T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
85
ISSN:3030-3613
SADRIDDIN AYNIYNING ASARLARIDA BUXORO AMIRLIGINING
TA`LIM TIZIMI VA MADRASALAR TA`LIMINING YORITILISHI
Ramazonova Nilufar Nurali qizi
Buxoro davlat universiteti“Tarixshunoslik, manbashunoslik
va ilmiy tadqiqot usullari” mutaxasisligi 2-bosqich magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Sadriddin Ayniyning “Esdaliklar” asari asosida Buxoro
amirligi davridagi madrasalar faoliyati, ularning tashqi va ichki tuzilishi, ta’lim
mazmuni hamda talabalar hayoti tahlil qilinadi. Muallif o‘z asarida madrasalardagi
ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlik, ta’limdagi eskilik, darslarning shakllanmasligi va
madrasa tizimidagi rasmiyatchilik kabi muammolarni tanqidiy yondashuvda ochib
bergan. Maqolada aynan shu jihatlar asosida Buxoro madrasalarining tarixiy o‘rni va
ularning inqirozga yuz tutish sabablari o‘rganiladi. Sadriddin Ayniyning realistik va
kuzatuvchan yondashuvi orqali o‘sha davr jamiyatidagi ijtimoiy-tarixiy muammolar va
ta’lim tizimining zaif tomonlari yoritiladi. Tadqiqot Buxoro madrasalari tarixini
zamonaviy nuqtai nazardan qayta ko‘rib chiqish imkonini beradi hamda o‘sha davrdagi
ilmiy-ma’naviy hayot tafsilotlarini ochib beradi.
Kalit so‘zlar:
Sadriddin Ayniy, Esdaliklar, Buxoro madrasalari, ta’lim tizimi,
ijtimoiy muhit, tanqidiy tahlil, vaqf, talabalar hayoti
АННОТАЦИЯ
В данной статье анализируется деятельность медресе Бухарского эмирата
на основе произведения Садриддина Айни «Воспоминания». Рассматриваются
внешняя и внутренняя структура медресе, содержание образования, а также быт
студентов. Автор в своем произведении с критической точки зрения освещает
такие проблемы, как социально-экономическое неравенство, устаревшие методы
преподавания, формализм в системе медресе и отсутствие полноценного
образовательного процесса. Исследование позволяет проследить историческую
роль медресе Бухары и причины их упадка. Через реалистичный и
наблюдательный подход Айни раскрываются социально-исторические
проблемы того времени и слабости системы образования. Работа дает
возможность переосмыслить историю бухарских медресе с современных
позиций и глубже понять культурно-научную жизнь того периода.
Ключевые слова:
Садриддин Айни, Воспоминания, бухарские медресе,
система образования, социальная среда, критический анализ, вакуф,
студенческая жизнь
KIRISH
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
86
ISSN:3030-3613
Buxoro shahri asrlar davomida Markaziy Osiyoning muhim ilmiy, diniy va
madaniy markazi bo‘lib kelgan. Ayniqsa, Buxoro amirligi davrida bu shahar
musulmon sharqidagi mashhur madrasalari bilan tanilgan bo‘lib, u yerda diniy ta’lim
olib borilgan, ko‘plab olim va ziyolilar yetishib chiqqan. Madrasalar o‘sha davr
jamiyatida nafaqat bilim markazi, balki muayyan ijtimoiy-iqtisodiy mavqega ega
bo‘lgan institutlar sifatida ham faoliyat yuritgan. Shunga qaramay, XIX asrning
ikkinchi yarmi va XX asr boshlariga kelib, bu ta’lim muassasalari jiddiy inqirozga
uchraydi: ta’limdagi eskilik, hayotdan uzilish, amirlik tuzumining konservativ siyosati
madrasalarni samarasiz va rasmiyatchilikka asoslangan muassasalarga aylantirib
qo‘ygan edi.
Ana shu tarixiy muhitda yashagan va faoliyat olib borgan Sadriddin Ayniy
o‘zining "Esdaliklar" asarida Buxoro madrasalarining ichki hayotini, ta’lim mazmuni
va ijtimoiy ahvolini bevosita guvoh sifatida, chuqur kuzatuvchi nigohi orqali realistik
va tanqidiy ruhda tasvirlab beradi. Ayniy bu madrasalarni nafaqat tashqi ko‘rinishi,
balki ularning ichki mohiyati, ya’ni tor, ziyo yetishmaydigan hujralari, dars o‘tishdagi
sustkashlik, ilmsizlik va ko‘r-ko‘rona yodlashga asoslangan tizimi orqali chuqur tanqid
qiladi. Bu holat aynan jadidchilik harakatining ta’lim islohoti yo‘lidagi kurashlariga
turtki bo‘lgan muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Shu jihatdan, ushbu maqolada Sadriddin Ayniyning asarlari, xususan
"Esdaliklar" asari orqali Buxoro madrasalarining ijtimoiy-ma’naviy va ta’limiy holati
tahlil qilinadi. Ayniyning tanqidiy yondashuvi orqali o‘sha davr Buxoro jamiyatining
ta’lim tizimi, ijtimoiy ziddiyatlari va tarixiy taraqqiyotining og‘riqli nuqtalari ochib
beriladi.
ADABIYOT VA MANBALAR
Sadriddin Ayniydan tashqari bir qator tarixchi va tadqiqotchilar ham Buxoro
madrasalarining holati haqida muhim ma’lumotlar bergan. Muhammad Ali Baljuvoniy
“Tarixi nofeiy” asarida Buxoro amirligida yuzlab madrasa mavjud bo‘lganini va
ularning ta’lim tizimidagi kamchiliklarini qisqacha bayon qiladi. U, xususan, aniq
fanlarning o‘tilmasligi madaniy va siyosiy orqada qolishga sabab bo‘lganini
ta’kidlaydi.
Jadid mutafakkiri Abdurauf Fitrat esa madrasalardagi ta’limning eskiligi va
hayotdan uzilganligini tanqid qilib, islohot zaruratini ilgari suradi. U diniy ta’limga
zamonaviy fanlar kiritilmasligini eng muhim muammo sifatida ko‘rsatadi.
Buxoro madrasalari haqida rus sharqshunoslari, jumladan V.V. Bartold va A.
Semenovlar ham o‘z tadqiqotlarida so‘z yuritib, bu muassasalarni an’anaviy, biroq
islohotga muhtoj ta’lim markazlari sifatida tavsiflaydilar.
Shuningdek, “Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar” to‘plamida ham madrasa
hayoti, hujra savdosi, kutubxona faoliyati va vaqf tizimining buzilishi kabi muammolar
yoritilgan.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
87
ISSN:3030-3613
Shu tariqa, turli manbalardagi yondashuvlar Buxoro madrasalarining tarixiy va
ijtimoiy o‘rnini chuqurroq anglashga imkon beradi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Sadriddin Ayniy o‘zining “Esdaliklar”ida Buxoro amirligi davridagi madrasalar
hayotini ichki bir guvoh sifatida, chuqur kuzatuvchi va tanqidiy tafakkur egasi sifatida
tasvirlab bergan. Asar o‘z davrining ijtimoiy-ma’naviy muhitini, ayniqsa, madrasa
tizimidagi kamchiliklarni ochib berishi bilan ajralib turadi. Sadriddin Ayniyni o`sha
davr tarixchilari orasida madrasa ta`limini batafsil yoritgan yagona tarixchi sifatida
ko`rishimiz mumkin. Biz quyida Buxoro amirligidagi madrasalar ta`lim tizimini uning
asarlari orqali tahlil qilishga harakat qilamiz.
Buxoro madrasalari. Buxoro madrasalari O`rta Osiyoning boshqa hududlaridagi
madrasalarga o`xshab asosan, pishiq g`ishtdan ikki yoki bir qavatli qilib
qurilgan(ularning ba`zilarining qavati undan ham ko`p bo`lgan). Madrasalar tashqi
tarafdan judayam chiroyli, keng sahnli, baland va mustahkam devorlarga ega bo`lgan.
Ularning ba`zilari peshtoqli va devorlari koshinkor qilib bezalgan edi. Shunday
bo`lsada, madrasalarning ichki qismi yani hujralar judayam tor, qorong`u (hatto
ba`zilari shunday kichik ediki, uyerda engashib yurishga to`g`ri kelardi) bo`lib,
ko`pchiligida ikki kishi zo`rg`a qolardi. ”Bu hujralarning ko`pchiligi bir eshiklik va
oldi ravoqlik bo`lib, odam ham, havo ham, ziyo ham o`sha bir eshikdan kiradi. Osh
pishiriladigan o`choq, suv idishi, yuz-qo`l yuviladigan joy, ko`mir,, o`tin, ko`pincha
moy, guruch, sabzi-pyoz kabi oziq ovqat zapaslari ham shu tor hujraga joylashtirilar
edi”.
Muallif madrasalarning bu xil ko`rinishini, ya`ni tashqi tarafdan qaralganda
hashamatli, ichki tarafi esa tor va qorong`uligini amir hokimiyatiga quyidagicha
qiyoslaydi: “…chirigan feodalizmning zohirda “tantanali” va botinda buzg`un,
jirkanch bo`lgan tuzumiga tom ma`nosi bilan o`xshardi”.
Muhammad Ali Baljuvoniy o`zining “Tarixi nofeiy” asarida Buxoro amirligida
400 ta madrasa borligini aytib, ulardan o`zi bilgan 79 ta madrasaning nomi bilan sanab
keltiradi
1
. Shuningdek, asarda amirlikdagi mudarrislar soni 800 nafar, madrasalarda
tahsil oluvchi talabalar soni esa taxminan uch-to`rt ming nafar ekanligi qayd etilgan.
Madrasalar faoliyati uchun kerakli mablag`lar ularga ajratilgan vaqf mulklari
orqali qoplanardi. Hukmdorlar va boy zodagonlar doimiy ravishda daromad
keltiradigan o`zlariga tegishli hammom, bozor, do`kon, saroy, ekin ekiladigan yerlar
va shunga o`xshagan ko`chmas mulklarini madrasalarga vaqf qilib berganlar.
Dastlab madrasa hujralarining sotuvga qo`yilishi mumkin bo`lmagan. Madrasa va
unga tayin qilingan vaqflarning vaqfnomalarida arabcha so`zlar va diniy iqtiboslar
bilan quyidagilar yozib qo`yilgan: “Sotilishi, sotib olinishi birovga bag`ishlanishi,
1
. Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeiy. Toshkent: Akademiya” nashriyoti, 2001
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
88
ISSN:3030-3613
birov foydasi uchun vasiyat qilinishi va merosga qoldirilishi mumkin emas. Bu
so`zlarga amal qilmay, vaqf qoidasini o`zgartirgan kishi Xudoning la`natiga,
payg`ambarlarning va butun maloikalarning la`nattiga uchragay… ” Lekin bora bora
amirlikdagi madrasalar xususiylashtirilib, hujralar savdosi odatiy holga aylangan.
Madrasalardagi hujralarning xususiy mulkka aylanishi. Buxoro amirligidagi
Ashtarxoniylar sulolasi boshqaruvining so`nggi davrlari ayniqsa, Abulfayzxon davriga
kelib, amirlikdagi madrasalarning ahvoli ayanchli holga kelib qoladi. Ayniy o`sha
davr
madrasalarini
quyidagicha
tasvirlaydi:
“Samarqand
madrasalari
ko`chmanchilarning og`ilxonalariga va Buxoro madrasalari qalandarlar, sarsarilar,
gadoylar va g`ariblar turadigan vayronaga aylangan edi. Bu har ikkala shaharning
madrasa hujralarida eshik, darparda kabi yog`ochdan yasalgan buyumlari qolmagan va
u hujralarning pishiq g`ishtdan bino bo`lgan qismlari, eski sag`onalar shaklini olgan
edi ”.
Bu hol mang`it xonadoni vakili Amir Shohmurodgacha davom etadi. Amir
Shohmurodning ilmga va dinga rag`bati kuchliligidan amirlikdagi madrasalar
islohotini amalga oshiradi. Savdo-sotiqni rivojlantirib, yangi vaqflar joriy qildirdi va
yo`qolib ketganlarini qayta tiklattirdi.
Lekin madrasalardagi hujralarning ahvoli shunchalik xarob ediki, ularni butunlay
ta`mir qilish uchun vaqflardan keladigan daromad yetishmas edi. Bu muammoni hal
qilish maqsadida Amir Shohmurod bir farmon chiqaradi. Unga ko`ra, biror bir talaba
madrasa hujrasini o`z mablag`i evaziga ta`mirlasa va obod qilsa, o`sha hujra uniki
bo`lar edi va har vaqt talaba hujrasini tark etmoqchi bo`lsa, hujrani ta`mirlash uchun
ketgan mab`lag`ini boshqa bir talabaga berib hujrani uning nomiga o`tkazib berar edi.
Keyinchalik, vaqf yerlari obod bo`ldi, savdo-sotiq, tijorat rivoj topib, vaqfga
tegishli mulklar (saroy, do`kon, tijoratxonalar)dan keladigan foyda ortib, madrasa
hujralarining ham vaqfdan keladigan daromadi ko`payib bordi. Bu holat keyinchalik
madrasa hujralarining narxi oshishiga olib keldi. Endi hujralarni olish va berishda
ta`mir pulining o`zi kifoya qilmay qo`ydi. Hujralarning narxi vaqfdan keladigan
daromad evaziga ortib bordi. Undan tashqari bu paytga kelib hujralarni olish uchun
talaba bo`lish shart bo`lmay qoldi, ko`plab boylar va sudx`orlar madrasalardagi
hujralarni birdan o`ntagacha sotib olib ularni savdosi bilan shug`ullanadigan bo`ldilar.
Ayniyning yozishicha, ruslar Samarqandni bosib olgandan keyin uyerdagi
madrasa hujralarining oldi-sotdisini ta`qiqlab qo`yadi.
2
Talabalarning madrasalarga joylashishi. Talabalar jamiyatning turli ijtimoiy
qatlamlariga mansub edi. Ularning ba`zilari o`ziga to`q xonadon vakillaridan, ba`zilari
o`rta hol ba`zilari esa kambag`al oila farzandlari edi. Kambag`al talabalarning shaharga
kelib yashash uchun joy topishlari juda qiyin masala edi.
2
Sadriddin Ayniy. Esdaliklar. V tom, - Toshkent “badiiy adabiyot” nashriyoti 1965. – 311 b
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
89
ISSN:3030-3613
Buxoroga o`qish uchun kelgan talabalarning agar qolishga joylari bo`lmay
qo`llarida yetarli mablag`lari bo`lsa, bemalol hujralardan birini sotib olib yashashlari
mumkin bo`lgan. Agar talabaning qo`lida puli bo`lsayu, hujra sotib olishga yetmasa, u
holda bunday talabalar hujralarni ijaraga olib yashashlari mumkin bo`lgan. Hujralarni
ijaraga olib yashash “istiqomati garav” deb yuritilgan. Hujralarning ijara haqi ularning
holati va shaharning markaziga qay darajada yaqin yoki uzoqligiga qarab o`zgarardi.
Bu holatda ijarachi mazkur hujradan ikki taraflama foyda olgan ya`ni birisi talabadan
olgan ijara haqi, ikkinchisi esa hujraning vaqfi edi.
Ba`zi o`z hujrasiga ega talabalar pulga muhtoj bo`lib qolsalar, hujralarini sotib
yashashga joy topolmay qolishdan qo`rqib, undan keladigan vaqfni berish evaziga
puldorlardan qarz olgan. Bu holat “vaqf garav” deb yuritilgan.
Hujra sotib olishga yoki ijaraga olishga qurbi yetmagan talabalar turli yo`lllar bilan
hujra topib yashashgan. Ba`zi talabalar hujra egasiga muayyan vaqtlarda ziyofat qilib
berish sharti bilan hujrada qolganlar.
Ayrim hujrador mullalar qo`llaridagi hujralarini o`ziga shogird bo`lishi evaziga
kambag`al talabalarga tekinga yashash uchun bergan. Ayniy bunday mullalarni
“savodsiz, shu vosita bilan “dars beradigan” mullalar qatoriga kirib, mullalikda nom
chiqarib biror ilmiy mansabga ega bo`lish” maqsadida bu ishni qilganlariklarini aytib
o`tadi.
Ba`zi yo`qsil talabalar nufuzli kishilar himoyasiga kirib, ular orqali biror hujra
topib yashardi(muallif o`zining “Esdaliklar”ida nufuzli bir tanishi Ko`kaldosh
madrasasida unga hujra hadya qilganligini yozadi ). Muallifning aytishicha, bu turdagi
holatlar ya`ni hujralarning talabalarga ijaraga berilishi norasmiy holat bo`lgan.
Shu o`rinda madrasalardagi kutubxonalar haqida to`xtalib o`tsak. Ma`lumki,
Buxoro qadim zamonlardan ilmiy markaz bo`lib kelgan . Shuning uchun mamlakatda
barcha turdagi kitoblar topilar edi. Faqat o`sha zamonlarda hali matbaa mavjud
bo`lmaganligidan, kitoblarning barchasi qo`lyozma asarlar edi. Kitoblarni qo`lda
ko`chirish qimmatga tushganligidan, talabalarning hammasi ham ulardan foydalana
olmasdi. Shuning uchun ko`plab madrasalarda kutubxonalar tashkil qilinadi va
talabalar ulardan bemalol foydalanishi uchun sharoit yaratiladi. Ayniyning
keltirishicha, yirtilgan kitoblarni to`plash va yangilarini sotib olish uchun yettitalik
vaqf va kutubxona boshlig`i uchun alohida vaqf tayinlangan. “Buxoro inqilobi tarixi
uchun materiallar” asarida birgina Govkashon madrasasidagi yirtilgan kitoblarni
to`plash uchun tayin qilingan vaqfdan yiliga ming so`m daromad kelgan.
Buxoro madrasalarida yigirmaga yaqin kutubxona bo`lgan.
Madrasalarda ta`lim. Sadriddin Ayniy “Esdaliklar” asarida Buxoro amirligi davridagi
madrasalarning ta’lim tizimini tanqidiy tahlil qiladi. Unga ko‘ra, madrasalarda ta’lim
jarayoni qadimiy va eskicha uslublarga tayangan bo‘lib, yangilikdan yiroq, tanqidiy
tafakkurdan xoli bo‘lgan. O‘quv dasturlarida asosan, diniy fanlar, ya’ni arab tilining
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
90
ISSN:3030-3613
sarfu nahvi, mantiq, aqoidi islomiy(ilmi kalom), hikmat(tabiiy va ilohiy), fiqhi islomiy
(tahorat, namoz, ro`za, janoza, haj, zakot, nikoh, taloq, savdo-sotiq,qul saqlash va qul
ozod qilish kabi masalalar) kabilar asosiy o‘rin tutgan. Ammo bu fanlar ham ko‘p
hollarda yodlash asosida o‘rgatilgan, mavzularni tahlil qilish yoki bahs yuritish
madaniyati sust bo‘lgan.
3
Baljuvoniy ham o`z asarida madrasalarda o`tiladigan fanlar tarkibiga qisqagina
to`xtalib, ularda aniq fanlar o`tilmasligining salbiy oqibatlaridan so`z yurutadi:
“…riyoziy va siyosiy ilmlar azaldan ham bu shaharda keng tarqalmagan. Shuning
uchun Buxoro davlatining siyosati boshqa islomiy davlatlar singari orqada qolgandir”
“Buxoro madrasalari islom olamida diniy madrasa sifatida mashhur lekin
haqiqatda madrasa dars programmalariga o`rta asr sxolastikasi bo`lgan ilmi kalomdan
bo`lak diniy dars kirmagan, Qur`on tafsiri va payg`ambar hadisi kabi islom dining
ibodat va muomalatiga oid bo`lgan fiqh (huquq ilmi) rasmiy darslar qatorida sanalmas,
bu ilmlar bilan xususiy ravishda shug`ullanadigan odamlar “masalachi” deb, tahqir
qilinardi.”
Asarda madrasa talabalarining 18-19 yil davomida o`qiydigan kitob va darsliklari
birma- bir yozilib, ularni o`qishga qancha vaqt ketganligi ham aytib o`tilgan. Buxoro
talabalari o`zlari ilm olishni xohlagan mudarrislarini o`zlari tanlagan va yilning
xohlagan vaqtida ustozni o`zgartirish mumkin bo`lgan, hech kim ularni qaysidir
mudarrisga borishga majburlamagan. Madrasa ta`limining dastlabki yillarida
o`qitiladigan darsliklarni o`zlashtirish uchun “kunjaki domla” deb yuritilgan mullaning
yonida dars tayyorlangan. Bu mullaning madrasada ta`lim berish bermasligi muhim
bo`lmagan. Undan keyin darsliklar biroz murakkablashgach, “darsxona domlasi” deb
yuritilgan kattaroq mulladan tahsil olingan.
Talabalar oxirgi darslik “Mulla Jalol”ni ikki yil davomida o`qib tugatgach,
madrasa darslari hatm qilingan deb hisoblanar va ularga og`zaki tarzda xohlagan
fanlaridan dars o`tish uchun ruxsat berilardi.
Muallif madrasalardagi fanlarni o`zgarishlarga uchramaydigan, XV-XVI
asrlardan beri bir xil davom etib kelayotganini, ularga kiritilayotgan yagona yangilik
yillar davomida ularga atab yozilayotgan sharh va hoshiyalar ekanligi aytadi. Umar
rashidovdan dastlabki jadidlarning hoshiyalarni madrasa darsliklaridan olib tashlash
kkligi aytilgan.
Madrasalarda o`quv yili 22 sentabrdan 22martga qadar olti oy davomida bo`lib,
darslar haftada to`rt kun shanba, yakshanba, dushanba va seshanba kunlari bo`lgan.
Shundayam talabalarning barchasi olti davomida to`liq darslarga ishtirok eta olmagan.
Sharoiti og`ir talabalar darslarni boshlab olgach, tirikchilik qilish maqsadida
qishloqlariga qaytib ketgan yig`im-terim ishlari tugagach, yana noyabr oyining
3
Sadriddin Ayniy. Esdaliklar. V tom, - Toshkent “badiiy adabiyot” nashriyoti 1965. – 311 b
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
91
ISSN:3030-3613
oxirlarida darsga qatnay boshlagan. Yana fevral oyi oxiri-mart oyi boshlariga kelib
yana qishloqqa qaytib ketishgan. Shunday qilib yil boshida o`rtacha ellik kishilik guruh
bo`lib boshlangan darslar o`n-o`n besh kishi bilan yakunlangan.
Ayniy asarda madrasadagi darslar, domlalarning dars berish uslubi va
talabalarning o‘qishga munosabati haqida aniq kuzatishlarini beradi. U talabalar
umrining o`n sakkiz- o`n to`qqiz yilini olgan madrasa ta`limidan biror bir tayinli ilm
olinmasligi haqida gapirib bunda ta`limdagi kamchiliklar, talabalarning vaqtini
noto`g`ri taqsimlanganligi yoxud ularning vaqtini bexuda sarf qilishiga sabab bo`lgan
omilllarni keltirib o`tadi. Masalan, arab tilining sarfu nahv darslari sakkiz yil davomida
o`tilishiga qaramasdan talabalarning deyarli birortasi dars oxirida arab tilida gapirishni
yoki o`qishni bilmagan. Chunki darslar ko`r-ko`rona yodlashga asoslangan edi. Undan
tashqari darslar shunchaki keraksiz munozaralar bilan o`tib ketgan. Ko‘plab domlalar
darsni jonli va tushunarli o‘rgatmasdan, faqat matnni o‘qib berish bilan cheklangan.
Talabalardan esa faqatgina matnni yodlab olish talab qilingan. Bu holat ilmiy
tafakkurni rivojlantirishdan ko‘ra, so‘zlarni mexanik yodlashga olib kelgan. Shu
sababli talaba ko‘p hollarda mazmunni anglamay, tushunmay o‘qigan bo‘lsa-da,
madrasani tugatgan hisoblangan.
Shunga qaramay, Sadriddin Ayniy madrasalarda bilim olishga intilgan, oz bo‘lsa-
da, chin dildan ilmga xizmat qilgan domlalarni ham tilga oladi: “Buxoro
madrasalaridan ba`zi ma`lumotli kishilar ham yetishib chiqqanlar. Lekin bunday
odamlar,u yerda yolg`iz yetishib chiqqan hosildor butalarday juda oz bo`lib, ular
Buxoro madrasalaridagi dars programmalarini o`tish va unda bo`ladigan munozaralar
vositasi bilan yetishmaganlar, balki o`zlari favqulodda qobiliyatli kishilar bo`lib, baxtli
bir tasodif bilan, tojikcha va arabcha savod chiqarib, o`z shaxsiy mehnat va mutolaalari
soyasida ma`lumot hosil qilganlar.
Ammo bunday ma`lumotli kishilarning ko`plari ham biror ma`naviy g`oyadan
uzoq bo`lib, ularning asosiy maqsadlari ustozlari kabi biror madrasada mudarrislik
qilish va o`z oldilariga talaba to`plash, ular bilan xoh biror narsani tushunsalar, xoh
tushunmasalar ertadan kechgacha dars va munozara ostida shovqin-suron ko`tarish,
shu vosita bilan ulardan iftitohona (dars boshlash munosabati bilan har yili talabalar
tomonidan o`zaro mablag` yig`ilib, yangi dars boshlash munosabati bilan domlaga
beriladigan sovg`a- salomlar.)undirish va katta “darsgo`ylik”da nom chiqarib yana
ham kattaroq madrasada mudarris bo`lishdan nariga o`tmasdi”. Bu bilan u tizimdagi
muammolarni faqat shaxsiy emas, balki tizimli deb ko‘rsatishga urinadi. Ayniy
tomonidan keltirilgan misollar orqali o‘sha davrda madrasaning ijtimoiy institut
sifatidagi o‘rni, uning jamiyatdagi obro‘si va ayni paytda real samarasizligi ochiladi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, tarixnavislarning ushbu asarlari orqali Buxoro
amirligining ijtimoiy hayotida kechgan murakkab jarayonlar, ayniqsa ta’lim tizimidagi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
92
ISSN:3030-3613
inqiroz, amirlik davrining madaniy manzarasi, ijtimoiy qatlamlar orasidagi tafovutlar
va ma’naviy muhitning zaiflashuvi aniq ko‘rinadi. Bu tarixiy manbalar zamonaviy
tadqiqotlar uchun nafaqat tarixiy ma’lumotlar ombori, balki tarixiy tafakkur va ijtimoiy
ong rivojini o‘rganish uchun ham muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
1.Ahmad Donish. Risola yohud mang`itlar xonadoni saltanatining qisqacha tarixi.
O`.M. E. davlat ilmiy nashriyoti. – Toshkent: 2014.
2.
2.Ahmad Donish. Navodirul vaqoe. O`zbekiston SSR “Fan” nashriyoti. –
Toshkent:1964
3.
Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeiy. Toshkent: Akademiya” nashriyoti, 2001
4.
4.Abduaruf Fitrat. Amir Olimxon va uning hukmronlik davri.
5.
5.Sadriddin Ayniy. Esdaliklar. V tom, - Toshkent “badiiy adabiyot” nashriyoti
1965. – 311 b
6.
6.Temirov F.U. S. Ayniyning Buxorodagi jadidchilik harakatida tutgan o’rni va
ijtimoiy faoliyati. (PhD) disertatsiyasi avtoreferati.