Mualliflar

  • Sultonova Moxichexra

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96042

Kalit so‘zlar:

Tayanch soʻzlar: MHXS aktivlarning qadrsizlanishi dunyo tajribasi malakali hisobchilar moliyaviy zanjir MHXSning oʻziga xos jihatlari.

Annotasiya

Annotatsiya.  Korxonalar  uchun  MHXSga  oʻtishning  dolzarbligi,  yillik 
hisobotlarni  tuzishda  yuzaga  keladigan  muammolar,  korxonalarda  anʼanaviy  tarzda 
amalga  oshirib  kelingan  hisob  tizimi  tubdan  qayta  koʻrib  chiqilishi  zarurligi 
taʼkidlangan.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

68

ISSN:3030-3613

KORXONALARDA MHXSNI QOʻLLASH ISTIQBOLLARI

Sultonova Moxichexra

Termiz iqtisodiyot va servis

universiteti Magistranti

Annotatsiya

. Korxonalar uchun MHXSga oʻtishning dolzarbligi, yillik

hisobotlarni tuzishda yuzaga keladigan muammolar, korxonalarda anʼanaviy tarzda
amalga oshirib kelingan hisob tizimi tubdan qayta koʻrib chiqilishi zarurligi
taʼkidlangan.

Tayanch soʻzlar

: MHXS, aktivlarning qadrsizlanishi, dunyo tajribasi, malakali

hisobchilar, moliyaviy zanjir, MHXSning oʻziga xos jihatlari.


Kirish.

Bugungi kun dunyo amaliyotida koʻplab rivojlanayotgan mamlakatlar

KOʻK uchun MHXSni toʻliq MHXSlari bilan birgalikda qabul qilmoqdalar. Shuning
bilan birga toʻliq MHXS qabul qilgan rivojlangan mamlakatlar esa, tan olish va
baholashning murakkabligini hisobga olgan holda kichik korxonalar uchun MHXSni
qabul qilmagan(Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar, Yangi Zelandiya, Avstraliya va
boshq)[5]. Masalan, Yangi Zelandiya kichik va oʻrta biznes uchun xarajatlarni
qisqartirish zarurligini taʼkidladi. Avstraliya esa kichik korxonalar uchun MHXS qabul
qilmasdan kuzatib borishini bildirib oʻtdi, xolos. Yevropa Ittifoqi Komissiyasining
taʼkidlashicha bugungi kungacha KOʻK uchun MHXS 22 tilda chop etilganligiga
hamda 84 ta davlat foydalanayotganligiga qaramasdan boshqaruv xarajatlarini
kamaytirishga erishilmadi. KOʻK uchun MHXSlarini qabul qilgan aksariyat
mamlakatlar turizm va baliqchilikka ixtisoslashgan, unchalik katta iqtisodiyotga ega
boʻlmagan kichik mamlakatlardir. Ularning aksariyati buxgalteriya hisobining oʻz
milliy standartlarini ishlab chiqish saloxiyatiga ega emaslar. Shu sababli ham ular
KOʻK uchun ham, yirik korxonalar uchun ham MHXSlarini bir vaqtda qabul qildilar.
Biroq, KOʻK uchun MHXSni qabul qilgan davlatlar orasida rivojlangan mamlakatlar-
Shveysariya, Buyuk Britaniya, Shimoliy Irlandiya, shuningdek, rivojlanayotgan
Braziliya, Argentina kabi mamlakatlar ham mavjud. KOʻK uchun MHXSni birinchi
boʻlib 2009-yilda Janubiy Afrika Respublikasi qabul qildi. Shundan soʻng Afrika
Qitʼasidagi bir qancha davlatlar KOʻK uchun MHXSni birin ketin qabul qila
boshladilar. Bularning orasida yalpi ichki mahsuloti boʻyicha dunyoda 22-oʻrinda
turadigan Nigeriya, aholi jon boshiga taqsimlaganda yalpi ichki mahsuloti boʻyicha
Afrika qitʼasida ikkinchi oʻrinda turadigan Botsvana davlatlari ham bor edi.
Nigeriyaning KOʻK uchun MHXSni qabul qilishining asosiy sabablaridan biri
chegaradosh boʻlgan mamlakatlarning ushbu standartni qabul qilishi edi. Aksariyat
mutaxassislar kichik korxonalar uchun moliyaviy hisobotlarni qayta tayyorlash


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

69

ISSN:3030-3613

xarajatlari kam boʻlishini taʼkidlab, KOʻK uchun MHXS ni qabul qilishga undamoqda.
KOʻK uchun MHXSni qabul qilgan davlatlarda malakali buxgalterlarning yoʻqligi
yoki yetarli emasligi vaziyatni ogʻirlashtirmoqda. Ushbu muammolarni xal qilish
uchun taʼlim muassasalarining oʻquv dasturlarini qayta koʻrib chiqishga majbur qildi,
sifat nazorati oʻrnatildi. Bunday mamlakatlarda kichik korxonalar buxgalterlarini qayta
tayyorlash xarajatlari davlat tomonidan qisman subsidiyalanadi. KOʻK uchun malakali
hisobchilarni tayyorlash ishlari yoʻlga qoʻyilmoqda. Jahon ekspertlarining fikriga koʻra
kichik korxonalar ham MHXSni qabul qilishlarining maqsadga muvofiqligini va bu
borada ilmiy tadqiqotlar olib borishlari lozimligini taʼkidlaydilar[6]. Uganda davlati
xukumati KOʻKlar uchun banklardan kredit olish uchun MHXSni qabul qilishlarini
majburiy qilib qoʻydi. Bundan tashqari kichik tadbirkorlik subyektlari uchun
buxgalteriya standartlarini ishlab chiqish maqsadini qoʻydi [7]. Lotin Amerikasi hamda
Karib xavzasi davlatlarida KOʻK uchun MHXSni qabul qilishga qiziqishlari ancha
yuqori. Ushbu mamlakatlar KOʻKlarning moliyaviy hisobotlariga ishonch yoʻqligi
sababli standartni qabul qilgan aksariyat mamlakatlardir. Lotin Amerikasidagi
koʻpchilik mamlakatlar MHXSlarini xech qanday oʻzgartirishlarsiz qabul qildilar.
Braziliya singari yirik mamlakatlar kichik korxonalarning yillik aylanmalari oʻsib
borishi bilan birga standartlarning ayrim qoidalariga oʻzgartirishlar kiritdilar.
Eʼtiborlisi Braziliya mamlakatida MHXSlari majburiydir. Biroq, KOʻKlar toʻliq
MHXSlaridan foydalanmasalar KOʻK uchun MHXSlaridan foydalanishlari kerak.
Faqatgina yalpi daromadi 1.1 million AQSH dollaridan kam boʻlgan mikrofirmalar
Braziliya milliy standartlaridan foydalanishlari mumkin. Jahonning boshqa
mamlakatlari masalan, Argentina KOʻK uchun MHXSni toʻliq qabul qilgan. Osiyo –
Tinch okeani mintaqasi davlatlari ham KOʻK uchun MHXSlarini qabul qilmoqda.
Masalan Singapur mamlakuati “Kichik va oʻrta biznes” ni “Kichik biznes subyekti”
deb nomladi va bunday atama aylanmasi 7-10 mln AQSH dollaridan oshmaydigan
korxonalarni oʻz ichiga oladi.

Umumiy xulosalar:

1. KOʻK uchun MHXSni qabul qilgan deyarli barcha mamlakatlar standart

talablarini qoʻllashning qiyinligini taʼkidlab oʻtadilar. Bu esa buxgalteriya hisobi
usulini tanlashning oʻzgaruvchanligini taqiqlash, maʼmuriy yukning ortishi bilan
izohlanadi.

2. Buxgalterlik kasbining taraqqiy etganligi bilan bu kasb egalarida zaruriy

bilimning yetishmasligi muammosi. Koʻplab kichik korxonalar buxgalterlar ilmidan
foydalanmasdan oʻzlari hisob-kitoblarni yuritadilar.

3. Dunyoning koʻplab mamlakatlarida moliyaviy hisobot va soliq qonunchiligi

oʻrtasida bogʻliqlikning yoʻqligi alohida hisobot shakllarini shakllantirishga undaydi.
Bu esa oʻz navbatida maʼmuriy xarajatlarning ortishiga olib keladi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

70

ISSN:3030-3613

4. Mintaqalarning madaniy, tartibga solish va iqtisodiy sharoitlari turlicha

boʻlganligi uchun rivojlangan mamlakatlar oʻz xoxish-istaklarini bildirish
imkoniyatiga ega boʻladilar

5. KOʻK uchun MHXSni qayerda qoʻllashni aniqlamasdan turib qonuniy

asoslarini ishlab chiqish, bu moliyaviy hisobotlarning foydasiz shaklga aylantirishi
mumkin. 6. Rivojlanayotgan mamlakatlar faoliyatida KOʻK uchun MHXSni amaliy
sinovdan oʻtkazilmagan. Bu ham korxonalar oldiga turli toʻsiq va qiyinchiliklarni
keltirib chiqarishi muqarrar.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati.

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2020-yil
24-fevraldagi PQ-4611-sonli Qarori.

2.

Moliyaviy hisobning xalqaro standartlari. Oʻquv qoʻllanma. A.N. Toʻrayev - T.:
TMI, 2021.

3.

Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari. Tarjima. A.Rizaqulov, B.Hasanov,
A.Usanov, Z. Mamatov. T.: - 2004.

4.

Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari. Jalolova D - T.: Moliya instituti,
2004.

5.

Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari.-T., “Oʻzbekiston iqtisodchilar
uyushmasi”, 1999.–1-2 qismlar.

6.

Buxgalterskiy uchet po mejdunarodnыm standartam finansovoy otchetnosti.
Ucheb. pos. I, II tom/ - T.: “ILM FAN RIVOJ”, 2015.-278 s.

7.

International Accounting Standards. The ICA in England and Wales. London,
1989.

8.

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari. Mavjud holat va istiqbol nimalarda
namoyon boʻladi? Ilmiy maqola. A. Karimov, I. Qoʻziyev, M. Raximov,
2020.05.12

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2020-yil

-fevraldagi PQ-4611-sonli Qarori.

Moliyaviy hisobning xalqaro standartlari. Oʻquv qoʻllanma. A.N. Toʻrayev - T.:

TMI, 2021.

Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari. Tarjima. A.Rizaqulov, B.Hasanov,

A.Usanov, Z. Mamatov. T.: - 2004.

Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari. Jalolova D - T.: Moliya instituti,

Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari.-T., “Oʻzbekiston iqtisodchilar

uyushmasi”, 1999.–1-2 qismlar.

Buxgalterskiy uchet po mejdunarodnыm standartam finansovoy otchetnosti.

Ucheb. pos. I, II tom/ - T.: “ILM FAN RIVOJ”, 2015.-278 s.

International Accounting Standards. The ICA in England and Wales. London,

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari. Mavjud holat va istiqbol nimalarda

namoyon boʻladi? Ilmiy maqola. A. Karimov, I. Qoʻziyev, M. Raximov,

05.12