T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_2-to’plam_Aprel-2025
291
ISSN:3030-3613
SOVET DAVRI TARIXSHUNOSLIGIDA AMIR TEMUR SHAXSIGA
YONDASHUV
Nozimova Oyshaxon Abdulhamid qizi
Nizomiy nomidagi TDPU Tarix fakulteti,
Tarix yo‘nalishi 402-guruh talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Sovet tarixshunosligida Amir Temur shaxsiga
bo‘lgan yondashuvning mafkuraviy va siyosiy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot
davomida Sovet davlati tarixiy shaxslar haqidagi qarashlarni qanday qilib o‘z
mafkurasi asosida shakllantirgani, Amir Temurning siyosiy va harbiy faoliyati qanday
soxtalashtirilgani ochib beriladi. Maqolada, shuningdek, mustaqillikdan so‘ng Temur
shaxsiga nisbatan tarixiy adolat tiklangani va yangi yondashuvlar shakllangani haqida
ham fikr yuritadi.
Kirish:
Har bir davrda shaxslar rolini baholashda davr mafkurasi va siyosiy
tuzum muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, tarixiy shaxslarning ilmiy-nazariy baholanishi
hukmron tuzum tomonidan shakllantiriladi. Shu nuqtai nazardan qaralganda, Amir
Temur siymosiga bo‘lgan munosabat Sovet tarixshunosligida turlicha yondashuvlar
asosida ifoda etilgan bo‘lib, bu jarayonda siyosiy mafkura ustuvorlik qilgan. Mazkur
maqolada Sovet tarixshunosligida Amir Temur shaxsining qanday talqin qilingani, bu
yondashuvning sabablari va oqibatlari tarixiy manbalar asosida tahlil qilib o‘tamiz.
Sovet davrida tarixshunoslik marksistik-lenincha mafkura asosida olib borilgan bo‘lib,
har qanday tarixiy voqea va shaxslar bu mafkura asosida baholangan. Shu sababli Amir
Temur kabi yirik sarkarda va davlat arbobining faoliyati ham ko‘pincha biryoqlama,
tanqidiy va salbiy talqinda yoritilgan. Sovet tarixshunosligida Amir Temur ko‘pincha
“feodal zolim”, “bosqinchilik siyosatini yuritgan harbiy sarkarda” sifatida
tasvirlangan. U asos solgan Temuriylar davlati esa “feodal-reaksion davlat” deb talqin
etilgan. Bu yondashuv, ayniqsa 1930–1970-yillar oralig‘ida kuchli bo‘lgan. Tarixiy
haqiqatga ko‘ra, Amir Temur o‘z davrining eng kuchli davlat arbobi bo‘lib, siyosiy
markazlashgan davlat tuzishga, xalqaro savdo va madaniyatni rivojlantirishga katta
e’tibor qaratgan. Biroq Sovet tarixshunosligida bu jihatlar ko‘pincha chetlab o‘tilgan
yoki inkor etilgan. Masalan, mashhur sovet tarixchilari B. G. Gafurov, V. V. Bartold
kabi olimlarning ayrim asarlarida Temurning harbiy yurishlari tanqidiy baholangan
bo‘lsa-da, uning davlat siyosatidagi ijobiy ishlari yetarlicha yoritilmagan. Ayniqsa,
Temuriylar davrining ilm-fan va madaniyatdagi yutuqlari marksistik tarixshunoslikda
ikkinchi darajali masala sifatida qaralgan. Haqiqatan ham oʻsha davr mafkurasi shuni
talab qilganki, xalqni ongini oshiruvchi, oʻzligini anglatuvchi har qanday fikrdan uzoq
tutgan. Amir Temur va uning shaxsiyati ham shunday mavzulardan biri sifatida
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_2-to’plam_Aprel-2025
292
ISSN:3030-3613
qaralgan.Shuning uchun ham uni qoʻnxoʻr,kallakesar sifatida oʻsha davr mafkurasi bn
maktab va oliy oʻquv yurtlarida oʻqitishgan, oʻsayotgan yoshlariga shu tarzda
vatanparvarlik ruxini sindirishgan. Qadimdan Oʻrta Osiyo hudidi va uning aholisi
Rossiya hududiga qaram va unga tegishli boʻlgan degan narsani uqtirishga harakat
qilishgan. Bundan tashqari oʻsha paytda arxiv malumotlarining Amir Temur va
Temuriylarga aloqador qismi qat’iy nazorat qilinib undan foydalanishga
qoʻyishmagan. Agar foydalanish mumkin boʻlgan holatlarda ham cheklangan holatda
informatsiyalar yegʻilgan va doimiy nazoratda boʻlgan. Sovet tuzumining noxolis
siyosati Stalin vafotidan keyin ham davom etadi. 1960-yillarda ham o‘zbek bo‘ladimi
yoki boshqa millat vakili, o‘z tarixi va milliy qahramonlari haqida hech narsa yoza
olmasdi.
Amir Temur va uning shaxsiyatini qoʻrqmasdan himoya qilgan shaxslardan bu
Ibrohim Moʻminovdir. U oʻz davrining eng shijoatli va ilimli insoni boʻlib, sohibqiron
bobomiz nomini oqlashga harajat qildi va buni oʻz uddasidan chiqa oldi ham.Ana
shunday ishlardan biri o‘zbek akademik olimi, 1960-yillarning ikkinchi yarmida
O‘zbek sovet ensiklopediyasi bosh muharriri bo‘lgan, O‘zbekistonda tarix va falsafa
ilmida juda katta ishlar qilgan Ibrohim Mo‘minov bilan sodir bo‘ladi. Olim 1968 yilda
“Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli” nomli risola yozib chop
ettiradi va sovet tuzumining tazyiqlari ostida qoladi. Ko‘p o‘tmay uni ensiklopediya
bosh muharrirligidan bo‘shatishadi. Olim uchun sinovli kunlar boshlanadi. Oxir-oqibat
Ibrohim Mo‘minov vafot etadi.
Sovet O‘zbekistoni tarixshunosligida ham Amir Temur mavzusi ancha muddat
cheklangan. Mahalliy tarixchilarga Temur va Temuriylarga ijobiy yondashish
imkoniyati deyarli berilmagan. Faoliyatlarining ilmiy, ma’naviy va madaniy jihatlarini
o‘rganishga uringan ba’zi tadqiqotchilar tanqidga uchragan yoki cheklovlarga duch
kelgan. Faqatgina 1980-yillarning oxirida, ya’ni Sovet Ittifoqida “qayta qurish”
(perestroyka) siyosati boshlanganidan so‘ng Amir Temurga nisbatan tarixiy
yondashuvda nisbiy ijobiylik paydo bo‘la boshladi. Bu davrda ayrim olimlar, xususan,
Sh. Vohidov, M. Sodiqov, R. Sagdullayev kabilar Amir Temur shaxsini tarixiy haqiqat
asosida o‘rganishga harakat qila boshladilar. Sovet Ittifoqi parchalangach, O‘zbekiston
mustaqillikka erishgach, Amir Temur siymosi tarixiy adolat asosida qayta baholandi.
1996-yilda O‘zbekistonda “Amir Temur yili” deb e’lon qilinib, Temur shaxsining
milliy ong va tarixdagi o‘rni qayta tiklandi. Bu esa uzoq yillar davomida davom etgan
Sovet davridagi tarixiy salbiy stereotiplarning yengilishini anglatadi. Sohibqiron Amir
Temurning benazir aql-zakovati va yuksak tafakkuri, o`z xalqining axloq-odob
haqidagi qarashlarini mukammal bilgan inson bo`lganligini ko`rsatadi. Amir Temur
shaxsi, ma’naviyati, axloqi bilan bog`liq nazariy masalalarni ilmiy o`rganish zaruriyati
uning xalq, davlat, jamiyat taraqqiyotini belgilovchi axloqiy tamoyillarni tahlili bilan
bog`liq. Amir Temur shaxsi va faoliyatida adolatparvarlik muhim o`rin tutadi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_2-to’plam_Aprel-2025
293
ISSN:3030-3613
Xususan, “Temur tuzuklari”ning milliy va umumbashariy ahamiyat kasb etishi uning
yuksak axloqiy tamoyillarga asoslanganligi ham aynan Sohibqironning adolatga
bo`lgan munosabati bilan belgilanadi. Bundan tashqari, adolatparvarlik Amir Temur
faoliyatining axloqiy mezoni sifatida bo`rtib ko`zga tashlanadi.
Xulosa
Sovet davri tarixshunosligida Amir Temurga bo‘lgan yondashuv hukmron
mafkuraviy talablardan kelib chiqib, biryoqlama va salbiy bo‘lgan. Bu
tarixshunoslikda shaxsiy yondashuvdan ko‘ra siyosiy ideologiyaga ko‘proq
tayanilganini ko‘rsatadi. Biroq, mustaqillikdan so‘ng, tarixiy haqiqat tiklandi va Amir
Temur siymosi o‘z xalqining faxrli o‘tmishiga asoslangan yodgor shaxs sifatida e’tirof
etila boshlandi. Bugungi avlod uchun Sohibqiron shaxsidagi halollik, jasorat, farosat,
matonat, qatiyat kabi ko`plab axloqiy fazilatlar mavjudki, uni o`rganish, amal qilishni
foydasi va hikmati ko`p. Ayniqsa, tarixiy shaxslar xarakteridagi vatanparvarlik
fazilatini hamda buyuk shaxslar hayotidagi davrlar sinovidan o`tgan voqeliklarni
tadqiq etish har qaysi davrda ham ahamiyatli hisoblangan. Chunonchi, Amir
Temurning vatanparvarlik g`oyalari, qarashlari va da’vatlarini tahlil qilish axloq
falsafasi rivoji bilan bog`liq muhim ilmiy xulosalarni beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
1. Turkiston chor mustamlakachiligi davrida. 1- qism. T. “Sharq”, 2000.
2. O‘zbekiston Sovet mustamlakachiligi davrida. 2 - qism. T. “Sharq”, 2000.
3. S.A.Toshtemirov “Tarixshunoslik” Toshkent-2022. 267-b
4. Азамат Зиё. Узбек давлатчилиги тарихи. Тошкент, 2000. Аскаров
5. А.А. Узбек халкининг этногенези ва этник тарихи. - Тошкент: Университет,
2007.
6. Бартольд В.В. История культурной жизни Туркестана. - Л.,1927.
7. Бойназаров Ф.Йрта Осиёнинг антик даври. Т., yкитувчи 1991.