T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
110
ISSN:3030-3613
QISSASI RABGʻUZIYGA QURʼONI KARIMNING ASOS QILIB OLINISHI
Andijon davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti
Oʻzbek tili va adabiyoti taʼlim yoʻnalishi 1-bosqich 101-guruh talabasi
Maxamadjonova Hadicha
Annotatsiya
: Ushbu maqolada “Qissasi Rabgʻuziy” asarida Qurʼoni Karimning
asosiy manba sifatida qanday ishlatilgani haqida soʻz boradi. Paygʻambarlar hayoti,
voqealar rivoji Qurʼoni Karim oyatlariga tayangan holda bayon etilishi ochib beriladi.
Asar xalqchil tilda yozilgan boʻlib, diniy tushunchalarni xalq ongiga singdirishga
xizmat qilgan. Maqolada Rabgʻuziy asarining tarbiyaviy, maʼnaviy va badiiy
ahamiyati yoritiladi.
Annotation:
This article analyzes how the Holy Qur'an is used as the main
source in the work Qissasi Rabghuzi. It explores how the lives of the prophets, the
development of events, and religious-moral ideas are presented based on the verses of
the Qur'an. The work is written in a colloquial style, serving to convey religious
concepts to the general public. The article also highlights the educational, spiritual, and
artistic significance of Rabghuzi’s work.
Аннотация:
В данной статье анализируется, как в произведении «Киссаси
Рабгузи» Коран используется в качестве основного источника. Раскрывается, как
описываются жизнь пророков, развитие событий и религиозно-нравственные
идеи, основанные на коранических аятах. Произведение написано на народном
языке и служит средством донесения религиозных понятий до сознания народа.
В статье также освещается воспитательное, духовное и художественное значение
труда Рабгузи.
Kalit so‘zlar
: Qissasi Rabgʻuziy, Qurʼoni Karim, diniy-maʼrifiy asar,
paygʻambarlar qissalari, oyat asosida yozilgan, islomiy adabiyot, Yusuf qissasi, Muso
qissasi, Muhammad (s.a.v.) qissasi, vahiy, xalqchil uslub, turkiy til, tarbiyaviy gʻoya,
maʼnaviy meros, badiiy talqin
Keywords:
Qissasi Rabghuzi, Holy Qur'an, religious-educational work, stories
of prophets, based on verses, Islamic literature, story of Yusuf, story of Musa, story of
Muhammad (peace be upon him), revelation (wahy), colloquial style, Turkic language,
educational idea, spiritual heritage, literary interpretation.
Ключевые слова
: Киссаси Рабгузи, Коран, религиозно-просветительское
произведение, рассказы о пророках, написано на основе аятов, исламская
литература, рассказ о Юсуфе, рассказ о Мусе, рассказ о Мухаммаде (с.а.в.),
откровение (вахий), народный стиль, тюркский язык, воспитательная идея,
духовное наследие, художественная интерпретация.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
111
ISSN:3030-3613
Islom dinining muqaddas kitobi boʻlmish Qurʼoni Karimning vahiy orqali nozil
boʻlishi musulmonlarga juda koʻplab oʻtmish qissalarini ochib berdi. Bu qissalarda
Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan avval ham paygʻambarlar yuborilgani, ular
ham xalqni xalq dinga daʼvat etganini, qavmning paygʻambarlarga munosabati va
qanday balo-yu ofatlarga giriftor boʻlganlarini ochiq-oydin hikoya qilib berdi. Qurʼoni
Karim nozil boʻlgandan to hozirgi kunga qadar Qurʼondagi qissalar asosida
paygʻambarlar haqida koʻplab asarlar yaratildi. Bu kabi asarlar dastlab arab tilida
yozilgan boʻlsa, keyinchalik fors tilida ham yozila boshladi. Turkiy adabiyotda
paygʻambarlar qissalariga asoslangan mashhur asar Rabgʻuziyning "Qissasi
Rabgʻuziy" dir. Rabgʻuziy (taxallusi; asl ism sharifi Nosiriddin Burhoniddin oʻgʻli)
(13-asr oxiri — Xorazmning Rabotoʻgʻuz mavzei — 14-asr boshlari) — turkiy shoir.
Rabotoʻgʻuzda qozilik qilgan. Sharq xalqlar ogʻzaki ijodini, ayniqsa,
rivoyatlarni, avliyo-anbiyolar toʻgʻrisidagi qissalarni chuqur oʻrgangan. Oʻzi ham
koʻpgina ibratli hikoyatlar, qissalar yozgan. Turkiy xalqlar adabiyoti tarixida
birinchilardan boʻlib nasrda rivoyatlardan hikoyat, hikoyatlardan qissa yaratishni
boshlab bergan. Bizgacha "Qisasi Rabgʻuziy" (1309—10) asarigina yetib kelgan. Asar
musulmon moʻgʻul beklaridan Nosiriddin Toʻqbugʻaning topshirigʻi bilan yozilgan.
Kitob turkiy tilda, asosan, nasrda, madhiyalar, baʼzi qissalarning xulosalari, lirik
kechinmalar va xotima qismi esa nazmda yozilgan. Qurʼoni karimdagi baʼzi lavhalar,
islomga oid boshqa kitoblardan va Abu Isʼhoq Nishopuriyning "Qisas ul-anbiyo"sidan
ayrim faktlar asarga asos qilib olingan. Asar anʼanaviy hamd va naʼt bilan boshlanadi,
soʻng uning yozilish sababi, muallif haqida maʼlumot beruvchi qisqa soʻzboshi, keyin
esa qissalar keladi. Jami 72 qissadan iborat. Bu 72 ta qissada 26 ta paygʻambar haqida
hikoya qilinadi. Ular quyidagilardir:
Odam alayhissalom; Nuh alayhissalom; Xud alayhissalom; Solih alayhissalom;
Dovud alayhissalom; Sulaymon alayhissalom; Ibrohim alayhissalom; Ismoil
alayhissalom; Isxoq alayhissalom; Lut alayhissalom; Yusuf alayhissalom; Muso
alayhissalom; Doniyol alayhissalom; Yunus alayhissalom; Ilyos alayhissalom; Hizr
alayhissalom; Jirjis alayhissalom; Uzayr alayhissalom; Armiyo alayhissalom; Zakariyo
alayhissalom; Yahyo alayhissalom; Iso alayhissalom; Shamʼun alayhissalom; Fulyas
alayhissalom; Muhammad sollallohu alayhi vasallam; (26. Xazrati Iskandar
Zulqarnayn).
Yuqorida sanab oʻtilgan nabiylardan 10 tasi Qurʼoni Karimda zikr etilgan. Asli
Qur’onda 25 ta Paygʻambarlarning nomi keltirilgan. Ular quyidagilardir:
Odam allayhissalom – Qur’onda 25 marta zikr qilingan. Miloddan avvalgi 4004
yilda yerga tushirilgan va miloddan avvalgi 3074 yilda 930 yoshida vafot etgan.
Makkada dafn etilgan.
Idris allayhissalom – Qur’onda 2 marta zikr qilingan . Idris allayhissalom mil.
avv. 3382 – yil Iroqda tugʻilgan va mil. avv. 2517 – yil 856 yoshda vafot etgan .
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
112
ISSN:3030-3613
Nuh allayhissalom – 43 marta Qur’onda zikretilgan .Mil.avv. 2948-yil Iroqda
tugʻilgan va 950 yoshidavafot etgan.
Hud allayhissalom – Qur’onda 7 marta zikr qilingan . Hud allayhissalom
mil.avv. 2283-yil Iroqda tugʻilgan va 464 yoshida vafot etgan . Yamanda dafn etilgan
.
Ibrohim allayhissalom – 69 marta Qur’onda zikr etilgan . Mil.avv. 1996-
yilIroqda tugʻilgan va 175 yoshlarida vafot etgan. Qabrlari Falastinda joylashgan .
Solih allayhissalom – 9 marta Qur’onda zikr etilgan .Mil.avv. 2083-yil Saudiya
Arabistonida tugʻilganlar .
Lut allayhissalom – 27 mata Qur’onda zikr etilganlar. Lut allayhissalom
mill.avv. 1980-yil Iroqda tugʻilganlar va 175 yoshlarida vafot etganlar . Qabrlari
Falastinda joylashgan.
Ismoil allayhissalom – 12marta Qur’onda zirk etilganlar. Mill.avv. 1910-yil
Falastinda tugʻilganlar va 136 yoshlarida vafot etganlar. Makkada dafn etilganlar.
Ishoq allayhissalom – 17 marta Qur’onda zikr etilganlar. Ular mil.avv. 1896-yil
Falastinda tugʻilganlar va 180 yoshlarida vafot etganlar . Falastinda dafn etilganlar .
Yaqub allayhissalom – 16 marta Qur’onda zikr etilganlar . Yusuf allayhissalom
mill.avv. 1836-ril tugʻilganlar va 147 yoshlrida vafot etganlar. Qabrlari Falastinda
joylashgan.
Yusuf allayhissalom- 27 marta Qur’onda zikr etilganlar . Mil.avv. 1747-yil
Falastinda tugʻilganlar va mil. avv. 1637-yil 110 yoshlarida vafot etganlar . Falastinda
dafn etilganlar.
Ayyub allayhissalom – 4 marta Qur’onda zikr etilganlar. Mill.avv. 1630-yil
Ummon davlatida tugʻilganlar va 93 yoshlarida vafot etganlar. Qabrlari Ummon
davlatida.
Shuayb allayhissalom – 11 marta Qur’onda zikr etlganlar . 15-asrda tu’ilganlar .
Falastinda vafot etganlar.
Xorun allayhissalom – 20 marta Qur’onda zikr etilganlar . Mil. avv. 1361-yil
Misrda tugʻilganlar va 123 yoshlarida vafot etganlar .Qabrlari Iordaniyada joylashgan.
Muso allayhissalom- 136 marta Qur’onda zikretilganlar . Ular mil.avv. 1356-yil
Misrda tugʻilganlar va 120 yoshlarida vafot etganlar. Qabrlari Falastinda joylashgan.
Odam alayhissalom haqida Qurʼoni Karimning Aʼrof surasi 11- va 12-oyatlarida
zikr qilinadi. Bu oyatlarda Odamning loydan yaratilgani aniq boʻladi:
"Ва батаҳқиқ, Биз сизларни яратдик, кейин сизларга суврат бердик. Сўнгра
эса, фаришталарга: «Одамга сажда қилинг», дедик. Бас, улар сажда қилдилар.
Магар Иблис сажда қилувчилардан бўлмади.
У зот: «Сенга амр этганимда сажда қилишингдан нима тўсди?» деди. У:
«Мен ундан яхшиман, мени ўтдан яратдинг ва уни лойдан яратдинг», деди."
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
113
ISSN:3030-3613
Bu haqda "Qissasi Rabgʻuziy"ning birinchi bobida berilgan. Rabgʻuziy oʻz
asarida farishtalarning yerdan tuproq olishidan odamning yaratilishi, unga jon ato
qilinishi, Yerga tushirilishi va u yerda hukmronlik qilishi, farzandlari va vafoti haqida
badiiy talqin qiliadi. Odam alayhissalomning yerga tushirilishi haqida Baqara
surasining 30-32-oyatlarida keltirilgan:
"Эсланг, (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Парвардигорингиз
фаришталарга: «Мен Ерда (Одамни) халифа қилмоқчиман», деганида улар
айтдилар: «У Ерда бузғунчилик қиладиган, қонлар тўкадиган кимсани (халифа)
қиласанми? Ҳолбуки, биз ҳамду сано айтиш билан Сени улуғлаймиз ва Сенинг
номингни мудом пок тутамиз».
Ва У зот одамга исмларнинг барчасини ўргатди, сўнгра уларни
фаришталарга рўбарў қилди. Кейин: "Агар ростгўйлардан бўлсангиз,
анавиларнинг исмларини Менга айтиб беринг", деди."
Qissasi Rabgʻuziydagi eng uzun qissa bu Yusuf qissasidir. Yusuf qissasi
Qurʼoni Karimda alohida sura tarzida kelgan. Eng goʻzal qissa deb eʼtirof etiladi.
Shuning uchun ham bu haqda juda koʻp adabiy asarlar yaratilgan. Alloh taolo ham bu
haqda Yusuf surasining 3-oyatida:
"Биз сенга ушбу Қуръонда ваҳий қилган нарсамиз ила энг гўзал қиссани
ҳикоя қилурмиз. Агарчи ундан олдин сен бундан бехабарлардан бўлсанг ҳам."
deya eʼtirof etadi.
Asarning keng tarqalishi va shuhrat qozonishiga asosiy sabablardan yana biri
uning mazmun-mohiyatidagi muhabbat talqinidir. Asar "Yusuf va Zulayho", "Qissai
Yusuf alayhissalom" yoki "Qissai Yusuf paygʻambar" deya turlicha nomlanishiga va
turli davrlarda, turli ijodkorlar tomonidan yozilishiga qaramay, unda ishq mavzui
sufiyona talqinning eng jozibador namunasi boʻlib qolaverdi. Shu bilan birga, "Yusuf
va Zulayho" dostonlari oʻziga xos sof insoniy muhabbatni tarannum etuvchi dunyoviy
adabiyot namunasi hamdir. Masalan, Durbekka nisbat berib kelingan Xorazmiyning
"Yusuf va Zulayho" dostonida (1409)Oʻrta Osiyo xalqlarining turmush tarzi,
oshiqlarning muhabbat toʻla sarguzashtlari juda yorqin boʻyoqlarda goʻzal
tasvirlangan. Umuman, davrlar oʻtishi bilan "Yusuf va Zulayho" dostoni syujeti
asosida yaratilgan asarlarda oʻz davrining turli axloqiy va falsafiy qarashlari, ijtimoiy
va siyosiy tushunchalari aks etib boraverdi.
Rabgʻuziy asarining eng oxirgi qissasi – eng mukarram Payg‘ambar,
Muhammad sollallohu alayhi vasallamga bag‘ishlangan. Unda Rasulullohning nasabi,
tug‘ilishi, hayoti, nubuvvati, mo‘jizalari, sahobalar bilan munosabati va vafoti chuqur
badiiy va diniy ruhda yoritiladi.Muhammad sollallohu alayhi vasallam – Allohning
oxirgi payg‘ambari sifatida butun bashariyatga rahmat bo‘lib yuborilgan zotdir.
“Qisasi Rabgʻuziy” asarida u zotning hayoti boshidan oxirigacha tafsirli, badiiy va
ibratli bayon etiladi. Ushbu qissa orqali Rabgʻuziy o‘z zamonasidagi xalqni iymon,
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
114
ISSN:3030-3613
axloq, sabr, va muhabbatga da’vat qiladi. U zotning hayoti har bir musulmon uchun
mukammal o‘rnak, har bir inson uchun nurli yo‘l hisoblanadi.
Xulosa
Rabgʻuziy asari Qur’oni Karim asosidagi saboqlarni xalq tilida berib, o‘quvchini
yaxshilik, sabr, halollik, haqiqatparastlikka chorlaydi. Masalan, Yusuf qissasi orqali
sabr va iffat, Muso qissasi orqali jasorat va adolat targ‘ib qilinadi.Asarda Qur’oni
Karimdagi ilohiy voqealar xalq tili va uslubida bayon qilingan. Bu orqali Qur’onning
asosiy g‘oyalari keng ommaga yetkazilgan. Rabgʻuziyning tili sodda, ifodasi xalqchil,
uslubi esa badiiy bo‘lib, mazmuni Qur’onga to‘liq muvofiq keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati :
1.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Tafsiri hilol" asari
2.
Nosiruddin Rabgʻuziyning "Qissasi Rabgʻuziy" asari
3.
Wikipediahttps://uz.wikipedia.orgRabgʻuziy
4.
КиберЛенинкаhttps://cyberleninka.ru“QISSASI
AR-RABG'UZIY”
ASARINING O'ZIGA XOSLIGI VA ...