Mualliflar

  • Daniyarova Aziza Mirzayaxyayevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95897

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Korreksion pedagogika defektologiya differensatsiya anomal.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada Psixofiziologik rivojlanishi va xulqida nuqsoni 
bo'lgan bolalarni o'qitish va korreksion pedagogika orqali ta'lim-tarbiya berishning 
zamonaviy usullari haqida so'z boradi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_2-to’plam_Aprel-2025

281

ISSN:3030-3613

PSIXOFIZIOLOGIK RIVOJLANISHI VA XULQIDA NUQSONI BO’LGAN

BOLALARGA TA’LIM-TARBIYA BERISHNING PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARI

Daniyarova Aziza Mirzayaxyayevna

Fargʻona viloyati Rishton tumani 1 - sonli umumta'lim maktabining

amaliyotchi psixologi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Psixofiziologik rivojlanishi va xulqida nuqsoni

bo'lgan bolalarni o'qitish va korreksion pedagogika orqali ta'lim-tarbiya berishning
zamonaviy usullari haqida so'z boradi

.

Kalit so’zlar

:

Korreksion pedagogika, defektologiya, differensatsiya,anomal.

KIRISH

Korreksion pedagogika, pedagogik fanlarning tarmog‘i sifatida. Korreksion

pedagogikaning predmeti, vazifalari va mohiyati. Rivojlanishida turli nuqson
(kamchilik)lar bo’lgan o’quvchilarni korreksion o’qitish va tarbiyalash bilan
korreksion pedagogika (defektologiya) shug’ullanadi. Korreksion (maxsus)
pedagogika (defektologiya — yunoncha defectus — nuqson, kamchilik, logos — fan.
ta’limot) — rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega. Maxsus individual
tarbiyalash va o’qitish metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari cheklangan
bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish hisoboti,
qonuniyatlarini o’rganuvchi fan sanaladi.

Ilmiy tushuncha sifatida korreksion pedagogika zamonaviy pedagogika fanida

rasman e’tirof etilganiga u qadar ko’p vaqt bo’lmadi. Uzoq vaqt davomida
pedagogikada «defektologiya» tushunchasi qo’llanib kelingan.Korreksion pedagogika
(defektologiva) tarkibiga quyidagi sohalari kiradi:Pedagogik lug’atda «korrektsiya»
tushunchasi (yunoncha «korrectio» tuzatish) pedagogik uslub va tadbirlardan iborat
maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish
kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to’liq) sifatida tushunilishi ta’kidlab o’tiladi. Ana
shu lug’atda «korreksion pedagogika»ning jismoniy yoki psixik kamchilikka ega,
maxsus, individual tarbiyalash va o’qitish metodlariga muhtoj bo’lgan, sog’lig’i
imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi va shaxsini rivojlantirish jarayonini
boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o’rganuvchi fan ekanligi qayd etiladi. Korreksion
pedagogikaning asosiy maqsadi - belgilangan (normal) va (mavjud kamchilik) faoliyat
o’rtasidagi nomuvofiqlikni yo’qotish yoki kamaytirishdan iborat. Korreksion-
pedaaogik faoliyat yaxlit ta’lim jarayonini qamrab oluvchi hamda murakkab
psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora- tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda
tutuvchi pedagogik tizim. Diagnostika korreksion, korreksion-rivojlantiruvchi,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_2-to’plam_Aprel-2025

282

ISSN:3030-3613

korreksion- profilaktik faoliyatlar bilan bir qatorda tarbiyaviy va korreksion-o’qitish,
psixokorreksion faoliyatni ham amalga oshirilishini ta’minlaydi. Korreksion-
pedagogik faoliyat maxsus ta’lim dasturiga muvofiq mutaxassislar yordamida anomal
o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishga yo’naltirilgan yaxlit jarayon.
Korreksion pedagogikaning asosiy vazifalari. Turli kategoriyali anomal bolalarni
rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalashning umumiy qonuniyatlari mavjud. Korreksion
pedagogikaning asosini anomal bolalarni har tomonlama, fiziologik va psixologik
o’rganish tashkil etib, uning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi:

1:Rivojlanishida turli kamchiliklar bo’lgan bolaning nuqsonlarini tuzatish va

korrektsion-kompensatorli imkoniyatlarini aniqlash;

2:Differensatsiyali o’qitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida anomal

bolalarning muammolarini hal etish;

3:Anomal bolalarni aniqlash va hisobga olish;
4:Rivojlanish anomaliyasini erta diagnostika qilish metodlarini ilmiy jihatdan

ishlab chiqish;

5:Bolalarda rivojlanish nuqsonlarini tuzatish, yo’qotish yoki kamaytirish

bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

6:Anomal bolalikning oldini olish bo’yicha profilaktik chora- tadbirlar tizimini

ishlab chiqish;

7:Anomal bolani rivojlantirish va uni ijtimoiylashtirish jarayonining

samaradorligini oshirish.


Korreksion pedagogika quyidagi pedagogik kategoriyalarga ega: Anomal

bolalarni o’qitish va rivojlantirish ularni ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda
bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishga yo’naltirilgan maqsadli jarayondir.
Anomal bolalar uchun ta’lim tizimi va metodlarini tanlashda bolaning yoshi va
nuqsonning kelib chiqishi vaqti hisobga olinadi. Eshitish yoki ko’rish qobiliyatini
yo’qotish vaqti alohida ahamiyatga ega. Anomal bolaning rivojlanishi normal boladan
ko’ra ko’proq darajada o’qitishga bog’liq. Shuning uchun anomal bolalar o’qitilmasa
yoki o’qitish kech boshlansa uning rivojlanishiga jiddiy zarar yetkaziladi,psixik
funksiyalarning shakllanishi ortda qoladi, normal tengdoshlaridan ortda qolishi darajasi
oshadi, nuqsonlar o’ta jiddiy bo’lsa aqliy rivojlanishi imkoniyatlari yuzaga chiqmay
qolishi mumkin. Maxsus didaktikaning markaziy muammosi mehnat ta’limi va
tarbiyasini tashkil etish masalasi hisoblanadi. Maxsus maktablarda uni tashkil etish
alohida ahamiyatga ega. Binobarin, ushbu jarayonda o’quvchilar ijtimoiy hayot,
shuningdek, imkoniyat darajasida kasbiy faoliyatga tayyorlash buzilgan funksiyalarini
tiklash, shuningdek, aqliy va jismoniy rivojlanish nuqsonlarining darajasini
pasaytirishga yordam beradi. Anomal bolalarni tarbiyalash — korreksion
pedagogikaning asosiy tushunchasi bo’lib, uning maqsad va vazifasi nuqsonning


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_2-to’plam_Aprel-2025

283

ISSN:3030-3613

darajasi va tuzilishiga mos keladigan metod hamda vositalar yordamida anomal
bolalarni faol ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda fuqarolik sifatlarini
shakllantirishdan iborat. Anomal bolalarni tarbiyalash oila va ta’lim muassasasi
o’rtasidagi yaqin aloqa, bir-birlarini qo’llab- quvvatlash, bir-birlariga yordam
ko’rsatish, talabchanlik hamda oqilona mehribonlik asosida amalga oshiriladi.
Tarbiyaviy ishlar anomal bolalarning individual va yosh xususiyatlarini inobatga olish
asosida ularda mustaqillik, o’ziga xizmat ko’rsatish, mehnat ko’nikmalari, xulq
madaniyati, shuningdek, ijtimoiy muhitda yashash va ishlash ko’nikmalarini
shakllantirishga yo’naltiriladi. Anomal bolani tarbiyalash atrofdagilarning uning psixik
yoki jismoniy kamchiliklariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishni talab etadi.
Bunday bolalarda optimizm va ishonchni tarbiyalash, qobiliyatini shakllantirish yoki
uning o’rnini bosuvchi imkoniyatni rivojlantirish, ijobiy sifatlarini tarbiyalash hamda
harakatlari va xulqini tanqidiy baholash qobiliyatini rivojlantirish juda muhim.
Korreksiya (yunoncha tuzatish)deganda bolaning psixik va jismoniy rivojlanishidagi
nuqsonlarni tuzatish, yo’qotish va pasaytirish nazarda tutiladi. Korreksion - tarbiyaviy
masalalarida sinf va sinfdan tashqari ishlarning barcha tur va shakllaridan
foydalaniladi. Korreksion — tarbiyaviy ishlar anomal bolalarni o’qitish jarayonida
amalga oshiriladi va mehnat tarbiyasini samarali tashkil etish uchun katta imkoniyatlar
yaratadi. Mehnat ta’limi jarayonida faqat kasbiy malakalari emas, balki o’z ishlarini
rejalashtirish ko’nikmalari, og’zaki ko’rsatmalarga amal qilish malakasi, ishning
sifatini tanqidiy baholash va boshqa malakalari tarbiyalanadi. Kamchiliklarini tuzatish
yordamida anomal bolalarning normal rivojlangan bolalar bilan aloqalari uchun
sharoitlar yaratish muhimdir. Bir qator hollarda anomal bolalar uchun davolash-
korreksion tadbirlar (davolash jismoniy mashqlari, masala, artikulyar va nafas olish
gimnastikasi, doridarmonlar qabul qilish va boshqalar) ni tashkil etish zarur bo’ladi.
Kompensatsiya (yunoncha «compensatio» — o’rnini to’ldirish, tenglashtirish)
organizmning buzilgan yoki rivojlanmagan funktsiyalarining o’rnini to’ldirish yoki
qayta qurishdir. Kompensatsiya jarayoni oliy nerv faoliyatining zahira imkoniyatlariga
tayanadi.

Psixofiziologik rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo’lgan bolalarni o’qitish,

tarbiyalash va rivojlantirish — murakkab ijtimoiy- pedagogik muammo hisoblanadi.
Rivojlanishida nuqsoni bolgan bolalar bilan korreksion ishlar quyidagi yo’nalishlarda
olib boriladi:

Bolalarning rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlar tabiati va mohiyatini aniqlash,

ularning yuzaga kelishi sabablari va sharoitlarini o’rganish.

Rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo’lgan bolalar bilan korreksion- pedagogik

faoliyatning tashkil etish va rivojlanishi tarixini o’rganish.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_2-to’plam_Aprel-2025

284

ISSN:3030-3613

Bolalarning rivojlanish va xulqidagi nuqsonlarning oldini olishga xizmat

qiluvchi

ijtimoiy-pedagogik

shart-sharoitlar

va

psixofiziologik

rivojlanishi

etimologiyasi (sababoqibatli asoslari)ni aniqlash.

Rivojlanishida kamchilik va xulqida nuqsonlar bo’lgan bolalarga

korreksionpedagogik ta’sir ko’rsatish texnologiyasi, shakl, metod va vositalarini ishlab
chiqish.

Ommaviy umumiy o’rta ta’lim manbalari sharoitlarida rivojlanishi va xulqida

nuqsonlar bo’lgan bolalarning umumiy va maxsus ta’limi mazmunini tahlil qilish.

Bolalarni

reabilitatsiya

qilish

va

himoyalash

markazlari,

maxsus

muassasalarining maqsadi, vazifa va asosiy yo’nalishlarini aniqlash.

Anomal bolalar bilan korreksion-pedagogik faoliyatni tashkil etuvchi

o’qituvchilarni tayyorlashda zarur o’quv-metodik bazasini yaratish.

Korreksion-tarbiyaviy ishlar anomal bolalarning rivojlanishidagi kamchiliklarni

yo’qotish yoki kamaytirishga qaratilgan maxsus pedagogik chora-tadbirlar tizimidir.
Korreksion-tarbiyaviy ishlar faqat alohida nuqsonlarni tuzatishga yo’naltirilgan
bo’lmay, balki umumiy rivojlantirishga qaratilgan.

O’quvchilarning rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlarni tuzatish bolaning

shakllanayotgan shaxsini o’zgartirishga qaratilgan yaxlit pedagogik hodisa
sanaladi.Korreksion-tarbiyaviy faoliyat bolaning idrok etish imkoniyatlarini
o’zgartirish, uning emotsional-irodaviy, individual-shaxsiy sifatlarini yaxshilash,
qiziqish va layoqatlari, mehnat, badiiy, estetik va boshqa qobiliyatlarini rivojlantirishga
qaratilgan pedagogik xatti-harakatdir.

XULOSA

Korreksion-rivojlantiruvchi ta’lim o’qishda va maktabda anomal bolalarga o’z

vaqtida malakali yordam ko’rsatishni ta’minlovchi differensial ta’lim tizimi bo’lib,
uning asosiy vazifasi bola rivojlanishining umumiy darajasini oshirishga qaratilgan
bilimlarni tizimlashtirish, uning rivojlanishi va o’qishidagi kamchiliklarni yo’qotish,
yetarlicha shakllanmagan malaka va ko’nikmalarni shakllantirish hamda bolaning
idrok etish borasidagi kamchiliklarni tuzatish.

Rivojlanishida nuqsonlar

bo’lgan bolalar bilan

olib

boriladigan

korrektsionpedagogik faoliyat boy tarixiy tajribalarga ega.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Ayupova.M.Y.―Logopediya‖ О’zbekiston faylasuflari milliy jamiyatinashriyoti
Toshkent – 2007.

2.

Ayupova.M.YU ―Korreksion ishlar metodikasi‖ Maruza matni.T-2001

3.

D.R. Babayeva. Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi. (Darslik) – T: «Barkamol
fayz media», 2018

4.

Islomova, O. (2021). UMUMTA’LIM MAKTABLARI QOSHIDAGI
LOGOPEDIYA

SHAXOBCHALARI

ISHINI

TAKOMILLASHTIRISH


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_2-to’plam_Aprel-2025

285

ISSN:3030-3613

BO’YICHA PEDAGOGIK TAVSIYALAR. Журнал Педагогики и психологии
в

современном

образовании,

(2).

извлечено

от https://ppmedu.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/2619.

5.

Islomova, O. (2020). UMUMIY TIPDAGI MAKTABGACHA TA’LIM
TASHKILOTIDA BOLALAR NUTQINI TUZATISHDA SIFATLI LOGOPEDIK
XIZMAT. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Ayupova.M.Y.―Logopediya‖ О’zbekiston faylasuflari milliy jamiyatinashriyoti

Toshkent – 2007.

Ayupova.M.YU ―Korreksion ishlar metodikasi‖ Maruza matni.T-2001

D.R. Babayeva. Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi. (Darslik) – T: «Barkamol

fayz media», 2018

Islomova, O. (2021). UMUMTA’LIM MAKTABLARI QOSHIDAGI

LOGOPEDIYA SHAXOBCHALARI ISHINI TAKOMILLASHTIRISH BO’YICHA PEDAGOGIK TAVSIYALAR. Журнал Педагогики и психологии

в современном образовании, (2). извлечено

Islomova, O. (2020). UMUMIY TIPDAGI MAKTABGACHA TA’LIM

TASHKILOTIDA BOLALAR NUTQINI TUZATISHDA SIFATLI LOGOPEDIK

XIZMAT. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании.