T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_3-to’plam_Aprel-2025
178
ISSN:3030-3613
O‘ZBEKISTONDA AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI VA XAVFSIZLIGI
SOHASIDAGI JINOYATLARNING OLDINI OLISHNING MUHIM
AHAMIYATI.
iiv malaka oshirish institututi tashkiliy bo‘lim boshlig‘i
Mo‘minov abdumalik abdumajidovich
Annotatsiya
. O‘zbekistonda axborot texnologiyalari va xavfsizligi sohasidagi
jinoyatlarning oldini olishda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish bilan
bog‘liq tendensiyalarning mazmun-mohiyati ochib berilgan. jumladan, ushbu
jarayonning asosiy yo‘nalishlari, mavjud muammolar ilmiy jihatdan tadqiq etilgan.
umuman olganda, mamlakatimizda axborot texnologiyalari va xavfsizligi sohasidagi
jinoyatlarning oldini olishda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi va uni yanada
samarali amalga oshirishning istiqbollari tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
Axborot texnologiyalari, jinoyatlar, oldini olish, “Global to‘r”,
“Umumjaxon to‘r”, “Butunjaxon to‘r”, firibgarlik, o‘g‘rilik, kiberhujum,
telekommunikatsiya, innovatsion rivojlanish, jamoat, xavfsizlik, global, axborot,
texnologiya, raqamli texnologiya, internet, ma’naviyat, xakerlar.
Аннотация
. Раскрыта сут тенденций, связанных с внедрением
современных информационных технологий в профилактику преступлений в
сфере информационных технологий и безопасности в узбекистане. включая
научное исследование основных направлений этого процесса и существующих
проблем. в целом проанализирована эффективност проводимой в нашей стране
работы по предупреждению преступлений в сфере информационных технологий
и безопасности и перспективы ее более эффективной реализации.
Ключевые слова:
Информационные технологии, преступност,
профилактика, «глобалная сет», «всемирная паутина», «всемирная паутина»,
мошенничество, кража, кибератака, телекоммуникации, инновационное
развитие, общественност, безопасност, глобалный, информация, технологии,
цифровые технологии, интернет, духовност, хакеры.
Abstract.
The essence of the trends related to the introduction of modern
information technologies in the prevention of crimes in the field of information
technologies and security in Uzbekistan is revealed. In particular, the main directions
of this process, existing problems are scientifically studied. In general, the
effectiveness of the work carried out in our country to prevent crimes in the field of
information technologies and security and the prospects for its more effective
implementation are analyzed.
Keywords:
Information technologies, crimes, prevention, “Global network”,
“Global network”, “Global network”, fraud, theft, cyberattack, telecommunications,
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_3-to’plam_Aprel-2025
179
ISSN:3030-3613
innovative development, public, security, global, information, technology, digital
technology, Internet, spirituality, hackers.
O‘zbekistonda jamoat axborot texnologiyalari va xavfsizligi sohasidagi
jinoyatlarning oldini olishni ta’minlash tizimiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish
masalasi uzoq yillardan buyon davom etmoqda. Ma’lumki, so‘nggi yillarda
mamlakatimizda jinoyatlarni oldini olish sohasida "raqamli" texnologiyalarni joriy
etish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu borada davlat rahbari va
hukumat tomonidan qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning ijtimoiy-huquqiy
ahamiyati hamda ularni amalga oshirish jarayonlariga e’tibor qaratilgan. Xususan,
jinoyatlarni oldini olish hamda xavfsizlik tizimlarini joriy etish va ularning ishlash
bosqichlarida fuqarolarning huquqlari himoyasi, qonuniylik, shaffoflik va
samaradorlik bilan bog‘liq masalalar tadqiq qilingan.
O‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, ayni vaqtda axborot texnologiyalari va
xavfsizligi sohasidagi jinoyatlarning oldini olishda innovatsion texnologiyalarning
rivojlanish tendensiyalari, ushbu yo‘nalishda mamlakatning strategik maqsadlarining
mazmun-mohiyati, aynan zamonaviy texnologiyalarni jamoat xavfsizligini ta’minlash
tizimiga joriy etish bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bunda huquqni muhofaza qiluvchi
organlar sohasida jinoyatlarni oldini olish faoliyatining yanada samarali bo‘lishiga
imkon beradi. Shu bilan birga, axborot texnologiyalari va xavfsizligi sohasidagi
jinoyatlarning oldini olish jarayonlarida fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlarining
faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi
1
.
Shuningdek, jamoat xavfsizligi tizimiga ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni joriy
etish, bir qator qulayliklar bilan birgalikda xalqaro maydonda mamlakatning ijobiy
imiji shakllanishiga va jinoyatchilikka qarshi kurashda yuqori samaradorlikka
erishishga asos yaratadi.
Global taraqqiyot sharoitida axborot texnologiyalari mohiyatini oshirishning
yanada zamonaviy, innovatsion usullarini izlab topish, axborotlashtirish jarayoniga har
tomonlama ko‘maklashish, ularni hayotga keng joriy etish davlat faoliyatining muhim
yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Zero, axborotlashtirish tizimida davlat siyosatini
olib borish masalasi strategik ahamiyatga ega vazifadir
2
.
Dunyoda axborot texnologiyalari va xavfsizligi sohasidagi jinoyatchilikka
qarshi kurashish muammolari tobora global ahamiyat kasb etmoqda. Hususan BMT
Bosh Assambleyasi, Yevropa kengashi, ShHT, MDH, Arab davlatlari ligasi va boshqa
tashkilotlar
tomonidan
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan
jinoiy
1
А.М.Abjalov “O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlashda axborot texnologiyalaridan
foydalanish istiqbollari” Т-2025.
2
Х.Б.
Абдреймов
Ахборот технологиялари соҳасидаги жиноятлар ва улардан
ҳимояланиш усуллари
ИИВ Академия Магистратура ингловчиси.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_3-to’plam_Aprel-2025
180
ISSN:3030-3613
maqsadlarda foydalanishga qarshi kurashish bo‘yicha halqaro huquqiy hujjatlar qabul
qilingan. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi vaqtda
7 milliardga
yaqin inson
(dunyo aholisining 95%) elektr aloqasining ko‘chma tarmoqlari bilan qamrab olingan
3
,
yiliga kiberjinoyatchilik oqibatida yetkazilgan moddiy zararning miqdori dunyo
YaIMning
1 %ni
tashkil etadi
4
.
Yangidan-yangi turlari bilan tilga olinadigan kiberjinoyatchilikning ijtimoiy
hayotimizga kirib kelganiga ham ancha bo‘ldi va uni asrimizning global muammolari
qatoriga qo‘shimiz mumkin. Uning bizga ma’lum bo‘lgan virusli dasturlarni tarqatish,
parollarni buzib kirish, kredit karta va boshqa bank rekvizitlaridagi mablag‘larni
o‘zlashtirish talon-taroj qilish, shuningdek Internet orqali qonunga zid axborotlar,
xususan bo‘hton, ma’naviy buzuq ma’lumotlarni tarqatish bilan bashariyat hayotiga
katta xavf solayotganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi.
Internet (ingl. Internet) – axborotni saqlash va uzatish uchun mo‘ljallangan
butunjahon umumlashtirilgan kompyuter to‘ridir. Ko‘pincha “Umumjahon to‘ri” yoki
“Global to‘r” deb nomlanadi. Uning asosida “Butunjahon o‘rgimchak to‘ri” (World
Wide Web, WWW) va boshqa aloqa sistemalari faoliyat yuritadi.
Hozir butun dunyodagi insoniyatning 63 foizi internetdan foydalanadi. Qariyb
bir yilda internet foydalanuvchilari soni 200 millionga ortgan. Foydalanuvchilarning
asosiy qismi
(92,4 foiz)
mobil qurilmalar orqali internetdan foydalanadi.
O‘zbekistonda internet foydalanuvchilari soni
27 milliondan
oshgan, shundan
25
milliondan
ko‘prog‘i mobil internet foydalanuvchilari hisoblanishadi
5
.
Axborot texnologiyalarining keng miqyosda rivojlanishi bir vaqtning o‘zida
ko‘p turdagi jinoyatlarning sodir etilishiga imkon yaratdi, o‘z navbatida ushbu turdagi
jinoyatlarni aniqlash va ularni oldini olishda yuqori bilim va kasbiy tayyorgarlikni talab
qilmoqda. Shunday qilib, “axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyat” kompyuterlar
va ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlaridan foydalangan holda sodir etiladigan jinoiy
qilmish bo‘lib, buning uchun qonunchilikda jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan. Shu
bois, fuqarolar o‘rtasida axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar to‘g‘risida
ma’lumotlarni tarqatish va targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish zarur.
Axborotlashgan jamiyat tezlik bilan shakllanib, axborot dunyosida davlat
chegaralari degan tushuncha yo‘qolib bormoqda. Jahon kompyuter tarmog‘i davlat
boshqaruvini tubdan o‘zgartirmoqda.
3
Расулев А. К. Ахбороттехнологияларивахавфсизлигисоҳасидаги жиноятларга қарши
курашишнинг жиноят-ҳуқуқий ва криминологик чораларини такомиллаштириш. Юрид.
фанлар доктори диссертациясининг автореферати. Т., ИИВ Академияси, 2018. - Б-5.
4
. http://www.statista.com/The StatisticsPortal).
5
https://review.uz/oz/post/ozbekistonda-internet-xizmatidan-foydalanuvchilar-soni-272-
milliondan-oshdi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_3-to’plam_Aprel-2025
181
ISSN:3030-3613
Hududiy joylashishidan qat’iy nazar, kundalik hayotimizga turli xildagi
axborotlar internet xalqaro kompyuter tarmog‘i orqali kirib keladi. Shuning uchun ham
mavjud axborotlardan noqonuniy foydalanish, o‘zgartirish, yo‘qotish va ularga kirish
kabi muammolardan himoya qilish dolzarb masala bo‘lib qoldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab har yili
500 milliondan
ortiq kiberhujumlar
uyushtiriladi. Har soniyada dunyodagi har
12 nafar
insondan biri kibermakonda sodir
etilgan hujumlar qurboniga aylanmoqda. Xususan, AQSh, Fransiya, Angliya, Belgiya,
Germaniya, Luksemburg kabi davlatlarda kiberjinoyatchilik ko‘rsatkichi umumiy
jinoyatchilikning
60–65 foizini
tashkil etadi.
Ekspertlarning hisob-kitobicha, kiberhujumlarning asosiy qismi maxfiy
ma’lumotlarni qo‘lga kiritish, ularni o‘zgartirish yoki yo‘qotish, foydalanuvchilardan
pul talab qilish yoki biznes jarayonlarini izdan chiqarishga qaratilmoqda. Buning
natijasida bir yilda dunyo iqtisodiyoti o‘rtacha
20 milliard
AQSh dollaridan ziyod
miqdorda zarar ko‘rmoqda.
O‘zbekistonda ham so‘nggi uch yilda kiberjinoyatlar
8,3 baravarga
ko‘payib,
umumiy jinoyatchilikning
5 foizini
tashkil etmoqda. Masalan, kibermakonda
firibgarlik bilan bog‘liq holatlar
13 baravarga,
o‘g‘rilik
20 baravarga,
tovlamachilik,
tuhmat va haqorat qilish bilan bog‘liq jinoyatlar esa
4,9 baravarga
ortgan.
Jinoiy-huquqiy tushunchada kompyuter axboroti axborot texnologiyalari
sohasidagi jinoyatlarning predmeti hisoblanadi. Masalan bunday holatlar Jinoyat
kodeksi 278
1
, 278
2
, 278
4
, 278
6
va 278
7
-moddalarining dispozitsiyalarida to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ko‘rsatilgan. Boshqa hollarda esa predmetning aniqlanishi jinoyat tarkibi
boshqa elementlarining aniqlanishi bilan bog‘liq (JKning 278
3
va 278
5
-moddalari).
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining axborot
texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga oid bobining xususiyati shundaki, unda
axborotning alohida turi – kompyuter axboroti haqida so‘z boradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ta’kidlash mumkinki, ushbu turdagi
jinoyatlar axborot texnologiyalaridan qonuniy, xavfsiz foydalanishni ta’minlovchi
munosabatlarga bevosita tajovuz qiladi hamda foydalanuvchilarning axborot
texnologiyalari sohasidagi qonuniy manfaatlariga zarar yetkazadi.
Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarning oldini olishda quyidagilarga
alohida e’tibor qaratish taklif etiladi:
birinchidan,
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-
qismi “v” bandini “telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek, Internet jahon
axborot tarmog‘idan yoki elektron to‘lov vositalaridan foydalanib” tarzida bayon etish,
273-moddasi 2-qismini “telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet
jahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa” tahriridagi yangi “d” bandi
bilan to‘ldirish.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_3-to’plam_Aprel-2025
182
ISSN:3030-3613
Sodir etilayotgan firibgarlik jinoyatlari tahlil qilinganida, aksariyat bu turdagi
jinoyatlar axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, ayniqsa, mobil ilovalar orqali
bank plastik kartalaridan pullarni firibgarlik va o‘g‘rilik qilish orqali o‘zlashtirish
holatlari ko‘paymoqda.
Amaldagi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandida yoki 169-
moddasi 3-qismi “b” bandida kompyuter texnikasidan foydalanib sodir etilgan
firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyatlari uchun javobgarlik belgilangan. Biroq “Kompyuter
texnikasidan foydalanib sodir etish” tushunchasi tor ma’noda bo‘lib, hozirda bu turdagi
jinoyatlarning sodir etish usulini to‘liq qamrab olmayapti.
Qolaversa, mazkur moddani shu yo‘nalishda 2022 yil 15 aprelda qabul qilingan
“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonun talablariga moslashtirish lozim.
Taklif etilayotgan
“Telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet
jahon axborot tarmog‘idan yoki elektron to‘lov tizimlaridan foydalanib”
jumlasi
Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 159
6
-moddasida o‘z aksini topgan bo‘lib,
ushbu qilmish uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilangan. Bundan tashqari, Rossiya
Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 159
3
.-moddasida elektron to‘lov vositalaridan
foydalanib sodir etilgan firibgarlik uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilangan.
Shuningdek, Ukraina Jinoyat kodeksining 190-moddasida, Latviya Jinoyat
kodeksining 177
1
-moddasida qonunga xilof ravishda elektron hisoblash mashinasi
texnikasidan foydalanganlik va avtomat tizimida ma’lumotlarga ishlov berishda
firibgarlik sodir etganlik uchun maxsus jinoiy javobgarlik belgilangan;
ikkinchidan,
mobil ilova akkauntini faollashtirishda (telefon apparatining IMEI
kodi, IP-manzillar ro‘yxatidan tashqari) foydalanuvchining yuz ko‘rinishi (Face ID),
geografik joylashuv (geopozitsiya - Location) ma’lumotlarini to‘liq kiritishga doir
texnik shartni joriy etish.
Ma’lumot uchun:
2017 yilda Rossiyadagi “Sberbank” hamda “Tochka” nomli
mobil ilovalarida “Face ID”, “Location” funksiyasining joriy etilishi ular bilan bog‘liq
jinoyatlarning
85 %
ga kamayishiga olib kelgan. Mazkur amaliyotning yo‘lga
qo‘yilishi mobil ilovalar orqali sodir qilinayotgan jinoyatlarning kamayishiga,
jinoyatni sodir qilgan shaxs hamda joylashgan manzili haqidagi ma’lumotlarni o‘z
vaqtida aniqlashga, moliya xizmatlarini ko‘rsatish sub’ektlari hamda dasturiy
ta’minotdagi xavfsizlik darajasi yaxshilanishiga, fuqarolarning plastik kartalaridagi
mablag‘lari ishonchli muhofaza qilinishi ta’minlanishiga xizmat qiladi;
uchinchidan,
“Ropulation of Uzbekistan” axborot-qidiruv-ma’lumotnoma
tizimini joriy qilish va bunda sun’iy intellekt texnologiyalari imkoniyatlaridan keng
foydalanish.
Dunyoning yetakchi davlatlari (Italiya, AQSh va h.k.) tajribasiga ko‘ra,
mamlakat aholisining har birining tug‘ilganidan boshlab vafot etguniga qadar barcha
jarayon, jumladan bog‘chada, maktabda (litsey, kollej, texnikum va h.k.), oliy ta’lim
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_3-to’plam_Aprel-2025
183
ISSN:3030-3613
muassasasida ta’lim olish va ish joyidagi mehnat qilish jarayonlarida uning fe’l-atvori,
qiziqishi, atrofidagi insonlari, oilaviy ahvoli va h.k. ma’lumotlari doimiy va muntazam
to‘ldirilib boriladigan, markazlashtirilgan, ruxsat darajalari belgilangan “Ropulation of
Uzbekistan” axborot-qidiruv-ma’lumotnoma tizimini joriy qilish va bunda sun’iy
intellekt texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish taklif etiladi. Bu tizim
mamlakatimiz aholisi to‘g‘risida barcha ma’lumotlarni jamlaganligi sabab jinoyatlarni
“issiq izi”dan ochish har bir kriminal vaziyatda aniq va to‘g‘ri qarorlar qabul qilish
uchun xizmat qiladi. Mazkur tizimning ichki ishlar tizimlariga joriy qilinayotgan
raqamli texnologiyalar bilan integratsiyalashuvi bugungi kunda jinoyatlarni jilovlash
uchun eng katta samara beradigan tadbirlardan biri bo‘ladi;
to‘rtinchidan,
ijtimoiy tarmoqlarda taniqli bo‘lgan bloger, vayner hamda
tiktokerlardan keng foydalangan holda axborot texnologiyalari sohasidagi
jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini yanada
kuchaytirish.
So‘nggi vaqtlarda aholining huquqiy madaniyatini oshirishda, jinoyatchilikka
qarshi kurashda ijtimoiy tarmoqlarning roli oshib bormoqda.
Xususan, ayrim bloger, vayner, tiktokerlar tomonidan jamiyatning barcha
ijtimoiy sohalarida bo‘layotgan jarayonlarni turli ko‘rinishlarda namoyish etishlari
millionlab fuqarolar tomonidan tomosha qilinib, ijtimoiy tarmoqlarda aholi orasida
muhokamalar qilinmoqda.
Hozirda aholining huquqiy madaniyatini oshirishda, kiberjinoyatchilikka qarshi
kurashda bloger, vayner, tiktokerlarning xizmatlaridan foydalanishni kuchaytirish
orqali fuqarolarni o‘ziga jalb qiladigan, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ladigan
ijtimoiy roliklar, karikaturalar, videoroliklar, bukletlar, sur’atlar ishlab chiqish va
ularni aholi orasida, ayniqsa, bloger, vayner, tiktokerlarning shaxsiy profillarida
namoyish qilish maqsadga muvofiqdir
6
.
Foydalangan Adabiyotlar:
1.
А.М.Abjalov “O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlashda axborot
texnologiyalaridan foydalanish istiqbollari” Т-2025.
2.
Х.Б.
Абдреймов
Ахборот технологиялари соҳасидаги жиноятлар ва улардан
ҳимояланиш усуллари
ИИВ Академия Магистратура ингловчиси.
3.
Расулев А. К. Ахбороттехнологияларивахавфсизлигисоҳасидаги жиноятларга
қарши курашишнинг жиноят-ҳуқуқий ва криминологик чораларини
такомиллаштириш. Юрид. фанлар доктори диссертациясининг автореферати.
Т., ИИВ Академияси, 2018. - Б-5.
6
B.A.Umirzakov IIV Akademiyasida o‘tkazilgan “Jinoyatchilikka qarshi kurashishda raqamli
texnologiyalardan foydalanish
”
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
(2024 yil 8 iyun).,
B-30-35.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_3-to’plam_Aprel-2025
184
ISSN:3030-3613
4.
http://www.statista.com/The StatisticsPortal).
5.
https://review.uz/oz/post/ozbekistonda-internet-xizmatidan-foydalanuvchilar-
6.
B.A.Umirzakov IIV Akademiyasida o‘tkazilgan “Jinoyatchilikka qarshi
kurashishda raqamli texnologiyalardan foydalanish
”
Respublika ilmiy-amaliy
konferensiya materiallari
(2024 yil 8 iyun)., B-30-35