Mualliflar

  • Ibragimov Rustam Allanovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96045

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: fiskal siyosat prognoz rejalashtirish byudjetni operativ boshqarish unumdorlik prinsipi byudjetlashtirish.

Annotasiya

Annotatsiya:  Ishda  fiskal  siyosatning  mazmuni  va  uni  joriy  qilishnining 
obyektiv  zarurligi  asoslangan.  Oʻzbekistonda  byudjet  daromad  va  xarajatlarini 
prognozlashtirishning tashkiliy- iqtisodiy asoslari tahlil qilingan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

53

ISSN:3030-3613

MAHALLIY BYUDJET DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISH VA

UNDAN SAMARALI FOYDALANISH MEXANIZMINI

TAKOMILLASHTIRISH

Ibragimov Rustam Allanovich

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistranti

Annotatsiya:

Ishda fiskal siyosatning mazmuni va uni joriy qilishnining

obyektiv zarurligi asoslangan. Oʻzbekistonda byudjet daromad va xarajatlarini
prognozlashtirishning tashkiliy- iqtisodiy asoslari tahlil qilingan.

Kalit soʻzlar:

fiskal siyosat, prognoz, rejalashtirish, byudjetni operativ

boshqarish, unumdorlik prinsipi, byudjetlashtirish.

Аннотация:

В данном стате обоснована содержание среднесрочной

фискалной политики и объективной необходимости ее реализации.
Анализируются организационные и экономические основы прогнозирования
доходов и расходов государственного бюджета Республики Узбекистана.

Ключевые слова:

фискалная политика, прогноз, планирование,

оперативное

управление

бюджетом,

принцип

продуктивности,

бюджетирование.

Abstract:

This article substantiates the content of the medium-term fiscal policy

and the objective need for its implementation. The organizational and economic
foundations of medium-term forecasting of income and expenditure of the state
budget of the Republic of Uzbekistan are analyzed.

Key words:

medium-term fiscal policy, forecast, planning, operational budget

management, the principle of productivity, budgeting.

Kirish

Zamonaviy sharoitlarda davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish, tez

oʻzgaruvchan bozor muhiti sharoitida oʻrta muddatli byudjetni taxminlashtirish,
davlat moliyasini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning oʻrta muddatli ustuvor
yoʻnalishlarini realizatsiya qilishdagi imkoniyatlarini baholash maqsadida
Oʻzbekistonda oʻrta muddatli fiskal siyosatni amalga oshirish uslubiyotiga asoslangan
davlat moliyasini boshqarish tizimi joriy qilindi. Ushbu tizim sharoitida davlat
byudjeti daromadlarining kelgusi yiliga prognozi va navbatdagi 2 yili uchun taxmin
koʻrsatkichlari aniqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “Oʻzbekiston

Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi
PF-4947-sonli Farmoni asosida amalga oshirilayotgan kompleks islohotlar davlat


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

54

ISSN:3030-3613

moliyasi tizimini takomillashtirish boʻyicha ham keng islohotlarni amalga oshirishni
taqozo qilmoqda.

Fiskal siyosat davlat moliyasi tizimidagi islohotlarni oʻrta muddatli strategik

yoʻnalishi toʻgʻrisida axborot olish va shuningdek, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotning ustuvor yoʻnalishlari bilan fiskal siyosatni uygʻunlashtirish
imkoniyatini beradi.

Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini oʻz vaqtida va toʻliq ijobiy hal etish

maʻlum moliyaviy asosni talab etadi. Aynan moliyaviy asosning markaziy boʻgʻinini
davlat byudjeti tashkil etadi. Davlat moliyasini sogʻlomlashtirish, davlat byudjeti
daromadlarining barqarorligi, ularni shakllantirish manbalari mukammal nisbati va
butligini taʻminlash Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan byudjet
tizimidagi islohotlarning hozirgi bosqichida yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Davlat byudjeti tizimidagi moliyaviy munosabatlarni samarali tashkil etish
pirovardida byudjet ijrosini ijobiy natijaga erishishida muhim omil boʻlib hizmat
qiladi. Davlat byudjetining toʻgʻri va oqilona tashkil etilishi, nafaqat, mamlakat
makroiqtisodiy barqarorligini taʻminlashga xizmat qiladi, balki xoʻjalik
subʻektlarining iqtisodiy faoliyatiga har tomonlama taʻsir etish orqali mamlakatning
iqtisodiy yuksalishiga olib keladi. Bu holat, oʻz navbatida mamlakat moliya tizimi
barqarorligida muhim oʻrin tutadi. Shu boisdan, davlat byudjeti daromadlarini
shakllantirish mexanizmini takomillashtirish va byudjet daromadlari barqarorligini
taʻminlash dolzarb masalalardan biridir. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.M.Mirziyoev quyidagilarni taʻkidlab oʻtdilar: “Makroiqtisodiy
barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy oʻsishning yuqori surʻatlarini
saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta
va ichki bozordagi narx darajasi barqaror boʻlishini taʻminlash – eng muhim
ustuvor vazifamizdir”. Davlat byudjeti barqarorligini taʻminlash hozirgi davrning
dolzarb masalalaridan biri ekanligi yuqorida keltirilgan fikrlardan koʻrinib turibdi.
Ushbu maqsadga erishish uchun byudjet daromadlarini oshirishning asosiy
yoʻnalishlarini aniqlash hamda byudjet-soliq siyosati yaxlitligini taʻminlash muhim
vazifa hisoblanadi.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat byudjeti mablagʻlarini

shakllantirish va undan maksimal darajada samarali foydalanishga erishish davlat
moliyasini boshqarish tizimining asosiy vazifalari biri hisoblanadi. Maʻlumki,
oʻtgan davr ichidagi barqaror byudjet tizimini toʻliq shakllantirish sohasidagi barcha
ishlarimiz va tajribalarimiz bu sohadagi jahon tajribasi bilan uygʻunlashdi, bu esa
Oʻzbekiston Respublikasining “Byudjet Kodeksida” oʻzining huquqiy aksini topdi.
2013-yil 26-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasining “Byudjet Kodeksi”gi qabul
qilinishi Oʻzbekiston Respublikasining byudjet tizimi tuzilishi hamda uni boshqarish
asoslarini hamda davlat byudjetini tuzish, koʻrib chiqish, qabul qilish va ijro etish


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

55

ISSN:3030-3613

tartibini va Davlat byudjetining daromadlarini shakllantirish hamda uning xarajatlarini
amalga oshirish printsiplarini yanada takomillashtirishga zamin yaratdi. Shuningdek,
mazkur Kodeks davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar oʻrtasidagi oʻzaro
munosabatlarni hamda davlat byudjeti mablagʻlari bilan operatsiyalarni amalga
oshirish jarayonida hisobga olish, hisobot va nazorat qilish tartibini belgilaydi.

Mamlakatimizda

2017-2021-yillarda

Oʻzbekiston

Respublikasini

rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida ham
xarajatlarning ijtimoiy yoʻnaltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining
barcha darajalarida mutanosiblikni taʻminlash, mahalliy byudjetlarning daromad
qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish
masalasi ustvor yoʻnalish sifatida belgilangan.

2

Moliya tizimining muhim boʻgʻini hisoblangan byudjet tizimini isloh qilishda

quyidagi yoʻnalishlarni koʻrishimiz mumkin:

-

Iqtisodiyotdagi soliq yukini qisqartirish siyosatini amalga oshirish

jarayonida davlat byudjetning daromadlarini samarali shakllantirish va uning
manbalari tarkibini optimallashtirish;

-

daromadlarni davlat byudjetning turli boʻgʻinlari xarajat majburiyatlariga

asoslangan holda taqsimlanish mexanizmini samarali shakllantirish,

-

davlat byudjeti xarajatlarini manzilli va maqsadliligini oshirishni taʻminlash.

Ulardan iloji boricha iqtisod qilingan holda zaruriy ehtiyojlarni moliyalashtirishga
yoʻnaltirish hisoblanadi.

-

davlat byudjeti ijrosini gaznachilik tizimiga oʻtkazish va shu yoʻl bilan

byudjet ijrosining samarali tizimini shakllantirish.

Ayni paytda byudjet-soliq siyosati ishlab chiqarishni oʻstirishga va uning

samaradorligini oshirishga, soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish maqsadida
yuridik va jismoniy shaxslar daromadlarini koʻpaytirishga qaratilgan boʻlishi lozim.
Byudjet-soliq siyosatining xususiyati shundan iboratki, u nafaqat davlatning
daromadlar bazasini taʻminlash va kelib tushgan pul mablagʻlarini xarajat qilish,
balki jamiyatda makroiqtisodiy barqarorlikni hamda inflyatsiyaning past darajasini,
aholining optimal bandligini taʻminlashi zarur.

Byudjet-soliq siyosati keng maʻnoda makroiqtisodiy barqarorlik va mustahkam

iqtisodiy oʻsish, iqtisodiyotda tarkibiy oʻzgarishlarini taʻminlash, tashqi iqtisodiy
faoliyatni va bosqichma-bosqich valyuta bozorini erkinlashtirish, aholining barqaror
moddiy farovonligini taʻminlash va aholining ijtimoiy himoyasini oshirish kabi
umumdavlat makroiqtisodiy vazifalarni taʻminlashga yoʻnaltirilgan. Byudjet-soliq
siyosati amaliyotda amalga oshirish nuqtayi nazaridan birlamchi vazifalar oʻrtasida
toʻgʻri muvofiqlikni aniqlash muhim hisoblanadi.

Mamlakatimizda soliq siyosatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlari

iqtisodiy siyosatning ustuvorligi, milliy boylikni tejash, milliy iqtisodiyotning oʻsish


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

56

ISSN:3030-3613

darajasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uygʻunlashtirish, ikkiyoqlama soliqqa
tortishning oldini olishga qaratilgan xalqaro kelishuvlar ijrosini, soliq
toʻlovchilarning ishchanlik kayfiyati, moliyaviy resurslarga boʻlgan ehtiyojlarini
taʻminlash, milliy dasturlarni amalga oshirish hamda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning strategik yoʻnalishlari va tamoyillariga asoslangan holda olib
borildi.

Mamlakatimiz davlat byudjeti daromadlari tarkibida ham bilvosita soliqlar

ulushi yuqori ulushi tashkil etadi. Xususan, 2022-yilda jami byudjet daromadlarida
bilvosita soliqlarning ulushi 52,2 foizni tashkil etgan holda 2021-yilga nisbatan 1,1
foizli punktga oshgan.

Mazkur tendentsiyaning mavjudligi davlat byudjeti daromadlarini

shakllantirishning hozirgi holati nuqtai-nazaridan ijobiy hisoblanadi. Buning sababi
shundaki, qoʻshilgan qiymat soligʻi va aktsiz soligʻi iqtisodiy konʻyunkturaning
oʻzgarishlariga bevosita bogʻliq boʻlmagan barqaror daromad
manbalari hisoblanadi va egri soliqlar boʻyicha tushumlarning asosiy qismini tashkil
etadi.

2022-yilda bevosita soliqlar 6353,7 mlrd. soʻmni tashkil etgani holda,

byudjet daromadlarining 24,0 foizini, YaIMning 5,3 foizini tashkil qilgan boʻlsa, bu
koʻrsatkich 2023-yil yakuniga koʻra 15656,2 mlrd. soʻmni, yaʻni byudjet
daromadlarining 19,8 foizini, YaIMning 7,1 foizini tashkil qilgan.

Jahon soliq amaliyotida Davlat byudjeti daromadlari tarkibida toʻgʻri va egri

soliqlarning nisbatiga qarab u yoki bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanganlik
darajasiga baho berish mumkin. Masalan. AQShda byudjet daromadlari tarkibida
toʻgʻri soliqlar salmogʻining 90 foizga yaqin boʻlishi bu mamlakat iqtisodiyotining
yuqori darajada rivojlanganligidan darak beradi.

Mamlakatimiz davlat byudjeti daromadlari tarkibida ham bilvosita soliqlar

ulushi yuqori ulushi tashkil etadi. Xususan, 2022-yilda jami byudjet daromadlarida
bilvosita soliqlarning ulushi 52,2 foizni tashkil etgan holda 2021-yilga nisbatan 1,1
foizli punktga oshgan.

Mazkur

tendentsiyaning

mavjudligi

davlat

byudjeti

daromadlarini

shakllantirishning hozirgi holati nuqtai-nazaridan ijobiy hisoblanadi. Buning sababi
shundaki, qoʻshilgan qiymat soligʻi va aktsiz soligʻi iqtisodiy konʻyunkturaning
oʻzgarishlariga bevosita bogʻliq boʻlmagan barqaror daromad manbalari hisoblanadi
va egri soliqlar boʻyicha tushumlarning asosiy qismini tashkil etadi.
Bilvosita soliqlar tarkibida yuqori ulushni qoʻshilgan qiymat soligʻi va aktsiz soligʻi
egallagan boʻlib, 2022-yilda ularning jami byudjet daromadlaridagi salmogʻi mos
ravishda 35,2 foiz va 12,3 foizni tashkil etgan.

Mamlakat moliya tizimi barqarorligini taʻminlash va mazkur jarayonda

davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish mexanizmini takomillashtirish byudjet-


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

57

ISSN:3030-3613

soliq siyosatini samarali amalga oshirishga bevosita bogʻliq boʻladi. Shu boisdan,
byudjet-soliq siyosatini amalga oshirishda quyidagi ustuvor yoʻnalishlarga alohida
eʻtibor berish maqsadga muvofiq:

iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, makroiqtisodiy muvozanat

va barqaror iqtisodiy oʻsishni saqlab qolish;

xarajatlarning ijtimoiy yoʻnaltirilganligini saqlab qolgan holda Davlat

byudjeti balansliligini taʻminlash;

mahalliy byudjetlarning daromadlar qismini mustahkamlash va

kelgusida mahalliy byudjetlarni shakllantirish va ijro etishda mahalliy organlarning
rolini

yanada

oshirishga

yoʻnaltirilgan

byudjetlararo

munosabatlarni

takomillashtirish va boshq.
Islohotlarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati salohiyatini ishga solish va shu
asosda davlat moliyasini boshqarish samaradorligini oshirish, jamoatchilik
nazoratini taʻminlash, olib borilayotgan byudjet siyosatini qoʻllab-quvvatlash va
unga boʻlgan ishonchni oshirish uchun saʻy-harakatlarni quyidagilarga qaratish
zarur:

Byudjet tizimi,

barcha

darajalardagi

byudjetlarni,

davlat

maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarini shakllantirish va ijro etish toʻgʻrisida
jamoatchilikni keng xabardor qilish orqali byudjetning ochiqligini va byudjet
toʻgʻrisidagi boshqa axborotini oshirish;
fuqarolar bilan aksincha aloqalarni yoʻlga qoʻyish (maslahatlashish), bu esa hukumat
va aholi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning birinchi bosqichi hisoblanadi
(fuqarolarning fikrlari sharhlari, qabul qilingan byudjet, uni ijro etish boʻyicha fikr-
mulohazalar);
fuqarolarni byudjetni muhokama qilish va uning ijrosini nazorat qilish jarayoniga
jalb qilish uchun shart-sharoitlar va vositalar yaratish.Bu fuqarolarni muhokama
qilish va byudjet boʻyicha qarorlar qabul qilish jarayoniga faol jalb qilishni nazarda
tutadi hamda hukumat va aholi oʻrtasida odinga tashlangan ikki tomonlama
munosabat hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston
Respublikasini

yanada

rivojlantirish

boʻyicha Harakatlar strategiyasi

toʻgʻrisida”gi PF-4947-sonli Farmoni.

2.

Fayzullayev Yo.Sh., Azizova I.A., Byudjetni oʻrta muddatli rejalashtirish.-
Toshkent: 2010.

3.

Azizova I.A. Natijaga yoʻnaltirilgan byudjetlashtirish. Oʻquv qoʻllanma.
T.:InfoCOM.UZ MCHJ nashriyoti, 2010.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston

Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi

toʻgʻrisida”gi PF-4947-sonli Farmoni.

Fayzullayev Yo.Sh., Azizova I.A., Byudjetni oʻrta muddatli rejalashtirish.-

Toshkent: 2010.

Azizova I.A. Natijaga yoʻnaltirilgan byudjetlashtirish. Oʻquv qoʻllanma.

T.:InfoCOM.UZ MCHJ nashriyoti, 2010.