T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
70
ISSN:3030-3613
QISSASI RABG’UZIYDAGI NUH QISSASI VA QUR’ONI KARIM
THE STORY OF NOAH IN THE RABGUZI AND THE HOLY QURAN
Andijon davlat pedagogika instituti filologiya fakulteti talabasi
Yo’ldoshboyeva Durdona Muxiddin qizi
Annotatsiya
: Ushbu maqolada Alloh taoloning ulug‘ payg‘ambarlaridan biri
bo‘lgan Nuh alayhissalomning hayoti, da'vat yo‘li va tarixiy vazifasi yoritiladi.
Maqolada Nuh (a.s.)ning qavmini Allohga ishonishga da'vat qilganlari, ularning
inkorchiligi, to‘fon voqeasi hamda Nuh (a.s.)ning sabr-toqati va iymondagi
mustahkamligi haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, maqola “Qissasi Rabg’uziy”
va tafsir asosida yozilgan bo‘lib, Nuh (a.s.)dan olinadigan saboqlar va ularning
bugungi hayotimizdagi ahamiyati haqida ham tahliliy fikrlar bayon etiladi.
Abstract:
This article discusses the life, calling, and historical mission of Noah,
one of the great prophets of Allah. The article provides information about Noah's (a.s.)
calling his people to believe in Allah, their denial, the flood, and Noah's (a.s.) patience
and steadfastness in faith. The article is also based on the "Story of Rabghuzi" and its
commentary, and it also presents analytical thoughts on the lessons that can be learned
from Noah (a.s.) and their importance in our lives today.
Kalit so’zlar:
Paygʻambar, Iblis, Kofir, zolim, Nuh, oyat, Som, Xom, Yofas,
osmon.
Key words
: Prophet, Devil, Infidel, Tyrant, Noah, verse, Shem, Ham, Japheth,
sky
Nuh payg’ambar alayhissalom insoniyat tarixidagi eng buyuk payg’ambarlardan
biridir. U zot Alloh tomonidan elchi qilib yuborilgan va o’z qavmini to’g’ri yo’lga
chiqarishda ulkan sabr va matonat ko’rsatgan. Qur’oni Karimda Nuh alayhissalom
haqida Moida, Qamar, Xud, yana bir necha suralarda batafsil hikoya qilinadi, hatto
unga bag’ishlangan alohida sura – “Nuh” surasi ham mavjud.
Nuh nabiy ibn Malik ibn Idrisdir. Onasining oti Shamxo binti Anursh edi.
Nuhdan Odamga qadar o’n ota o’tdilar, hammalari musulmon bo’lganlar. Surada Nuh
alayhissalom o’z qavmini imonga da’vat qilgan kezlarida ulardan ko’rgan jabru jafolari
va oxiri tavfiq topmagan kofir qavmlarining tug’yoni avj olib ketgandan keyin ularning
haqlariga duoyi bad qilganlari to’g’risida oyatlar bor. Bu haqida asarda, “ Kunlardan
bir kun Iblis dedi: - ey Nuh, menga sherik qilding. Agar sheriklarim, qo’ldoshlarim,
askarlarim yig’ilib kelsa, bu yerga sig’mas edilar. - Sherik qilganim nimadir? –
so’radi Nuh. – Sen duo qilganding, qavming halok bo’ldi. Hammasi jahannam ichra
menga qo’ldosh bo’ldilar. Sabr qilganingda ba’zilari imon keltirardi, shu afzal edi, -
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
71
ISSN:3030-3613
dedi Iblis. – Ey koshik, koshki sabr qilgan bo’lganimda ba’zilari musulmon bo’lardi,
menga bunday ta’na tegmas edi, - deya Nuh tun-u kun nola qiladi” .
Nuh alayhissalom iymonga da’vat qildi: -Allohning yagonaligiga iymon
keltiring, mening payg’ambarligimga iqroq bo’ling! Kofirlar esa Uni ura boshladilar.
Shu qadar urdilarki, suyaklari sindi, siniq suyaklari teri ichidan behad darajada
qaqshardi, bunga chidash qiyin edi. Yotsa, kechasi bilan Alloh taolo unga shifo berar
edi, kun sayin Jabroil alayhissalom kelib, da’vatga buyurishini aytar edi.
Nuh alayhissalom o’z qavmini kechasi-yu kundizi da’vat qildi. Lekin ular quloq
solishmadi. Nuh alayhissalom har xil usullarida (maxfiy gapirdilar, ochiq gapirdilar,
baqirib gapirdilar,) da’vat qilsa ham foyda bermadi.
Ellik kam ming yil da’vat qilgani haqida asarda ham keltirib o’tilgan. “Ankabut”
surasining 14-oyatida ham Nuh alayhissalom 950 yil payg’ambarlik qilgani haqida
ma’lumotlar bor. Nuh alayhissalomning necha yil umr ko’rgani to’g’risida turli xil
tafsirlar mavjud.
“ Biz Nuhni o’z qavmiga (payg’ambar qilib) yubordik. Bas, u ularning orasida
ellik yili kam ming yil turdi. Bas, ularni zolim (kofir) bo’lgan hollarida to’fon (balosi)
tutdi” {Ankabut surasi, 14-oyat}.
Shuncha yil da’vat qilishiga qaramasdan, oz sonli odamlar unga ergashadilar.
Xattoki o’z xotini ham kofir edi. Nuhning umidi uzildi, ko’ngli og’ridi, duo qildi: “
Parvardigoro, yer yuzida birorta kofirni qoldirmagin”. Alloh taolo Nuh
alayhissalomning bu duosini qabul qildi. Shundan so’ng Alloh kema yasashini vahiy
qiladi. Jabroil alayhissalom Nuh alayhissalomga kema yasashni o’rgatib turadi.
Rivoyatlarga ko’ra, kemaning uzunligi 1 km edi. Uni taxminan 100 yilda qurib tugatdi.
Kemani tog’ning ustiga quradi.
Hadislarda ham, “ Qissasi Rabg’uziy” asarida ham keltiriladi. Kofirlar kema
yasayotkanini ko’rib masxara qilar edilar: - “Sen payg’ambar eding, endi duradgor
bo’lib qolding!” buni nima qilmoqchisan o’zi?!
-
Kema qilyapman, unga minib, suv ustida suzarman, - dedi Nuh ularning
so’rog’iga javoban.
-
Egar yo’narsanmi, avval eshak olgil, deb kulishadi. “qachon uning
yonidan qavmning raislari o’tsa, uni masxara qilar edilar”.
-
Nuh dedi “ Agar sizlar bizni masxara qilsalaringiz, bizlar ham sizlar kabi
masxara qilamiz. Juda tezda bilasizlar”.
-
To’fon vadasi qachon bo’lur? – so’radi Nuh.
-
Qachonki, tandiring ichidan suv chiqsa, balki azob kelgan turur, - degan
xitob keldi.
Kema bitdi, u uch qavat edi (birinchi qavatida chorva hayvonlari, ikkinchisida
Nuh qavmi, uchinchisida qush-u qurtlar joy olgandi). Kema bitgach, Nuhning kofir
xotini non pishirayotgan chogʻda tandir ichidan suv chiqdi. U kelib Nuhga xabar qildi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
72
ISSN:3030-3613
Nuh oʻsha sakson kishi bilan kemaga chiqdi. Shunda farmon keldi: (Oyat) “Mindir
kemaga har xil jonivorlardan bir er va bir urgʻochisini va ahlingni ham. Yana
oʻgʻlonlaringni ham chiqargil!”
Kemaning oldida hayvonlar juft bo’lib turardi. Undan keyin yerdan buloqlar
otilib chiqadi, osmon ochilib yomg’ir yog’iladi. Suv haddan tashqari ko’p bo’ladi. Eng
baland tog’dan 15metr baland bo’ladi.
Nuh alayhissalom kemaga hammani olib chiqarayotkanda, bir it ergashgan ekan.
Sen it nima qilyapsan deb Nuh alayhissalom tepib yuborgan ekanlar. Shunda it tilga
kirib, men ham Alloh yaratgan maxluqmanku deganlarida, hazrati Nuh bundan ibrat
olib bir umr yig’lab yurgan ekanlar. Bu voqea nega keltiriladi? Bizga ibrat uchun,
albatta. Nuh payg’ambar itga ozor bergani uchun bir umr yig’laganlar. Hozirgi
odamlarchi? Hayvonlar qolib, insonlar bir-birlariga ozor beryapti.
Nuh alayhissalomning 4 ta o’gli bor edi: Som, Xom, Yofas va Kanon. Nuh
alayhissalomga ahlingni chiqargil deb xitob bo’ladi. Oʻgʻli Kanonni ham kemaga
chiqarmoqchi boʻlgandi, yorligʻ keldi: “Chiqarmagil, u kofirdir!”
– Iloho, ahlingni chiqargil, deb aytgan eding-ku? – soʻradi Nuh.
– U sening ahlingdan emas! – degan xitob keldi.
– Ey Kanon, musulmon boʻlgil, kemaga kirgil, toʻfon suvi halok qilgʻusidir, –
dedi Nuh.
– Men baland togʻlarga sigʻinarman, togʻlar meni suvdan qutqargay, – dedi
Kanon.
– Bugun Ollohdan boshqa azobdan saqlaguvchi hech kim yoʻqdir, – dedi Nuh.
– Xudoning rahmatiga sazovor boʻlgan odamgina omon qoladi. Shu paytda suv keldi,
halok qilgudek boʻlib, Kanon togʻ tepasiga qarab qochdi. Suv koʻtarila borib oyogʻiga
yetdi. Kanonning bir oʻgʻli bor edi, suvdan qutulmoqchi boʻlib, uni oyogʻi ostiga olib
ustiga chiqdi, bolasi oʻldi, sal oʻtmay oʻzi ham halok boʻldi, iymonsiz ketdi.
Olti oy oʻtgach, Avjga(ism) farmon boʻldi: – Kemani sudragil! Kemaning
quyrugʻidan tutib sudramoqlikka biror kimsaning quvvati yetmas edi. Avjni shu
sababdan ham Olloh taolo halok etmadi. Shundan keyin farmon boʻldi: (Oyat) Va
hukm Ilohi tomonidan aytildiki, “Ey yer, suvingni yut!” va “Ey osmon, yogʻishingni
toʻxtat!” Osmon yogʻishdan toʻxtadi, suvlar yer yuzidan quridi. Maʼlumki, yer
yumaloqdir, atrofida togʻlar turar. Suv toʻrt tarafdan Kof togʻiga kelib toʻxtadi, keyin
pastlay boshladi. Yerning atrofi muhit daryosi boʻldi. Muhitdan muhitga ulangan
suvlar dengiz boʻldi. Yer yuzasidagi togʻlar, chuqurlar, koʻllar hammasi toʻfon suvi
bilan buzilib, izdan chiqdi. Dengizlar suvi achib, sasib odamlar oʻlib ketdilar.
Togʻlarga xitob keldi: – Men Nuhning kemasini togʻlarda turgizgayman! Hamma
togʻlar bosh koʻtardilar, zora kema bizda turgay, deya. Judiy togʻi hamma togʻlardan
past edi. U xokisorlik bilan “Menga bu karomat qaydan ham tegishli boʻlsin”, deya
oʻzini past tutdi. Olloh taolo uni ixtiyor etdi, kema unda turmoq uchun pastlay boshladi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
73
ISSN:3030-3613
Kemada Nux alayhissalomning – uch o’gli – Som, Xom, Yofas va ularning
xotinlari bilan qo’shib hisoblaganda 78 kish bo’lib, ularning yarmi erkak, yarmi ayollar
edi. Ularning miqdori 10 ta yoki 80ta edi, degan rivoyatlar ham bor.
(Oyat) “Ey Nuh, biz tomondan boʻlgan salomatlik ila tush!” degan farmon
boʻldi. Nuh qirq er va qirq xotin bilan kemadan tushdi va Shom viloyatida dengiz
boʻyida bir qishloq qurdilar. Uni “Qaryat ul-samonina” deb atadilar. Olti oy suv ichida
turganlarida shamol kelmagandi. Toʻsatdan shamol keldiki, bu ularga yoqmadi, kasal
boʻldilar. Oqibatda hammalari oʻlib, yetti kishigina qoldilar. Nuhning oʻzi uch oʻgʻli
va uch kelinidan boshqa biror kishi qolmadi. Bugun kelib odamlarning yovuzlari,
yaxshilari, moʻminlari, kofirlari – hammasi Nuhning farzandlaridan boʻlar. Katta
oʻgʻlini Som, oʻrtanchasini Hom, uchinchisini Yofas der edilar.
Bir kuni Nuh uxlayotgandi, shamol kelib etagini koʻtardi. Shunda uning uyat
joyi ochilib qoldi. Uni koʻrgan Hom kuldi, Som esa uni malomat qildi, Yofas kelib
toʻni bilan yopib qoʻydi. Olloh taolo bu shumlikning yomonligi tufayli Homning
pushtikamaridagi urugʻlarini qora qildi. Uyalganidan xotinining qoʻlidan tutib, dengiz
qirgʻogʻida qamishdan uy qilib, yashay boshladi. Shunday qilib, hindular, habashlar,
zangilar – hammasi uning urugʻidan boʻldilar. Arablar va Ajamlarning otasi Som
boʻldi. Homni Hindistonga (hindular yurti demoqchi), Somni arab va ajam
viloyatlariga joʻnatdi. Yofas esa Turkiston viloyatlariga keldi. Hamma turkiy xalqlar
uning urugʻidan tarqaldi. Shu boisdan turklar aziz va mukarram boʻldilar. Bu soʻzlar
Abu Isʼhoq Nishopuriy jam qilgan “Qissasi al-anbiyo”da bitilgandir. Boshqa
olimlarning aytishlaricha, Yaʼjuj va Maʼjuj ham Yofas urugʻidan chiqar. Kaʼb
rivoyatiga koʻra, Odam Ato uxlayotgan chogʻda tush koʻradi. Nutfa yerga tomib,
tuproqqa qorishadi. Olloh taolo undan Yaʼjul va Maʼjujni yaratdi. Shu bois bizlarga ota
tarafdan bogʻlanib, qarindosh boʻlar. Havvo ona tarafdan bogʻlanmas, oʻgay boʻlarlar.
Abdulloh ibn Abbos (Olloh undan rozi boʻlsin): “Odam farzandlari oʻn hissadir, uning
toʻqqiz hissasi Yaʼjuj va Maʼjuj, bir hissasi jamiki odamlardir”, degan.
Foydalanilgan manbalar:
1.
Qissasi Rabg’uziy
2.
Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri.
3.
https://youtu.be/7IKjXRkjHMc?si=9X-a1B04NVWoWoHF
4.
https://youtu.be/5WteBSzInnA?si=PQQ6obeLn5YkDWbP
5.
https://youtube.com/shorts/KBv_MUjUF5c?si=yG1hn4npa2DeT1Ry