Mualliflar

  • Shadiyev Asror Ashurovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96046

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: kichik biznes xususiy tadbirkorlik tashqi savdo aylanmasi eksport import saldo.

Annotasiya

Annotatsiya.  Maqolada  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikning  eksport 
saloxiyatini rivojlantirish tendensiyalari koʻrib chiqiladi. Kichik biznes va xususiys 
tadbirkorlik subyektlarining eksport saloxiyatini oshirish yoʻllari belgilab olindi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

48

ISSN:3030-3613

KICHIK BIZNES SUBYEKTLARBI EKSPORT SALOHIYATI VA UNI

OSHIRISH YOʻLLARI

Shadiyev Asror Ashurovich

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistranti


Annotatsiya

. Maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning eksport

saloxiyatini rivojlantirish tendensiyalari koʻrib chiqiladi. Kichik biznes va xususiys
tadbirkorlik subyektlarining eksport saloxiyatini oshirish yoʻllari belgilab olindi.

Kalit soʻzlar:

kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, tashqi savdo aylanmasi,

eksport, import, saldo.

Аннотация.

В стате рассматриваются тенденсии развития экспортного

потенциала субъектов малого бизнеса и частного предпринимателства.
Определены пути повышения экспортного потенциала субъектов малого бизнеса
и предпринимателства.

Ключевые слова

: малый бизнес, частное предпринимателство,

внешнеторговый оборот, экспорт, импорт, сальдо.

Abstrakt

. The tendencies developments export potential of small business and

private entrepreneurship will considered in this article. It is given the ways of
increasing export potential of small business and private entrepreneurships.

Keywords

: inancial business, private enterprise, foreign exchange, export,

import, balance.


Kirish

. Soʻnggi yillarda mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida koʻzga

tashlanadigan yutuqlarga erishmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev eksportni rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor
yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi maʼruzasida
“Oʻtgan yil yakunlarini sarhisob qilar ekanmiz, avvalambor shuni taʼkidlashimiz
kerakki, global jahon iqtisodiyotida hali-beri saqlanib qolayotgan jiddiy muammolarga
qaramasdan, 2024-yilda Oʻzbekiston oʻz iqtisodiyotini barqaror surʼatlar bilan
rivojlantirishni davom ettirdi, aholi turmush darajasini izchil yuksaltirishni taʼminladi,
dunyo bozoridagi oʻz pozitsiyasini mustahkamladi. Eksport hajmi sezilarli ravishda,
yaʼni 11,6 foizga oʻsdi, eksport qilinayotgan mahsulotlar tarkibi va sifati yaxshilanib
bormoqda. Buning natijasida xomashyo boʻlmagan tayyor tovarlarning ulushi 70
foizdan ziyodni tashkil etmoqda. Tashqi savdo aylanmasidagi ijobiy saldo 1 milliard
120 million AQSH dollaridan oshdi” - deb alohida taʼkidlab oʻtdilar [4].

Tahlil va natijalar.

Coʻnggi yillarda respublikamizning bir qator iqtisodchi

olimlari tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyatga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarishni
rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan koʻplab ilmiy tadqiqotlar olib borilgan.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

49

ISSN:3030-3613

Jumladan, M.Boltabayev[3], N.Sirojiddinov[4] va boshqalar oʻz asarlarida marketing
tizimini korxona eksport salohiyatini kuchaytirishning ilgʻor usuli ekanligiga katta
eʼtibor qaratilgan. A.Bekmurodov, R.Tursunov, I.Xotamovning[4] ishlarida GM-
Uzbekiston qoʻshma korxonasining tashqi iqtisodiy faoliyati oʻrganilgan, tahlil
qilingan va uni rivojlantirish istiqbollari aniqlangan.

2024 yil Mamlakatimiz eksporti va importining tovar va geografik tarkibini

takomillashtirish borasida yangi bozorlar, yangi transport yoʻlaklarini topish, bir soʻz
bilan aytganda faol marketingga asoslangan tashqi iqtisodiy siyosat yurgizish zarur.
Tashqi savdo aylanmasini diversifikatsiyasi, yaʼni xorijga eksport – import
qilinayotgan tovar va xizmatlar nomenklaturasining kengayishi, jami eksportda alohida
tovar yoki xizmat turi (ayniqsa, xomashyo) ulushining katta boʻlishiga barham
berilishi, mahsulotlarimiz eksport qilinayotgan mamlakatlar geografiyasini
kengaytirish eksport hajmining barqaror boʻlishini taʼminlaydi, milliy iqtisodiyotning
tashqi bozordagi salbiy oʻzarishlarga taʼsirchanligi darajasini pasaytiradi. Tashqi savdo
aylanmasi diversifikatsiyasi – eksport va importning tovar nomenklaturasini va hamkor
davlatlar sonining kengaytirilishi. Eksport tarkibida bir yoki bir necha tovarlar
ulushining sezilarli darajada ortib ketishi bu tovarlar narxi pasaygan yoki ularga tashqi
talab qisqargan holatlarda eksportchi korxonalarni ogʻir ahvolga solib qoʻyishi
mumkin. Buning natijasida eksport hajmining qisqarishi valyuta tushumlarining
kamayishi, tashqi savdo balansining yomonlashuvi va korxonalar moliyaviy
ahvolining tanglikka yuz tutishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, eksport umumiy
hajmining kam sonli davlatlarga bogʻlanib qolishi ham qaltis holat hisoblanadi. Xorijiy
davlatlarda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan, yoki ishlab chiqarishni yoʻlga
qoʻyish mumkin boʻlgan mahsulotlarga boʻlgan talabni oʻrganish, bunday tovarlar
bozoriga kirib borish va raqobat qilish strategiyasini ishlab chiqish eksport
qilinayotgan tovarlar sonini va mamlakatlar geografiyasini kengaytirishga ijobiy taʼsir
koʻrsatadi. Islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish
sharoitida eksportga yetkazib berish hajmi va turlarini koʻpaytirish, raqobatbardosh,
eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni ragʻbatlantirish,
ularga mahsulotlarini yangi jahon va mintaqaviy bozorlarga olib chiqishda
koʻmaklashish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga koʻra
quyidagi imtiyozlar berildi[1]: - 2024 yil 1-apreldan boshlab yangi qurilish, mavjud
ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va texnologik yangilashga valyuta kreditlari
boʻyicha asosiy qarzni qaytarishga joriy toʻlovlar boʻyicha yoʻnaltiriladigan valyuta
tushumi qismini vakolatli banklarga majburiy sotishdan asosiy qarz batamom toʻlab
boʻlinadigan muddatga qadar ozod qilindi;

- sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish, mahsulotlarning xalqaro standartlarga

muvofiqligini sertifikatsiyadan oʻtkazish, shuningdek laboratoriya testlari va
sinovlarini oʻtkazish komplekslarini xarid qilishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

50

ISSN:3030-3613

yangi texnologik uskunalarni sotib olishda nazarda tutilgan yagona soliq toʻlovi
boʻyicha soliq solinadigan bazani kamaytirishning amaldagi tartibi mikrofirmalar va
kichik korxonalar uchun tatbiq etildi;

- eksport qiluvchi korxonalar (xomashyo tovarlarini sotish bundan mustasno)

uchun foyda soligʻi va mulk soligʻi stavkasi umumiy sotish hajmida oʻzi ishlab
chiqargan va erkin almashtiriladigan valyutaga sotilgan tovar (ish, xizmat)lar
eksportidagi ulushiga bogʻliq holda kamaytiriladi:

- eksport ulushi 15 foizdan 30 foizgacha miqdorda boʻlganida - 30 foizga;

eksport ulushi 30 va undan koʻproq foiz boʻlganida - 2 marotaba. - mikrofirmalar va
kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi stavkasi quyidagicha kamaytiriladi:
umumiy sotish hajmida eksport ulushi 15 foizdan 30 foizgacha boʻlganida 30 foizga;

- eksport ulushi 30 va undan koʻproq boʻlganida - 2 marotaba. - 2026-yil 1-

yanvarga qadar respublikadagi oʻz mahsuloti hajmining, jumladan yarim tayyor
mahsulotlarining (kalava, gazlama, trikotaj gazlama va paxta yigirish chiqindilari) 80
foizi va undan ortigʻini erkin almashtiriladigan valyutaga sotadigan toʻqimachilik
sanoati korxonalari mulk soligʻi toʻlashdan ozod qilindi.

- tijorat banklariga eksport operatsiyalari boʻyicha faktoring xizmatlarini amalga

oshirishning cheklangan muddatini 60 kundan 90 kunga uzaytirgan holda eksport
operatsiyalari boʻyicha faktoring xizmatlarini amalga oshirish hajmini kengaytirish
tavsiya etildi.

- tovarlarni eksport qilishda toʻlanadigan bojxona rasmiylashtiruvi

yigʻimlarining amaldagi stavkasiga qaraganda oʻrtacha 2 marotabaga kamaytirilgan
yangi stavkalari tasdiqlangan.

Oʻtgan yillar mobaynida eksport qiluvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlash

borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotimizning eksport salohiyatini
yuksaltirish, tashqi savdo tarkibida ijobiy siljishlarga erishish, uning hajmini barqaror
oʻstirish imkonini bermoqda. Maʼlumotlardan koʻrinadiki, respublikamiz tashqi savdo
aylanmasi muttasil oʻsib bormoqda. Xususan, bu koʻrsatkich 2024 yilda 30589 mln.
AQSH dollarini tashkil etib, 2023 yilga nisbatan 6 foizga ortgan, 2019-yilga nisbatan
1,4-martaga koʻpaygan.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlar eksport salohiyatini oshirish

dolzarb hisoblanadi. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlari tashqi
iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish boʻyicha chora tadbirlar ishlab chiqilgan va amalga
oshirib kelinmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini
qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida tashkil
etildi. Jamgʻarmaning asosiy maqsadi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
subyektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish, ularga zamonaviy, chet el
bozorlarida raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirishda va uni eksportga
chiqarishda zarur moliyaviy, tashkiliy va huquqiy yordam koʻrsatish, mamlakatning


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

51

ISSN:3030-3613

eksport qiluvchi tadbirkorlarini tashqi bozor konyunkturasi oʻzgarishlari xavf-
xatarlaridan ishonchli himoya qilishni taʼminlashdan iborat. Oʻtgan 2024 yilda 500 dan
ziyod yangi korxona, birinchi navbatda, kichik biznes subyektlari eksport faoliyatiga
jalb etildi. Tashqi savdo balansidagi ijobiy saldo 180 million dollarni tashkil qildi,
mamlakatimizning oltin valyuta zaxiralari 1 milliard 600 million dollarga koʻpaydi[4].
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida maxsus tashkil etilgan kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qoʻllab quvvatlash jamgʻarmasining
roli bu borada tobora oshib bormoqda. 2024 yilda mazkur Jamgʻarma tomonidan 2
ming 400 ta tadbirkorlik subyektiga oʻz tovar va xizmatlarini tashqi bozorlarga
chiqarish boʻyicha huquqiy, moliyaviy va tashkiliy xizmatlar koʻrsatildi. Jamgʻarma
koʻmagida tadbirkorlik subyektlari tomonidan 1 milliard 250 million dollar
miqdoridagi eksport shartnomalari tuzildi. Mazkur shartnomalar asosida 840 million
dollardan ziyod tovarlar eksport qilindi[4]. Kichik biznes subyektlar tashqi savdo
koʻrsatkichlarining holatini tahlil qiladigan boʻlsak, unda ularning eksporti 2019-2021
va 2022-2024 yillarda oʻsish tendensiyasiga ega boʻlgan boʻlsa, Soʻnggi yillarda
mamlakatimizda kichik biznes subyektlar eksport salohiyatini oshirish boʻyicha chora
tadbirlar ishlab chiqilishi va ularni amaliyotda qoʻllanilishi natijasida ushbu sohaning
jami eksportdagi ulushi ortib bormoqda. 2000-yilda kichik biznes subyektlarining
eksportdagi ulushi 10,2 foizni tashkil etgan boʻlsa, ushbu koʻrsatkich 2014-yilda qariyb
ikki barobarga koʻpayib 19,4 foizni tashkil etdi. Soʻnggi uch yil davrida kichik biznes
subyektlarining eksport salohiyati mustahkakamlanib ulushi ortib bormoqda

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida maxsus tashkil etilgan kichik

biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qoʻllab quvvatlash
jamgʻarmasi oʻtgan qisqa muddat ichida 137 dan ziyod kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik subyektlariga mahsulot va xizmatlarni xorijiy mamlakatlar bozorlariga
olib chiqishda, eksport shartnomalarini tuzish va vakolatli organlarda roʻyxatdan
oʻtkazishda, shuningdek zarur litsenziya va sertifikatlar olishlariga amaliy koʻmak
berdi. Bu esa, tadbirkorlik subyektlari tomonidan jami 43,4 mln. AQSH dollari
qiymatida eksport shartnomalarini tuzish imkonini berdi. Jamgʻarma tomonidan
quyidagi koʻrgazmada mamlakatimiz tadbirkorlik subyektlarining ishtirok etishlari
tashkillashtirildi[4]:

Jamgʻarma tomonidan xorijiy va ichki bozorlarni oʻrganish natijasida

quyidagilar aniqlandi: - xorijiy mamlakatlarni import mahsulotlari va xizmatlariga
boʻlgan ehtiyojini tizimli ravishda oʻrganib chiqilmoqda va 83 ta xorijiy
mamlakatlarining qurilish materiallari va xizmatlariga jami 105,25 mlrd. AQSH dollari
miqdorida importga ehtiyoji borligi aniqlandi; - yaqin qoʻshni MDX davlatlarini
qurilish materiallari va xizmatlari importi oʻrganilganda jami 11,70 mlrd. AQSH
dollari miqdorida importiga talabi borligi aniqlandi. - bugungi kunda mamlakatimizda
1563 ta kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari qurilish sanoat mahsulotlarini


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

52

ISSN:3030-3613

ishlab chiqarish bilan shugʻullanishi aniqlandi. Amalga oshirilgan tahlil va tadqiqotlar
natijasiga koʻra kichik biznes va tadbirkorlik subyektlar eksport salohiyatini yanada
oshirish uchun quyidagicha xulosa va takliflar berish maqsadga muvofiq: - eksportni
ragʻbatlantirish uchun qoʻshimcha omillar yaratishga alohida eʼtibor qaratish natijasida
iqtisodiyotimizning eksport salohiyati yuksaldi, tashqi savdo tarkibida ijobiy
siljishlarga erishildi; - kichik biznes va tadbikorlik subyektlarini eksport faoliyatini
qoʻllab- quvvatlash boʻyicha mexanizm yaratildi; - tadbirkorlik subyektlarining
xalqaro va mahalliy koʻrgazmalarda faol ishtirok etishini taʼminlash; - kichik biznes
va tadbirkorlik subyektlari xodimlarini faol marketing siyosatini yurgizishda
zamonaviy marketing tadqiqotlar usullarini egallashga amaliy yordam koʻrsatish; -
tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqilgan mahsulot (xizmat)lar sifatini
oshirish; - ishlab chiqarishda mahalliy xomashyolardan kengroq foydalanish hamda
ishlab chiqarish jarayoniga innovatsion texnologiya va texnikalarni jalb etish asosida
mahsulot tannarxini kamaytirish.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport qiluvchi korxonalarni
ragʻbatlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni eksportga
yetkazib berishni kengaytirish borasida qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
PQ – 1731-sonli qarori 26.03.2012-y.

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
subyektlari eksportini qoʻllab-quvvatlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar
toʻgʻrisida”gi PQ-2022-sonli qarori 08.08.2013-y.

3.

Boltaboyev M.R. Oʻzbekiston Respublikasi toʻqimachilik sanoati eksport
imkoniyatlarini rivojlantirishda marketing strategiyasi. Iqtisod fanlari doktori
ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati. Toshkent, 2005, 40
b.

4.

Проблемы и перспективы развития текстилной промышленности
Узбекистана. Центр экономических исследований, Ташкент 2005, 64 с.

5.

Bekmurodov A.Sh., Tursunov R.T., Xotamov I.S. Xalqaro biznes. Oʻquv
qoʻllanma. – T.: TDIU, 2011, - 334 b.

6.

www.nbu-export.uz

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport qiluvchi korxonalarni

ragʻbatlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni eksportga

yetkazib berishni kengaytirish borasida qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi

PQ – 1731-sonli qarori 26.03.2012-y.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

subyektlari eksportini qoʻllab-quvvatlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar

toʻgʻrisida”gi PQ-2022-sonli qarori 08.08.2013-y.

Boltaboyev M.R. Oʻzbekiston Respublikasi toʻqimachilik sanoati eksport

imkoniyatlarini rivojlantirishda marketing strategiyasi. Iqtisod fanlari doktori

ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati. Toshkent, 2005, 40

b.

Проблемы и перспективы развития текстилной промышленности

Узбекистана. Центр экономических исследований, Ташкент 2005, 64 с.

Bekmurodov A.Sh., Tursunov R.T., Xotamov I.S. Xalqaro biznes. Oʻquv

qoʻllanma. – T.: TDIU, 2011, - 334 b.

www.nbu-export.uz