Annotatsiya: Ushbu maqolada diplomatik daxlsizlik huquqining tarixiy
ildizlari, uning xalqaro huquqdagi shakllanishi hamda zamonaviy xalqaro
munosabatlar tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Diplomatik vakillarning huquqiy
maqomi, ularga taqdim etilgan daxlsizlik kafolatlari va bu huquqning xalqaro
diplomatik aloqalarni barqarorlashtirishdagi roli yoritilgan. Shuningdek, diplomatik
daxlsizlikning suiiste’mol qilinishi bilan bog‘liq holatlar va ularni tartibga soluvchi
xalqaro mexanizmlar o‘rganiladi. Mazkur tadqiqot orqali diplomatik daxlsizlik
prinsiplari zamonaviy xalqaro huquq amaliyotida qanday qo‘llanilayotgani,
shuningdek, xalqaro xavfsizlik va adolat tamoyillari bilan qanday
muvofiqlashtirilayotgani tahlil qilinadi.