Mualliflar

  • To'lanova Mahliyo Muratali qizi
  • Boltaboyeva Xursanoy Asadullo qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96056

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Psixologiya psixologiya taraqqiyoti psixolog profilaktika psixodiagnostika psixologiya tarmoqlari.

Annotasiya

Annotatsiya: Psixologiya inson ruhiyatining o'ziga xos xususiyatlari, ko'rinishlari va rivojlanishning umumiy qonuniyatlarini tadbiq etadi. Ruhiy hodisаlаr "idrok", "xotirа", "tаfаkkur", "irodа", "hissiyot" vа boshqа shu kаbi nomlаr bilаn guruhlаrgа аjrаtilib, hаmmаsi birgаlikdа psixikа, kishining psixik ichki dunyosi, uning ruhiy hаyoti vа hokаzolаr dеb аtаlаdigаn tushunchаlаrni hosil qilаdi. Ushbu maqola oldingi va hozirgi zamon psixologiyasi, hozirgi davrda psixologlarga qo’yilgan muhum vazifalar haqida ma’lumotlar keltirilgan.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

3

ISSN:3030-3613

HOZIRGI DAVRDA PSIXOLOGLARGA QO’YILGAN TALABLAR

To'lanova Mahliyo Muratali qizi

Andijon davlat pedagogika instituti

Pedagogika va psixologiya kafedrasi o'qituvchisi.

Boltaboyeva Xursanoy Asadullo qizi

Andijon davlat pedagogika instituti

Filologiya fakulteti 2-kurs talabasi

Annotatsiya

: Psixologiya inson ruhiyatining o'ziga xos xususiyatlari,

ko'rinishlari va rivojlanishning umumiy qonuniyatlarini tadbiq etadi. Ruhiy
hodisаlаr "idrok", "xotirа", "tаfаkkur", "irodа", "hissiyot" vа boshqа shu kаbi
nomlаr bilаn guruhlаrgа аjrаtilib, hаmmаsi birgаlikdа psixikа, kishining psixik
ichki dunyosi, uning ruhiy hаyoti vа hokаzolаr dеb аtаlаdigаn tushunchаlаrni
hosil qilаdi. Ushbu maqola oldingi va hozirgi zamon psixologiyasi, hozirgi davrda
psixologlarga qo’yilgan muhum vazifalar haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so’zlar

: Psixologiya, psixologiya taraqqiyoti, psixolog, profilaktika,

psixodiagnostika, psixologiya tarmoqlari.


Hozirgi kunda jahon psixologiyasi fani o’zini o’zi boshqarish va kamol

toptirish, o’zini o’zi qo’lga olish, o’ziga o’zi buyruq berish, o’zini o’zi
tarbiyalashga doir boy

materiallar to’plagan. Bu o’z navbatida inson munosabati, maqsadi, holati va

kechinmalarining o’zgarishi va yangidan yaralishi haqida ilmiy-tatbiqiy
ma’lumotlar beradi, kundalik turmush psixologiyasi rangbarangligini ta’minlab
turadi. Psixologiya fani inson psixikasini aniqlash, shakllantirish, yangi sharoitga
ko’chirish, kamol toptirish, rivojlanish dinamikasini ta’minlash, yangi sifat
bosqichiga o’tishini qayd qilish imkoniyati borligi bilan o’ta amaliy, tadbiqiy
fanga aylangandir. Psixologiya fani sohalari uning amaliyot uchun muhim
ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi (huquqshunoslik psixologiyasi, klinik
psixologiya, mehnat psixologiyasi, savdo psixologiyasi, sotsial psixologiya,
pedagogik psixologiya, maxsus psixologiya, sport psixologiyasi va hokazo).
Psixologiya amaliy, tabiqiy jihatdan o’z predmetiga ega bo’lib, amaliy sotsial
psixolog, muhandis psixolog, oilaviy psixoterapevt, tibbiyot psixologi, maktab
psixologi kabi sohalarni o’z ichiga qamrab olgandir. Psixologiya o’rgаnаdigаn
hodisаlаrning o’zigа xos xususiyatlаrini аniqlаsh bir munchа qiyinroq. Bu
hodisаlаrni tushunish ko’p jihаtdаn psixologiya fanini еgаllаsh zаrurаtigа duch
kelgаn odаmlаrning dunyoqаrаshigа bog’liqdir. Psixologiya inson ruhiyatining
o'ziga xos xususiyatlari, ko'rinishlari va rivojlanishning umumiy qonuniyatlarini


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

4

ISSN:3030-3613

tadbiq etadi. Ruhiy hodisаlаr "idrok", "xotirа", "tаfаkkur", "irodа", "hissiyot" vа
boshqа shu kаbi nomlаr bilаn guruhlаrgа аjrаtilib, hаmmаsi birgаlikdа psixikа,
kishining psixik ichki dunyosi, uning ruhiy hаyoti vа hokаzolаr dеb аtаlаdigаn
tushunchаlаrni hosil qilаdi. «Psixologiya» so’zi grekcha «psyuxe» (jon, ruh) va
«logos» (so’z, ilm) so’zidan olingan bo’lib, uning ma’nosi «jon, ruh ilmi»
demakdir. Psixologiya - tabiiy va ijtimoiy fan sifatida voqelikning alohida sohasi
bo’lgan psixika hayot sohasini o’rganadi. Psixologiya fanining asosiy vazifasi -
psixik hodisalarni o`rganish va ilmiy asoslashdir. Axir barcha narsalar kabi psixik
hodisalar ham ma’lum qonuniyatlarga bo`ysunadi.

Psixologiya shu qonuniyatlarni ochishga, ularning tarkib topishi va

rivojlanishini ochishga qaratilgandir. Ushbu qonuniyatlarni bilish, ularni
boshqarish, tashkil etish,

ta’lim-tarbiya jarayonlarini to`g`ri olib borishga yordam beradi. Inson

ijtimoiy zotdir, shuning uchun uning psixik xislatlari ijtimoiy hayot sharoitining
hal qiluvchi ta’siri ostida tashkil topadi. Insonning psixikasi, ongi uning
jamiyatdagi hayoti va faoliyati sharoiti bilan bog’liq holda taraqqiy etadi. Shuning
uchun ham ijtimoiy fandir. Uning tabiiy fan ekanligi shundaki, tabiatdagi rang-
barang narsa va hodisalar materiyaning turli shakllaridir. Materiya doim
harakatda va rivojlanishda bo’lib, turli-tuman xususiyatlarga egadir. Materiya
abadiy mavjuddir, u faqat bir shakldan ikkinchi shaklga aylanishi mumkin.
Materiya o’z taraqqiyotining maxsus yuqori bosqichida (tirik organizmlarning
asab tizimi hamda miyaga ega bo’lgan holda) psixik sifatlar kasb etgan.

«Psixik jarayonlar», «psixik holatlar», «xususiyatlar» haqidagi fikrlar

keyinchalik hayot jarayonining o’zgarishi, rivojlanishida astasekinlik bilan
yuzaga kelgan. Psixologiya tabiiy va ijtimoiy fan sifatida hayvonot dunyosida va
odamlarda psixikaning paydo bo’lishi, uning xususiyatlari, rivojlanishi va
rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadigan fandir. Demak, psixika nima? Biz
tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarni sezamiz, idrok qilamiz, xotirada olib
qolamiz, tasavvur va xayol qilamiz, fikr yuritamiz va hokazolar. Bularni biz bir
og’iz so’z bilan «psixika» deb ataymiz. Psixika miyaning xususiyati bo’lib, bu
xususiyat tevarak-atrofdagi olamni aks ettirishdan iborat, ya’ni obyektiv ravishda
mavjud narsalar va hodisalarni aks ettiradi. Odam tevarak-atrofdagi olamni
ko’zguda aks ettirish emas, balki faol aks ettiradi, ya’ni tevarak-atrofdagi
voqelikni faoliyat jarayonida, tabiat va atrofdagilarga ta’sir ko’rsatish jarayonida
bilib oladi. Ana shu jarayonda odamda sezgi, idrok sodir bo’ladi. Ular odamning
sezgi a’zolari orqali miyasiga ta’sir ko’rsatib, ongida aks etgan narsa va
hodisalarning, xususiyatlarning aksidir. Psixika yuksak darajada tashkil topgan
miyaning xossasidir. Hayvon va odamlarga xos bo’lgan asab tizimi yuksak
darajada tashkil topgan materiyadir. Psixikaning bevosita moddiy asosi odamning


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

5

ISSN:3030-3613

bosh miyasidir. Odam psixikasi, ongi bosh miya funksiyasidir. Psixika, ong
materiya taraqqiyotining faqat yuksak bosqichlarida paydo bo’ladi. Materiya
taraqqiy etib borgan sari turli xossalar, qonuniyatlar — mexanik, fizik, kimyoviy,
biologik va boshqa xossalar paydo bo’ladi. Organik olam taraqqiyotining eng
yuksak boshqichidagina materiyaning psixika deb ataladigan jarayonlari, ya’ni,
sezgi, idrok, xotira, tafakkur deb ataladigan alohida xossalari vujudga keladi.
Psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning obyektiv voqelikni aks
ettirishdan iborat bo’lgan alohida xossasidir. Ibn Sino jahonda birinchi bor
psixologiya fanida tajriba amalga oshirgan alloma hisoblanadi. U emotsional
holatlar bo’yicha dastlabki tajribalarni amalga oshirgan. Uning «Tadbiri manozil»
asarida ta’lim-tarbiyada uning psixologik asoslariga alohida e’tibor bergan. Bu
asarda alohida bob bo’lib, bu bob bolalarni tarbiyalash, maktabda o’qitish deb
nomlanadi. Ibn Sino birinchi bor tarbiyada suhbat metodini qo’llashni taklif etadi.
Bolalarni o’qitishda va tarbiyalashda bir guruhda yoki jamoada tarbiyalansa, ular
faoliyat turlarini amalga oshirishda bir-biriga moslashadi, bir-biriga hurmat-
e’tibori kuchayadi va jamoaning ta’sirida keraksiz odatlarni yo’qotadi deb
ta’kidlaydi. Bu bilan u birinchi bor ijtimoiy psixologiya asoslariga ham asos soldi.
Bundan tashqari Ibn Sino tarbiya metodlari haqida ham to’xtalib o’tadi. Tarbiya
metodlaridan oila tarbiyasi, oilada bola tarbiyasini amalga oshirishda regional
xususiyatlarni qo’llash zarurligini ta’kidlaydi. Ibn Sino shaxs taraqqiyotida
musiqaning o’rni haqida ham to’xtalib o’tadi. U allaning ahamiyati haqida
shunday deydi: «Aytilgan qo’shiqning so’zlari tanaga qaratilgan bo’lsa, uning
ohangi bolaga qaratilgan »,-deydi. Ibn Sino Aristotel va Forobiy ta’limotiga
asoslanib ruh va tana haqidagi ta’limot doirasida fikr yuritgan. Chunki u ham
o’zidan oldingi allomalar kabi tana va ruh haqidagi ta’limotni jon ta’limoti
doirasida ta’kidlaydi.

Zamonaviy psixolog nimalarni bilishi va nimalarni bajara olishi kerak?
Mavjud muammolarga tashxis qoʼyish va ularni bartaraf eta olish;
- Tashxis uchun muhim boʼlgan test. Soʼrovnomalarni tuzish, oʼtkazish va

taxlil qilishni bilish;

- Psixologik tadqiqotlar va maslahatlar oʼtkazish;
- Mijozning psixologik holatini taxlil qilish;
- Shaxsning psixologik portretini chizish;
- Treninglar tashkil etish;
- Markaziy asab tizimining anatomiyasi va tana tuzilishini bilishi;
- Umumiy kasalliklarning belgilari va ayniqsa, nevrologiya bilan bogʼliq

boʼlgan kasalliklarni bilishi kerak.

Chunki psixosomatik holatlar koʼp uchraydi. - Hujjatlarni yuritish.

Аmaliyotchi psixolog nimani davolaydi?


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

6

ISSN:3030-3613

Bu soha mutaxassislari insonlardagi jiddiy ruhiy kasalliklar bilan bogʼliq

boʼlmagan, yaʼni ruhan sogʼlom insonlardagi shaxsiy, oilaviy va kasbiy
qiyinchiliklarni yengishda yordamlashadi. Аmaliyotchi psixolog insonning
umumiy psixologiyasi, yosh va ijtimoiy psixologiyani yaxshi bilishi zarur. Shu
bilan birga psixoemotsional zoʼriqish va stressli vaziyatlardan chiqish boʼyicha
psixodiagnostika, yordam va maslahat xizmatlarini koʼrsatadi.

Psixolog kasbining kamchiliklari:
- Uzoq vaqt oʼqish. Yaʼni amaliyotchi psixolog oliy maʼlumotli boʼlishi,

amaliyotni oʼtashi, katta tajriba orttirishi, doimiy ravishda rivojlanishi va malaka
oshirishi kerak;

- Doimiy terapeyada boʼlish zarurati;
- Doimiy negati va muammolar ichida boʼlganligi uchun hissiy zoʼriqishda

boʼladi;

- Yuqori masʼuliyatda boʼlishi talab etiladi.
Inson psixologiyasini tushinish, tahlil qilish, rivojlantirishga jiddiy e’tibor

berish masalasi hamma zamonlarda va hamma davlatlarda ham ijtimoiy iqtisodiy
taraqqiyotning etakchi vazifalaridan biri bo’lib kelgan.XX asr bo‘sag‘asida
psixologiya fani va uning ilg‘or vakillari o‘zlarining navbatdagi jahonshumul
ilmiy

maqsadlari-insonga, ayni paytda, jamiyatga psixologik xizmat ko‘rsatish

tizimining

muqarrarligini nazariy-ilmiy jihatdan asoslab berishga muvaffaq bo‘ldilar.

Umuman, psixologik xizmat ko‘rsatish muammosi ma’lum ma’noda,ilmiy
psixologiyaning yetakchi yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘p bor munozaralar
manbai bo‘lgan. Bugungi kunda ta’lim tizimiga berilayotgan e’tibor kundan-
kunga kuchaymoqda. Faqatgina ularning inshoоtlarigina yangilanib qolmasdan,
balki ularning ichki muhitida ham tub burilishlar sodir bo’lmoqda. O‘tgan davr
mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama
yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya
shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktab ta’limning samarali
tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.Bundan
tashqari, ta’lim -tarbiyadagi buzilishlarning psixologik sabablarini aniqlash,
shaxsdagi xulq-atvor buzilishlarni yo’qotish hamda uni oldini olishning
psixologik chora-tadbirlarini ishlab chiqish masalalarini ham maqsad qiladi.
Qoidaga ko’ra, psixologik xizmat tashkil etish yosh va pedagogik psixologiya,
psixodiagnostika,

psixokorreksiya,psixologik

maslahat

sohasida

umumpsixologik va maxsus psixologik bilimlar olgan mutaxassislar (psixolog)
tomonidan amalga oshiriladi. Psixologik xizmatga jalb qilingan pedagoglar esa,
bu mutaxassislikni olish uchun maxsus qayta tayyorgarlikdan o’tishlari lozim.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_1-to’plam_May-2025

7

ISSN:3030-3613

Mohiyatan, psixologik xizmat bir necha bosqichli jarayon sanalib, unda
psixologik maslahat, psixodiagnostika va psixokorreksiya kabi sohalar
usullaridan samarali foydalaniladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1. Shamsidinovna, A. M. (2023, April). MAKTABGACHA YOSHDAGI

BOLALARGA BERILADIGAN TA’LIM MAZMUNI. In E Conference
Zone (pp. 22- 25). 426

2. Adilova, M. (2023). THE PSYCHOLOGICAL EFFECT OF TRAPS IN THE

SOCIAL NETWORK ON YOUTH MIND AND SPIRITUALITY. Open
Access Repository, 4(2), 500-505.

3. Komilova, A., & Adilova, M. (2023). SHAXS EMOTSIONAL

INTELLEKTINING PSIXOLOGIK VA PSIXOFIZIOLOGIK JIXATLARI.
Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(2).

4. Komilova, A., & Adilova, M. (2023). AGRESSIYA–OSMIRLARDA

YUZAGA KELADIGAN TAJOVUZKORLIK RIVOJLANISHIGA TASIR
ETUVCHI FENOMEN SIFATIDA. Журнал Педагогики и психологии в
современном образовании, 3(1).

Bibliografik manbalar

Shamsidinovna, A. M. (2023, April). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA BERILADIGAN TA’LIM MAZMUNI. In E Conference Zone (pp. 22- 25). 426

Adilova, M. (2023). THE PSYCHOLOGICAL EFFECT OF TRAPS IN THE SOCIAL NETWORK ON YOUTH MIND AND SPIRITUALITY. Open Access Repository, 4(2), 500-505.

Komilova, A., & Adilova, M. (2023). SHAXS EMOTSIONAL INTELLEKTINING PSIXOLOGIK VA PSIXOFIZIOLOGIK JIXATLARI. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(2).

Komilova, A., & Adilova, M. (2023). AGRESSIYA–OSMIRLARDA YUZAGA KELADIGAN TAJOVUZKORLIK RIVOJLANISHIGA TASIR ETUVCHI FENOMEN SIFATIDA. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 3(1).