T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_3-to’plam_Aprel-2025
295
ISSN:3030-3613
MAKTABDA DARSLARNI PAST O’ZLASHTIRUVCHI O’QUVCHILAR
BILAN ISHLASHNING PSIXOLOGIK YECHIMLARI
Nazirova Zulxumorxon Zuhriddin qizi
Andijon viloyati Oltinkoʻl tumani19-maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada past darajadagi o’zlashtiruvchi o’quvchilar
kognitiv ehtiyojlarini shakllantirishning psixologik omillari tahlil qilingan.
Kalit so’zlar:
o’quvchilar, past darajada o’zlashtirish, kognitiv ehtiyoj,
shakllantirish, psixologiya.
KIRISH
Ta’lim maqsadi, mazmuni, shakl, uslub va vositalari ta’lim jarayonlari
mazmunini tahlil qilish uchun qo‘llaniladigan an’anaviy kategoriyalar bo‘lib
hisoblanadi. Aynan shu kategoriyalar ma’lum predmet, mutaxassislik yoki ixtisoslik
bo‘yicha o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qiluvchi pedagog faoliyatining predmeti
sifatida yuzaga chiqadi
Bugungi kunda mamlakatimiz, shaxsan Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev
tomonidan uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish, uni dunyo tajribalariga asoslangan
xolda takomillashtirish borasida talaygina amaliy islohatlar olib borilmoqda. Xususan,
uzluksiz ta’lim tizimining eng asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan o‘rta umumta’lim
maktablarining ishini rivojlantirish borasidagi ishlar muhimdir.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Darslarni past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni aniqlash va ular bilan ishlash
o‘qituvchidan alohida sabot va mas’uliyatni talab etadi. Shu bois bu toifa bolalar bilan
shug‘ullanish uchun, avvalo, yakkama-yakka suhbat o‘tkazib, ularning qiziqishlarini
aniqlash lozim. Maxsus jurnal tutilib, bolalarning o‘zlashtirishini muntazam
monitoring qilib borilishi, o‘quvchilarga qiynalayotgan fanidan alohida mashg‘ulotlar
daftari tuttirish kabi usullar ham samarali hisoblanadi. Shuningdek o‘quvchilardagi
ijobiy o‘zgarishlar rag‘batlantirilishi muhim. Bo‘sh o‘zlashtiruvchilarning faolligini
oshirish uchun ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini hamda nutqini rivojlantirish
kerak.
Taniqli psixolog D.Karnegi ta’kidlaganidek, dunyoda odamlarni nimadir
qilishga undaydigan birgina usul bor. Mohiyatan bu usul odamni nimadir qilishni
istashga majburlash demakdir. Mashhur amerikalik faylasuf va pedagog D.Dyuining
fikriga ko`ra, inson tabiatiga xos bo`lgan eng asosiy intilish – bu “ahamiyatli – qadrli
bo`lish istagi”dir.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_3-to’plam_Aprel-2025
296
ISSN:3030-3613
Kichik maktab yoshi davrida faoliyatni va xulq-atvorni motivlashtirish o`ziga
xos xususiyatlarga ega. “Bolalar nimani yaxshi ko`rishadi va nimani istashadi?” degan
savolga S.T.Shatskiy shunday javob beradi:
1.
Bolalarda til topishish instinkti kuchli rivojlangan, ular bir-birlari bilan
tezda tanishib oladilar – o`yinlar, hikoyalar, o`zaro gap sotish, lofchilik kabilar ana
shunday instinkning belgilaridir.
2.
Bolalar tabiatan mohir tadqiqotchi. Ulardagi tez qo`zg`aluvchanlik, oxiri
ko`rinmaydigan savollar, hamma narsaga tegib ko`rish, ushlab ko`rish, tatib ko`rishga
intilish sababi ana shunda.
3.
Bolalar o`zini ko`rsatib turgisi keladi, o`zi haqida, o`z taassurotlari haqida
gapirgisi, o`rtoqlashgisi keladi. O`z menligini tez-tez namoyish etib turishi ana
shundan. Uning fantaziyalari va tasavvurlari boy bo`ladi – bu bolalar ijodkorligi
instinktidir.
4.
Bolalar hech narsadan bir narsa yaratishni, qandaydir g`ayrioddiy
narsalarni to`qib chiqarishni yaxshi ko`rishadi.
5.
Bolalarda xarakterning shakllanishida taqlidchanlik instinkti katta rol
o`ynaydi.
Shularni yaxshi tushunib olsak, tashqaridan olib kiriladigan soxta stimullarni
qidirib
yurishimizga to`g`ri kelmaydi.
TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA
Istaklarga tayaning. Bolalar nimani istashadi – bu o`qituvchining olidida turgan
bosh masala bo`lib hisoblanadi. Agar biz sichqonni tutmoqchi bo`lsak, qopqonga qip-
qizil bo`lib pishgan gilosni qo`ymaymiz, balki pishloq bo`lagini qo`yamiz, ya’ni bunda
o`z istagimiz va ta’bimizga ko`ra emas, balki kemiruvchilarning ta’bidan kelib chiqib
ish yuritamiz. Shuni mudom yodda tutishimiz va anglashimiz lozimki, faqat biz nimani
istashimizgina muhim emas, balki bolalar nimani istashlari ham juda muhimdir. Uni
sindirishga va qayta qurishga urinmang: u o`z xohish-istaklari uchun aybdor emas.
Tarbiyaning tabiatga moslanganligi g`oyasini yodda tuting. O`qituvchining vazifasi –
agar pedagogik maqsadlarga mos kelmasa, intilishlarning yo`nalishini o`zgartirish.
Napoleon shunday ta’kidlagan edi. Shu tariqa ish yuritib, u o`z soldatlarini turli
xil unvonlar bilan taqdirlashda o`ta saxovatli edi. Aytishlaricha, Napoleon
armiyasidagi barcha askarlarning ismini yoddan bilar ekan. Ofitserlar haqida
gapirmasa ham bo`ladi. Bu o`rinda bir emas, ikkita “o`yinchoq” amaliyotda
qo`llangan: biri - unvon bo`lsa, ikkinchisi – ismlarni yoddan bilish. Shunday qaraganda
bu arzimas narsalar hech qanday ahamiyatga ega emasdek tuyuladi, ammo qanaqa
samara berganini aytmaysizmi? “Kichkina insoniy zaifliklar” to`liq ekspluatatsiya
qilinar edi: nazarga tushish, qadrlanish, bu shon-sharafni isbotlab turadigan nishonlarni
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_3-to’plam_Aprel-2025
297
ISSN:3030-3613
taqish hammaga ham xush yoqadi. Buning ustiga agar armiya qo`mondoni sening
ismingni bilsa va o`z isming bilan senga murojaat qilsa, ikki marotaba yoqimli.
O`quvchini maqtang. Bir bir qarashda oddiy stimulga o`xshab ko`rinsa-da, aslida
uni qo`llab, muvaffaqiyatga erishish uchun quyidagilarni e’tiborga olish kerak bo`ladi:
Maqtov tasodifiy, vaziyatli bo`lishi kerak, uni oldindan rejalashtirib yoki
jadval asosida tayinlab bo`lmaydi.
Uncha ko`ngildagidek bajarilmagan, ayniqsa, yomon bajarilgan ishni
ko`kka ko`tarib maqtamang.
Maqtov ochiq va aniq yo`naltirilgan bo`lishi kerak. Minnatdorchilik qabul
qilish har doim kishi uchun yoqimli, ammo umumiy, aniq shaxsga yo`naltirilmagan
qolip-andaza shakldagi yuzlab minnatdorchilik bildirilganda ham, baribir ataylab,
aniq bir kishi uchun qo`lda yozilgan bir og`iz iliq so`zning o`rnini bosa olmaydi.
Ko`ngliga tegmasdan tanqid qiling.
XULOSA
Demak, aytish mumkinki, o`quvchilar bilim va ko`nikmalarni to`g`ri va obyektiv
tashxislash to`liq o`zlashtirish tizimini amalga oshirishning asosiy shartlaridan biri
bo`lib hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har
bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – T.: O‘zbekiston, 2017. –
104 b.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son
“Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini
tasdiqlash to‘g‘risida”GI Qarori.
3.
Musurmonov A. “Ta’lim-tarbiyada xalq og‘zaki ijodidan foydalanish”. T.:
O‘qituvchi, 1993.
4.
Suvonov O.va boshqalar. «Pedagogik texnologiyalarni qo‘llash davr taqozosi».
«Xalq ta’limi», 2004 yil, № 5.