Mualliflar

  • Tolipov Xushnudbek Zafarovich
  • Qurbonova Rahimaxon Shermaxammad Qizi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.95994

Kalit so‘zlar:

Kalitso‘zlar:Axborot xavsizligi axborot tahdidlari login parol internet virus kompyuter fishing tizimlar insoniylik jamiyat internet.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada axborot xavsizligi g’oyaviy asosiy tamoyillari 
xaqida  tushuncha  beriladi.  Axborot  xavsizligini  ta’minlash,  parol  tushunchasi, 
ro’yxatdan o’tish tartibi, kompyuter viruslari va viruslarga qarshi kurashish usullari 
xaqida ma’lumotlar berilib, zamonaviy texnalogiyalar asri xaqida so'z boradi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_4-to’plam_Aprel-2025

131

ISSN:3030-3613

AXBOROT XAVSIZLIGINI TA’MINLASHNING G’OYAVIY-NAZARIY

ASOSLARI.

Andijon davlat pedagogika instituti Milliy g‘oya ma’naviyat asoslari va huquq

ta’limi kafedrasi o‘qituvchisi

Tolipov Xushnudbek Zafarovich

Andijon davlat pedagogika instituti

Musiqiy ta’lim yo’nalishi 1-bosqich talabasi

Qurbonova Rahimaxon Shermaxammad Qizi.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada axborot xavsizligi g’oyaviy asosiy tamoyillari

xaqida tushuncha beriladi. Axborot xavsizligini ta’minlash, parol tushunchasi,
ro’yxatdan o’tish tartibi, kompyuter viruslari va viruslarga qarshi kurashish usullari
xaqida ma’lumotlar berilib, zamonaviy texnalogiyalar asri xaqida so'z boradi.

Kalitso‘zlar:

Axborot xavsizligi, axborot tahdidlari, login, parol, internet, virus,

kompyuter, fishing, tizimlar, insoniylik, jamiyat, internet.

KIRISH

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasi qanchalik rivoj topgani sari,

uning afzalligi va qulayliklaridan foydalanish bilan bir qatorda, butun mamlakatimizda
axborot xavfsizligini ta‘minlash eng dolzarb masalaga aylanib bormoqda, Ushbu soha
albatta rivojlanishi kerak va buni qilamiz...

SH.M.Mirziyoyev.

Axbrotdan foydalanishda , qonuniylik va huquq tartibotni qat‘iy amalga oshishid

Axborot xavfsizligi tushunchasi, uning tashkil etuvchilari tavsifi. Axborot xavfsizligi
deganda tabiiy yoki sun‘iy xarakterdagi tasodifiy yoki qasddan qilingan ta‘sirlardan
axborot va uni qo’llab-quvvatlab turuvchi infrastukturaning ,himoyalanganligi
tushuniladi. Bunday tа‘sirlar ахbоrоt sоhаsidаgi munоsаbаtlarga, jumladan, axborot
egalariga, axborotdan foydalanuvchilarga va axborotni muhofaza qilishni qo’llab
quvvatlovchi infrastrukturaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi №439-II-sonli «Axborot

erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida»gi qonunida axborot xavfsizligi axborot
borasidagi xavfsizlik deb belgilangan va u axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat
manfaatlarining himoyalanganlik holatini anglatadi. Axborot sohasida shaxs
manfaatlari fuqarolarning axborotdan foydalanishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini
amalga oshishida, qonunda taqiqlanmaganfaoliyat bilan shug’ullanishida hamda
jismoniy, ma‘naviy va intellektual rivojlanishda axborotlardan foydalanishlarida,
shaxsiy xavfsizlikni ta‘minlovchi axborot himoyasida namoyon bo’ladi. Axborot
sohasida jamiyat manfaatlari bu sohada shaxs manfaatlarini ta‘minlashda,
demokratiyani mustahkamlashda, ijtimoiy huquqiy davlatni qurishda, ijtimoiy


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_4-to’plam_Aprel-2025

132

ISSN:3030-3613

hamjihatlikni qo’llab-quvvatlashda o’z aksini topadi. Axborot sohasida davlat
manfaatlari milliy axborot infrastrukturasining rivojlanishiga sharoitlar yaratishda,
axborot olish sohasida shaxs va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini
amalga oshishida, O’zbekistonning hududiy birligini, suverenitetini va konstitutsiyaviy
tuzumining mustahkamligini, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligini ta’minlash
maqsadida axborot, o’zaro tenglik va o’zaro manfaatdorlikdagi xalqaro hamkorlikni
rivojlantirishda ifodalanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Axborot bu turli xil shakildagi ma’lumotlar yig’indisi bo’lib azaldan, bizgacha

axborot almashinilib kelgan xisoblanadi.Tarixan o’tmishga nazar tashlaganimizda xam
ota bobolarimiz axborotdan keng va unumli foydalanib kelishgan desak adashmagan
bo’lamiz.Kabutar orqali xat yuborilib bir-birlari bilan axborot almashilingani
xammamizga ma’lum.

Axborot xar xil turda bo’ladi.Xayotimizda sodir bo’layotgan xodisalar u jarayon

va ob’ektlar yig‘indisi xisoblanadi.Misol uchun:matnli yozuv, videolar orqali, rasmlar
orqali va albatta kodlar ya’ni yashirin ko’dlar orqali bir birlari bilan axborot
almashiniladi.Sodda qilib aytilganda axborot bu biz bilishimiz kerak bo’lgan
ma’lumotlar xisoblanadi.Axborot xavsizligini ta’minlash deganda avvalo

foydalanuvchining axborotlarini himoyalashga qo’yilgan me’yor va talablarni

bajarish

demakdir.Axborot xavsizligining ta’minlashini asosiy

maqsadi-

ma’lumotlarning yaxlitligi va mavjudligini muvozanatli qo’llashning maqsadga
muvofiqligining hisobga olingan xolda tashkilot faoliyatiga xech qanday zarar
yetkazmasdan himoya qilishdir.

Axborot xavfsizligi – bu uzatiluvchi, yig’iluvchi va saqlanuvchi axborotning

xususiyati (holati) bo’lib, uning tashqi muhit (inson va tabiat) va ichki tahdidlardan
himoyalanganlik darajasini xarakterlaydi.Shaxsning ruxsatisiz ma'lumotlarga kirish
uni yo’q qilishi yokida barchasini o‘zgartirib qo‘yishda xamma ma’lumotlarga zarar
yetkazishda ximoya qilish jarayoni xisoblanadi. Deylik uyali aloqa vositamizda parol
o‘rnatilgan uning ichida qanchadan qancha ma’lumotlar rasmlar, videolar yoki fayllar
bor,kimdir bu ma’lumotlarimizdan xabardor bo’lmasligi uchun unga parol
qo’yamiz,bu yerda ko’rib turganingiz axborot xavsizligining bir turi xisoblanadi.

Axborot xavfsizligi esa bu axborot foydalanuvchilariga va ko‘plab axborot

tizimlariga zarar keltiruvchi tabiiy yoki sun’iy xarakterga ega tasodifiy va uyushtirilgan
ta’sirlardan axborotlarni va axborot kommunikatsiya tizim ob’ektlarining
himoyalanganligidir.

Login tushinchasi deganda bu biron bir insonni o’zini axborot komunikatsiya

tizimiga ya’ni kim ekanligini tanishtirish uchun qo’llaniladigon ketma ket belgilar
bo’lib,foydalanuvchining maxfiy bo’lmagan qayd yozuvi deyiladi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_4-to’plam_Aprel-2025

133

ISSN:3030-3613

Parol tushunchasi: Shaxsning kim ekanligini uning aslimi yo’qmi bilish

xaqiqiyligini aniqlashda tekshiruv axboroti sifatida ishlatiladigon maxsus belgi
xisoblanadi.Kompyuter bilan muloqot boshlashdan oldin, unga klaviatura yoki
identifikatsiya kartasi yordamida kiritiladigan harfli, raqamli yoki kod shaklidagi
mahfiy so‘zlardan tashkil topgan.

Avtorizatsiya

tushunchasi:avtorizatsiya

-

foydalanuvchining

resursdan

foydalanish huquqlari va ruxsatlarini tekshirish jarayoni. Bunda foydalanuvchiga
hisoblash tizimida ba’zi ishlarni bajarish uchun muayyan huquqlar beriladi.
Avtorizatsiya shaxs harakati doirasini va u foydalanadigan resurslarni belgilaydi.

Ro‘yxatdan o‘tish tartibi deganda sodda qilib ayutganimizda bu biror bir

tashkilot yokida biror tizimga shaxsiy ma’lumotlarimizni kiritishimiz va uni
tasdiqlashimiz demakdir.Birinchi navbatda so’rovnomalar to’ldiriladi va login parol
yaratiladi so’ngra ma’lumotlar xaqiqiyligi tekshirilib,ro’yxatdan o’tish nihoyasiga
yetadi.

Login va parolga ega bo‘lish deganda bu biror bir tizimda yokida dasturda

o'zining shaxsiy profilini yaratish demakdir.Login va parollar qanchalik uzun va
maxfiy bo’lsa uni buzish shunchalik qiyin bo’ladi.Login deganimizda avvalo bu bizni
tanituvchi nom ya’ni telefon orqali yoki email orqali biz foydalanadigon nom
xisoblanadi.Parol esa uzun va qisqa raqamli maxfiy ko‘d,bo’lib bu foydalanuvchi
biladigon himoya belgisidir.

Login va parolni buzish - bu buzg‘unchining biror bir maqsad yo‘lida axborot

kommunikatsiya

tizimi

obyektlaridan

foydalanish

uchunqonuniy

tarzda

foydalanuvchilarga tegishli login va parollarini buzishdir. Bunda maxsus dastur
yordamida login va parollar generatsiya qilib topiladi. Login va parollarning uzunligi bu
jarayonning uzoq vaqt davom etishiga yoki generatsiya qilaolmasiligiga ishora bo‘ladi.

Login va parolni o‘g‘irlash - bu foydalanuvchilarning mahfiy ma’lumotlari

bo‘lgan login va parollarga ega bo‘lish maqsadida amalga oshiriladigan internet
firibgarligining bir turidir. Bu mashhur brendlar, masalan, ijtimoiy tarmoqlar, banklar
va boshqa servislar nomidan elektron xatlarni ommaviy jo‘natish yo‘li orqali amalga
oshiriladi. Masalan:xatda odatda tashqi ko‘rinishi asl saytdan farq qilmaydigan sayt
bo’ladi.Deylik siz sovg’a yutib oldingiz yoki bo’lmasam siz pul mukofoti yutib
oldingiz yutiqni olish uchun xoziroq shu saytga kiring,deyilgan bo’ladi,bunday saytga
tashrif buyurgan foydalanuvchi firibgarga akkauntlar va bank hisob raqamlariga kira
olish xuquqini ochib beradi.Natijada firibgar uning bank xisoblaridagi mablag’larini
yechib olishi mumkin bo’ladi.

Fishing-foydalanuvchilarning tarmoq xavfsizligi asoslarini bilmasligiga

asoslangan ijtimoiy injeneriyaning bir turi. Jumladan, ko‘pchilik oddiy faktni
bilishmaydi: servislar qayd yozuvingiz ma’lumotlari, parol va shu kabi ma’lumotlarni
yuborishni so‘rab hech qachon xat yubormaydi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_4-to’plam_Aprel-2025

134

ISSN:3030-3613

Resurslardan ruxsatsiz foydalanish deganda biz biror bir kompyuterga ruxsatsiz

kirish yoki bo’lmasam dasturlarga ruxsatsiz kirishni tushinamiz.Bu esa axborot
xavsizligi qoidalariga zid .Resurslar bu telefon tizimlari yoki kompyuter ,internet
saytlari,bazalar ya’ni ma’lumotlar ba’zalari.Misol uchun biz kimningdir wifiga
ruxsatsiz ulandik deylik u parol qo’ymagan va internetdan foydalanib ishlatdik bu xolat
esa juda noto‘g‘ri bo’lib resurslardan ruxsatsiz foydalanilganining isbotidir.

Kompyuter virusi:bu asosan o’z o’zidan ko’payuvchi kompyuter orqali

tarqaluvchi va axborot tashuvchilar orqali erkin tarqaluvchi va albatta zarar
yetkazuvchi dastur kodi yoki kamandalar ketma ketligi xisoblanadi.

Kompyuter virusi -zararli dasturlardan bo’lib,komyuter tiuzimiga ruxsatsiz kirib

barcha ma’lumotlarni o’zgartitishi yokida o’chirish mumkin bo;lgan zararli
xarakatlarni amalga oshiradi.

Kompyutere viruslarining asosiy turlari bu - fayl viruslari,yuklama

viruslar,makro viruslar,tarmoq viruslaridir..

Kompyuter virusi xar xil xolatlarda keng tarqaladi.Misol uchun deylik men

yuqtirilgan tashqi qurilma orqali ya’ni usb fleshka orqali virus yuqtirib oldim.Ya’ni
dugonamning fleshkasini olib foydalandim,afsuski uning fleshkasi zararlangan edi
ya’ni uning kompyuteriga virus tushgan va men shu fleshkani ishlatdim,natijada
mening xam kompyuterimga virus tushdi.Bunday xollar orqali ko’rib turibsizki
viruslar juda keng va tez tarqaladi.Ishonchsiz veb-saytlardan dastur yuklab
olish,elektron pochta va h.k orqali yuqishi mumkin.Endi bu viruslarni bartaraf etadigon
ya’ni kompyuter viruslarini aniqlash va ulardan ximoyalanish uchun maxsus dasturlar
ishlab chiqilgan bo’lib bu dasturlar:DOCTORWEB,AVP,NOD32 antivirus
dasturlaridir.

Hujum tushunchasi-biror bir buzg’unchining qandaydir bir maqsadi sabab

axborot komunikatsiya tizimlarining himoyalash tizimlarini buzishga qaratilgan
harakatidir. Hujumdan ximoyalanish tushunchasi - xavsizlik va antivirus dasturlarini
o’rnatishdan iboratdir.Asosan dasturlarni va tizimlarni yangilab borish,kuchli parollar
o’rnatish ,zararli dasturlarni aniqlab ularni bartaraf etishdan iboratdir.

Bugungi kunda axborot jadal va keng tarqalgan 21 asr axborot asri bo’lib,

amaliy va nazariy ijodi eng cho’qqisiga yetgan asr xisoblanadi.Xozirda mediadan
yoshlar juda ko’p foydalanib kelishmoqda.Asosan yoshlar ijtimoiy tarmoqlarga
sur’atga tushib uyali telefonlar orqali bir birlariga yuboradilar.Xar xil mavzudagi
yangiliklarga o’z fikirlarini bildiradilar.Doimiy ravishda virtual makonda muloqotga
kirishadi.Dunyoning turli burchaklaridagi yoshlar bilan muloqotga kirishib axborot
almashadilar.Shunday ekan biz yoshlar bizga berilgan imkoniyatlardan keng va unumli
foydalangan xolda vatanimiz nomini baralla aytib bayrog’imizni yanada yuksaklarga
ko’tarmog’imiz lozim.

XULOSA


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_4-to’plam_Aprel-2025

135

ISSN:3030-3613

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkin zamonaviy axborot muhitida insonlarning

axborotga bo’lgan munosabati,tarqatishi axborotni qabul qilishi muhim ahamiyat kasb
etadi.Axborot xavsizligini ta’minlashda quyidagi chora tadbirlarni amalga oshirish
zarur.Ta’lim tizimida axborot madaniyatini shakillantirish.

Jamiyatda ya’ni fuqarolarning yolg’on ma’lumotlarni tanlashda extiyotkorlikka

chaqirish.Ommaviy axborot vositalarida axloqiy me’yorlarga rioya qilish.Bugungi
kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali firibgarlar o’z yovuz niyyatlarini amalga oshirib
kelayotgani xech kimga sir emas.Axborot texnologiyalari asrida yashar ekanmiz xar bir
shaxs o’zining shaxsiy ma’lumotlariga ,login parollariga extiyot bo’lib yashashi,
ijtimoiy tarmoqlardan kelgan xar xil saytlarga kirmasliklari talab etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Tahirov Behzod Nasriddinovich«Fan ta’lim»nashriyoti,Buxoro 2022.

2.

Hamroyev S.S Mediasavodxonlik va axborot madaniyati.Darslik”Sadriddin salim
buxoriy”Buxoro 2022.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Tahirov Behzod Nasriddinovich«Fan ta’lim»nashriyoti,Buxoro 2022.

Hamroyev S.S Mediasavodxonlik va axborot madaniyati.Darslik”Sadriddin salim

buxoriy”Buxoro 2022.