T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
244
ISSN:3030-3613
ISLOM HUQUQI MANBAALARI VA ULARNI OʻRGANISHNING ASOSIY
XUSUSIYATLARI.
Andijon Davlat Universiteti
Axborot tizimlari va texnologiyalari
1-bosqich talabasi
Odilova Azizaxon Yorqinboy qizi
Andijon Davlat Universiteti
Axborot tizimlari va texnologiyalari
1-bosqich talabasi
Xosilova Fotimaxon Islomjon qizi
Annotatsiya
: Ushbu maqola, Islom huquqi manbaalari va ularni oʻrganishning
asosiy xususiyatlari haqida yoritilib, Islom dini va islom huquqshunosligi o‘zida
mukammal hukmlarni mujassam etgan tizim sifatida Sharqdagi bir qator
mamlakatlarda davlat va huquq rivojlanishiga, ayniqsa, ushbu mamlakatlardagi inson
huquqlari, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy munosabatlarni ta’minlashga chuqur
ta’sir ko‘rsatgan. Islom huquqining asosiy manbalari buyuk huquqshunoshlar ya’ni
faqihlar tomonidan yakdillik bilan tan olingan. Usulul-fiqhda manbalar “adilla”
(dalillar) atamasi bilan ifodalanadi.
Kalit so‘zlar:
Islom huquqi, Qur’oni karim, Payg‘ambar, sura, oyat, sunnat,
ijmo, qiyos, fiqh, manba, qonun, dalil, huquq.
XX asrning ikkinchi yarmi xalqaro huquqning rivojlanishida yangi sifat
bosqichini boshlab berdi. Bu xalqaro-institutsional tizimning takomillashuvida, norma
ijodkorlik jarayonidagi tub o‘zgarishlarda, xalqaro huquq manbalari tizimining
kengayishida, xalqaro huquq subyektlari sonining oshishida yaqqol aks etdi. Fan-
texnika sohasidagi misli ko‘rilmagan yutuqlar, uchuvchi va suzuvchi qurilmalarning
yangi avlodi, yirik inshootlar va qudratli intellektual salohiyatga ega
mikrosxemalarning paydo bo‘lishi xalqaro-huquqiy munosabatlar tizimini
murakkablashtirdi. Xalqaro huquqning yangi obyektlari vujudga keldi.
Asrimiz boshidagi globallashuvning yangi to‘lqini barcha sohalarda bo‘lgani
kabi xalqaro huquq istiqboliga ta’sir etuvchi omillar qamrovini kengaytirdi. Xalqaro
huquqning universallashuvi, ya’ni umumbashariy ko‘lam kasb etish jarayoni yanada
kuchaydi. Endilikda xalqaro huquq normalari oddiy individlarning huquqlarini himoya
qilish barobarida ularning kundalik hayotiga tobora chuqurroq ta’sir ko‘satmoqda.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
245
ISSN:3030-3613
Individ xalqaro huquq subyektiga aylandi, deyish uchun barcha asoslar yetilib
kelmoqda.
Islomning gumanistik g‘oyalari islom xalqaro huquqi – siyarga singdirilgan.
“Siyar” tushunchasi islom millatining boshqa xalqlar bilan xalqaro aloqalariga oid
qoida va usullarining umumiy majmuidir yoki musulmonlarning xoh davlatlar, xoh
individlar miqyosida bo‘lsin, boshqa dinga e’tiqod qiluvchilar bilan aloqalarida rioya
etilishi lozim bo‘lgan qoidalarni belgilab beruvchi islom huquqining alohida sohasidir.
Shu o‘rinda eslatib o‘tish joizki, islom xalqaro huquqini uch xil ma’noda
tushunish lozim.
Birinchidan,
islom xalqaro huquqi bu – XX asrga kelib to‘liq shakllangan va
bugungi kunda samarali amal qilib kelayotgan universal xalqaro huquqdan bir necha
yuz yilliklar oldin, VIII-X asrlarda paydo bo‘lib, qariyb ming yil davomida musulmon
davlatlarining o‘zaro va ularning boshqa madaniyatga mansub davlatlar va xalqlar
bilan aloqalarini tartibga solib kelgan huquqiy tizimdir. Universal xalqaro huquqning
shakllanishi natijasida u global ahamiyatini yo‘qotdi va bugungi kunda ayrim islom
davlatlari orasida muayyan sohalardagi huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi
mintaqaosti huquqiy tizimga aylandi. Biroq uning asosiy tamoyillari va qoidalari
universal xalqaro huquqqa singdirilgan hamda ular xalqaro-huquqiy munosabatlarni
tartibga solishda hanuz foydalanib kelinmoqda. Bu musulmon davlatlari bilan
tuziladigan xalqaro shartnomalarda, odat huquqida, xalqaro sud amaliyotida va boshqa
shakllarda ko‘zga tashlanib turadi.
Ikinchidan,
islom xalqaro huquqi – xalqaro-huquqiy amaliyot tajribasi va islom
xalqaro-huquqiy doktrinasi asosida shakllangan ta’limotdir. Mazkur ta’limot islom
xalqaro huquqining asosiy mazmun-mohiyati, tamoyillari, rivojlanish qonuniyatlari va
istiqbolini belgilovchi qarashlarni o‘zida aks ettiradi. Bu ta’limotning shakllanishida
Markaziy Osiyolik mutafakkirlarning hissasi ulkan bo‘lgan.
Uchinchidan,
islom xalqaro huquqi islom huquqining alohida tarmog‘i sifatida
mustaqil fandir. Bu fan hozirgi kunga qadar musulmon davlatlarining nufuzli
universitetlari qoshidagi huquq fakultetlarida o‘qitib kelinmoqda.
Ma’lumki, o‘rta asrlar sharoitida ilm-fan, madaniyat, san’at, yoinki ijtimoiy-
siyosiy va iqtisodiy hayotning barcha jabhalari diniy-mafkuraviy qobiqda rivoj topgan.
Islom xalqaro huquq ta’limoti ham islom va uning huquqiy ustqurmasi bo‘lmish islom
huquqi bilan bir o‘zanda rivojlangan. Xalqaro huquqqa islom huquqi va shariat
normalarining ichki huquqiy makondan yanada kengroq maydonda va ko‘lamda tatbiq
etilishi sifatida qaralgan. Shariat normalarining islom huquqining ichki makonidan
tashqaridagi yangi maydon (xalqaro huquq)ga ko‘chishi “tavassu’”, ya’ni “yoyilish”
texnikasi orqali amalga oshirilgan va tushuntirilgan. Ayni paytda, diniy mafkura faqat
islomdagina mavjud bo‘lgan omil emas. Butun o‘rta asrlar tadriji davomida nasroniy
diniy mafkurasi ham Yevropa davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
246
ISSN:3030-3613
ilmiy hayotida yetakchi rol o‘ynagan. Buyuk Britaniyaning mashhur Oksford va
Kembridj universitetlari diniy ibodatxonalar qoshida va ularning homiyligida tashkil
etilganligi hamda taraqqiy etgani sir emas.
Islom xalqaro huquqining o‘ziga xos xususiyati u islom diniy e’tiqodi bilan
paydo bo‘lgan edi. Bu e’tiqodni yoyish va universallashtirish islomning o‘sha paytdagi
asosiy maqsadi ekan, jihod urushlari yog‘dusida islom xalqaro huquqi xususida urush
harakatlarini olib borish va qo‘lga kiritilgan o‘ljalarni taqsimlash qoidalarining
majmuasi shaklidagi dastlabki tasavvurlar ham paydo bo‘lgan. Biroq keyinchalik
urushlarning nihoyasi ko‘ringach, boshqa millatlar bilan tinchlik holatida hamjihat
bo‘lib birga yashash va o‘zaro manfaatdorlik asosida hamkorlik qilish zarurati
oydinlashib borgan. Mazkur omil ham siyarning rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan,
albatta.
Ayni paytda, islom xalqaro huquqini islom huquqidan butunlay ajratib olish
mumkin emas. U islom huquqining xalqaro miqyosga yoyilgan normalari xolos, degan
qarashlar ham bugungacha yashab kelmoqda.
Islom xalqaro huquqi va ta’limotining rivojlanish tadriji islom huquqi va
huquqshunosligining rivojlanish bosqichlari bilan hamohanglikda qaralishi mumkin.
Islom huquqi manbalarining shakllanishi va kengayib borishi islom huquqining
rivojlanib borishining belgisidir. Manbalar turkumining kengayishi va ularning
mahalliy odatlar bilan uyg‘unlashuvi joylarda yuzaga chiqayotgan huquqiy
muammolarga tezkor yechim topishga imkon berardi. Shu o‘rinda islom huquqining
rivojlanish davrini turli mezonlar asosida turlicha davriylashtirish mumkin. Ba’zi
huquqshunoslar norma ijodkorligi – ijtihod subyektlari va tabiatiga ko‘ra uni 6 ta
bosqichga ajratishadi: Payg‘ambar davri (610-632-yy.), sahobalar davri (taxminan
632-700-yy.), tobiinlar davri (VIII asr), mujtahidlar davri (IX-XI asr), muxarrijlar davri
(taxminan XII asr) va muqallidlar davri (XII asrdan keyingi davr).
Hozirda ko‘pchilik huquqshunoslar tomonidan qabul qilingan mezonga ko‘ra,
islom huquqi tarixi uch davrga bo‘lib o‘rganiladi: islom huquqining shakllanish davri
(formative period) – hijriy 150-261 (milodiy 767-874), mumtoz davri (classical period)
– hijriy 300-1213 (milodiy 912-1789-yillar) va yangi davri (modern period) – XIX
asrdan, ya’ni 1800-yildan hozirgi kungacha.
Islom huquqi va islom xalqaro huquq ta’limotida makon omilini ham e’tibordan
soqit qilmaslik lozim. Aynan makon omili, ya’ni mahalliy shart-sharoitlar islom
huquqida turli mazhablarning paydo bo‘lishiga turtki bergan. Hijriy III asrda (milodiy
X asr boshida) sunniylik yo‘nalishdagi maktablar saralanib, ulardan faqat 4 tasi asosiy
mazhab sifatida qoldi. Ko‘pincha, maktablar orasidagi farqlanish jug‘rofiy yoki makon
omili bilan izohlanadi, va bu bizning nazarimizda to‘g‘ridir, chunki huquqning moddiy
manbalaridagi farqlar formal manbalarning farqlanishiga ham zamin yaratadi.
Xalifalik yuristdiksiyasi ostidagi mahalliy joylardagi jamoalarning yashash va tafakkur
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
247
ISSN:3030-3613
tarzi, odat huquqi va huquqni qo‘llash amaliyotidagi o‘ziga xosliklar mazhablar
orasidagi faqrlanishga asos yaratdi, biroq maktablar orasida hukmlar hosil qilish
sohasida umumlashgan asosiy tamoyillar va uslublarda ziddiyat sezilmagan.
Islom xalqaro huquqi va uning ta’limoti tarixi islom davlatchilik tarixi bilan
uzviylikda tavsif etiladi. Islomda ilk davlat 622-yilda Madinadagi 30 dan ortiq
qabilalarning kelishuvi natijasida paydo bo‘lgan va uning asoschisi Muhammad (s.a.v)
tomonidan davlat boshqaruv ishlari yuritilgan. Bundan kelib chiqadiki, birinchi
musulmon davlat – bu xalqaro kelishuv natijasi edi. Keyinchalik, uning sarhadlari
kengayib borishi asnosida boshqa davlatlar va o‘z hududida vaqtincha yoki doimiy
istiqomat qilayotgan nomusulmon jamoalar bilan aloqalar olib borish ehtiyoji
tug‘ilgan. O‘z-o‘zidan islom xalqaro huquqiga zarurat yuzaga kela boshlagan.
Muhammad payg‘ambar (s.a.v)ning Madinadagi 10 yillik hayoti davri (622-633-
yy.)da ilk islom davlatchiligi bilan birga islom xalqaro huquqi shakllana bordi.
Shubhasiz, islom xalqaro huquqining paydo bo‘lishi Payg‘ambar (s.a.v.)ning
Madinadagi hayoti va faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Haqiqatdan ham o‘sha
paytlardayoq “xalqaro” va “huquq” tabiatiga ega xalqaro huquqqa musulmonlar
tomonidan asos solingan.
Markazlashgan xalifalik (632-750-yy.) davrida islom davlatining Arabiston
yarimorolida mustahkamlanishi va qo‘shni hududlarga yoyilishi katta muvaffaqiyat
bilan amalga oshirildi. Islom huquqining birlamchi manbalari shakllandi va ular, ayni
paytda, islom xalqaro huquqining manbalari sifatida ham ko‘rinish berdi.
X asrda, ya’ni Abbosiylar davrining uchinchi yuz yilligida nomarkazlashuv
jarayoni va islom dunyosi ichida tarqoqlanish davri boshlandi. Shunday vaziyatda
xalifalik taqdiri bilan bog‘liq ikki xil nazariya kun tartibiga chiqdi. Ulardan biri –
xalifalik hokimiyatining monistik doktrinasi bo‘lib, unga ko‘ra, islom olamida yagona
Alloh, bitta din, bitta shariat va unga bo‘ysinadigan bitta boshqaruv bo‘lishi kerak edi.
Ikkinchi nazariyaga ko‘ra, modomiki, Allohning irodasi bilan yer usti hududlari
suvliklar bilan bo‘lib tashlangan ekan, demak, hududlarni bo‘lib-bo‘lib, yagona e’tiqod
va shariat ostida alohida-alohida davlat va mamlakat shaklida boshqarish mumkin, deb
hisoblangan.
Xulosa, ko‘rinib turganidek, islom madaniyati va ilm-fanining barcha sohalari
kabi, islom xalqaro huquq ta’limotining rivojlanishida ham Markaziy Osiyolik,
xususan, hozirgi O‘zbekiston hududida yashab ijod etgan ulug‘ allomalarning betakror
xizmati bor. Afsuski, ularning merosi, ayniqsa, xalqaro huquq sohasida, hozirgacha
to‘liq o‘rganilgan emas.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
“Islom tafakkuri” jurnali, 2021-yil 4-son
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
60-son_4-to’plam_Aprel-2025
248
ISSN:3030-3613
2.
Vahba Zuhayliy. Islom fiqhi va uning manbalari. – Bayrut: Dorul fikr. 1984. – J.1.
– 429
3.
Doktor Ahmad Shalabiy. Islomda qonun va sud. – Qohira: Maktabatun nahzatil
arabiya,
4.
Shayx Muhammad Xuzariybek.Tarixut tashri‟il islomiy. – Bayrut: 1988. – 248 b.
5.
S. A. Isxakov, A.R. Raxmanov. Musulmon huquqi: oliy ta‟lim muassasalari uchun
6.
darslik. – T.: O„zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. – 177 b