Jumaniyozova o‘zining
maqolasida : — O‘quvchilarda mustaqil ishlarni sifatli bajarishda qiyinchiliklar paydo
bo‘lishi tabiiy. Chunki hali ularning tasavvuri yorqin, so‘z boyligi yetarli emas.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, bolalar o‘qituchi rahbarligida ishlaganda, tezroq
mulohaza qiladilar. Bu holga o‘rganib qolmasliklari uchun ko‘proq ularning o‘zini
mustaqil fikrlashga da’vat etish lozim. O‘quvchilar e’tiborini jalb etish maqsadida
matndagi voqealarni eslatib: Nega shunday bo‘ldi? Seningcha qanday bo‘lishi kerak
edi? kabi savollar berib, uning fikrini ma’qullab, “yana o‘ylasang topasan”, “juda
yaxshi”, “juda soz!” kabi rag’batlantiruvchi so‘zlarni ishlatish foydalidir.

Orazbayeva Gulparshin o‘zining "Past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ishlash"

nomli maqolasida keltirgan: —O‘quvchilar bilim sifatini oshirishhamda ularning tartib
intizomini mustahkamlash. Darsdan va sinfdan tashqaritarbiyaviy ishlarni tashkil etish
va ularni otkazish. Oquvchilarning ota - onalaribilan olib boriladigan ishlar ham sinf
rahbarining asosiy vazifalaridan biridir.Oquvchilar jamoasi - sinf rahbarining tayanchi.
Oquvchilarni tarbiyalashda sinfjamoasidagi barcha oquvchilarning bir-birlariga
ta’sirlari katta ahamiyatga ega.Dastlabki bajargan mustaqil ishdan bola mamnun
bo‘lsa, uning qiziqishlari ortib,yangi-yangi ish turlarini amalga oshirishga kirishadi.
Mustaqil ish natijalarinihamisha tekrishish lozim. Tekshirish og‘zaki yoki yozma
shaklda bo‘lishi mumkin.Bola yozishidan oldin o‘ylaydi, fikrini og’zaki jamlaydi,
so‘ng uni yozishgakirishadi. O‘z fikrini bayon qilish, yo‘l qo‘yilgan biror savol yoki
masalayuzasidan mushohada yuritishga urinadi. Bu jarayon (og‘zaki) nutq asosida
paydobo‘ladi va mustahkamlanadi.

Muhokama

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, boshlang’ich sinfdan yuqori sinfga qabul

qilingan o‘quvchiga dars beradigan o‘qituvchilarga juda katta ma’suliyat yuklangan
bo‘ladi. Chunki boshlang’ich sinf o‘quvchilari bir o‘qituvchining qo‘lida ta’lim-tarbiya
olgan bo‘ladi. 5-sinfda esa ularga turli fan o‘qituvchilari dars beradi. Shuningdek,
o‘tilayotgan mavzular ham murakkablasha boradi. Shu sababli ham 5-sinfga qabul
qilingan o‘quvchilarning ayrimlarida dastavval bilimida biroz bo‘shliqlar paydo
bo‘lishi mumkin. Fan o‘qituvchilari bir-ikki dars jarayonining o‘zidayoq bo‘sh
o‘zlashtiruvchilarni aniqlab, chora-tadbirlar belgilashlari kerak. Buning uchun esa
barcha fan o‘qituvchilari doimiy xamkorlikda va uzviy bog’lanishda ishlashlari darkor.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_2-to’plam_Aprel-2025

109

ISSN:3030-3613

Shundagina ta’limda ham, tarbiyada ham sifat o‘zgarishlari yuz berishi
kutiladi.O‘qituvchi, eng avvalo, dars boshqaruvchisi. O‘quvchining darsdan qandaydir
yangilik olishi aynan uning bilimi, saviyasi va mahoratiga bog’liq. Ammo, har bir
bolaning o‘z iqtidori, dunyoqarashi, qiziqishi mavjud. Har bir sinfda,
xoxlaymizmiyo‘qmi, o‘quvchilar bir xil emas. Kimdir ona tili va adabiyotga qiziqsa,
kimdir matematika, kimyo yoki horijiy tillarga ishtiyoqmand bo‘lishi tabiiy.
Shuningdek, ularning fanlarni o‘zlashtirishi ham har xil bo‘ladi. Birovi qaysidir fanni
yaxshi, birovi o‘rta va yaa boshqasi esa sekin o‘zlashtiradi. Shu nuqtai nazardan
yondashilsa, menimcha, bugungi kun o‘quvchilarini uch toifaga ajratish
mumkin.Birinchi toifadagi o‘quvchilar tabiatan tirishqoq va ijodkor bo‘lib, ular o‘quv
jarayonidan ma’naviy quvvat oladi. Mustaqil ishlashga intilib, turli tadbirlarda ishtirok
etadi. Maktabning faxri xisoblangan bu o‘quvchilar ko‘proq oz o‘rinlarini fan
soxasidan topadilar.

Ikkinchi guruh ko‘pchilikni (taxminan 45-50 foiz )tashkil qiluvchi iqtidorli

o‘quvchilar bo‘lib, ularning o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqi birinchi guruh o‘quvchilariga
nisbatan pastroq bo‘lsada,mustaqil o‘rganishga bo‘lgan qobiliyati ustun , o‘z ustida
ishlay oladi, kamtarin, odobli, xulqi va intizomi yaxshi , jamoat ishlarida qatnashadi.

Uchinchi toifadagilar ozchilikni tashkil etadi: Tashkilqiladigan beozor

o‘quvchilardir.

Natija

O‘quvchilarni mustaqil faoliyatga o‘rgatishda quyidagilarga amal qilish lozim:–

beriladigan har bir topshiriq o‘quvchi imkoniyatlariga mos bo‘lsin va qiziqishuyg‘ota
olsin;– ish osondan qiyinga, soddadan murakkabga qarab yo‘naltirilsin,
o‘quvchigatushunarli bo‘lsin;–ishni bajarishda bolalarda o‘ziga ishonch hissi
uyg‘onsin, ishga kirishishda ular o‘zlarida dadillik topshiriqlar turini almashtirishga
alohida ahamiyat berish kerak;– topshiriqlarni hamma bir vaqtda boshlab, ma’lum
vaqtda tugatishi kerakliginieslatib, bo‘sh o‘zlashtiruvchi bolalarni shu talabni
bajarishga ko‘niktirish lozim;– ish joyi hamisha qulay, saranjom-sarishta bo‘lishi(parta
ustida ortiqcha narsalarbo‘lmasligi) kerak;– topshiriqlar darsning turli bosqichida
bajarilishi mumkin;– darslik, didaktik materiallar bilan ishlashda uzviylik bo‘lishi
maqsadga muvofiq.Uyga beriladigan vazifalar ham mustaqil ishning bir turidir.
Bolalarga, ilojiboricha, sinf sharoitida asosiy bilim va malakalarni singdirish, uyga
vazifalarberishda

me’yorga

amal

qilish

kerak.

Bolalar

darsdan(og‘ir,

mashaqqatlimehnatdan) keyin tiniqib dam olsalar, ko‘proq ochiq havoda bo‘lib,
harakatlio‘yinlar, sayr bilan vaqt o‘tkazib, tunda osuda uxlab, ertangi kungi
darslargayaxshi kayfiyat bilan kelsalar, darsni o‘zlashtirish yaxshi bo‘ladi.Past
õzlashtiruvchi õquvchilarni bilimli, salohiyatli qilib tarbiyalashda turli xil metodlardan
foydalanib bilimlarini oshirish ularni barkamol inson qilib tarbiyalash bugungi kunda
zarur bõlib kelmoqda.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_2-to’plam_Aprel-2025

110

ISSN:3030-3613

XULOSA

Xulosa qilib aytsak past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ishlash jarayonini

tashkil etishda zamonaviy ta'lim-tarbiyada texnologiyadan foydalanish muhim
ahamiyat kasb etadi shunday ekan yangi metodlar dan foydalanish bilan bir qatorda
ta'lim texnologiyalarni ham bu jarayon bilan uzviy ravishda bog'lab berishimiz
kerak.Bundan tashqari o‘qituvchining pedagogik mahorati zamonaviy dars o‘tish
usullardan foydalanishi bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchi bilan yakka tartibda ish olib
borish natijasida uni samarasi amalga oshishi mumkin.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” //Barkamol
avlodO‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: “Sharq” nashriyot matbaa-
konserni. 1997yil.

2.

Mavlonova R., Vohidova N., Rahmonqulova I., Pedagogika nazariyasi va tarixi
(darslik) –T:, “Fan va texnologiya” nashriyoti 2010-yil.

3.

Qiyomiddin Nazirov (tuzuvchi). Falsafa qomusiy lug’at. –T: “Sharq” nashriyoti.
2004-yil

4.

Kasb-hunar ta’limi” jurnali 2007-yil.

5.

Yo‘ldoshev J. Yo‘ldosheva F. Yo‘ldosheva G. Interfaol ta'lim sifat kafolati. –T.:
2008 y.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” //Barkamol

avlodO‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: “Sharq” nashriyot matbaa-

konserni. 1997yil.

Mavlonova R., Vohidova N., Rahmonqulova I., Pedagogika nazariyasi va tarixi

(darslik) –T:, “Fan va texnologiya” nashriyoti 2010-yil.

Qiyomiddin Nazirov (tuzuvchi). Falsafa qomusiy lug’at. –T: “Sharq” nashriyoti.

-yil

Kasb-hunar ta’limi” jurnali 2007-yil.

Yo‘ldoshev J. Yo‘ldosheva F. Yo‘ldosheva G. Interfaol ta'lim sifat kafolati. –T.: