T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
142
ISSN:3030-3613
FONETIK USLUBIYATNING NAZARIY ASOSLARI VA AMALIY
AHAMIYATI.
ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ И ПРАКТИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ
ФОНЕТИЧЕСКОГО СТИЛИСТИКИ
THEORETICAL FOUNDATIONS AND PRACTICAL SIGNIFICANCE OF
PHONETIC STYLISTICS.
Andijon davlat pedagogika instituti Filologiya
fanlar doktori
Usmonov Farxod Faxriddinovich
Anvarova Mexrinsaxon O`ktamjon qizi,
Zaynobiddinova Marhabo Ismoiljon qizi.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada fonetik uslubiyatning nazariy asoslari, fonetik
vositalarning matndagi uslubiy funksiyalari va ularning estetik imkoniyatlari
yoritilgan. Shuningdek, intonatsiya, urg‘u, alliteratsiya kabi vositalarning badiiy
matndagi roli misollar orqali tahlil qilingan.
В данной статье рассматриваются теоретические основы фонетического
стилеведения, анализируются стилистические функции звуковых средств в
тексте и их эстетические возможности. Особое внимание уделено роли
интонации, ударения и аллитерации в художественной речи.
This article explores the theoretical foundations of phonetic stylistics, focusing
on the stylistic functions of phonetic devices in texts and their aesthetic potential.
Particular attention is given to intonation, stress, and alliteration in literary discourse.
Kalit so`zlar:
fonetik uslubiyat ,fonema,urg`u ,intonatsiya,alliteratsiya
,orfoepiya,uslubiy vosita,ekspressiv,fonetika,poetik fonetika, badiiy nutq,zamonaviy
tadqiqotlar,tilshunoslik.
Keywords:
stylistic phonetics, intonation, rhythm, alliteration, assonance,
expressive phonetics, poetic phonetics, stylistics, literary speech, phonetic devices,
contemporary research, linguistics.
Ключевые слова:
стилистическая фонетика, интонация, ритм,
аллитерация, ассонанс, экспрессивная фонетика, поэтическая фонетика,
стилистика, художественная речь, фонетические средства, современные.
Kirish:
Fonetik uslubiyat tilshunoslikning muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib,
matndagi fonetik hodisalarning estetik, ekspressiv va kommunikativ funksiyalarini
o‘rganadi. Tilning tovush tizimi orqali berilgan ma’lumotlar nafaqat semantik
yuklamaga, balki emotsional ta’sirchanlikka ham ega bo‘ladi. Uslubiy vosita sifatida
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
143
ISSN:3030-3613
fonetik elementlar poetik, publitsistik, dramatik va og‘zaki nutq uslublarida keng
qo‘llaniladi. Fonetik uslubiyat fonetika bilan stilistikaning tutashgan sohasi bo‘lib, u
nutq tovushlarining badiiy va funksional yuklamalarini tadqiq etadilar.
1
Fonetik uslubiyatning nazariy asoslari Fonetik uslubiyat fonetika va
stilistikaning tutashgan nuqtasida shakllanadi. Fonetik hodisalar, avvalo, tabiiy nutq
elementlari sifatida tildagi kommunikatsiyani ta’minlasa, uslubiy darajada ular matnga
ekspressivlik, emotsionallik, ta’sirchanlik baxsh etadi. Akademik V.A. Bogoroditskiy,
R.A. Budagov, G‘. Zulfiqorov, N. Mahmudov kabi olimlar fonetik uslubiyatga oid
nazariy qarashlarni rivojlantiradi.
Fonetik vositalarning turlari va uslubiy roli Fonetik uslubiyat doirasida quyidagi
vositalar alohida o‘rganiladi: Ohang (intonatsiya): Matnning ruhiy holatini ifodalashda
asosiy rol o‘ynaydi. Savol, buyruq, hayrat kabi holatlarni ifodalovchi ohanglar
dramatik va badiiy uslublarda keng qo‘llaniladi
2
. Urg‘u: So‘z va gapdagi urg‘u
joylashuvi ma’noni o‘zgartirishi yoki ta’kidni kuchaytirishi mumkin. U publitsistik va
dramatik nutqlarda ayniqsa muhim. Pauza: Nutqdagi pauzalar fikrni bo‘lish, urg‘ulash
yoki dramatik ta’sir kuchini oshirishda xizmat qiladi. Alliteratsiya va assonans:
Poeziyada tovush takrorlari orqali badiiy obraz yaratiladi. Masalan: “Qorong‘u
qishloqda qorlar qulagan...” misolidagi "q" tovushi alliteratsiya namunasi bo‘la oladi.
Onomatopeya: Tabiiy tovushlarni taqlid qilish orqali poetik tasvir kuchaytiriladi
Fonetik uslubiyatning uslublar bo‘yicha tahlili Badiiy uslubda fonetik vositalar
eng ko‘p va erkin ishlatiladi. She’riy asarlarda alliteratsiya, ritm, intonatsiya matnga
musiqiylik bag‘ishlaydi. Publitsistik uslubda urg‘u va intonatsiya orqali muallifning
pozitsiyasi va emotsional munosabati aks ettiriladi. Dramatik uslubda dialoglar orqali
urg‘ular, pauzalar va ohanglar aktyorlik ifodasini kuchaytiradi. Og‘zaki nutq uslubida
intonatsiya va tempo, urg‘u va pauzalar kommunikatsiyaning asosiy vositasiga
aylanadi.
Fonetika (yunoncha: phonetikos — tovushga, tovush chiqarishga oid; tovushli,
ovozli) — 1) tilshunoslikning nutq tovushlarining hosil boʻlish usullarini va akustik
xususiyatlarini; boʻgʻin, nutqning pauza bilan ajraluvchi qismlarini oʻrganuvchi
boʻlimi. Shu bilan birga, ayrim tilshunoslar fonetika doirasiga tovush birliklarining
yozuvdagi ifodalari (grafika) va maʼnoli birliklarning yozilish qoidalari (imlo)ni ham
qoʻshib, uning oʻrganish obyektini yanada kengaytiradilar (rus olimi L. V. Shcherba).
Oʻzbek tilshunosligida fonetika doirasida, asosan, nutq tovushlari [ularning
artikulyatsion, akustik, perseptiv (psixofonetik) va funksional tomonlari| va ohang
(boʻgʻin, sintagma, urgʻu va boshqalar) oʻrganiladi. Nutqning tovush tomoni segment
(lotincha: segmentum — qirqim, parcha, boʻlak) va ustsegment (supersegment)
birliklarga boʻlinadi. Segment birliklar ketmaket joylashadi (bir vaqtning oʻzida 2 ta
1
Mahmudov, N. (2004). O‘zbek tilining uslubiy tizimi. Toshkent: Fan nashriyoti
2
G‘aniev, T. (2008). Stilistika va uslubshunoslik asoslari. Toshkent: O‘qituvchi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
144
ISSN:3030-3613
tovushni talaffuz qilib boʻlmaydi). Shuning uchun ularni silsilali yoki ketmaket
birliklar deyish mumkin. U stsegment birliklarga urgʻu va ohang (intonatsiya) kiradi.
Bu birliklar segment birliklar ustiga qoʻyiladi va ularga turlicha tus beradi. Har qanday
nutq tovushi, avvalo, nutq aʼzolarining harakati tufayli talaffuz etiladi, yaʼni fiziologik
xususiyatga ega. Ikkinchidan, u havoning maʼlum elastik jiyemni tebratishidan hosil
boʻladi; demak, uning akustik (fizik) jihati bor. Uchinchidan, muayyan soʻz va
morfemaning maʼno tomoni bilan tovush qobigʻi birgalikda inson ongida shakllanadi,
zero inson maʼlum tovushlar majmuini eshitish bilan qabul qilar ekan, ushbu majmu
zaminidagi maʼnoni idrok etadi, bu perseptiv (psixofonetik) xususiyat sanaladi. Va
nihoyat, eng muhimi, nutq maʼlum vazifani bajaradi, binobarin, funksional qimmatga
ega. Nutq tovushlari yuqoridagi xususiyatlariga koʻra turli nuqtai nazardan oʻrganilishi
mumkin
3
. Fonetika tilning tovush tizimini qaysi jihatdan oʻrganishi (maqsadi) nuqtai
nazaridan quyidagi turlarga boʻlinadi: umumiy fonetika; tarixiy (diaxron) fonetika;
tasviriy (sinxron) fonetika; qiyosiy fonetika; eksperimental fonetika Yuqoridagilar
bilan birga xususiy fonetika ham ajratiladiki, unda barcha fonetik xususiyatlar aniq bir
til misolida oʻrganiladi. Umumiy fonetika barcha tillar uchun umumiy boʻlgan fonetik
xususiyatlarni (nutq tovushlarining hosil boʻlishi, ularning universal tasnifi,
tovushlarning birikish qonuniyatlari, yondosh tovushlardan birining ikkinchisiga taʼsiri
va boshqalarni) oʻrganadi. Umumiy fonetika xususiy fonetika materiallariga
asoslanadi. Tarixiy fonetika tilning fonetik tizimini tarixiy taraqqiyotida, rivojlanish
jarayonida oʻrganadi. Tasviriy fonetika esa muayyan til fonetik tizimining hozirgi
holatini oʻrganadi. Qiyosiy fonetika ikki til fonetikasini, qarindosh tillar tovush
tizimini bir-biriga qiyoslaboʻrganadi. Eksperimental fonetika nutqtovushlarini, fonetik
hodisalarni maʼlum texnik vositalar yordamida oʻrganadi. Nutq tovushlarining hosil
boʻlish mexanizmini oʻrganish 17-asrda boshlangan boʻlib, bu hol karsoqovlarni
oʻqitish ehtiyojidan kelib chiqqan (ispaniyalik X. P. Bonet, angliyalik J. Uilkins,
niderlandiyalik I. Amman asarlari). Tilningtovush tomonini har jihatdan lintvistik
nuqtai nazardan oʻrganish birinchi marta nemis olimi E. Ziversning „Tovush
fiziologiyasi asoslari“ (1876, 2nashri „Fonetika asoslari“ deb nomlanadi, 1881) asarida
kuzatiladi. Rossiyada umumiy fonetikaning rivojiga I. A. Boduen de Kurtene va uning
shogirdlari V.A. Bogoroditskiy va L. V. Shcherbalar oʻz asarlari bilan muhim hissa
qoʻshdilar. Fonetika tilning boshqa sohalari bilan bogʻliq, chunki tovush, urgʻu va
ohangsiz boʻgʻin, soʻz, soʻz birikmasi va ran boʻlmaydi. Shu tufayli fonetika leksika,
morfologiya, sintaksis va stilistika bilan bogʻliq til bosqichi deb qaraladi. Oʻzbek tili
fonetikasi ham chuqur oʻrganilmoqda. Oʻzbek tilining tasviriy fonetikasini tadqiq
qilishda V. V. Reshetov, Sh. Shoabdurahmonov, fonetika Abdullayev, A.
3
Bogoroditskiy, V.A. (1959). Obshchee yazykoznanie i voprosy stilistiki. Moskva: Nauka
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
145
ISSN:3030-3613
Gʻulomovlar; oʻzbek tili fonetikasini 60-yillar oxiridan eksperimental oʻrganishda A.
Mahmudov va S.
Urgʻu — turli fonetik vositalar (mas, nafas chiqarishning kuchi, ovozni
kuchaytirish, boʻgʻin tarkibidagi unlining choʻziq talaffuzi, ton balandligini
oʻzgartirish) orqali boʻgʻin yoki soʻzni ajratish, shu ajratishga xos kuchli talaffuz.
Ajratish obʼyektiga koʻra, U.ning 2 turi farqlanadi: soʻz (lugʻaviy U.) va fraza
U.si(mantiqiy U.). Ikki va undan ortiq boʻgʻinli suzlarda shu bugʻinlardan birini ajratib,
kuchli talaffuz etilishi deyiladi. So`z oʻz navbatida, soʻzning qaysi boʻgʻinga tushishi,
qaysi boʻgʻinga birkitilganligiga koʻra 2 turga ga boʻlinadi: bogʻliq va koʻchma (erkin)
U. Bogʻliq U. suzda bugʻinlar soni oʻzgarishi (ortishi)ga qaramay, oʻrni
oʻzgarmaydigan U.dir (mas, rus tilida). Kuchma U. affiksatsiya jarayonida soʻzda
boʻgʻinlar soni orta borishi bilan oʻrnini oʻzgartira boradigan, yaʼni oxirgi boʻgʻinga
siljib boradigan U.dir. Masalan, oʻzbek tilida soʻz shunday: oʻqit — oʻqitoʻv —
oʻqituvchi — oʻqituvchilik. Ayrim holatlarda soʻz maʼnosini farqlash vazifasini ham
bajaradi: olma (feʼl) — olma (ot: meva); osma (feʼl:biror narsani osib qoyishning,
boʻlishsizlik shakli) — osma(ot:tibbiyot anjomi) yoki soʻz shaklini farqlaydi:
ishchimiz (bizning ishchi) — ishchimiz (biz — ishchi), otingiz (sizning otingiz) —
otingiz (miltiqni oting) kabi. Soʻz oxiridagi baʼzi qoʻshimchalar, yuklamalar U.
olmaydi, ularda U. oldingi boʻgʻinda qolaveradi. Albatta, umuman, baʼzan, doimo,
hamisha, Kobil, Halima kabi oʻzlashma soʻzlarda U. soʻnggi boʻgʻinda emas, undan
oldingi boʻgʻinlarda ham keladi. Koʻp boʻgʻinli soʻzlarda, bosh urgʻudan tashqari,
ikkinchi darajali urgʻu ham boʻladi.
Intonatsiya (lotincha Intono — baland talaffuz qilaman) (tilshunoslikda) —
nutqning ohangi, uning maromiymusiqiy tomoni; tovushning navbatmanavbat
koʻtarilishi va tushi-shi. I. nutqning sintaktik maʼnolari (darak, soʻroq, buyruq)ni ham
ifodalaydi. Nutq qaratilgan obʼyektga boʻlgan soʻzlovchining munosabati, hissiyoti
soʻzdagi I.da namoyon boʻladi. Yozuvda qisman tinish belgilari orqali ifodalanadi.
Nutqning stilistik xususi-yatlarini farqlashda, uni shakllantirishda ham maʼlum rol
oʻynaydi
4
.
Xulosa: Fonetik uslubiyat tilda tovushlarning faqat fizik emas, balki uslubiy
funksiyasini ham yoritadi. Tovush vositalari nutqni emotsional, ekspressiv va estetik
jihatdan boyitadi. Tilshunoslikda fonetik uslubiyatni chuqur o‘rganish, ayniqsa
adabiyotshunoslik, teatr san’ati va lingvistik stilistika sohalari uchun muhim
ahamiyatga ega. Fonetik vositalarning matndagi uslubiy rolini aniqlash matn
tahlilining yangi yo‘nalishlarini ochib beradi.
4
Budagov, R.A. (1970). Ocherki po stilistike russkogo yazyka. Moskva: Nauka.
FOIDALANILGAN ADABIYOTLAR