Mualliflar

  • Eshonqulova Lobar Vahobovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96002

Kalit so‘zlar:

Kalit so`zlar: O`smirlik davri og`ir davr psixik rivojlanish biologik rivojlanish o`zaro bog`liqlik inqiroz psixofiziologik sabab o`z-o`ziga baho berish xarakter

Annotasiya

Annotatsiya:  maqolada o’smirlik — bolalikdan kattalikka o’tish davri bo’lib, 
fiziologik  va  psixologik  jihatdan  o’ziga  xos  xususiyatlari  bilan  xarakterlanadi.  Bu 
bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli 
narsalarga qiziqishi, yangilikka intilishi ortadi,ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar 
avj  oladi.  O’smirlik  balog‘atga  yetish  davri  bo’lib,  yangi  hislar,  sezgilar  va  jinsiy 
hayotga  taalluqli  chigal  masalalarning  paydo  bo’lishi  bilan  ham  xarakterlanishi  va 
psixologik xolatlari bayon etilgan .   


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_4-to’plam_Aprel-2025

93

ISSN:3030-3613

O’SMIRLIK DAVRIDA YUZAGA KELADIGAN MUAMMOLAR VA ULAR

BILAN ISHLASHNING PSIXOLOGIK YECHIMLARI

Eshonqulova Lobar Vahobovna

Toshkent viloyati Olmaliq shahar 2-umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologi

Annotatsiya:

maqolada o’smirlik — bolalikdan kattalikka o’tish davri bo’lib,

fiziologik va psixologik jihatdan o’ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu
bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli
narsalarga qiziqishi, yangilikka intilishi ortadi,ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar
avj oladi. O’smirlik balog‘atga yetish davri bo’lib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy
hayotga taalluqli chigal masalalarning paydo bo’lishi bilan ham xarakterlanishi va
psixologik xolatlari bayon etilgan .

Kalit so`zlar

: O`smirlik davri, og`ir davr, psixik rivojlanish, biologik

rivojlanish, o`zaro bog`liqlik, inqiroz, psixofiziologik sabab, o`z-o`ziga baho berish,
xarakter,

KIRISH

O’smirlik yoshining klassik tadqiqotiga nazar solsak, unda turli xil nazariyalar,

farazlar va fundamental izlanishlar borligining guvoxi bo’lamiz. O’smirlik yoshiga xos
yorqin Psixologik konsepsiyalardan biri XX asrning boshlarida L.S.Vigotskiy (1930)
tomonidan yaratilgan madaniy-tarixiy nazariya bo’lib, unda mazkur yosh
simptomatikasi, o’smir psixologiyasidagi barqaror va tarixiy o’zgaruvchanlik, uning
fenomenlariga oid ilmiy konsepsiyalarning interpretatsiyasi berilgan. L.S.Vigotskiy
ta’lim va taraqqiyotning o’zaro masalasini ko’rib chiqdi. Bunda u quyidagi vaziyatni
keltirib chiqardi. Bolaga psixik hayotidagi qiyin shakllar muloqot jarayonida
shakllanadi, demak muloqot nisbatan tizimlashtirilgan shaklda – o’qitishda
rivojlanishni shakllantiradi, yangi psixik ma’lumotlarni vujudga keltiradi, oliy psixik
funksiya takomillashtiriladi. Ta’lim psixikaning shakllanishida muhim rol egallab,
uning shakllari esa rivojlanish jarayonida o’zgaradi. O’smirlik yoshini pubertat davr
deb atagan Sh.Byuler o’z ishlarida ushbu davrning biologik mohiyati ochib berilgan.
Pubertat davr,-bu biologik o’sish davri bo’lib, jinsiy yetilish o’z nihoyasiga yetadi
ammo jismoniy rivojlanish davom etadi. U pubertat davrdan oldingi bosqichni
insonning bolalik, ushbu davrning tugashini o’smirlik deb ataydi. Sh.Byuler pubertat
davrni ikkiga: psixik va jismoniy davrlarga ajratadi. O’smirning yetilishiga ta’sir
etuvchi tashqi va ichki qo’zg‘atuvchilar undagi o’zidan o’zi qoniqishi va xotirjamligini
izdan chiqarib, uni o’zga jinsni qidirishga undaydi. Biologik yetilish uni izlanuvchan
qilib qo’yadi va uning «Men»ida «U» bilan uchrashish istagi tug‘iladi.Ya’ni Sh.Byuler
psixik pubertatlikni tanadan farqlashga harakat qiladi. Jismoniy yetilish o’g‘il


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_4-to’plam_Aprel-2025

94

ISSN:3030-3613

bolalarda o’rtacha 14-16 yosh, qiz bolalarda 13-15 o’smirlik davridaga to’g‘ri keladi.
Albatta, bunday farqlashlarda shaxar va qishloq, aloxida mamlakatlar va xatto
iqlimning ta’siri hisobga olinadi. Pubertatlikning quyi chegarasi 10-11 yosh, yuqori
chegarasi 18 yosh bo’lishi kerak. Ushbu davrning negativ xususiyatlari sifatida
o’smirning urishqoqligi, injiqligini ifodalovchi jismoniy va ruxiy toliqish, notinch,
oson qo’zg‘aluvchi holat, yuqori sezuvchanlik hamda qo’zg‘aluvchanlikni ko’rsatadi.
O’smirlarning o’zlaridan qoniqmasliklari asta atrofdagilaridan ham qoniqmasliklariga
sabab bo’lib, boshqacha tus intilishlari bilan uyg‘unlashadi va turli salbiy fikrlar
shakllanishiga olib keladi. Ya’ni, o’smirlarda «sust melanxoliya» va «tajovuzkor
himoya» shakllanadi. Mazkur davrning ijobiy xususiyatlaridan biri tarzida qandaydir
go’zallikning anglangan kechinmalarini, muxabbat tuyg‘usini misol qilib keltiradi.
Demak, Sh.Byulerning ilmiy urinishlari pubertat yoshni organik yetilish bilan psixik
rivojlanishning uyg‘unlikda kechishini ko’rsatishga qaratilgandir.Sh.Byulerning
izlanishlariga tayangan G.Getser pubertat davr salbiy bosqichining 13-16 o’smirlik
davridai oralig‘ida o’y-xayollarga berilish, yaqin do’stga ehtiyoj sezish va «do’stni
ishlash»ga urinishda ijobiy bosqichga o’sib o’tishini ta’kidlaydi.Fiziologik o'zgarish
jinsiy yetilishning boshlanishi va bu bilan bog’liq ravishda tanadagi barcha a’zolarning
mukammal rivojlanishi va o'sishi, hujayra va organizm tuzilmalarining qaytadan
shakllana boshlashida namoyon boladi. Organizmdagi o'zgarishlar bevosita o'smir
endokrin sistemasining o'zgarishlari bilan bog'liqdir. Bu davrda ichki sekretsiya
bezlaridan biri gipofiz bezining funksiyasi faollashadi. Uning faoliyati organizm
to'qimalarining o'sishi va muhim ichki sekretsiya bezlarining (qalqonsimon bez,
buyrak usti bezi va jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi.Natijada bo'y o'sishi
tezlashadi, jinsiy balog'atga yetish (jinsiy organlarning rivojlanishi, ikkilamchi jinsiy
bezlarning paydo bolishi) amalga oshadi. Ko'krak qafasi ham gavdaning bo'y o'sishiga
nisbatan sekin rivojlanadi. Buning natijasida ayrim o'smirlarning yelkasi, ko'kragi tor
bolib qoladi, bu esa o'z navbatida kislorod yetishmasligiga, nafas qisishiga olib keladi.
Kislorod yetishmasligi natijasida ruhiy faoliyatga putur yetadi. Bu davrda yurak
kengayishi bilan qon tomirlari ham yo’g‘onlashadi. Qon aylanish sistemasining qayta
qurilishi, vegetativ nerv sistemasidagi barqarorlik qon aylanishini buzadi va o’smirda
ba’zi qon bosimining ortishi ro’y beradi.

Bu davrda ayniqsa jinsiy bezlar faoliyati kuchayadi.O’smirda ro’y beradigan

biologik-jismoniy o’zgarish natijasida uning psixik dunyosida tub burilish nuqtasi
vujudga keladi.O’smirlik yoshida ularning xulqatvoriga xos bo’lgan alohida
xususiyatlarni jinsiy yetilishning boshlanishi bilan izohlab bolmaydi. Jinsiy yetilish
o’smir xulq-atvoriga asosiy biologik omil sifatida ta’sir ko’rsatib bu ta’sir bevosita
emas, balki ko’proq bilvositadir.O’smirlar o’zlarini kattalardek tutishga harakat
qiladilar. O’smirlik yoshiga xos bo’lgan psixologik xususiyatlarni o’rgana turib,
o’smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib kamolga yetish yo’llarini va unga ta’sir


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_4-to’plam_Aprel-2025

95

ISSN:3030-3613

etadigan biologik va ijtimoiy omillarni bevosita ta’sirini hamda ahamiyatini
tushunishimiz mumkin. Bu davrda o’smir baxtli bolalik bilan xayrlashgan lekin,
kattalar hayotida xali o’z o’rnini topa olmagan murakkab holatda bo’ladi. O’smirlik
davri “O’tish davri”, “Inqiroz davri” (krizis), “Qaltis davr”, “Qiyin davr”, “Balog`at
davri” kabi nomlarni olgan psixologik ko’rinishlar bilan xarakterlanadi. O’smirlik
darida kattalarga nisbatan agressiv munosabatning paydo bo’lishi, negativizm singari
noxush xulq-atvor alomatlari o’z–o’zidan kelib chiqadigan bevosita jinsiy yetishlish
tufayli paydo bo’ladigan belgilar bo’libgina qolmay, balki ularga bilvosita ta’sir
ko’rsatadigan o’smir yashaydigan ijtimoiy shart–sharoitlar vositasi orqali: uning
tengdoshlari, jamoadagi mavqei, kattalar bilan munosabati, maktab va oilasidagi o’rni
sababli yuzaga keladigan xarakter belgilaridir. O’smirlik davrida yetakchi faoliyat – bu
o’qish, muloqot hamda mehnat faoliyatidir. O’smirlik davri muloqotining asosiy
vazifasi bu do’stlik, o’rtoqlikdagi elementar normalarni aniqlash va egallashdir.
O’smirlar muloqotining asosiy xususiyati shundan iboratki u to’la o’rtoqlik kodeksiga
bo’ysunadi. O’smirlik insonni balog‘atga yetish davri bo’lib, o’ziga xos xususiyati
bilan kamolotning boshqa pog‘onalaridan keskin farq qiladi. O’smirda ro’y beradigan
biologik o’zgarishlar natijasida uning psixik dunyosida tub burilish nuqtasi vujudga
keladi. Balog‘at davriga 11-15 yoshli qizlar va o’g‘il bolalar kiradilar.

E.Shprangerning izdoshlaridan biri V.Shtern o’smirlik yoshini shaxs

shakllanishining asosiy bosqichlaridan biri deb qaraydi. V.Shtern «Do’stingni
ko’rsatsang, kimligingni aytaman» degan naqlga «Hayotingdagi eng qimmatli
kechinmangni ayt, men sening kimligingni aytaman» degan ma’no berib, uni
izohlashga harakat qiladi. Chunki o’smir hayotining mazmunini tashkil etuvchi
kechinmalar ta’sirida uning shaxsi shakllanadi. qimmatga ega kechinmalar esa uning
shaxsini tiplarga ajratishga yordam beradi. Shu tariqa V.Shtern oltita tipni ajratadi:

a)

nazariy tip-shaxsning barcha intilishlari borliqni anglashga qaratiladi;

b)

estetik tip-bunday shaxs uchun ob’ektiv borliqni anglash yot bo’lib, u

individual tanlanganlikka ega;

v) iqtisodchi tip-bunday shaxsning sa’y-harakatlaridagi shoiri ko’proq foyda

(natija)ga qaratilgan bo’ladi;

g) ijtimoiy tip-hayotining mazmunini muxabbat, muomila va o’zgalar uchun

yashash tashkil etadi;

d) siyosiy tip-bundaylar uchun mansabga intilish, ta’sir o’tkazish va buyruq

berish xosdir;

y) diniy tip-har qanday voqeani ham hayotning va dunyoning mohiyati bilan

xaspo’shlashga urinadi.

V.Shternning fikricha, o’tish davri nafaqat ideal va intilishlar, hislar hamda

fikrlarning yo’nalganligi, balki harakatlarning o’ziga xos siymosi (obrazi) hamdir. U
buni bolalikning o’yinlari bilan kattalikning mas’uliyatli faoliyati oralig‘idagi holat


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_4-to’plam_Aprel-2025

96

ISSN:3030-3613

deb atab, unga «jiddiy o’yinlar» deb nom beradi. Jiddiy o’yinlar o’smirning maqsad
qo’yishiga, turli qiziqishlarga o’z munosabatini bildirishi va qiyosiy taxlil qilishidagi
ikkilanishlarini bartaraf etishida hamda uni irodasining mustahkamlanishiga imkon
berishini ta’kidlaydi.

Shunday qilib, o’smirlik yoshining klassik tadqiqot davri XX asrning boshlarida

bolalar psixologiyasining mustaqil fan sifatida rivojlanish bosqichiga to’g‘ri kelib, eng
qiyin psixologik yosh deb tan olindi va o’smir shaxsi rivojlanishidagi har qanday
o’zgarishlar tadqiqotchilar tomonidan jinsiy yetilish jarayoni bilan bog‘lab
tushuntiriladi. Shaxsning axloqiy jihatdan , xatti-harakatlarining axloqiy etnik
nomalarini

o’zlashtirish

o’smirlik

yoshining

muhim

psixologik

xarakteristikalaridandir. O’smirlik yoshida faqat jismoniy taraqqiyot yuzaga kelmay,
balki bolaning shaxsi ham sezilarli rivojlanadi. Bola shaxsining rivojlanishi tevarak-
atrofdagi voqelikning ta’siri ortida maktabdagi, ta’lim tarbiya protsessining ta’sirida,
kolektiv va tarbiyachilarning g‘oyaviy raxbarligi ostida amalga oshadi. O’smirlik yoshi
xatti-harakatlarida suyana boshlaydigan dunyoqarashlarning, ma’naviy e’tiqod, prinsip
qoida, idealarining, baholash mulohazalari sistemasining tarkib topishi davridir. Agar
kichik maktab yoshidalik davrida u yoki kattalarning, ya’ni o’qituvchilar va ota-
onalarning bevosita ko’rsatmalari bilan, yoki o’zining tasodifiy va impulsiv istaklari
ta’siri bilan harakat qilgan bo’lsa, endilikda uning uchun o’z xatti-harakatlarining
prinsipi, o’zining qarashlari va e’tiqodlari asosiy ahamiyat kasb etadi. O’qituvchi va
tarbiyachi shuni nazarda tutishi lozimki, xuddi ana shu yoshda axloqiy ong
taraqqiyotiga zamin qo’yiladi. O’smir turli narsalarni mutlaqo aniq differensiallaydi.
Agar tanaffus paytida o’ynab turib stulni sindirib qo’ysa va uni ustaxonada tuzatish
lozim bo’lsa, bu jazo emas. Agar o’zining iflos qilgan joyini supurishga majbur qilinsa
bu ham jazo emas. Bularning mantiqi o’smir uchun ravshan: bu jazolash emas, balki
xati-harakatlarining natijalarini tuzatishdir.

Psixologlar o’z oldilariga o’smirlar ma’naviy ongining mazmunini, ularning

axloqiy tushunchalari va tasavvurlarini o’rganish vazifasini qo’yganlar. Tadqiqotlar
umuman o’smirlar ma’naviy ongining yuksak darajada ekanligini ko’rsatadi.
O’smirlarning ko’pchilik qismi yoshlarga munosib ma’naviy tushunchalarni to’g‘ri
tushunadilar. Bir necha misollar keltiramiz. qat’iylik-»bu, odam eng qiyin ishlarni
amalga oshirishga kirishganda, uning hech qanday muvaffaqiyatsizlikdan qo’rqmay
ishni oxirigacha olib borishida ko’rinadigan xususiyatdir» (12yosh) «Qat`iylik yaxshi
odamda ham rivojlanadi, ammo yomon odamda yomon ishlarga, yaxshi odamda esa
yaxshi ishlarga xizmat qiladi.» (12yosh) o’smirlik yoshining oxiriga kelib albatta,
sezilarli o’sadi. «Kamtarlik-bu, o’ziga oqilona baho bera bilish, o’z-o’ziga va xatti-
harakatlariga nisbatan tanqidiy munosabatda bo’lishdir.» E’tiqod va dunyoqarashning
tarkib topishi bilan chambarchas bog‘langan holda o’smirlarning axloqiy ideallari ham
yuzaga kela boshlaydi. Bu ideallar etarli darajada chuqur, mazmundor, faoldir va bu


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_4-to’plam_Aprel-2025

97

ISSN:3030-3613

ideallar o’ziga xos axloqiy etalon bo’lib xizmat qiladi, o’smir esa o’z xatti-harakatlarini
ana shu etalon bilan tenglashtiradi. Kichik yoshdagi o’smirlar uchun odatda qandaydir
konkret bir kishi ideal bo’ladi bu odam o’smir yuksak darajada baholaydigan sifatlarni
o’zida gavdalantirgan bo’ladi. Ko’pgina bunday ideal ota-onalar, o’qituvchilar yoki
yaxshi ko’radigan kitobidagi va kinofilmidagi qaxramonlardir. Katta yoshdagi
o’smirlarda ideal sifatida majmui bo’lmish umumlashgan obrazlar ideallar sifatida
yuzaga chiqa boshlaydi. O’smirlik davrida yetakchi faoliyat shaxsiy intim
muloqotdir.O’smirlik davrida yetakchi faoliyat — bu o’qish, muloqot hamda mehnat
faoliyatidir.O’smirlik davri muloqotining asosiy vazifasi — bu do’stlik, o’rtoqlikdagi
elementar normalarini aniqlash va egallashdir.

XULOSA

O’smirlar muloqotining asosiy xususiyati shundan iboratki, u tola o’rtoqlik

kodeksiga bo’ysunadi.O’smirlarni o’z tengdoshlari bilan muloqotda bolishi g‘oyat
katta ahamiyatga egadir.O’smirlar do’stlik, o’rtoqlik va o’zaro yordamlashuvni hamma
narsadan yuqori qo’yadilar: ana shunday o’zaro munosabatlar, o’spirinlik yillarida ham
davom eta beradi. Bunda o’smirlar va ilk yoshdagi o’spirin o’quvchilarniig xulq-
atvorlariga do’stlari ota-onalar va pedagoglarga nisbatan bir necha marta kuchliroq
ta’sir etadilar. Buni shu bilan tushuntirish mumkinki, o’smir bolaning yetilmaganligi
va tajribasizligi uni tevarak-atrofdagi kimsalardan madad axtarishga majbur
qiladi.O’smir bolaga uning istaklarini tushunadigan va ularni amalga oshirishga
yordam beradigan do’st kerak.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Jalolova M. SENSORY DEVELOPMENT IN PRESCHOOL AGE //Archive of
Conferences. – 2021. – Т. 25. – №. 1. – С. 153-157.

2.

Jalolova, Mohinur. "SENSORY DEVELOPMENT IN PRESCHOOL AGE."
Archive of Conferences. Vol. 25. No. 1. 2021.

3.

Jalolova, M. (2021, May). SENSORY DEVELOPMENT IN PRESCHOOL AGE.
In Archive of Conferences (Vol. 25, No. 1, pp. 153-157).

4.

ИСАКОВА М. Т. СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ (УЗБЕКИСТАН)
//СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ (УЗБЕКИСТАН) Учредители: Общество
с ограниченной ответственностью" Центр инновационных технологий". – №.
8. – С. 45-52.

5.

ИСАКОВА,

МУЪАЗАМ

ТУЛКИНОВНА.

"СОВРЕМЕННОЕ

ОБРАЗОВАНИЕ (УЗБЕКИСТАН)." СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ
(УЗБЕКИСТАН) Учредители: Общество с ограниченной ответственностью"
Центр инновационных технологий" 8: 45-52.

6.

13.ИСАКОВА, М. Т. СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ (УЗБЕКИСТАН).
СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ (УЗБЕКИСТАН) Учредители: Общество с


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

60-son_4-to’plam_Aprel-2025

98

ISSN:3030-3613

ограниченной ответственностью" Центр инновационных технологий", (8), 45-
52.

7.

Закирова М. С. РОЛЬ УЗБЕКСКИХ И РУССКИХ НАРОДНЫХ СКАЗОК В
ФОРМИРОВАНИИ ЛИЧНОСТНЫХ КАЧЕСТВ РЕБЕНКА //ПРОБЛЕМЫ
ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО БЛАГОПОЛУЧИЯ. – 2021. – С. 325-331.

8.

Закирова, Мухаббат Сабировна. "РОЛЬ УЗБЕКСКИХ И РУССКИХ
НАРОДНЫХ СКАЗОК В ФОРМИРОВАНИИ ЛИЧНОСТНЫХ КАЧЕСТВ
РЕБЕНКА." ПРОБЛЕМЫ ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО БЛАГОПОЛУЧИЯ. 2021.

9.

Закирова, М. С. (2021). РОЛЬ УЗБЕКСКИХ И РУССКИХ НАРОДНЫХ
СКАЗОК В ФОРМИРОВАНИИ ЛИЧНОСТНЫХ КАЧЕСТВ РЕБЕНКА. In
ПРОБЛЕМЫ ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО БЛАГОПОЛУЧИЯ (pp. 325-331).

Bibliografik manbalar

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

Jalolova M. SENSORY DEVELOPMENT IN PRESCHOOL AGE //Archive of

Conferences. – 2021. – Т. 25. – №. 1. – С. 153-157.

Jalolova, Mohinur. "SENSORY DEVELOPMENT IN PRESCHOOL AGE."

Archive of Conferences. Vol. 25. No. 1. 2021.

Jalolova, M. (2021, May). SENSORY DEVELOPMENT IN PRESCHOOL AGE.

In Archive of Conferences (Vol. 25, No. 1, pp. 153-157).

ИСАКОВА М. Т. СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ (УЗБЕКИСТАН)

//СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ (УЗБЕКИСТАН) Учредители: Общество

с ограниченной ответственностью" Центр инновационных технологий". – №.

– С. 45-52.

ИСАКОВА, МУЪАЗАМ ТУЛКИНОВНА. "СОВРЕМЕННОЕ

ОБРАЗОВАНИЕ (УЗБЕКИСТАН)." СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ

(УЗБЕКИСТАН) Учредители: Общество с ограниченной ответственностью"

Центр инновационных технологий" 8: 45-52.

13.ИСАКОВА, М. Т. СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ (УЗБЕКИСТАН).

СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ (УЗБЕКИСТАН) Учредители: Общество с ограниченной ответственностью" Центр инновационных технологий", (8), 45-

Закирова М. С. РОЛЬ УЗБЕКСКИХ И РУССКИХ НАРОДНЫХ СКАЗОК В

ФОРМИРОВАНИИ ЛИЧНОСТНЫХ КАЧЕСТВ РЕБЕНКА //ПРОБЛЕМЫ

ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО БЛАГОПОЛУЧИЯ. – 2021. – С. 325-331.

Закирова, Мухаббат Сабировна. "РОЛЬ УЗБЕКСКИХ И РУССКИХ

НАРОДНЫХ СКАЗОК В ФОРМИРОВАНИИ ЛИЧНОСТНЫХ КАЧЕСТВ

РЕБЕНКА." ПРОБЛЕМЫ ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО БЛАГОПОЛУЧИЯ. 2021.

Закирова, М. С. (2021). РОЛЬ УЗБЕКСКИХ И РУССКИХ НАРОДНЫХ

СКАЗОК В ФОРМИРОВАНИИ ЛИЧНОСТНЫХ КАЧЕСТВ РЕБЕНКА. In

ПРОБЛЕМЫ ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО БЛАГОПОЛУЧИЯ (pp. 325-331).